8-sinf Ona tili darslik (yangi) PDF

Document Details

GratifiedOakland

Uploaded by GratifiedOakland

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

2019

Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev

Tags

Uzbekistani grammar Uzbek textbooks Uzbek language teaching secondary education

Summary

This Uzbek language textbook for 8th grade covers various aspects of the Uzbek language, including literary norms, speech forms, and specific stylistic usages.

Full Transcript

ONA TILI z l.u Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik rta O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan po...

ONA TILI z l.u Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik rta O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan po To‘rtinchi nashri du :e tp ht Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2019 UO‘K 811.512.133 KBK 81.2 O‘zb ya721 Mualliflar Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev Mas’ul muharrirlar G‘ofir Hamroyev – Respublika ta’lim markazi metodisti; z Dilnoza Berdiyeva – Kitob tumanidagi 1-IDUM îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi l.u Taqrizchilar Shodiyor To‘rayev – Qo‘shrabot tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi; Dilafro‘z Hoshimova – Piskent tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi; rta Mehrixon Abdurasulova – Yangiyo‘l shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Shartli qisqartmalar po A.Qod. — Abdulla Qodiriy P.Q. — Pirimqul Qodirov A.Q. — Abdulla Qahhor R.F. — Rahmat Fayziy A.O. — Abdulla Oriðov S.A. — Said Ahmad As.M. — Asqad Muxtor S.Ayn. — Sadriddin Ayniy E.V. — Erkin Vohidov T.M. — Tohir Malik H.O. — Hamid Olimjon U. — Uyg‘un du H.N. — Hakim Nazir X.T. — Xudoyberdi To‘xtaboyev H.G‘. — Hamid G‘ulom Y.Sh. — Yoqubjon Shukurov H. — Hamza O.Y. — Odil Yoqubov O. — Oybek O‘.H. — O‘tkir Hoshimov Z — Zulfiya G‘.G‘. — G‘afur G‘ulom :e O.M. — Omon Muxtor Sh. R. — Sharof Rashidov P.T. — Parda Tursun Shuh. — Shuhrat Ñh.Ayt. — Chingiz Aytmatov tp Shartli belgilar: — savol va topshiriqlar — bilib oling ht — eslatma — uyga vazifa Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi © M. Qodirov va boshq., 2019 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 ISBN 978-9943-05-619-0 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019 2 1-SENTABR – MUSTAQILLIK KUNI KIRISH 1-dars «SO‘ZDAN SO‘ZNING FARQI BOR...» z 1-topshiriq. Hikmatlarni o‘qing va mag‘zini chaqing. 1. Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tili- l.u mizdan, me’yordan ortiq so‘ylaganimizdan kelur. 2. Viqor deb kibr va g‘ururdan, manmanlikdan o‘z fe’lini saqla- moqqa aytilur. 3. Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni rta o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa ham yasholmas edilar. 4. Iffat deb gunoh va buzuq ishlardan saqlanmoqqa aytilur. Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan nafsimizni asrovchi narsa faqat iffatimizdir. 5. Hayo deb po ishda, so‘zda odobga rioya qilmoqni aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’- naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Abdulla Avloniy du Bilib oling Tilni bilish so‘z boyligiga ega bo‘lish, so‘zning ma’- no nozikliklarini anglash, ulardan to‘g‘ri, o‘rinli va :e odob bilan foydalanishdir. 1-mashq. Quyidagi izohlardan viqor, kibr, g‘urur, gunoh, iffat, harom- xarish, hayo, odob, ma’naviy, ma’naviyat, ziyo so‘zlarining ma’nosini aniq- tp lab lug‘at daftaringizga ko‘chiring: 1) vijdoni poklik, nomus; 2) mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat; 3) o‘zini hammadan yuqori his etish; manmanlik, kekkayish hissi; 4) insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat ht qilishi; izzat-nafs; 5) odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti- harakat; ayb; 6) nopok, iste’molga yaramaydigan; 7) nojo‘ya, noma’qul xatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm; 8) bilim, ilm, ma’rifat; 9) axloqqa, shaxsning ichki dunyosiga oid; 10) ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik. Savol va topshiriqlar 1. Odobning qanday turlarini bilasiz? 3 2. «Odobni odobsizdan o‘rgan» maqolining mazmunini qanday tushunasiz? 3. Kibr va g‘ururning farqi nimada? 4. Kibrli kishi manman bo‘ladimi yoki mag‘rur? 5. Gerdayish kibrga kiradimi yoki g‘ururga? 2-mashq. Kishilarda uchraydigan fazilat va nuqsonlarni ifodalovchi zid ma’noli so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing. Namuna: Fazi latni i fodalovchi so‘zlar Nuqsonni i fodalovchi so‘zlar z Savob Gunoh l.u Kamtar Manman Uyga vazifa 3-mashq. «Odob – hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoq» rta mavzusida radionutq tayyorlang. 4-mashq. Sinfda lug‘at daftariga yozgan so‘zlaringizni ma’nolari bilan yod oling. po 2-dars ADABIY NUTQ ME’YORLARI. NUTQNING KO‘RINISHLARI du 2-topshiriq. Ìatnni o‘qing. Til – fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. U o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shakl- da bajaradi. Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy :e nutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. Shevaning belgilab qo‘yilgan qonuniy me’yorlari yo‘q. Adabiy nutq – xalq tilining ishlov berilgan, qat’iy qoi- tp dalashtirilgan ko‘rinishi. U ko‘p shevali millatning yaxlit- ligini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir so‘z va qo‘shim- chaning adabiy nutqdagi talaffuzi va imlosi, tinish belgi- ht larining qo‘llanishi, odatda, qoida sifatida qonun bilan aniq belgilab qo‘yiladi. Zarur hollarda bu qoidalarga amal qilmaslik qo‘pol xato, qonunni buzish sifatida baholanadi. Og‘zaki adabiy nutqning ham, yozma adabiy nutqning ham o‘z qoidalari bor. Har doim ham aytilgandek yozish, yozil- gandek aytish to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odatda, barcha rasmiy yozishmalar, hujjatlar, o‘qitish va nashr ishlari, ommaviy 4 axborot vositalarining xabarlari adabiy nutqda beriladi. Adabiy nutq me’yorlariga amal qilmaslik savodsizlik va madaniyatsizlik emas, balki o‘z ona tiliga nisbatan hur- matsizlikdir. «Ona tili» o‘quv predmeti o‘quvchilarni ana shu adabiy nutq me’yorlari bilan qurollantiradi, ularning so‘z boyligini oshirib, so‘z qo‘llash malakasini shakllan- tiradi va yuksaltiradi. Faqat rasmiy holatlarda adabiy nutq me’yorlariga rioya qilish talab etiladi. Esda tutish lozimki, z oila davrasida, o‘zaro suhbatlarda sheva nutqida so‘zlash ayb emas. Madaniyatli kishi adabiy nutqqa ham, sheva l.u nutqiga ham o‘z o‘rnida rioya qiladi. Adabiy nutqning turli qo‘llanish sohalari mavjud. Masa- lan, og‘zaki so‘zlashuv sohasi, badiiy adabiyot sohasi, axborot-targ‘ibot sohasi, ish yuritish sohasi, ilmiy soha. rta Adabiy nutqning biror sohaga xoslangan bunday ko‘rinishi adabiy nutq uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubi – oilada, ko‘cha-ko‘yda fikr al- mashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi. So‘zlashuv uslubi, ko‘pincha, dialog shaklida bo‘ladi. So‘zlashuv po uslubida adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga qat’iy rioya qilish talab etilmaydi. Ammo turli sheva vakillari suhbatida adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga rioya qilish mada- niyatlilik hisoblanadi. du Badiiy uslub – badiiy adabiyotga xos nutq turi. Unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo‘ladi. Publitsistik uslub – rasmiy axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga mo‘ljallangan :e ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta- jurnallar) uslubidir. Ilmiy uslub – ilmiy asarlar, ilmiy jurnallar, darslik va tp qo‘llanmalar yoziladigan uslub, unda ilmiy atamalardan keng foydalaniladi, ko‘chma ma’noli til ifodalari nihoyat- da kam ishlatiladi. Rasmiy-idoraviy uslub – davlat qonunlari, Prezident ht farmonlari, hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘oz- lari, idoralararo yozishmalar yoziladigan uslub. Rasmiy- idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq, mazmunli quriladi, ko‘pincha, egasiz, kesimlari majhul nisbatda bo‘ladi. 5 3-topshiriq. Matnlarni o‘qing. Ularning har biri adabiy nutqning qaysi uslubiga xosligini aniqlang. 1. Ma’lumotnoma Murodjon Yo‘ldoshevga uning O‘z- bekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi ha- qida berildi. 2. Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uch- ramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi. z 3. G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib- l.u charchab, sillang qurigan holda kirib kelding. 5-mashq. Yuqoridagi ilmiy matn mazmunini jadval ko‘rinishida ifodalang. Savol va topshiriqlar rta 1. Adabiy nutqning qanday me’yorlari bor? 2. Nega adabiy nutq uslublarga bo‘linadi? 3. Qaysi uslubda adabiy nutq me’yorlariga qat’iy rioya qilinmaydi? 4. Oila a’zolari shevada suhbatlashishmoqda. Ulardan faqat bittasi, shevada erkin gaplasha olsa-da, adabiy nutqda so‘zlamoqda. Bu to‘g‘rimi? Nega? po 5. Adabiy nutqni yaratishga qanday ehtiyoj sabab bo‘ladi? Uyga vazifa 6-mashq. Quyidagi izohlardan uslub, malaka, sheva, targ‘ibot, adabiy so‘zlarining ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring và uni du og‘zaki bayon qilishga tayyorlaning: 1) biror g‘oya, ta’limot va shu kabilarni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar; 2) til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi; 3) badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid; 4) bilim va kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; mahorat; 5) umumxalq :e tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til. 1-BO‘LIM tp O‘TILGANLARNI TAKRORLASH 3-dars ht MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARI 7-mashq. Berilgan so‘zlarni qanday so‘roqqa javob bo‘lishiga ko‘ra jadvalga joylashtiring. Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq, har kim, chopmoq, chiroy, uchala, foydalanmoq, uyqu, chiroyli, bugun, hamma, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq, 6 shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov. 4-topshiriq. Yuqoridagi so‘zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga z joylashtiring. l.u Fe’l Ot Ot Si fat So n Ravi sh Olmosh 8-mashq. Jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirib, og‘zaki bayon qiling. satilgan so‘zlarning so‘rog‘ini aniqlang. SHARAFLI BURCH rta 9-mashq. Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ajratib ko‘r- po Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom du etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurish- gandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqin- :e lashganda otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Na- voiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozim- laridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: tp – Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yoni- dan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnod- ht dir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik – tiriklikdagi o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir. Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar. Qudrat Hikmat 7 10-mashq. Matndagi ajratilgan so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing. Quyidagi izohlardan ularga mosini tanlang: 1) eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand; 2) cheksiz hurmatga loyiq ota; 3) olim va fozil kishi; 4) o‘tmishda amaldorlar xizmatida bo‘lgan kishi; 5) mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi; 6) asboblar tig‘i, damini tiklamoq; aql-idrokni o‘stirmoq. 11-mashq. «Îta-ona hurmati – muqaddas burch» mavzusida chiroyli og‘zaki z nutq tayyorlab, ifodali bayon eting. Savol va topshiriqlar l.u 1. Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi? 2. Gap bo‘lagi bo‘lib keladigan so‘zlar-chi? 3. So‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlarni nima deb nomlaymiz? 4. Quyidagi so‘zlarni ikki guruhga ajrating: 1) ma’nosi aniq; 2) ma’nosi rta noaniq: bormoq, nima, bu, ortiq, o‘shanday, kitob, sariq, barcha, ular. 5. Ànvar va Jahongir – o‘rtoqlarim. Ular bilan birga dam oldik. Ular so‘zining aynan shu gapdagi ma’nosi aniqmi yoki noaniq? Bu nima evaziga sodir bo‘ldi? 6. Nuqtalar o‘rniga mos so‘z qo‘ying:...gan...lar...magandan...roq...adi. po Bu so‘zlarni tanlashingizga nima asos bo‘ldi? 7. Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi gapidagi yaxshi so‘zlari qaysi belgisi asosida farqlanadi? Uyga vazifa du 12-mashq. Yozgi ta’tildan olgan taassurotlaringiz haqida matn tuzing. Undagi mustaqil so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirib ko‘ring. Qanday farqlarni sezdingiz? :e Eslatma Mustaqil so‘z lug‘aviy ma’no anglatadi, so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi vazifasida keladi. tp 4-dars ht YORDAMCHI SO‘ZLAR 13-mashq. Quyidagi yordamchi so‘zlarni jadvaldagi o‘z xonasiga joy- lashtiring. Nahotki, basharti, qadar, agar, axir, go‘yo, boshqa, hatto, sari, chunki, xuddi, keyin, balki, faqat, orqali. 8 Ko‘makchi Bog‘lovchi Yuklama............ 14-mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga mos yordamchi so‘zlarni qo‘ying. 1. Yig‘ilgan xaloyiq suron... yangi shahar... qo‘zg‘aldi. (O.) 2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi,... javob kelmadi. (H.G‘.) 3. Bilasiz..., siz va biz bir ariqdan suv z ichamiz-.... (O.) 4. Hali xabaring yo‘q...? Asrora opam l.u kasalxonadalar-...! (S.A.) 5. Nahot sen uning talanti..., shon-shuhrati... turmushga chiqqan bo‘lsang? (O.Y.) 6. Shuni unutma..., tarbiyaning otasi – mehnat. (H.N.) 7. Otlar... ovchidan qochgan kiyiklar... qo‘sh oyoqlab rta shamoldek uchib bormoqda. (Y.Sh.) 15-mashq. 1. Gaplardagi xaloyiq, bir ariqdan suv ichmoq, iste’dod so‘z va iboralarining ma’nosini quyida berilgan izohlardan aniqlang. Lug‘at daftaringizga ko‘chirib, ma’nosini eslab qoling. po 1) odamlar, jamoa; 2) yonma-yon, qo‘shni bo‘lib yasha- moq; 3) yuqori darajali tug‘ma qobiliyat. 2. Berilgan izohlar asosida qobiliyat – iste’dod so‘zlarining ma’nosini aniqlang: du 1) tug‘ma uquv; 2) yuqori darajadagi tug‘ma iste’dod. 16-mashq. Rasmni kuzating. Unda qaysi fasl va nimalar tasvirlangan? «O‘zbekistonda kuz» mavzusida matn tuzing. Unda qo‘shimchalarni :e yordamchi so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama)lar bilan almashtirishga harakat qiling. Gap mazmuni hamda so‘zlar ma’nosida qanday o‘zgarish yuz berganini aniqlang va tushuntiring. tp ht 9 Savol va topshiriqlar 1. Yordamchi so‘z turkumlari nega bunday nomlangan? Ularning mustaqil so‘zdan farqi nimada? 2. Ko‘makchining qanday ma’no turlari bor? 3. Bog‘lovchi gapdagi vazifasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? Ular qaysilar? 4. Yuklamaning qanday ma’no turlari bor? 5. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar bir-biri o‘rnida almashinib qo‘llanishi mumkinmi? Misollar keltiring. z Uyga vazifa 17-mashq. Shu o‘quv yilida amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlaringiz va l.u rejalaringiz haqida «Men sakkizinchi sinf o‘quvchisiman» mavzusida insho yozing. Undagi yordamchi so‘zlarni aniqlang. Gaplarni ularsiz o‘qib yoki moslarini qo‘shimchalar bilan almashtirib ko‘ring. O‘zgarishlarni izohlang. Namuna: Men faqat a’lo baholarga o‘qiyman – Men a’lo baholarga o‘qiyman (Yuklama olib o‘qilganda, ma’no kuchsizlanib qoladi). 5-dars rta UNDOV, TAQLID VA MODAL SO‘ZLAR po 5-topshiriq. Quyida aralash holda berilgan so‘zlarni jadvalga joylashtiring. Ehtimol, eh, g‘ir-g‘ir, ofarin, taqir-tuqur, shekilli, evoh, yalt-yult, shubhasiz, hoy, duv-duv, beh-beh, albatta, qars- du qurs, afsuski. Undov Taqli d Modal......... :e 18-mashq. Jadval mazmunini og‘zaki bayon qiling. 6-topshiriq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga mos undov, taqlid va tp modal so‘zlarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Bu so‘zlarni guruhlang. Gapdagi vazifasini sharhlang. 1...., ishlash mumkin...., ketmon bilan yer ag‘darishga ht ham to‘g‘ri kelar. (A.Q.) 2. Razm solib qarasam, ko‘l beti... o‘rdakka to‘lib ketibdi. (S.A.) 3. Akramning xayolini mo- totsiklning...i buzib yubordi. (O.Y.) 4...., bunaqasini yema- ganimga necha yil bo‘ldi ekan.... (A.Q.) 5. Kengash yaxshi o‘tgan,..., G‘iyosiddinovning vaqti chog‘ edi. (P.Q.) 6. Dildor,..., Chorterakning fayzi, jamoli edi. (S.A.) 7. Oshxonaga chiqsak,..., hovliga bola degani sig‘may ke- 10 tibdi. (X.T.) 8. Yo‘lakning oxirida... yongan shu’la ko‘- rinardi. (O.Y.) Tavsiya etiladigan so‘zlar: pat-pat, bay-bay-bay, chamasi, nazarimizda, voy- bo‘y, milt-milt, demak, ehtimol, g‘uj-g‘uj. Savol va topshiriqlar 1. Undov, taqlid va modallar nega alohida so‘z turkumlari deyiladi? 2. Tilda undovlar bo‘lmasa, so‘zlovchi nimada qiynalar edi? 3. Alohida so‘zlardan qaysi biri, odatda, juft va takror holda qo‘llanadi? z 4. Alohida so‘zlardan qaysisi gohida takror holda qo‘llanib, lekin juft holda ishlatilmaydi? l.u 5. So‘zlovchining o‘z fikriga munosabati, ko‘pincha, qaysi turkumdagi so‘z bilan ifodalanadi? 6. Undov, taqlid va modal so‘zlarning ot vazifasida qo‘llanishiga misol keltiring. Bunday qo‘llanish nima deb nomlanadi? Uyga vazifa rta 7-topshiriq. Kundalik matbuot nashrlaridan undov, taqlid va modal so‘zlar qatnashgan matn yoki parchalarni ko‘chirib yozing. Gaplarni bu so‘zlarsiz o‘qib ko‘ring. Farqlarni tushuntiring. po 8-topshiriq. Berilgan izohlardan uchqun, shu’la, nur, ziyo, yog‘du so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. So‘zlarni «kitobiylik belgisining oshib borishi» asosida tartiblang: 1) tumanday taraluvchi yorug‘lik; 2) bir yo‘nalishda yo‘nalgan yorug‘lik; 3) lipillab, ko‘rinib-ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik; 4) bilim, ma’rifat; du 5) olov zarrasi. 6-dars OLMOSHNING MA’NO TURLARI :e 19-mashq. Quyida olmosh ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 tadan misol berilgan. Ularni ma’no turlari bo‘yicha jadvalga joylash- tp tiring, ma’no turi nomlarini yozib, jadval mazmunini og‘zaki bayon qiling. O‘sha, hamma, qaysi, o‘zim, allakim, hech qaysi, men, barcha, o‘zi, hech qancha, sen, ana, qachon, har kim, ht o‘zlari, sizlar, hech qayer, biz, qayer, mana shu, qaysidir, hech qachon, qanaqa, ular, bari, o‘zing, nega, ana o‘sha, nimadir, o‘zingiz, allaqancha, hech bir, allaqanday, har qancha, bu. Ma’no turi Olmoshlar 11 20-mashq. Misollarni ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga tegishli olmoshlarni qo‘yib, qaysi ma’no turiga mansubligini qavs ichida yozing. 1. Agar indamasak,...larning lapar aytishlaring kech- gacha tugamaydiganga o‘xshaydi. (S.A.) 2.... uyim deb so‘zlama, uy ortida kishi bor. 3. Baxil topsa, bosib yer; saxiy topsa,... yer. (Maqollar) 4.... kishidan bir gap chiqadi. (A.Q.) 5.... gapingiz haq, o‘rtoq Ahmedov. (A.Q.) 6.... xayol,... tasavvur bilan yigit Darayi Nihonga qarab jo‘nadi. z (S.A.) 7....ga...ning insofim yo‘l bermaydi. (S.A.) 8. Shirin- so‘z, mehribon xola yana...ning yelkasiga qoqib omon- l.u lashdi. (Mirmuhsin) 9.... ona bo‘lishdan behad shod. (I.R.) 10....ning qoni to‘kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan. (I.R.) 11.... gapni hazilga yo‘yish uchun Sidiqjon ham kuldi. (A.Q.) 12....dan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz o‘ylayapsiz. (Mirmuhsin) rta bermoqchiman. (A.Q.) 13.......ni... sirli odam deb Tavsiya etiladigan so‘zlar: sen, o‘z, barcha, u, hamma, unday, bunday, shu, bu, men, siz, qandaydir. po 21-mashq. Quyida berilgan izohlardan lapar, baxil, saxiy, insof, omon- lashmoq, yo‘ymoq so‘zlarining ma’nolarini topib, lug‘at daftaringizga ko‘- chiring va eslab qoling: 1) birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf- xarajatni yoqtirmaydigan; 2) to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan du qizlar orasida tarafma-taraf bo‘lib birgalikda ijro etiladigan qo‘shiq va raqs; 3) birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan; 4) adolat va vijdon bilan ish tutish; 5) salomlashmoq; vidolashmoq; 6) biror narsaning sababini o‘zicha taxmin qilmoq. :e Uyga vazifa 22-mashq. «Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi» maqoli asosida matn yarating va uni sinfdoshlaringiz huzurida telenutq sifatida og‘zaki tp ifodali bayon etishga tayyorlaning. 7-dars ht RAVISHNING MA’NO TURLARI 23-mashq. Quyida ravish ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 ta- dan misol berilgan. Ularni ma’no turi bo‘yicha jadvalga joylashtiring: zo‘rg‘a, kecha, uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda- bunda, g‘oyat, olg‘a, endi, tez, ozgina, yuqoridan, ertalab, ko‘p, to‘satdan, avval, to‘g‘riga, juda, do‘stona. 12 24-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli ravishlarni qo‘yib, gaplarni ko‘- chiring. Ularning qaysi ma’no turiga oidligi va qanday vazifada kelganini ayting. 1. Xadicha xola... o‘ylanib turdi. (A.Q.) 2. Men darvo- zaning oldida... turib qoldim. (O.Y.) 3. Sidiqjon... o‘tir- di-yu, endi qaytib ketmoqchi bo‘lib turganida O‘rmonjon kelib qoldi. (A.Q.) 4.... eshik «g‘iyq» etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib mo‘raladi. (G‘.Rasulov) 5. Poyezd z meni sershovqin stansiyaga tashlab,... qichqirganicha, ol- dinga intildi. (S.A.) 6.... Sidiqjonni ko‘rgani bolaligidagi l.u o‘rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.) 7. U O‘rmonjonga, Bo‘taboyga, Kanizakka... salom aytdi. (A.Q.) Tavsiya etiladigan so‘zlar: jindak, ozgina, burun, xiyla, ancha, picha, yana, rta kechqurun, ko‘pdan ko‘p, ko‘p. 9-topshiriq. Matnni o‘qib, unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini ayting. Hikoyadagi tasvirdan qanday hikmat hosil bo‘ladi? po FIL HIKOYATI Filni bir xonaga qamab, umrida ko‘rmagan kishilarga ko‘rsatishdi. Xona qop-qorong‘i bo‘lib, nafas olishidan u du yerda bir maxluq borligi zo‘rg‘a bilinar edi. Kishilar avval filni paypaslab ko‘rishdi va so‘ngra o‘z tasavvurlarini bayon qilishdi. Õartumini ushlagani filni yo‘g‘on arqonga, qulog‘ini ushlagani yelpig‘ichga, oyoqlarini ushlagani ustunga, qor- :e nini ushlagani qoyaga o‘xshatdi. Shunday qilib, har bir kishi filni o‘zi paypaslagan nar- sasidek tasavvur qildi. tp Sharq hikoyasi 10-topshiriq. Matndagi ravishlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan ht birgalikda ko‘chirib yozing. 11-topshiriq. Berilgan so‘zlardan ravishlarni ajratib yozing: ado bo‘lmoq, mo‘l-ko‘l, xalal bermoq, apil-tapil, tartibga keltirmoq, biroz, birmuncha, ora-chora, oh urmoq, bir tekis, tush ko‘rmoq, eskicha, sira-sira, bir zamon, bir talay, bir nav, mingoyoq, qo‘ziqorin, sochpopuk, piyozdog‘, yigitchasiga, tikkasiga, savacho‘p, kamtarona, gavdali, yeyishli, yeyarmon, izchil, xudo- bezor, baravariga. 13 Uyga vazifa 12-topshiriq. Sal, kecha, hamisha, ilgari ravishlari qatnashgan gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizda ravishlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayot- ganini belgilang. 8–9-darslar. NAZORAT ISHI VA TAHLILI 2-BO‘LIM z IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI l.u 10-dars MA’LUMOTNOMA MATNI VA IJODIY-TAVSIFIY MATN rta 25-mashq. Ikkala matnni qiyoslab, shakl va mazmundagi o‘xshashlik hamda farqlarni ayting. Birinchi matn ALISHER NAVOIY po Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni du Qalam bilan oldi Alisher. A. Oriðov Ha. Bu «zanjirband sher»ning necha asrlardan beri ja- honni maftun etib kelayotgan g‘azallari porloq quyosh ka- bidir. :e Uning betakror nazmi oldida, hatto Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari ham xira tortdi. «Nizomiy panjasiga panja urib» bunyod qilgan «Xamsa»si «Panj ganj» tp shuhratiga soya soldi. Forsigo‘ylar uning turkiy tilda yoz- ganligidan shukronalar aytdilar. ht Ikkinchi matn ALISHER NAVOIY Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asr- ning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. 14 Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyo- dagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyi- lishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmun- dorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. z Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xu- l.u susida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’r- larini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». Savol va topshiriqlar rta 1. Matnlardagi umumiy jihatlarni aniqlang. 2. Ìatnlardagi farqli jihatlarni bayon qiling. 3. Qaysi matnda fikrlar aniq dalil va isbotlar bilan berilgan va undan po ko‘zlangan maqsad nima? 4. Qaysi matnda fikrlar obrazli va ta’sirchan berilgan va undan ko‘zlangan maqsad nima? 5. Matnning qaysi biri hissiyotga va qaysisi aqlga yo‘naltirilgan? du Bilib oling Ma’lumotnoma matnida voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matn obrazlilik va bo‘yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan xoli :e bo‘ladi. Ma’lumotnoma matnida so‘zlovchi axborotni o‘z nuqtayi nazarisiz, xolis bayon qiladi. Rasmiy matnlar ma’lumotnoma matniga misol bo‘- tp ladi. Ijodiy-tavsifiy matn da dalillar so‘zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari aso- ht sida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanishi mumkin. Ilmiy, publitsistik va badiiy matnlar, shuningdek, in- sho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlari. 26-mashq. O‘zingiz o‘qiyotgan sinfxona haqida avval ma’lumotnoma matni, so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing. 15 Savol va topshiriqlar 1. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning o‘xshash jihatlari nimada? 2. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning farqli jihatlari nimada? 3. Insho matnining asosiy xususiyatlarini bayon qiling. 4. Darsliklardagi yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar qaysi matn turiga mansub? Uyga vazifa z 27-mashq. Oilangiz a’zolari haqida avval ma’lumotnoma matni, so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing. Matnni og‘zaki bayon qilishga tayyorlaning. l.u 28-mashq. Berilgan izohlardan nazm, tig‘, shukrona, mutafakkir, devon so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) buyuk donishmand; 2) Yaratgan bergan ne’mat uchun savob ish qilmoq; 3) nayza, yoy kabi jang quroli; 4) nazmiy asarlar to‘plami; 5) she’riy shakldagi ijod. 11-dars rta po INSHO – IJODIY ISH 29-mashq. Matnni o‘qing. Mazmunini og‘zaki ifodali bayon qiling. INSHO – IJOD MAHSULI du Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar to- :e monidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘l- lanadi. Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z tp fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik asar. In- shoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘- nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘- ht ladi. Insho – o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quv- chining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli bayon qilish malakasi aks etadi. Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar yuzaga chiqadi. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan 16 asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har to- monlama tayyorlanishi lozim. Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida insholardan boshlashgan. Insho yozish uchun, avvalo, bilim egallash zarur. Takror va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim z va tinimsiz mashq yotadi. Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho l.u ham reja asosida yozilishi kerak. Puxta reja inshoning si- fatini ta’minlashga xizmat qiladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlari ajralib turishi kerak. Boshqalarning fik- rta rini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik sifatida sal- biy baholanadi. Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xu- susiyatiga ega. po Savol va topshiriqlar 1. Insho nima? U boshqa ijodiy ishlardan qaysi jihati bilan farqlanadi? 2. Inshoda badiiy asar va boshqa manbalardan aynan olingan o‘rinlar qanday berilishi kerak? du 3. Inshoda nega ikki o‘quvchining bir mavzuda yozgan fikri aynan bir xil bo‘lmaydi? 4. Ikki o‘quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umu- miyliklar, o‘xshashliklar bo‘lishi mumkin? 5. Inshoning îddiy yozma axborot bilan qanday o‘xshash va farqli tomonlari :e bor? Bilib oling tp Insho – o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho puxta reja bo‘yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va punk- ht tuatsion jihatdan to‘g‘ri, dalillarga tayangan bo‘lishi zarur. Insho yozish uchun mavzu chuqur o‘rganilishi, dalillash uchun ko‘chirmalar yig‘ilishi, ularning man- balari aniq bo‘lishi kerak. So‘ngra reja tuzilib, reja aso- sida yozishni boshlash lozim. Insholar hajmi o‘quvchi- ning yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 2 – Ona tili 17 Masalan, 8-sinf o‘quvchisi 5–6 sahifadan iborat in- sho yozsa bo‘ladi. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko‘ra insho ikki xil bo‘ladi: a) ta’limiy (joriy) insho; b) sinov inshosi. Ta’limiy (joriy) insho sinfda yoki uyda yozilib, iz- lanishga, bilimlarni boyitish va qo‘llashga, ijodiy fikr z yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi. l.u Ta’limiy inshoda o‘quvchi tegishli mavzu bo‘yicha bi- limlarini mustahkamlaydi, boyitadi va namoyish qiladi. Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilim- larni, insho yozish ko‘nikma va malakalarni sinovdan rta o‘tkazish uchun chorak yoki o‘quv yili oxirida olinadi. Ta’limiy (joriy) insho izlanish, bilim, tafakkur va bayon qilishga asoslansà, sinov inshosi bilim, tafakkur va bayon qilishni sinaydi. Sinov inshosida manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi. U sinfda, o‘qituvchi na- po zorati ostida yoziladi. 30-mashq. Rassom N. Qo‘ziboyevning «Navoiy va Husayn Boyqaro» deb nomlangan asarini kuzating. Undan foydalanib, shu sarlavha ostida insho du yozishga tayyorgarlik ko‘ring va insho uchun reja tuzing. Savol va topshiriqlar 1. Inshoga nega «o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi» deb baho beriladi? :e 2. Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak? 3. Ta’limiy maqsadiga ko‘ra insholar necha xil bo‘ladi? tp 31-mashq. Berilgan izohlardan insho, bilim, ko‘nikma, malaka, tafakkur, izlanish, mas’uliyat so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring: 1) borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, ht harbiy va boshqa sohalarga oid nazariy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmuyi; 2) tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish; 3) biror ishda orttirilgan malakadan kamroq tajriba; 4) o‘ylash, fikr yuritish; 5) kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan ko‘nikmadan balandroq mahorat; 6) yangilik topish, yaratish harakatida bo‘lish, shunday maqsadli harakat, faoliyat; 7) biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik. 18 z l.u rta po Uyga vazifa 32-mashq. «Onajonim – mehribonim» mavzusida insho yozish uchun uyda tayyorgarlik ko‘ring. Ishni quyidagi tartibda amalga oshiring: 1) onalar haqida donolar fikrlarini o‘rganing; rivoyat, hikoyat va maqollar, onalarga bag‘ishlangan zamonaviy she’riy va nasriy asarlar bilan chuqur du tanishing; 2) o‘zlashtirgan fikrlaringizni tasniflab, tartibga keltirib oling; 3) fikrlar tasnifi va tartibi asosida reja tuzing; 4) rejangizda katta masalalardan kichik masalalar (umumiydan xususiy)ga o‘tib :e borishga harakat qiling. 12-dars tp INSHONING MAVZU VA MAZMUNIGA KO‘RA TURLARI ht Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra 3 turli bo‘ladi: 1) àdabiy mavzudagi insho; 2) erkin mavzudagi insho; 3) ilmiy insho. Adabiy insho adabiyot darslarida o‘tilgan ma’lumotlarga o‘quvchining ijodiy munosabati (nuqtayi nazari) qo‘shib ifodalanadigan insholarni o‘z ichiga oladi. 19 Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida mavjud bo‘lmagan mavzuda yoziladi. Unda o‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo- qarashi, fikr va mulohazalari aks etadi. Ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop man- balardan olingan materiallardan keng foydalaniladi. Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo‘llanmaydi. z Savol va topshiriqlar l.u 1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so‘zi qanday ma’noda qo‘llanadi? 2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko‘rinadi? 3. Insho mavzu mazmuniga ko‘ra necha turli bo‘ladi? 4. Qanday inshoni adabiy mavzudagi insho deymiz? 5. Erkin mavzudagi insho qanday o‘ziga xosliklarga ega? haqida insho mavzusini tuzing. rta 33-mashq. Adabiyot darsida yaqinda o‘tilgan biror badiiy asar qahramoni 34-mashq. «Inshoning turlari va ularning xususiyatlari» mavzusida og‘zaki po ma’ruza uchun matn tayyorlang va uni ifodali bayon qiling. Uyga vazifa 13-topshiriq. Oldingi mashqlarda tanlangan insho mavzulariga reja tuzib, ma’lumot to‘plab keling. du 13-dars INSHO REJASI :e 35-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Tartib – taraqqiyot va rivojlanish asosi. Kunning tunga, tunning kunga aylanishi, oy va fasllarning, yil va asrlarning tp almashinuvi tartibning yorqin namunasidir. Tartib bor joyda muvaffaqiyat bo‘ladi. Tartibli baja- rilgan har qanday ish yaxshi natijalarni beradi. Insonning ht tartibli faoliyati – rejali ish yuritish. Tartibli inson har bir ishini – mehnatdan tortib sarf-xarajatgacha reja asosi- da amalga oshiradi. Shuning uchun xalqimiz reja va rejalashtirishning hayotimizdagi ahamiyatini «Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht» degan maqol bilan bejiz ifodalamagan. Qolipsiz yasalgan g‘isht sifatsiz – qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi. 20 Insho yozish ham faoliyat, aniqrog‘i, nutqiy faoliyat. U ham reja asosida amalga oshiriladi. Inshoni yozishga tay- yorgarlik jarayoni ham, inshoning o‘zi ham rejasiz amalga oshirilsa, u sifatsiz chiqishi muqarrar. Demak, insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qat’iy reja asosida amalga oshiriladi. Inshoning o‘zi ham puxta reja asosida yozilishi lozim. Har qanday ijodiy ish kabi insho rejasi ham uch qism- z dan iborat bo‘ladi: 1. Kirish. l.u 2. Asosiy qism. 3. Xulosa. Kirish inshoning boshlang‘ich qismi, unda o‘quvchi mavzu haqidagi umumiy fikrlarini bayon qiladi. Asosiy rta qismda maqsadga o‘tiladi. Bu qism yana ichki kichik qismlardan tashkil topadi. Ularning miqdori birdan ortiq bo‘ladi. Xulosa yakunlovchi qism bo‘lib, unda o‘quvchi asosiy qismdan kelib chiqadigan o‘z fikri – xulosasini lo‘nda po bayon etadi. Namuna: Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni du I. K i r i s h. Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir va atoqli shoir. II. A s o s i y q i s m : 1. Alisher Navoiyning oshiqona g‘azallari. :e 2. Alisher Navoiyning orifona g‘azallari. 3. Alisher Navoiyning rindona g‘azallari. III. Xulosa. Alisher Navoiy g‘azallari – o‘zbek she’riyatining mezoni. tp 36-mashq. Quyidagi gaplarni tartibga keltirib, insho mavzusi va rejasini hosil qiling. Rejada uning qismlari to‘liq aks etsin. ht 1. Uvaysiy chistonlari – aql charxi. 2. Uvaysiy chiston- larida o‘xshatish usulining qo‘llanishi. 3. Uvaysiy chiston- larining mavzuviy ko‘lami. 4. Uvaysiyning hayoti va ijodi. 5. Uvaysiy – chistonnavis. 6. Uvaysiy yashagan davrdagi ijodiy muhit. 7. Uvaysiy chistonlarining bola tafakkuriga ta’siri. 21 Savol va topshiriqlar 1. Tartib va reja o‘zaro qanday bog‘liq? 2. Inson faoliyatida tartibsizlik qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 3. Insho rejasi bilan insho yozish rejasi farqini tushuntiring. 4. Insho rejasida kirish va xulosa qanday farqlanadi? 37-mashq. Berilgan izohlardan muqarrar, chiston, mantiq, fasl so‘zlarining ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) gap, fikr, harakat kabilarning aqlga monandligi, asosliligi; 2) vujudga kelishi z aniq, shubhasiz, turgan gap; 3) narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tavsiflab, nimaligini topishni o‘quvchiga havola etadigan she’riy shakl; 4) vaqt, l.u muddat, davr; yilning to‘rtdan bir qismi; bo‘lak, qism. Uyga vazifa 38-mashq. «Yangi asr avlodlari», «Abdulla Oripov she’rlari shaydosiman» mavzulariga insho rejasi tuzing. 14-dars rta SODDA VA MURAKKAB REJALAR 39-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. po Butun bo‘lak (qism)lardan tashkil topadi. Shuningdek, ushbu bo‘laklar yana qismlarga bo‘linishi mumkin. Biz inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy «bo‘laklashi- miz» – bir necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni du batafsilroq yoritish uchun bu bo‘laklarning ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi. Natijada, mu- rakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi. Albatta, oddiy rejada yozilgan inshoda ham kirish, asosiy qism, xulosa bilinib :e turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol ko‘rinadi. Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq, lekin bu qiyinlik insho yozishni yengillashtiradi. tp Bilib oling Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ht ajratish bo‘lsa, murakkab reja ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir. 40-mashq. «Navoiy – mohir ruboiynavis» mavzusi uchun oddiy va murakkab reja tuzing. 41-mashq. «Xalqim – faxrim» mavzusidagi insho uchun tuzilgan ushbu oddiy rejani tartibga keltirib, murakkab rejaga aylantiring. 22 1. «Xalqim, ajdoding izi – moziyning qat-qatida». 2. Tenglar ichra teng. 3. Qo‘llari qadoq ona xalqimning. 4. Hurlik shamollari esdilar, mana. 5. «Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman ger- dayib». 6. Yoshlar – xalqim qanoti va suyanchi. 7. Mangu yashaydi ozod o‘zbegim! z Savol va topshiriqlar 1. Sodda va murakkab rejaning farqi nimada? l.u 2. Sodda reja asosida insho yozishning qiyinligi va murakkab reja asosida insho yozishning qulayligi nimada? 3. Sodda rejada yozilgan inshoda kirish, asosiy qism va xulosa qanday anglashiladi? rta 4. Nega, ko‘pincha, erkin mavzudagi inshoga sodda, boshqa turdagi insholarga murakkab reja tuzishga harakat qilinadi? 42-mashq. Berilgan rejadagi qaysi qism ortiqcha? Sababini bayon qiling. po HAMID OLIMJON – BAXT VA SHODLIK KUYCHISI I. Kirish. Hamid Olimjon – o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi. du II. Asosiy qism: 1. Shoir she’riyatida baxtli muhabbat vasfi. 2. Hamid Olimjon she’riyatida Vatan madhi. 3. Shoir ijodida shaxs fojiasi tasviri. :e III. Xulosa. Hamid Olimjon she’riyati mangu barhayot! Uyga vazifa tp 43-mashq. «Iqtidorli yoshlar – xalq iftixori» mavzusiga sodda reja tuzib, uni murakkab rejaga aylantiring. 15-dars ht ADABIY MAVZULARDAGI INSHOLAR Eslatma Siz 1-sinfdan yoza boshlagan oddiy yozma tasvir, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni insho deb bo‘lmaydi. 23 Chunki bunday yozma ishlar aniq reja asosida yozil- magan, ularda o‘quvchining maxsus tayyorgarligi, ijo- diy izlanishi va mustaqil fikrlashi talab etilmagan. 44-mashq. Guruhlarga bo‘linib, biror badiiy asar bo‘yicha insho mavzulari tuzing. Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasini shakllantiring. Bilib oling Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi z insho adabiy inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror badiiy asar yoki undagi qahramonlar taqdiri adibning l.u badiiy mahorati bilan bog‘lab, manbalarga tayanib tahlil qilinadi. 45-mashq. O‘zingiz yoqtirgan badiiy asar asosida adabiy-ijodiy insho uchun yozing. rta mavzular tanlang. Shu mavzular bo‘yicha murakkab reja asosida insho 46-mashq. Quyida adabiy va ilmiy insholarning mavzulari aralash holda berilgan. Ularni ajratib yozing. po 1. «Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri. 2. Abdulla Q o d i r i y ning badiiy mahorati. 3. M e n s e v g a n a d i b. 4. Muhammad Yusuf she’riyatida Vatan tasviri. 5. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 6. Abdulla du Qahhor – kichik hikoyalar ustasi. 7. «Mehrobdan chayon» romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 8. Zulfiya she’riyatida tinchlik mavzusi. Savol va topshiriqlar :e 1. Xolis tahlil qaysi insho turiga xos? 2. Mustaqil fikrlash talab etiladigan insho qanday insho? 3. Àdabiy-ijodiy va adabiy insho orasiga qat’iy chegara qo‘yib bo‘ladimi? tp Fikringizni asoslang. Uyga vazifa 47-mashq. O‘tgan darsda reja tuzib, ma’lumot to‘plagan mavzulardan ht biriga adabiy mavzudagi insho yozib keling. 16-dars ERKIN MAVZUDAGI INSHOLAR 48-mashq. Berilgan mavzularda erkin mavzudagi insho yozish uchun qaysi sohalarga oid bilimlar zarurligini ayting va fikringizni sharhlang. 24 1. Kitob – bilim manbayi. 2. Vatanni sevmoq iymon- dandir. (Hadisdan) 3. Bobur asarlari ohanrabosi. 4. O‘zbe- kiston – Vatanim manim. (A.O.) 5. Tanti dehqon – o‘z- begim. (E.V.) 6. Hayotda bo‘lmasa muallim agar... (A.Jomiy) 7. Inson har narsadan ulug‘. Bilib oling O‘quvchining adabiyot darsligidagi ma’lumotlarga z bevosita daxldor bo‘lmay, umuman, ma’lum bir mavzu- ga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy l.u dunyoqarashi, fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi insho erkin mavzudagi inshodir. Erkin mavzudagi inshoda o‘quvchining biror mavzu bo‘yicha turli fanlar, boshqa manbalardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassu- rotlari birgalikda ifodalanadi. rta Erkin mavzudagi insho ommabop uslubda yoziladi. 49-mashq. Adabiyot, ona tili, tarix, geografiya, biologiya fanlari bilan po aloqador erkin insho mavzularini shakllantiring. Ulardan birining rejasini tuzing. Namuna: O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM du Reja: I. K i r i s h. O‘zbekistonning tarixi va istiqboli haqida. II. A s o s i y q i s m : :e 1. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» 2. Vatanimning tabiiy boyliklari. 3. Vatanim – rivojlangan sanoat maskani. 4. O‘zbekiston shoirlar va adiblar madhida. tp III. Xulosa. O‘zbekiston jahonga yuz tutmoqda. 50-mashq. Berilgan mavzu va reja asosida erkin mavzuda insho yozing. ht DAVLATIMIZ MADHIYASI Reja: I. Kirish. Madhiyamiz yangraganda. II. A s o s i y q i s m : 1. Madhiyamizda Vatan tavsifi. 2. Vatanimning o‘tmishi va buguni. 25 3. Vatanimning kelajagi. III. Xulosa. Men o‘z Vatanim bilan faxrlanaman. Savol va topshiriqlar 1. Inshoning qanday turi erkin mavzudagi insho deyiladi? 2. Erkin mavzudagi inshoda o‘quvchining qaysi xislatlari aks etadi? 3. Erkin mavzudagi insho qaysi soha bilimlariga aloqador bo‘lishi mumkin? Uyga vazifa z 51-mashq. Rasmni kuzating. Undan va davlatlararo zamonaviy aloqalarga oid ma’lumotlardan foydalanib, «Buyuk iðak yo‘li va zamonamiz» l.u mavzusida insho yozing. rta po du 17-dars INSHOGA EPIGRAF TANLASH :e 52-mashq. Jadvalni kuzating. Uning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur tp bayt) keltirildi. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlarni tanlang va bir- biriga bog‘lang. ht T /r Insho mavzusi T /r Tanlash uchun fi kr 1. Muxtasar nutq – go‘zal nutq. 1. Ona yurting omon bo‘lsa, Rang-u ro‘ying somon bo‘lmas. (Maqol) 2. Tuproqlaring ko‘zga aylay to‘tiyo. 2. Qisqa yozishga vaqti yo‘q k ishi uzun xat yozadi. (Paskal) 26 3. Mehnat baxt k eltirar. 3. Suv – zar, suvchi – zargar. (Maqol) 4. Obi hayot – tirik lik manbayi. 4. Emgak ek inda qolmas. (Mahmud Koshg‘ari y) Bilib oling Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hik- z matli so‘z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf de- yiladi. l.u Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan ol- din, sahifaning o‘ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo‘l- gan matndan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallif nomi qavs ichida beriladi. rta Inshoda epigraf bo‘lishini qat’iy talab deb tushun- maslik kerak, u tamoman ixtiyoriy. Lekin mavzu va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlash inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining po mahoratini ko‘rsatadi. 14-topshiriq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping. 1. Alisher Navoiyning «Topmadim» g‘azali tahlili. du 2. Muhammad Yusuf she’rlarida samimiylik va haqqo- niylikning tarannum etilishi. 3. Abdulla Qodiriy – tarixiy romanlar ustasi. 4. «O‘tkan kunlar» romanidagi Zaynab timsoliga tavsif. :e 53-mashq. «O‘zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «O‘tkir Ho- shimov asarlarini sevib o‘qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mav- tp zularidan biriga epigraf tanlang. 54-mashq. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan topib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: epigraf, muxtasar, to‘tiyo, emgak, ht timsol, samimiy, haqqoniy. Savol va topshiriqlar 1. Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi? 2. Barcha insholarda epigraf bo‘lishi shartmi? 3. Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday tinish belgilari qo‘yiladi? 27 Uyga vazifa 15-topshiriq. «Mehnat», «Vatan», «Ona» mavzularidagi insholar uchun epigraf bo‘la oladigan xalq maqollari, hadislardan 5 tadan namuna topib keling. 18-dars ILMIY INSHO 55-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Har bir z xatboshidagi asosiy fikrni aniqlab, bir jumlada ifodalashga harakat qiling. l.u Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi mumkin. Ilmiy inshoda berilgan mavzu biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi. Ilmiy inshoda terminlar, ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda rta axborot aniq va lo‘nda ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi lozim. Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan, obrazli ibora, maqol va matallardan po deyarli foydalanilmaydi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi. Ilmiy insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini tushunish, narsalarning xususiyatlarini yaxshi bilish aso- sida yoziladi. Ilmiy inshoda muallifning nuqtayi nazari, du tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ilmiy insho yozish o‘quvchilarning kelajakda ilmiy ma- qola, ilmiy kitoblar yozish malakasi hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Kelajakda biror fan sohasida ilmiy tadqiqot ishlari :e olib borishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ilmiy insho yozish mahoratini tinimsiz egallab borishingiz kerak. Barcha fanlar bo‘yicha ilmiy insho yozish mumkin. tp Bilib oling Ilmiy inshodan o‘quvchilarning ilmiy fikrlash dara- ht jasini aniqlash uchun foydalaniladi. Bunday inshoda ilmiy tushuncha va terminlar, dalillar ko‘p ishlatiladi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi. 56-mashq. Quyidagi gaplarni to‘g‘ri tartiblab, «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» sarlavhali ilmiy insho uchun murakkab reja tuzing. 28 1. O‘zbek tili nutq tovushlarining talaffuzi va yozilishi. 2. Imlo qoidalarini bilishning ahamiyati. 3. So‘zlarning ajratib yoki qo‘shib yozilishi. 4. Bo‘g‘in ko‘chirish qoida- lari. 5. So‘zlarga qo‘shib yoki chiziqcha bilan ajratib yozi- ladigan qo‘shimchalar. Savol va topshiriqlar 1. Ilmiy insho qanday insho? 2. Ilmiy inshoda tilning qaysi vositalari ko‘proq, qaysilari kamroq qo‘l- z lanadi? 3.Ilmiy insho yozish mahorati kelajakda nimalarga asos bo‘ladi? l.u Uyga vazifa 57-mashq. «Daraxt» mavzusidagi ilmiy insho uchun reja tuzing. 19-dars rta Mustahkamlash darsi AYNI BIR AXBOROTNI BADIIY VA ILMIY po BAYON QILISH 16-topshiriq. Berilgan gaplardagi ko‘makchilarni mos qo‘shimchalar bilan almashtiring. du 1. Vatanimiz mustaqillik sari qadam qo‘ydi. 2. Biror nima to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun unga ega bo‘lish shart emas. 3. Uning nigohi daryo tomonga tushdi-yu, to‘xtab qoldi. 4. Bu gullarni onam uchun oldim. 5. Ota- :e jonim kabi oliyjanob, mehribon, saxiy inson bo‘lishni xoh- layman. tp 17-topshiriq. O‘zbekiston haqida bittadan badiiy va ilmiy matn topib, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlang. Uyga vazifa ht 58-mashq. «Quyosh» mavzusida badiiy va ilmiy matn yaratib, «Eng ravon nutq» mavzusidagi og‘zaki nutq sinoviga tayyorlaning. Mustahkamlash uchun savollar 1. Adabiy nutqning me’yorlari haqida gapiring. 2. Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi? 3. Yordamchi so‘z turkumlari nega bunday nomlangan va uning qanday turlari bor? 29 4. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning o‘xshash jihatlari nimada? 5. Insho nima va u boshqa ijodiy ishlardan qaysi jihati bilan farqlanadi? 6. Inshoning oddiy yozma axborot bilan qanday o‘xshash va farqli tomonlarini bilasiz? 7. Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra necha turli bo‘ladi? Ularning xususiyatlarini sanang. 8. Mustaqil fikrlash talab etiladigan insho qanday insho? 9. Inshoning qanday turi erkin mavzudagi insho deyiladi? z 10. Epigraf nima va u qanday tanlanadi? 11. Sodda va murakkab rejaning farqi nimada? l.u 12. Ilmiy inshoni tavsiflang. Globallashuv va tillar taraqqiyoti (Tilshunoslik bo‘yicha ilmiy insho namunasi) 1. Dunyoning lisoniy manzarasi. 2. Yo‘qolib borayotgan tillar. rta 3. Tillarni saqlab qolish choralari. Reja: po 4. «Internet tili» tushunchasi. 5. Xulosa. Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kun- da dunyoda 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof du etiladi. 2005-yilda tuzilgan UNESKO ro‘yxati 6 912 ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269 tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092 tasi) Afrika qit’asiga to‘g‘ri keladi. Til – moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning :e eng kuchli vositasi. UNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mav- jud 7 mingga yaqin tilning yarmi XXI asrda o‘zining oxirgi sohibidan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxi- tp riga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o‘layotganligi esa dahshatli hodisa! UNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xa- ht bariga ko‘ra, o‘lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘z- bekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro – Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tili. Qolgan tillarning 2 tasi Qozog‘iston va Qir- g‘izistonda (dungan tili, oyrot tili), 1 tasi Turkmanistonda (truxman tili), 9 tasi Tojikistonda (voxon tili, ishkomish 30 tili, sanglich tili, roshorv tili, shug‘on tili, bartang tili, rushon tili, yazg‘ulob tili, yag‘nob tili). Globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko‘proq axborot-kommunikatsiyalari sohasida, Internet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq. Qaysi til Internet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasi- da o‘lim xavfi turaveradi. Internet tili haqida so‘z ketar ekan, o‘zbek tili Internet z tili emasmi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘zbek tilida Internet sahifalarida ma’lumotlar berilmoqda, yozish- l.u malar amalga oshirilmoqda, tilimizda ish olib boradigan sayt va portallar, ijtimoiy tarmoqlar kundan kunga ko‘pa- yib borayotir. Zohiran tilimiz Internet va axborot-kommu- nikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanayot- rta gandek, tilimiz esa Internet tiliga aylangandek. Aslida ham shundaymi? Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Komp- yuter tilshunosligida «kompyuterning tilni tanishi» degan tushuncha bor. Agar kompyuter tilni «tanir» ekan, tilning po kompyuter tili, Internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Kompyuter tilni «tanishi» uchun u bu tilni «bilishi» za- rur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatishi, matnni du qayta ishlashi, tarjima qilishi, tahrirlashi, til ifodalarini tasniflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi uning tilni tanishi asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, sun’iy intellektning muayyan til asosida ish ko‘rishi, tilning :e sun’iy intellektning to‘la ma’nodagi muloqot vositasiga ay- lanishi uning tilni «bilishi» va «tanishi» asosida sodir bo‘- ladi. Xullas, XX asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan komp- tp yuter texnologiyalari sohasi uchun katta vazifalarni vujudga keltirdi va tillarning taraqqiyoti hamda yashab qolishi uchun hal qiluvchi omilga aylanib qoldi. ht Tilning Internet, kompyuter texnologiyalari tiliga ayla- nishi matematik tilshunoslik, uning davomi bo‘lgan komp- yuter tilshunosligining shakllanganligi va rivojlanish dara- jasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, sun’iy intellekt uchun tabiiy tillarni model- lashtirish kompyuter lingvistikasining asosiy, pirovard va- zifasi hisoblanadi. 31 Dunyo miqyosida sun’iy intellektlar yaratish asosida tabiiy tillarni matematik modellashtirish yotadi. Matema- tik modellashtirish natijalari sun’iy intellektning faoliyat dasturini yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z- bek tili misolida hali ochilmagan qo‘riq. Tilning xavfsizligini ta’minlash uchun ularning yozuv- lariga, ko‘p sonli so‘zlashuvchilariga (100 mingdan ortiq), davlat tili maqomiga va axborot-kommunikatsiya, Internet z tizimida qo‘llanish xususiyatiga hamda so‘zlashuvchilar- ning muhabbatiga egaligidan tashqari, ziyolilarning tillarni l.u saqlab qolish va rivojlantirish haqida qayg‘urishlari va mu- tasaddilarning esa bir yoqadan bosh chiqarib tashkiliy yo‘l bilan kurashishlari juda ham zarur. rta 20–21-darslar YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 3-BO‘LIM po SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI 22-dars SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY du TUSHUNCHA. SO‘Z BIRIKMASI Nutqimizda gaplardan foydalanamiz. Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. So‘zlar bog‘lanishi uchun: :e 1) ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi. Ma- salan, kitob o‘qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z bo‘l- tp maganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘la olmaydi; 2) so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim. Ma- ht salan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq so‘zlariga mos emas. Shu- ning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘- lash xato bo‘ladi; 3) so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llangan. Lekin 32 Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘- shimcha noto‘g‘ri qo‘llangan. So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‘rganuvchi bo‘lim sintaksis deyiladi. Tovushlardan so‘z va qo‘shimchalar, so‘z va qo‘shim- chalardan gap hosil bo‘ladi. Gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin. 59-mashq. Quyidagi so‘zlardan sintaktik aloqa hosil qiling. z qush, uya; l.u yurt, ketmoq; ayrilmoq, el; vatan, qadr; inson, vatansiz; rta g‘am, el; yurt, yuksalmoq; tug‘ilmoq, yer. 18-topshiriq. Gaplarning kesimini toping va bunda nimaga asoslan- po ganingizni izohlang. 1. Haqiqiy inson va yurt farzandi – bir kishi. (Aleksandr Radishchev) 2. O‘z yurtiga tegishli bo‘lmagan odam inso- niyatga ham tegishli emas. (Vissarion Belinskiy) 3. Boy boyga du boqar, suv soyga oqar. (Maqol) 19-topshiriq. Berilgan birikmalarda mustaqil so‘zlarni bog‘lovchi vositalarni ikki guruhga ajrating. :e Vatan uchun o‘lmoq, yigit va vatan, kishi yerida sulton bo‘lmoq, ega va el, o‘z yurting, vatan uchun jon bermoq, o‘zga yurtda shoh bo‘lmoq, yurtim shamoli. tp Bilib oling Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z bi- rikmasi hosil bo‘ladi. So‘z birikmasi bo‘lish uchun: ht 1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim; 2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak; 3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni to- belanishi zarur; 4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘z- larni bog‘lashi kerak. 3 – Ona tili 33 Eslatma So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim so‘z deyiladi. Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘l- diradi. Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanish- lar ham mavjud: olma va anor; o‘qidi va yozdi; Salim, z Halim kabi. l.u Savol va topshiriqlar 1. Gap nimadan tashkil topadi? 2. So‘z birikmasi uchun qanday so‘zlar zarur? 3. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar qanday bog‘lanadi? rta 4. So‘z birikmasida oldin va keyin kelgan mustaqil so‘z nima deyiladi? Uyga vazifa 60-mashq. Har bir qatordagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, so‘z birikmalari tuzishni mashq qiling. po 1) bormoq, maktab, sari, shahar, o‘qimoq; 2) suv, buloq, tinchlik, maqtamoq; 3) o‘zga, yurt, cho‘l, gul; 4) tog‘, chiqmoq, el, suyanch. du 23-dars TENG VA TOBE BOG‘LANISH :e 20-topshiriq. Matnni o‘qing. HUNAR XOSIYATI tp Aytishlaricha, Gushtasp (Erondagi kayoniylar sulolasi- ning beshinchi hukmdori) kunlardan birida o‘z Vatanidan ht ayrilib, begona bir shaharga kelib qoldi. Uning yonida biror chaqa ham yo‘q edi. Yeyishga narsa topolmay, och qoldi. Birovdan so‘ray desa, izzat-nafsi yo‘l qo‘ymas edi. Uning yodiga yoshligi tushdi. U bolalik paytida maktabga borar ekan, yo‘l chetida joylashgan temirchi do‘koni oldi- da biroz to‘xtab, temirchilarning pichoq va bolta yasash- larini tomosha qilar edi va uning siridan birmuncha voqif 34 bo‘lib qolgan edi. Gushtasp ko‘p o‘ylab o‘tirmay, temir- chilarning oldiga bordi va ularga dedi: – Ey birodarlar, temirchilik siridan ancha xabardor- man, meni ham o‘zlaringga sherik qilib olsalaringiz. Temirchilar rozi bo‘lishdi. Gushtasp bir necha muddat ishlab, pul yig‘di. So‘ng Vataniga qaytib bordi. U mar- tabaga erishgan paytida barcha yosh-u qarini kasb va hunar o‘rganishga da’vat qildi. z Bolalarni kunning avvalida o‘qitib, ikkinchi qismida hunar o‘rgatishga farmon berdi. l.u 21-topshiriq. Birinchi guruh bog‘lanishdagi tobe va hokim so‘zlarni aniqlang. 22-topshiriq. Tobe so‘z hokim so‘zga nima vositasida bog‘lanishi asosida ularni uch guruhga ajrating: 1) qo‘shimchalar yordamida bog‘lanish; 2) ko‘makchilar yordamida bog‘lanish; rta 3) qo‘shimcha va ko‘makchilarsiz bog‘lanish. po Bilib oling Bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlay- digan bog‘lanish tobe bog‘lanish deyiladi. du Bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‘lansa, teng bog‘lanish deyiladi. So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini ho- sil qiladi: yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy :e hamda quyosh. Teng bog‘lanishda tobe va hokim so‘z bo‘lmaydi, ik- kala so‘z ham teng huquqli bo‘ladi. tp 23-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z birikmalaridagi hokim so‘zlar qaysi so‘z turkumiga mansubligini aniqlang. ht 1. Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi. (Buker Vashington) 2. Hech narsa qilmaslik – bu juda og‘ir ish. (Oskar Uayld) 3. Baxt yalqovga begona. (Maqol) 4. Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda? (Maqol) 24-topshiriq. Berilgan gaplardagi teng bog‘lanishli birikuvlarni aniqlang. 35 1. Dunyodagi eng og‘ir yuk hasad yukidir. Chunki ha- sadchi butun dunyodagi shod va quvnoq odamlarning qay- g‘ularini o‘z ustiga yuklab yuradi. (Aristotel) 2. Boy insonlar pulni ko‘proq topish hamda jamlashni o‘ylasa, kambag‘al odamlar uni ko‘proq sarflashni o‘ylaydi. (Harv Eker) 3. Olimlar orasidagi hasad, ko‘rolmaslik jamiyat uchun ofatdir. (T. Malik) z Bilib oling So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid l.u so‘z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi. Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot, sifat, son, ravish va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi: shaharning rta ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘ur- chug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, do‘stlarning barchasi, o‘qdan tez kabi. Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l bilan ifoda- lanadi: kitobni o‘qidi, daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista po gapirish, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq. Savol va topshiriqlar 1. Otli birikma va fe’lli birikmani tushuntiring. du 2. So‘z birikmasida hokim va tobe so‘zning joylashuvi qanday? 3. Tobe va teng bog‘lanishning farqi nimada? 4. So‘z birikmasidagi tobe so‘z qanday vazifa bajaradi? Uyga vazifa :e 61-mashq. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan topib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: sulola, izzat-nafs, voqif bo‘lmoq... tp 24-dars SO‘Z BIRIKMASI VA SO‘ZLAR QO‘SHILMASI, QO‘SHMA SO‘Z ht 25-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. AMIR TEMUR VA ME’MOR Bir kuni Amir Temur tez muddatda dunyo qoyil qola- digan madrasa qurib bitirishni niyat qilibdi. Mohir me’- morni chaqirib, o‘sha kuniyoq ish boshlatmoqchi bo‘libdi. 36 Me’mor bunday binoni shoshilinch qurib bo‘lmasligini qancha aytsa ham, Amir Temur ko‘nmabdi. Noiloj qolgan me’mor madrasaning joyini tayyorlab, poydevorini qo‘y- dirib, bir kechada g‘oyib bo‘lib qolibdi. Yer-u ko‘kni qidi- rib topisholmabdi. Oradan ikki yil o‘tgach haligi usta yana paydo bo‘libdi-da, darg‘azab Amirga: – Siz istagan muddatda bu binoni qurib bitkazishim mumkin edi, ammo ming go‘zal bo‘lgani bilan uning umri z uzoqqa bormasdi. O‘ylanmay qilingan ishning oxiri voy. Siz aytgan binoni qurish uchun o‘ylashga fursat kerak edi. l.u Men ikki yil ko‘rinmay ketgan davrimda shu haqda o‘y- ladim. Qancha-qancha yurtlardagi qasri oliylarni ko‘rib keldim. Ham boqiy, ham go‘zal bo‘lishi rejalarini tuzdim. Men bir bino yaratmoqchimanki, uning tepasida faqat os- rta mon bo‘ladi. Osmon xalaqit bermasa, uni yana ham ba- landroq ko‘tarishim mumkin bo‘lardi, – deb javob qilgan ekan. po 26-topshiriq. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan birikuvlar tarkibidagi so‘zlar qanday vositalar yordamida bog‘langanini aniqlang. Bilib oling So‘z birikmasi so‘z qo‘shilmasi (teng bog‘lanish) va du qo‘shma so‘zga o‘xshaydi. So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo‘shma so‘z nutq jarayonigacha mavjud bo‘ladi. Shu boisdan u lug‘at- larda aks etadi. :e 62-mashq. Imlo lug‘atidan qo‘shma so‘zlarga misollar toping. Ularni ikki guruhga ajrating: tp 1) qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlar; 2) ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar. 63-mashq. Kitob, bahor, o‘qimoq, tashakkur bildirmoq kabi so‘zlariga eng ht ko‘p tobe so‘z qo‘yish bo‘yicha «Kim topqir?» bahsida ishtirok eting. Namuna: qizil gul – chiroyli qizil gul – xushbo‘y chiroyli qizil gul... Eslatma: sariq, pushti, qizil gul tipidagi birikuvlar inobatga olinmaydi. Savol va topshiriqlar 1. Amir Temur nega me’morni eshitishni istamadi? 37 2. Nega me’mor Amir Temurdan qochib ketdi? 3. Me’morda qaytish uchun jur’at nima sababdan paydo bo‘ldi? Uyga vazifa 64-mashq. Berilgan izohlardan madrasa, mohir, me’mor, poydevor, fursat, boqiy, oliy so‘zlarining ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) bino devorlarining asos qismi; 2) vaqtning zum, damdan keyingi kichik qismlaridan biri; 3) abadiylikka ega; 4) eng yuqori; 5) sharq o‘tmishida oliy ma’lumot beruvchi ta’lim muassasasi; 6) imorat qurilishini z loyihalash bo‘yicha mutaxassis. l.u MUSTAHKAMLASH DARSLARI 25–26-darslar MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH rta 65-mashq. Matnni ifodali o‘qing. po TALAB VODIYSI Chun talab vo/diysig‘a qo‘y/sang qadam, Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam. du Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur, Har nafas ming/ sa’b holat/ yuzlanur. Istamak ran/ji ko‘ngulni/ zor etar, Topmomog‘liq/ ruhni af/gor etar. :e Jonni kuydur/mak bo‘lub mah/rumliq, Vaslining mi’/odi noma’/lumliq. tp Ranj-u ko‘shish/ sanchibon jis/mingg‘a nesh, Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh. ht Istabon top/may duri no/yobni, Mundadur tar/k aylamak as/bobni. Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band, To‘rt takbi/ri fano ur/moq baland. Alisher Navoiy, «Lison ut-tayr» 38 66-mashq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) malol kelish; og‘rinish; 2) xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish; 3) muddat, ijro vaqti; 4) sa’y-harakat; 5) nish, tig‘; 6) yara, jarohat; 7) o‘tkinchi dunyo uchun haqni ulug‘lash; 8) komillik sari harakat qilayotgan kishi; 9) qiyin, og‘ir. 67-mashq. Har bir bandni ifodali o‘qib, mazmunini nasriy bayon qilishga tayyorlaning. z Uyga vazifa l.u 68-mashq. Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling. 27-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing. rta TALAB VODIYSI (davomi) Har nekim g‘ayri talabdur tashlamoq, po O‘zni maqsad manzilig‘a boshlamoq. Qolmasa olam mato‘idin jihot, O‘zga nav’ o‘lg‘ay sanga ul dam sifot. du Ganjdin yetkay asar vayroninga, Zoti nuridin yorug‘lug‘ joninga. Ul yorug‘lug‘ shavq o‘tin tez aylagay, :e Kim talab raxshin sabukxez aylagay. Joning‘a yetkay talabning rohati, tp Qolmagay ranj-u taabning shiddati. Durg‘a topqon soyi ko‘nglung xosliq, ht Bo‘lg‘oy osonroq sanga g‘avvosliq. Alisher Navoiy, «Lison ut-tayr» 69-mashq. Quyidagi izohlardan ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) suv tagida harakat qilish, suzish; 2) sayin, sari; 3) mashaqqat, mushkullik; 4) zavqli harakat; 5) ot, ulov; 6) davlat, boylik; 7) yengil, chaqqon. 39 70-mashq. Har bir band mazmunini avval she’riy ifodali o‘qib, keyin nasriy bayon qilishga tayyorlaning. 28-topshiriq. Matnni she’riy va nasriy ko‘rinishda navbatma-navbat o‘qing. Uyga vazifa 71-mashq. Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling hamda «Eng yaxshi nasriy matn» bahsiga tayyorlaning. z 27-dars «ENG CHIROYLI VA TA’SIRCHAN NUTQ» l.u TANLOVI (Og‘zaki nutq bo‘yicha nazorat ishi) 29-topshiriq. Mavzulardan birini og‘zaki nutq tanlovi uchun tanlang: rta 1) «Izzat qilsang, hurmat ko‘rasan»; 2) «Mehr – gul, qahr – tikan»; 3) «Mehr xazinasi – til»; 4) «Meniki-seniki – ko‘ngil torligi»; 5) «Ustoz mehri – ota mehri». po 72-mashq. Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin. 30-topshiriq. Dars jarayonida tashkil etilgan «Eng chiroyli va ta’sirchan du nutq» tanlovida qatnashing. 31-topshiriq. Ko‘rsatilgan xatolaringizni yozib oling va ular ustida ishlang. Uyga vazifa :e 73-mashq. Ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanib, «Shaxsning fe’l- atvorini ifodalaydigan eng ta’sirchan so‘zlar lug‘ati»ni tuzing. Namuna: mehribon – mushfiq; chiroyli – xushro‘y; qadrli – aziz. tp 4-BO‘LIM ht GAP Eslatma So‘z yoki so‘zlar vositasida anglashilgan fikr gap deyiladi. 40 28-dars GAPNING IFODA MAQSADI 32-topshiriq. Matnni o‘qing. KO‘RNING JAVOBI Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib: z – Hoy, Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, – debdi. l.u – So‘radim – berdi, – debdi ko‘r. – Nima berdi? – Senga o‘xshagan ahmoqlarning basharasini ko‘rmas- likni! 1) xabar anglatuvchi gaplar; 2) so‘roq anglatuvchi gaplar; 3) buyurish, undashni anglatuvchi gaplar. rta 33-topshiriq. Matndagi gaplarni uch guruhga ajrating: po 34-topshiriq. Berilgan jadval mazmunini matnda ifodalang va qoidani eslab qoling. Gapni ng i foda maqsadi ga ko‘ra turi du Darak gap So‘roq gap Buyruq gap Istak gap Xabar berish So‘rash, aniqlash Buyurish, undash Istak , xohish maqsadidagi gap maqsadidagi gap maqsadidagi gap maqsadidagi gap :e Bilib oling Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan biri uchun ishlatiladi: tp 1) xabar berish; 2) so‘rash, aniqlash; 3) buyurish, undash; ht 4) istak, xohish bildirish. Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko‘ra darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap turlari ajratiladi. 74-mashq. Chiroyli nutq mashqi. Biror hayajonli voqea haqida o‘rtog‘ingizga chiroyli og‘zaki xabar bering. Xabaringizda gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlaridan keng foydalaning. 41 Savol va topshiriqlar 1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlari bor? 2. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nimasiga ko‘ra farqlanadi? 3. Bunday gaplar oxirida qanday tinish belgisi qo‘yiladi? 4. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini hosil qiluvchi vositalarni ayting. Uyga vazifa 35-topshiriq. Berilgan izohlardan sayyor, tegishmoq, ahmoq, karomat, evaz, bashara so‘zlarining ma’nosini topib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va z eslab qoling: 1) sayr qiluvchi, sayohatchi; 2) tegajoqlik qilmoq; 3) bilib turib xato qiladigan kishi; 4) mo‘jizasimon holat; 5) o‘rniga, badaliga to‘lanadigan l.u yoki olinadigan haq, narsa; badal; 6) xunuk ko‘rinishli, yoqimsiz qiyofa. 29-dars rta MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH TALAB VODIYSI po (davomi) Ollingga kel/sa agar pi/li damon Ko‘rgosen pash/sha hamon-u/ pil hamon. du Gar yo‘lungni /tutsa yuz she/r-u palang, Bo‘lg‘ay olling/da nechukkim/ mo‘ri lang. Ajdahodin /yetmagay ko‘/ngulda ranj, :e O‘yla bo‘lmish/ bo‘lg‘ay ul mash’/uf ganj. Kufr ila iy/mong‘a urg‘ay/sen ilik, Bu tama’din/kim ochilg‘ay/ bir eshik. tp Chun eshik o/childi ne kuf/r-u ne din, Ichkari kir/gach qutulding/ barchadin. ht Kufr-u iymon/ rohravg‘a /kesh emas, Asl yo‘lda /bandi rohe, /besh emas. Alisher Navoiy, «Lison ut-tayr» 36-topshiriq. Matnni aruz vazni qoidalariga mos holda ifodali o‘qing. Bunda misralardagi yotiq chiziqlar qisqa pauza (to‘xtam)ni bildiradi. 42 75-mashq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) mast, quturgan fil; 2) yo‘lbars; 3) cho‘loq chumoli; 4) kofirlik, dindan qaytganlik; 5) istak, xohish; 6) yo‘lovchi, maqsadga intilgan kishi; 7) maqsad, mo‘ljal; 8) yo‘ldagi band, to‘siq; monelik; 9) afzal, tuzuk. 76-mashq. Har bir band mazmunini nasriy bayon qilishga tayyorlaning. 37-topshiriq. She’riy parchani oldingi darslardagi qismi bilan taqqoslang hamda talab vodiysi haqida xulosa chiqaring. Xulosani sinfda muhokama z qiling. l.u 77-mashq. Uch guruhga bo‘lining. «Talab vodiysi» parchasidan o‘rganilgan yangi so‘zlarni eslang va daftaringizga yozing. Sinfingizda mumtoz matndan eng ko‘p so‘zni eslagan o‘quvchi va guruhni aniqlang. Uyga vazifa rta 38-topshiriq. Matnni yod oling. 78-mashq. Quyidagi matnni o‘qing. Sinfda nasriy bayon qilishga tayyorlaning. Imom G‘azzoliydan so‘radilar: po – Ilmda bunday yuksak darajaga qanday yetishding? – Bilmagan narsamni so‘rab o‘rganishdan uyalma- dim, – deb javob berdi. Tabibga ko‘rsatmay kasal tomirin, du Tuzalmoq xayoli xomdur, hushyor bo‘l. Bilmaganingni so‘ra, so‘rash nomusi, Bilki, bilimdonlik va hurmatga yo‘l. Shayx Sa’diy, «Guliston» :e 30-dars GAPNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI tp 39-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing. ht BIR SAHIFA SHARHI O‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kela boshlabdi. Yigit kuyov- navkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga qa- 43 dam qo‘yishi bilan nima bo‘libdi-yu, holsizlanib yiqilibdi. Sanoqli daqiqalarda behush bo‘lib, jon beribdi. Qiyomat qoyim bo‘lib, qiy-chuv boshlanibdi......To‘yga atalgan osh janozaga tarqatilibdi. Yaratganning bu ishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan ota davrining mashhur donishmandi huzuriga borib, voqeani so‘zlab beribdi va sababini so‘rabdi. Shunda donishmand: z – Boravering, tushingizda ayon bo‘ladi, ertaga tongda kelasiz, – debdi. l.u Saharmardonda kelgan otaning ahvolini bayon qilishga til ojiz edi. Donishmand so‘rabdi: – Xo‘sh, ayon bo‘ldimi? rta – Qayoqdan ayon bo‘lsin, axir, men uxlamadim, – deb javob beribdi ota. Shunda donishmand debdi: – Unday bo‘lsa, quloq soling. Menga ayon bo‘ldi. Tu- shimda bir kutubxonaga borgan emishman. Bir kitobni po o‘qimoqchi bo‘libman. Kutubxonachi kitobni berar ekan, ming istihola bilan qo‘shib qo‘yibdi: – Bu kitob dunyo bo‘yicha yagona nusxada. Uzoq yurt- lardan tolibi ilmlar biri uch oy, boshqasi olti oy yo‘l bosib du kelib, uni o‘qiydilar. Ammo kitobning eng muhim fikr yozilgan asosiy bir sahifasi yo‘q – qaysidir nobakor uni yirtib olgan. Musofir tolibi ilmlar ushbu sahifadagi bebaho fikrdan bahramand bo‘lolmay, ming afsus-nadomatlar bi- :e lan qaytib ketadilar... Sarosimaga tushgan ota boshiga osmon qulagandek be- hush yiqilibdi. Bir amallab hushiga keltirishgach, o‘ziga tp kelib, siniq ovozda hikoyasini boshlabdi: – Ha, o‘sha nobakor menman. Yosh talaba edim. Ku- tubxonada bu noyob kitobni mutolaa qilayotgan edim. ht O‘qir ekanman, bir sahifadagi murakkab fikrga hech ham tishim o‘tmadi. Ikki-uch kun tongdan xuftongacha kutub- xonada o‘tirar va ko‘p martalab shu sahifani qayta o‘qir edim. Baribir, bo‘lmadi. Bir kuni kutubxonachining ko‘zini shamg‘alat qilib kitobning shu varag‘ini yirtib oldim va qo‘ynimga tiqdim... Bu keyinchalik mutlaqo yodimdan chiqib ketgan edi. 44... Shundan so‘ng ota gunohiga iqror bo‘lib, tavba-ta- zarru qildi. Yaratganning jazosiga rozi bo‘ldi. Yirtilgan sa- hifa sharhiga bag‘ishlab esa ulkan kitob yozdi. Unga «Bir sahifa sharhi» deb nom qo‘ydi va kutubxonaga topshirdi. Umrining oxirigacha bor davlatini sarflab, kutubxona homiyligini zimmasiga oldi. «Sharq hikoyat va rivoyatlari» z 40-topshiriq. Matnda ajratilgan gaplardan nechta voqea yoki hodisa angla- shilayotganini aniqlang. l.u 79-mashq. Quyidagi gap juftliklarini bitta gap holiga keltiring, bunda teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilardan foydalaning. 1. Unutilish bilan nodir asarlar o‘lmaydi. Yozuvchining rta yolg‘oni va laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini uzaytira olmaydi. (Onore de Balzak) 2. Kitob o‘z yaralishida hech qachon san’at asari bo‘lmaydi: u san’at asariga aylanadi. (Gonkur) 3. Savol – kumush, javob – oltin. (Maqol) 4. Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham, soz so‘zlar. po (Maqol) Bilib oling Bir xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi. du Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo‘shma gapdir. Sodda gapda shakllangan (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor belgisiga ega bo‘lgan) kesim bitta, qo‘shma :e gapda birdan ortiq bo‘ladi. Savol va topshiriqlar tp 1. Sodda gap deb qanday gapga aytiladi? 2. Qo‘shma gap nechta kesimdan iborat bo‘ladi? 3. Sodda va qo‘shma gapning farqini ayting. 4. Qo‘shma gapni qanday qilib sodda gapga aylantirish mumkin? ht Uyga vazifa 80-mashq. Berilgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirib, qo‘shma gaplarni esa sodda gaplarga ajratib ko‘ring. 1. Nasrda tarjimon – qul, nazmda tarjimon – raqib. (Vasiliy Jukovskiy) 2. Vaqtni o‘ldirish uchun o‘qiydiganlarga hech qaysi asar uzun tuyulmaydi. (Djovanni Bokkachcho) 45 3. Kitob – aql qayrog‘i. (Maqol) 4. Kitob ko‘rmagan kalla – giyoh unmagan dala. (Maqol) 81-mashq. Berilgan so‘zlarning yozilishini imlo lug‘atidan aniqlang, xatolarini tuzatib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yozilishini eslab qoling: juziy, jurat, kekaymoq, komedia, ko‘k sulton, lahcha (...cho‘g‘), lovillamoq, lakamativ, mutoala, mubohasa. z 31-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH l.u 41-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing. TILSHUNOS VA QAYIQCHI rta Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg‘oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. po Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi: – Sen hech nahv o‘qiganmisan? – Yo‘q, men johil bir qayiqchiman. du Olim: – E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring be- huda o‘tibdi, – deya achinib qayiqchiga qaradi. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chay- :e qala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasida edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi: tp – Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bila- sanmi? Yo‘q javobini olgan qayiqchi: ht – Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘- kadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, – dedi. Jaloliddin Rumiy, «Masnaviy» 46 82-mashq. Matnga mos reja tuzing. So‘zlarni ma’nodoshi bilan almashtiring. Bunda ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalaning. Reja asosida matnni ravon nutq bilan og‘zaki hikoya qiling. 42-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha; 2) o‘qimagan, savodsiz kishi; 3) kuchli shamol; 4) yomg‘ir aralash kuchli shamol; 5) daf qilish, yengish. Uyga vazifa z 43-topshiriq. Izohli lug‘atdan zehn hamda amal qilmoq so‘zlarining ma’nosini topib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlab oling. l.u 32-dars Mustahkamlash darsi GAPNING IFODA MAQSADI VA TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI YUZASIDAN TAHLIL Anushervon Buzurgmehrdan: HILM NIMA? rta po – Hilm nima? – deb so‘rabdi. – Hilm – axloq dasturxonining tuzi. Hilm so‘zini tes- kari o‘qisang, arabchada milh, ya’ni «tuz» so‘zi hosil bo‘- ladi. Hech bir ovqat tuzsiz ta’mga ega bo‘lmaydi. Hech bir xulq ham hilm, ya’ni muloyimliksiz kamol topolmaydi, – du deb javob berdi. Anushervon yana undan: – Hilmning belgilari qanday bo‘ladi? – deb so‘radi. – Uning uch alomati bo‘ladi, – deb javob berdi Buzurg- :e mehr, – birinchisi – birov senga qovog‘ini solsa yoki ach- chiq so‘zlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin so‘z ayta- san, agar u o‘z fe’li bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga tp urinasan. Ikkinchisi – g‘azab o‘t olib osmonga o‘rlagan paytda ham sukut qilib, xomush bo‘lib turasan. Uchinchi- si – biror kimsa kirdikori bilan g‘azabga loyiq bo‘lsa ham, ht g‘azabni ichga yutib, o‘zingni bosasan! «Sharq hikoyat va rivoyatlari» 44-topshiriq. Berilgan matndagi gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajrating. 45-topshiriq. Uch guruhga bo‘lining. Guruhlar orasida «Bu – bizniki» o‘yi- nini o‘tkazing: matndan darak, so‘roq, buyruq gaplarni alohida ajratib oling. 47 83-mashq. Matnni qayta aytib berishga tayyorlaning. Undagi so‘roq va buyruq gaplarni ham darak gap shaklida ifodalang. 84-mashq. Berilgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylanti

Use Quizgecko on...
Browser
Browser