Oʻzbekistonning Eng Yangi Tarixi PDF
Document Details
Uploaded by AccurateWaterfall9359
Navoi State Pedagogical Institute
2024
Tags
Summary
This document is an Uzbek university course syllabus on the recent history of Uzbekistan. It outlines the course objectives, topics covered, and learning outcomes.
Full Transcript
+-------------+-------------+-------------+-------------+-------------+ | UYT 1104 | | **Semestr** | | | +=============+=============+=============+=============+=============+ | | o'zbek | **Haftadagi | | | |...
+-------------+-------------+-------------+-------------+-------------+ | UYT 1104 | | **Semestr** | | | +=============+=============+=============+=============+=============+ | | o'zbek | **Haftadagi | | | | | | dars | | | | | | soatlari** | | | +-------------+-------------+-------------+-------------+-------------+ | | | | | **Jami** | | | | | | | | | | | | **yuklama | | | | | | (soat)** | +-------------+-------------+-------------+-------------+-------------+ | | | | 60 | | +-------------+-------------+-------------+-------------+-------------+ Fanning mazmuni. ================ **Fanni o'qitishning maqsadi** -- O'zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan hududlardan biri, o'zbek xalqi boy tarixiy o'tmish va bebaho ma'naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o'zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko'rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida ma'naviyatning asosi bo'lmish tarix fanining o'rnini talaba yoshlarga o'zlikni anglash vositasi sifatida, shuningdek, O'zbekiston rivojlanishining yangi bosqichida barkamol avlodni tarbiyalashda, shaxs, fuqaro, inson, jamiyat va davlat tamoyili mohiyatini yetkazib berishdan iborat. **Fanni o'qitishning vazifalari** -- boy tarixiy o'tmish, xususan, o'zbek davlatchiligiga tarixiy ekskurs uyushtirish, qarama-qarshiliklarga boy ziddiyatli XX asr tarixi mazmun-mohiyatini ochib berish, mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistonda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hamda boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga to'liq tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda Yangi O'zbekiston yoshlarida milliy g'urur va iftihorni shakllantirishdan iborat. II. **Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)** 1. **mavzu. Kirish."O'zbekistonning eng yangi tarixi" o'quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.** "O'zbekistonning eng yangi tarixi" -- O'zbekiston tarixining uzviy va ajralmas qismidir. "Eng yangi tarix" tushunchasi va uning izohi. "O'zbekistonning eng yangi tarixi" o'quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o'rganishning nazariy-uslubiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yuksak intellektual salohiyatli, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o'rni to'g'risida. XXI globallashuv asrda ta'lim sohasida mazkur fanni o'qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg'or innovatsiyalar. Yangi O'zbekiston yoshlari ta'lim-tarbiyasidagi ma'naviy mezonlarni targ'ib etishda tarix fanining tutgan o'rni. mavzu. O'zbekistonda mustaqillik g'oyalarining tarixiy asoslari =============================================================== Davlatchilik tushunchasi. O'zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari. Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashgan qahramon shaxslar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar. Amir Temur -- buyuk davlat arbobi va sarkarda. Temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. O'rta Osiyoning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabab va oqibatlari. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. Milliy ozodlik harakatlari. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati. Fidoyi jadid ma'rifatparvarlarining faoliyati va ularning o'lka maʼrifiy va madaniy hayotida tutgan o'rni. Sovet hukmronligi davrida O'zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. Sovetlarning qatag'on-zo'ravonlik siyosati va uning mohiyati. mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy- ================================================================= XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat. "Qayta qurish" siyosati va uning O'zbekistonga ta'siri. Markaz tomonidan "Paxta ishi", "o'zbek ishi" kabi mash'um kampaniyalarning o'tkazilishi. Aholi turmush tarzining og'irlashuvi. Orol fojiasi. Farg'ona voqealari. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1989-1991 yillarda amalga oshirilgan o'zgarishlar va ularning mohiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. mavzu. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati. O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. ======================================================================================================================================== Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O'zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o'zgarishlar. Mustaqillikning e'lon qilinishi. O'zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo'lidagi sa'y- harakatlar. Mustaqil O'zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lining tanlashi. Taraqqiyotning "O'zbek modeli" va uning o'ziga xos xususiyatlari. O'zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan strategiya asoslarning ustuvor yo'nalishlari. Mustaqillik me'yoriy- huquqiy asoslarining yaratilishi. 1992 yil Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. mavzu. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. ==================================================================================================================== Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O'zbekistonda hokimiyatlar bo'linishi prinsipi. O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O'zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o'zgarishlar. O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O'z-o'zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o'rni. O'zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta'minlash va himoya qilish. mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. ================================================================= O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o'tishning huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining o'tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo'jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Makroiqtisodiy barqarorlik tomon yo'l olinishi. mavzu. O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohadagi islohotlar. =============================================================== Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borishi, sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joy bilan ta'minlash, yo'l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya masalasidagi ishtiroki. Yangi O'zbekistonda оila instituti va uning davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanishi. Gender tengligi. Xotin-qizlarga bo'lgan munosabat. Onalik va bolalik haq-huquqlarini himoya qilinishi. O'zbekiston Respublikasi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. mavzu. Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot. ============================================================================ Milliy istiqlol g'oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo'lgan e'tibor. Mustaqillik yillarida ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi davlat siyosati. O'zbekistondagi tarixiy - Xiva, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, Termiz, Qarshi, Marg'ilon shaharlari yubileylarining nishonlanishi. Toshkent shahrining "Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san'at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Yangi O'zbekistonning uchinchi renessans tomon tutgan yo'li. "Beshta tashabbus" va uning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni. O'zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta'minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi. Amaliy san'at, rassomchilik, teatr va kino san'ati. O'zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi. Samarqand shahri - jahon turizm poytaxti. mavzu. O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan =================================================================== Mustaqillikning ilk yillarida тa'lim tizimidagi o'zgarishlar. Yangi jamiyat qurishda ta'lim va tarbiyaning o'rni va roli. 1992 yilgi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning (1997 y.) qabul qilinishi. Ta'lim milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlar. Zamonaviy o'qitish va ta'lim tizimiga doir davlat siyosati. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonuni (2020 у.). Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo'lga qo'yilishi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. mavzu. O'zbekiston va jahon hamjamiyati. ======================================== O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo'lga qo'yilishi. O'zbekiston Respublikasining BMTga a'zo bo'lishi va jahon hamjamiyatida tutgan o'rni. Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasi. O'zbekistonning MDHdagi o'rni va mavqeining oshib borishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalari. O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o'zaro manfaatli va yaqin qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan ochiq va shaffof tashqi siyosati. O'zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash borasida olib borayotgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O'zbekiston Respublikasining faolligi. O'zbekistonning ShHT bilan aloqalarining kengayishi. ShHTning Samarqand deklaratsiyasi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar bilan yangi strategik sherikchiligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan faol tashqi siyosatning jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilishi. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish. mavzu. Yangi O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks ============================================================================================================================================ "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish" borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yoʼnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʼsiq boʼlayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora- tadbirlar: O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslar boʼyicha samaradorlikning eng muhim koʼsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. "Biznes yuritish indeksi", Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, "Korruptsiyani qabul qilish indeksi", "Logistika samaradorligi indeksi", "Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi", "Iqtisodiy erkinlik indeksi", Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi. "Inson kamoloti indeksi", "Huquq ustuvorligi indeksi", "Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi", "Matbuot erkinligi indeksi" va boshqalar. mavzu. Yangi O'zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar ===================================================================================================================== 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va uning natijalari. Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari gʼoyasi va uning mohiyati. O'zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining umumxalq tomonidan qabul qilinishi (2023 y. 30 aprel). Konstitutsiya XXI asr zamonaviy O'zbekistonining asosiy qonuni. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor yo'nalishlari. "Taraqqiyot strategiyasi" doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar. O'zbekiston-2030 strategiyasi. Uning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishi. mavzu. Yangi O'zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat qurishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati =============================================================================================== 2016 yil sentyabridan virtual qabulxonalarning ochilishi. 2017 yildan keyingi davrda jamiyatda amalga oshirilayotgan siyosiy o'zgarishlarning хususiyatlari, davlat organlarining xalq bilan muloqotining kengayishi, Xalq qabulxonalarning faoliyati hamda mahalla institutlarining yanada takomillashuvi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar. Inson haq-huquqlarini himoya qilish va shaxs qadr-qimmati ta'minlash borasida sud organlarining faoliyati va O'zbekiston sud huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish. Yangi O'zbekistonda ijtimoiy sohaga bo'lgan zamonaviy munosabat. Ta'lim, sog'liqni saqlash, turizm, sport va boshqa sohalardagi tub o'zgarishlar. Seminar mashg'ulotlari bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar ======================================================= 1. **"**O'zbekistonning eng yangi tarixi" o'quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. 2. O'zbekistonda mustaqillik g'oyalarining tarixiy asoslari 3. Mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 4. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati. O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. 5. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. 6. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. 7. O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohadagi islohotlar. 8. Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot. 9. O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 10. O'zbekiston va jahon hamjamiyati. 11. Yangi O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi. 12. Yangi O'zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar. 13. Yangi O'zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat qurishning ijtimoiy- siyosiy ahamiyati. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar ================================== 1. IX-XII asrlarda mamlakatimiz hududida ro'y bergan madaniy uyg'onish (Renessans).Buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi. 2. Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi. 3. Amir-Temur buyuk davlat arbobi. 4. Mirzo Ulug'bek - davlat arbobi va buyuk olim. 5. Jadid ma'rifatparvarlarining o'lka ijtimoiy-ma'naviy hayotida tutgan o'rni (Munavvar Qori, Fitrat, Behbudiy, Avloniy va boshq.). 6. "Qayta qurish" yillarida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 7. O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmun va mohiyati. 8. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. 9. Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ma'naviy o'zgarishlar. 10. O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati. 11. Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar. 12. Yangi O'zbekistonda inson haq-huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi. 13. Yangi O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi. 14. O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari 15. O'zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi o'rni. Mustaqil o'zlashtiriladigan mavzular bo'yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Fan o'qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) =============================================================== - Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o'tgan tarixiy yo'lning mazmun- mohiyatini, O'zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o'zgarishlarning ahamiyatini; - zamonaviy jarayonlarda O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ***bilishi*** kerak; - O'zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o'rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g'oyasini qo'llay bilish, atrofida sodir bo'layotgan jarayonlarga o'z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o'rnini anglash va bugungi kunda sodir bo'layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog'liqligini bilish - O'zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma'naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo'yicha o'z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g'oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi ***malakalarga ega bo'lishi*** kerak. - ma'ruzalar; VI. Ta'lim texnologiyalari va metodlari: ==================================== - interfaol keys-stadilar; - seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); - guruhlarda ishlash; - taqdimotlarni qilish; - individual loyihalar. VII. Kreditlarni olish uchun talablar: ================================= Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to'la o'zlashtirish, tahlil natijalarini to'g'ri aks ettira olish, o'rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo'yicha yozma ishni topshirish. Rahbariy adabiyotlar: ===================== 1. Sh.M. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 2. Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 3. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson ma'nfaatlarini ta'minlash -- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 4. Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 5. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. 6. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekistonda erkin va faravon yashaylik. 5-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2023. 7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz. 6-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2023. 8. Sh.M. Mirziyoyev. Hozirgi zamon va Yangi O'zbekiston. - Toshkent: O'zbekiston, 2024. Asosiy adabiyotlar ================== 1\. R.H. Murtazayeva O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2019. 2. O'zbekistonning eng yangi tarixi. R.H.Murtazayeva, A.A.Yermetov, A.A.Odilov va boshq. - Toshkent, 2024. 3. O'zbekiston tarixi. A.S.Sagdullayev umumiy tahriri ositida. 1-jild. Darslik. -- Toshkent: NIF MSH. 2024. 4. B.J.Eshov, A.A.Odilov. O'zbekiston tarixi. 2-jild. Darslik. -- Toshkent: NIF MSH. 2024. 5. К.Д.Саипова. Новейшая история Узбекистана (учебное пособие). --Ташкент: NIF MSH, 2024. Qo'shimcha adabiyotlar ====================== 1. O'zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). 2 tom. Mas'ul muharrirlar: R.Abdullaev, Q.Rajabov, M.Rahimov. Darslik.- Toshkent: O'zbekiston, 2019. 2. O'zbekiston tarixi. Mas'ul muharrir R.H.Murtazayeva. Darslik. -- Toshkent, 2020. 3. D.T.To'xtaboyeva. O'zbekistonning eng yangi tarixi: ma'naviy yangilanish, madaniy taraqqiyot va ijtimoiy o'zgarishlar. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2021. 4. N.Oblamurodov. F.Tolipov. O'zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. -- Toshkent: Iqtisod-moliya, 2022. 5. A.A.Insopov. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishi va rivojlanish tarixi. O'quv qo'llanma. -- Toshkent: Universitet. 2023. 6. O.Q.Alimardonov. O'zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari (o'quv qo'llanma). - Toshkent, FAST SUPPORT AND RESULT, 2023. 7. Т.И.Дорошенко. Новейшая история Узбекистана (учебное пособие ). - Ташкент: Metodist nashriyoti, 2023. 8. Д.М.Иноятова. Новейшая история Узбекистана (учебное пособие для вечерних отделений). - Ташкент: Metodist nashriyoti, 2023. Axborot manbalari ================= 1. [[www.ziyonet.uz]](http://www.ziyonet.uz/). 2. [[www.edu.uz]](http://www.edu.uz/). 3. [[www.google.uz]](http://www.google.uz/). 4. [[www.gov.uz]](http://www.gov.uz/). -- -- -- --