ITM 12 PDF - Tadqiqot Uslubini Tanlash

Document Details

StrikingGraph1362

Uploaded by StrikingGraph1362

Uzbekistan State World Languages University

Tags

research methods education methodology science

Summary

This document appears to be a set of research methods notes which focus on defining research methods and techniques, the components, and the implications of research methods and methodologies. This document gives details of different methods used in researches, with examples and applications.

Full Transcript

Mavzu: 12 Tadqiqot uslubini tanlash. Tajriba-sinovning qo‘yilishi va bosqichlari 1) Sinov jarayoni nima? 2) Tajriba sinov guruhlari qanday shaklantiriladi? 3) Tajriba sinov jarayoni qanday umumlashtiriladi? 4) Tajriba sinov natijalarining obyektiv va subyektiv omillari ni ayting...

Mavzu: 12 Tadqiqot uslubini tanlash. Tajriba-sinovning qo‘yilishi va bosqichlari 1) Sinov jarayoni nima? 2) Tajriba sinov guruhlari qanday shaklantiriladi? 3) Tajriba sinov jarayoni qanday umumlashtiriladi? 4) Tajriba sinov natijalarining obyektiv va subyektiv omillari ni ayting 5) Tajriba sinov natijalarining samaradorligi qanday aniqlanadi? 6) Tajriba-sinov guruhlari qanday shakllantiriladi? 7) Tajriba-sinov natijalari qanday umumlashtiriladi? Tadqiqot uslubini tanlash Ma’lumki, fanlarni tadqiq qilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Tadqiqot metodini tanlash – til materiallarini tanlashdan keyingi bosqich bo‘lib, ilmiy adabiyot, jumladan metodologik adabiyotga ishlov berib, til materialini to‘plab qayd etgandan so‘ng tilshunos o‘z tahliliga kirishadi, buning uchun u materialni tahlil qilish metodini tanlashi lozim. Metodlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning asosiy qoidasi uslubning fanga, obyektga mutanosib bo‘lishidir. Bu har bir uslub har qanday obyektga ham to‘g‘ri kelavermasligini ko‘rsatadi, tadqiqot obyektiga mutanosib tanlangan uslubgina uning xususiyatlarini to‘liq va aniq ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Metod va obyektning mutanosibligi, nafaqat uslubni qo‘llashning, uslubning o‘ziga xosligi va obyektning xususiyligi bilan, balki boshqa omillar, ya’ni tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari, obyektning o‘rganilganlik darajasi, uni kuzatish, o‘rganish osonligi kabi omillar bilan shartlanadi. Fonetikada inson nutqidagi tovushlarning balandligi, qisqaligi, uzunligi, intensivligini o‘rganish, hatto kuzatish jarayoni ham maxsus vositalar va jihozlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Semantikani o‘rganish esa deyarli bir yarim asr apparat vositalarini qo‘llash uchun imkoniyat bermagan va faqatgina XX asrning 2-yarmidan boshlabgina mazmun bilan bog‘liq bo‘lgan bahzi bir sohalarda EHMni qo‘llash imkoniyati yaratilgan. Shunda ham mazkur vositadan kuzatuvlar uchun emas, balki ko‘proq olingan natijalarni saqlash va tartibga solish uchun foydalanilgan. Demak, metodni to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri qo‘llash va istiqbolli natijalarni olish garovidir. Metodologik xatolar, ya’ni metodni noto‘g‘ri tanlash yoki qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar uzoq muddatli va xavfli, ilmiy noaniqliklarga olib keladigan eng jiddiy xatolar sanaladi. Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash Tahlilning aniq texnologiyalari va uslublarini qo‘llash sohasida xususiy bilimni shakllantirish juda muhim. Tahlilning qay darajada batafsil va ishonchli tavsiflanishidan, qay darajada tushunarli, mahorat bilan bayon etilishidan qathiy nazar, ilmiy tahlil, avvalo, ko‘nikma, malaka va mahoratni talab qiladi. Ular ilmiy ishda amaliy ishtirok bilangina shakllanadi. Bunday amaliy ishtirok maxfiy ifodalanmaydigan bilimni shakllantiradi, u bilimning eksplitsit shakllarini idrok etish va o‘zlashtirish uchun fond bo‘ladi. Implitsit bilimning mavjudligi bilimdon, ekspertlarning mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Bu odamlar darslik, ma’lumotnoma, yo‘riqnoma, maqola, monografiya va hokazolarda qayd etilgan ekspletsit bilimlardan tashqari hech kim bilmagandek va qila olmagandek biladilar va qila oladilar. Bu bilim ham boshqaga berilishi mumkin, lekin bevosita namunaga rioya qilish natijasida va bevosita qo‘shma ilmiy faoliyatdagi shaxsiy kontakt asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham ilm-fanda ilmiy maktab shu darajada yuqori baholanadi. Ilmiy maktab so‘z birikmasi ikkita uzviy ma’noga ega. Birinchi ma’nosi ilmiy yo‘nalish; ikkinchi ma’nosi bir qator tadqiqotchilar (bahzida esa tadqiqotchilarning bir nechta avlodi)ning norasmiy birlashmasi, ular mahlum ilmiy yo‘nalishni yaratib rivojlantiradilar. Ilmiy maktab odatda original va mahsuldor g‘oyalarni to‘plashga qobiliyatli yetakchi atrofida shakllanadi. Biroq ilmiy maktabning yetakchisiga mashhur ko‘zga ko‘ringan olim bo‘lish yetarli emas. U ajoyib pedagog, tashkilotchi, o‘z hamkasaba va shogirdlarining tadqiqot faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirish, ilmiy dasturlar strategiya va taktikasini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Aynan ilmiy maktab doirasida shogird va ustozning hamkorona ilmiy faoliyati amalga oshiriladi. Bu jarayonda shogird nafaqat eksplitsit, balki implitsit bilimga ham ega bo‘ladi. U nafaqat o‘qiydi, balki hozirgi paytda yaratilayotgan ilm-fan, jonli bilim muhitida ishtirok etadi. Tadqiqotchining ma’lum bir maktabga mansubligi odatda bu tadqiqotchiga fanning eng qiyin sohasi bo‘lgan ilmiy tahlil uslublariga ega bo‘lish borasida, kengroq aytganda esa, ilmiy tafakkur metodologiyasiga ega bo‘lishda tez va muvaffaqiyatli komillikka erishadi. Ma’lumki, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning tadqiq metodlari o‘ziga xos bo‘lib, xususan, filologiya sohasida nazariy-tavsifiy, qiyosiy-solishtirma metodlardan, tillarni o‘qitish sohasida esa umumiy pedagogik, xususiy metodik, eksperimental-tadqiqiy metodlardan foydalaniladi. Pedagogika va metodika yo‘nalishlarida tadqiqotchi avval mavzu doirasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganib chiqadi, ta’lim jarayonidagi mavjud muammolarni aniqlaydi, so‘ng ularni bartaraf etishga qaratilgan mashq va topshiriqlarni ishlab chiqadi, metod va usullarni tavsiya etadi. Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlar, metod va usullar tajriba-sinovdan o‘tkazilishi va natijalar samaradorligi aniqlanishi kerak bo‘ladi. Eksperiment – olg‘a surilgan taxminlarning haqiqiyligini, maqsadga yo‘naltirilganligini tekshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda shakllantirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlashdan iborat. Har bir tadqiqotchi eksperimental tadqiqotni o‘tkazishda mavzuning dolzarbligini va farazidan kelib chiqib, o‘z oldiga qo‘ygan ingliz tilidagi nutqiy kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Bu sohasida ulkan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, unda hanuzgacha qator bahsli hamda o‘z yechimini topmagan muammolar mavjud. Bunday muammolardan biri til o‘rganuvchilarni, xususan, pedagogik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir. Eksperimental tajribalarni o‘tkazish maxsus dastur asosida tashkil etiladi. Buning uchun, avvalo, tajriba-sinov dasturi ishlab chiqiladi, tajriba-sinov hududlari va bosqichlari aniqlanadi. Tajriba-sinov dasturida har bir bosqichda o‘tkaziladigan tajriba ishlari belgilab olinadi. Quyida tajriba-sinov dasturi namunasini ko‘rib chiqamiz. Eksperimental tadqiqot predmeti pedagogik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish mazmuni, metodlari va vositalaridan iborat. Tajriba-sinov ishlarini mazmuni, maqsadi va vazifalari oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy- madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish holati ta’lil qilish, mavjud muammolar aniqlash; - oliy ta’lim muassaslarida ingliz tili o‘quv dasturlari, darsliklari mazmunida ingliz tilli mamlakatlarga xos ijtimoiy, milliy madaniy xususiyatlarning uzviylik va uzluksizlikda yoritilishi ta’lim jarayonida qo‘llanayotgan ta’limiy-didaktik vositalarni tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash; - oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir samarali mashqlar va topshiriqlar tizimi ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishdan iborat. Tajriba-sinov ishlarini quyidagi 3 bosqichda olib boriladi: 1. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari 2. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari 3. Tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlari Asoslovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etish Asoslovchi tajriba-sinov ishlarining mazmuni, maqsadi va vazifalari talabalardagi ijtimoiy-madaniy kompetentlilik shakllanganligining boshlang‘ich (dastlabki) darajasi ishlab chiqilgan mezonli-darajali kompleksga muvofiq ravishda aniqlash; -talabalarning individual-psixologik xususiyatlari tashxisi, shaxsiy manfaatlari, chet tilini o‘quv fani sifatida o‘rganishdagi motivlari aniqlash; -nazariy modelni amalga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlari, mazmuni va pedagogik shartlari belgilab olish. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari o‘tkazish metodlari: - anketa-so‘rovnoma o‘tkazish; - kuzatish ishlarini olib borish; - testdan o‘tkazish; - ingliz tiliga qiziqish darajasini aniqlash; - ingliz tilini o‘rganishga undovchi yetakchi motivlarni aniqlash. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalarini tahlil qilish. - olingan natijalarni umumlashtirish; - ilmiy tahlil qilish. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etish Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarining mazmuni, maqsadi va vazifalari oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid oid tushunchalarini sinab ko‘rish; - oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid qiziqishlarini o‘rganish va uning pedagogik asoslarini ishlab chiqish; -tajriba-sinov guruhlarini tashkil qilish, ular bilan ishlash. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarining farazi oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida ingliz tili ta’limi jarayonida ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinsa, talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini DTS talablari darajasida rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish metodikasi: tajriba guruhlarida mashg‘ulotlarni ishlab chiqilgan materiallar asosida o‘tkazish dan, shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari natijalarining tahlili esa olingan natijalarni umumlashtirish va qiyoslab o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etish Tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlarining mazmuni, maqsadi va vazifalari: - asoslovchi va shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarini natijalaridan olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash; - o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalarida oliy ta’lim muassaslarida pedagogik ta’lim yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid o‘zgarishlarni umumlashtirish, tahlil qilish; - olingan tajribalar asosida ilmiy xulosalarga kelish va amaliy tavsiyalar majmuini ishlab chiqishdan iborat. Tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlarining statistik tahlili: - tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik tahlil qilish; - foiz hisobida yakuniy xulosalarni chiqarish; - yangi ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiya-takliflarni bayon qilish. MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARI Adabiyotlar ro‘yxati – maqolada, asarda foydalanilgan va muayyan tartibda berilgan adabiyotlar ro‘yxati. Anketa – (fr. enquete) o‘z mazmun va shakliga ko‘ra tartiblangan savollar va mulohazalar bayon qilingan so‘rov varaqasi. Anketa so‘rovi – sotsiologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan so‘rovlarning asosiy xilidan biri. Annotatsiya (sharh) – ilmiy maqolada qanday muammolar yoki o‘quv-uslubiy asarda qaysi mavzular yoritilgani, kimlarga tavsiya qilinishi haqida yozilgan qisqa ma’lumot bo‘lib, u bir necha tillarda berilishi mumkin. Ansipatsiya – matnning davomini oldindan ko‘ra bilish mahorati. Asosiy matn – qoidalar fan bo‘yicha muallif tomonidan dasturga qathiyan mos ravishda ilmiy jihatdan saralab olingan va tizimlashtirilgan o‘quv materiali. Avtoreferat – talab qilingan shakl asosida dissertatsiya asosiy mazmuni, uning maqsad-vazifalari, ilmiy yangiligi, xulosalari qisqa bayon etiladigan ilmiy asar. CEFR darajalari – chet tillari bo‘yicha egallangan bilimlarni amaliy qo‘llay olish malakaviy ko‘rsatkichlarining xalqaro miqyosda qabul qilingan kompetentlilik ko‘rsatkichlari. Dastur – (f. – yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, tartib-qoida) 1. Muayyan maqsad, ish- harakat yoki tadbirning oldindan belgilab chiqilgan yo‘l-yo‘rig‘i, uni amalga oshirishning tartibi, qonun-qoidasi; dasturi. 2. Bajariladigan tadbirlar tartibi, qilinadigan ishlar ro‘yxati. Davlat ta’lim standartlari talablari – har bir fan bo‘yicha muayyan ta’lim bosqichi bitiruvchilariga qo‘yiladigan malakaviy talablar. Dayjest – ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, Nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami. Dissertatsiya – (lot. dissertatio — tadqiqot, mulohaza) — ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan ilmiy asar. Dissertatsiya – muayyan fan yo‘nalishida aniq bir mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi mazmuni va natijalari bayon etilgan qo‘lyozma asar. Eksperiment – (lot. experimentum — sinov, sinash; tajriba) aniqlash, sinash, tekshirish maqsadida oʻtkaziladigan ilmiy tajriba, sinov; sinov ishlari. Eksperiment – fan va bilish sohasida favquloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o‘rganishda qo‘llanadigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Esse – (fr. essai — tajriba, mashq; xomaki narsa) adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar sistematik ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar. Havola – keltirilgan fikrlarning kimga qarashli ekanligi, qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatuvchi raqamli ko‘rsatkich. Havolalar – muallif, tadqiqotchi keltirgan iqtibos olingan manba haqidagi ma’lumot. Ijodiy talqin – obyektni o‘rganishda uni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog‘lagan holda, ular sintezidan o‘tkazish. Ijtimoiy-madaniy kompetensiya – o‘rganilayotgan tilda aks etgan til egalarining milliy-madaniy xususiyatlari, qadriyatlari tizimini o‘rganish va nutqda qo‘llash layoqati. Ilm – (arab. — bilim; fan; nazariya) 1. Oʻqish-oʻrganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. 2. Ish-faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. 3. Ish-faoliyatning ma’lum bir sohasiga oid bilim, ta’limot, malaka. Ilmiy ma’ruza – tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida asoslangan ilmiy-nazariy xulosalar, kashf etilgan ilmiy yangiliklar, tajriba-sinov natijalari konferentsiya, simpozium, seminarlarda slayd shaklida namoyish etiladigan va og‘zaki bayon etiladigan ilmiy asar bo‘lib, maxsus to‘plamlarda qisqa tezis shaklida chop etiladi. Ilmiy maqola – ilmiy yoki ilmiy-metodik jurnallarda chop etiladigan, olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari ilmiy dalillar bilan isbotlangan shaklda ilm ahliga ma’lum qilinadigan eng kichik ilmiy asar. Har bir ilmiy maqolada muayyan muammo o‘rtaga tashlangan bo‘lishi va uni bartaraf qilish yo‘llari, foydalanilgan manbalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ilmiy talqin – anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni ilmiy asosda tushuntirish, izohlab berish. Ilmiy tavsif – tafakkur hosilasining alohida turi bo‘lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirish. Ilmiy-ommabop maqola – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda yoziladigan va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etiladigan, dolzarb muammolar ommaga tushunarli tilda bayon etiladigan asar. Iqtibos – biron-bir matndan olinadigan aniq, so‘zma-so‘z keltirilgan jumla, ko‘chirma gap bo‘lib, u o‘zlashtirma shaklda ham berilishi mumkin. Kartoteka – alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari aks ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni qo‘shish imkoniyati mavjud bo‘lgan kartochkalar jamlanmasi. Kirish – biror fanning asosiy tushunchalarini bayon etuvchi, shu fandan dastlabki ma’lumotlar beruvchi qism. Kompetensiya – lot. somoetere – layoqatli, munosib bo‘lmoq, shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi. Kompetensiyaviy yondashuv – egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqatini shakllantirish. Kompetentlik – chuqur bilimga egalik; chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik; xabardorlik, omilkorlik. Konspekt – (lot. conspectus - nuqtai nazar; qarash) kitob, maqola, MA’RUZA va h. k. ning qisqa yozib olingan mazmuni, bayoni. Kurs ishi – har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil kilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadigan bir yoki bir kancha manbalarni o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar ilmiy asoslangan yozma ko‘rinishdagi taqdimotdir. Lingvistik kompetensiya – muayyan til bo‘yicha beriladigan fonetik, leksik, grammatik bilimlarni amaliy qo‘llash layoqati. Maqola – (arab. nutq; kichik asar) to‘plam, jurnal, gazeta va h. k.lar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan ilmiy yoki publitsistik asar. Nutqiy kompetensiya – tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalari vositasida ta’lim oluvchida shakllantirilgan til materiallarini amaliy qo‘llash layoqati. Pragmatik kompetensiya – kundalik hayotda egallangan bilim, ko‘nikmalar asosida nutqiy vaziyatlarga mos ravishda mustaqil holda muloqotga kirisha olish layoqati. Qaydlar – ko‘rib o‘qish jarayonida u yoki bu materiallarga, matnga qo‘yib boriladigan har xil belgilar. Rejali konspekt – nutqning morfologik yarusidagi eng kichik maono anglatuvchi birligi, morfema esa tilning morfologik yarusidagi eng kichik maono anglatuvchi birligidir. Respondent (ingl. javob berish) – anketa savollariga javob berayotgan, intervyu berayotgan shaxs. Referat – (lot. referre — bildirmoq, xabar qilmoq) muayyan mavzuga bag‘ishlangan, tegishli badiiy, ilmiy va b. manbalar sharhini qamrab oluvchi ma’ruza. Sertifikatlashtirish – egallangan bilimlar asosida muayyan tilni amaliy qo‘llay olish malakaviy kompetentlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha guvohnoma berish tizimi. So‘rov – fransuz tilidan olingan bo‘lib, biron bir narsani aniqlash degan ma’noni anglatadi. Sotsiologiyada so‘rash usullari muayyan aholi guruhlariga savollar vositasida murojaat qilish orqali birlamchi ma‘lumotlarni to‘plash ma‘nosini anglatadi. So‘rash usullarining yozma (anketa), og‘zaki (intervyu) hamda sirtdan (pochta, telefon va matbuot orqali) ma’lumotlar to‘plash shakllari mavjud. Taqdimot (prezentatsiya) – tanishtiruv degan ma’noni anglatadi. Tadqiqot metodini tanlash – til materiallarini tanlashdan keyingi bosqich bo‘lib, ilmiy adabiyot, jumladan metodologik adabiyotga ishlov berib, til materialini to‘plab qayd etgandan so‘ng tilshunos o‘z tahliliga kirishadi, buning uchun u materialni tahlil qilish metodini tanlashi. Tajriba – voqelikni amaliy jihatdan hissiy empirik bilish jarayoni. Tanishish uchun o‘qish – kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan yuzaki tanishish Tanqidiy-tahlily o‘qish – o‘rganilayotgan asarning mazmunini to‘liq anglash, muallif nuqtai nazarini va bu nuqtai nazarning ilm-fanda mavjud bo‘lgan boshqa qarashlarga qanday aloqadorligini tushunishga qaratiladi. Tayanch kompetensiyalar – insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallay olish ko‘nikma- malakalarini tarkib toptirish. Taqriz – (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy - ommabop asar tahlili. Termin va atama – termin va atamaning izohi. Tematika – tanlab olingan, ishlangan yoki ishlanayotgan mavzular majmui. Tezis – (yun. — qoida, isbot) 1. Keng ma’noda - biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor ma’noda — asosiy fikr, Prinsip; 2. Mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. Til ta’limi tamoyillari – tillarni o‘qitishda amal qiladigan yo‘nalishlar. Xususiy kompetensiyalar – har bir fan bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma, malakalar asosida shakllantirilgan layoqatlar darajalari.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser