AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TO‘G‘RISIDA QONUNI PDF
Document Details
Uploaded by ReputableCerberus
2015
Tags
Summary
This is a law of the Republic of Uzbekistan related to the sanitary-epidemiological well-being of the population. It details the regulation of relations in the area of sanitary-epidemiological well-being of the population, and describes the different responsibilities for maintaining public health. The legal document outlines the basic concepts, such as the sanitary-epidemiological well-being of the population and state sanitary control.
Full Transcript
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI **AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TO'G'RISIDA** Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-iyulda qabul qilingan\ Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda ma'qullangan **1-bob. Umumiy qoidalar** **1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi** Ushbu Qonunning...
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI **AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TO'G'RISIDA** Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-iyulda qabul qilingan\ Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda ma'qullangan **1-bob. Umumiy qoidalar** **1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi** Ushbu Qonunning maqsadi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-5601182) tahrirga qarang.* **2-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik** Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi hujjatlar qabul qilingan: O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi 2020-yil 26-martdagi O'RQ-613-son [Qonuni](https://lex.uz/acts/4774960), O'zbekiton Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son [Farmoni](https://lex.uz/acts/4770761), O'zbekiton Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4649-son [qarori](https://lex.uz/acts/4775062), O'zbekiton Respublikasi Prezidentining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son [qarori](https://lex.uz/acts/4775225), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to'g'risida"gi 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son [farmoyishi](https://lex.uz/acts/4720398), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020-yil 23-martdagi 176-son [qarori](https://lex.uz/acts/4772484).* Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. *(2-modda O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401033)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **3-modda. Asosiy tushunchalar** Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: **aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi** --- aholi sog'lig'ining holati bo'lib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli ta'siri mavjud bo'lmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar ta'minlanadi; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732915) tahrirga qarang.* **davlat sanitariya nazorati** --- aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga doir faoliyat; *(3-moddaning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401037)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **insonning yashash muhiti** --- insonning hayot faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydigan obyektlar, hodisalar va atrof-muhit omillari majmui; **sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar** --- yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, ma'muriy, muhandislik-texnik, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar; **sanitariya-epidemiologik vaziyat** --- aholi yashayotgan muhitining va sog'lig'ining muayyan hududdagi, ko'rsatilgan aniq vaqtdagi holati; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732919) tahrirga qarang.* **sanitariya-epidemiologiya xizmati** --- aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo'limlari va tashkilotlarini o'z ichiga olgan yagona tizim; *(3-moddaning yettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O'RQ-685-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-5388842?ONDATE=27.04.2021%2000#-5395023)tahririda --- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)* **cheklovchi tadbirlar (karantin)** --- yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma'muriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar; **yuqumli va parazitar kasalliklar** --- insonga u yashayotgan muhitning biologik omillari ta'sir ko'rsatishi hamda kasallikka chalingan insondan yoki hayvondan sog'lom insonga kasallik yuqishi mumkinligi sababli paydo bo'ladigan va tarqaladigan inson kasalliklari. **2-bob. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasini davlat tomonidan tartibga solish** **4-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari** Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilishi; aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish; davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. **5-modda. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari** Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart bo'lgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732932) tahrirga qarang.* Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi hamda ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo'yiladi. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, agar hujjatlarning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. *(5-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O'RQ-666-sonli [Qonuniga ](https://lex.uz/acts/-5220748?ONDATE=15.01.2021%2000#-5226447)asosan ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlar bilan almashtirilgan --- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)* **6-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari** O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732938) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. *(6-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401038)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida"gi (yangi tahriri) Qonuni 11-moddasi birinchi qismi [birinchi](https://lex.uz/acts/-4636594#-4637254), [oltinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-4636594#-4637260).* **7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari** Mahalliy davlat hokimiyati organlari: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda o'z vakolatlari doirasida ishtirok etadi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo'linmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732951) tahrirga qarang.* Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. *(7-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401039)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/-112170).* **8-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar** Davlat sanitariya nazorati: *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732954) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limlari; *(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O'RQ-685-sonli [Qonuni](https://lex.uz/acts/5388842?ONDATE=27.04.2021%2000#-5395026) tahririda --- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi 170-sonli "Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining [2-bandi](https://lex.uz/acts/-2692242#-2693142).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732955) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. *(8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O'RQ-522-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-4502338#-4505675)tahririda --- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)* Davlat sanitariya nazorati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Masalan, qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-noyabrdagi 541-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi to'g'risida"gi nizom III bobining [uchinchi xatboshisi](https://lex.uz/acts/-519046#-519269).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732957) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismi [uchinchi xatboshisida](javascript:scrollText(-4514797)) hamda [ikkinchi qismida](javascript:scrollText(-2732956)) ko'rsatilgan tarkibiy bo'linmalarning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilinishini, bu faoliyat muvofiqlashtirib borilishini ta'minlaydi. *(8-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O'RQ-685-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-5388842?ONDATE=27.04.2021%2000#-5395028)tahririda --- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)* **9-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar** Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish: O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular o'rinbosarlarining; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732961) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining; *(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O'RQ-522-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-http:/cli.lex.uz/ld/lps/doc/4502338#-4505675)tahririda --- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732962) tahrirga qarang.* qonunchilikka muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. *(9-moddaning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401040)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **10-modda. O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari** O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi: sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi; atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta'sirini aniqlashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlaydi; Profilaktik emlashlarning milliy taqvimini va epidemik ko'rsatkichlar bo'yicha profilaktik emlashlar o'tkazish tartibini tasdiqlaydi; odamlarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan, aholining yashashi va xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi; yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi; atrofdagilar uchun xavf tug'diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi xavfi bo'lgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tkazish to'g'risida qarorlar chiqaradi; yangi oziq-ovqat qo'shimchalarini, maxsus qo'shiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ularning O'zbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni 6-moddasining [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-20326#-3187372), O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni 15-moddasining [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-107115#-4520451), 44-moddasining [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-107115#-2460242), "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunning [7, 8-moddalari](https://lex.uz/acts/-55561#-56300),O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida"gi [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-2103727)va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2223605)bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro'yxati"ning 158 -- 160-bandlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-apreldagi 131-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2946054)bilan tasdiqlangan "Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi to'g'risida"gi nizom, "Yangi oziq-ovqat qo'shimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to'g'risida"gi nizom, "Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to'g'risida"gi nizom.* respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablag'lardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi [nizom](https://lex.uz/acts/-804592#-875427).* sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining qarorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni ko'rib chiqadi; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" (yangi tahriri)gi Qonunining [24 --- 31-moddalari](https://lex.uz/acts/-3336169#-3336504).* Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732976) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. *(10-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401041)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. **11-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari** Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari: o'z bo'ysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalariga rahbarlik qiladi; obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bo'yicha xulosalar beradi; odamlarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan, aholining yashashi va xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi; yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan tegishli hududni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o'tkazadi; avariya holatlarini hamda yuqumli va parazitar kasalliklar avj olishini bartaraf etish paytida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda amalga oshiradi; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732985) tahrirga qarang.* qonunchilikning yo'l qo'yilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi. *(11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401043)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishgan holda tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732987) tahrirga qarang.* Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. *(11-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401044)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **12-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari** Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi: a\) sanitariya qoidalarining, normalarining va gigiyena normativlarining yo'l qo'yilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar bergan holda, davlat organlaridan va boshqa organlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan ularning bartaraf etilishini talab qilish; b\) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarida sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; v\) belgilangan tartibda davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga: aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari hamda obyektlarni joylashtirish bo'yicha istiqbol rejalari, shuningdek korxonalarni, binolarni va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish loyihalari yuzasidan; qurilish uchun yer uchastkalari berish, xo'jalik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish joylarini hamda oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv moddalarni va boshqa moddalarni utilizatsiya qilish hamda ko'mib tashlash masalalari bo'yicha; inshootlarning, turar joylarning, davolash-profilaktika, ta'lim, madaniyat, sport muassasalarining va boshqa muassasalarning, ishlab chiqarish binolari hamda sanitariya-maishiy binolarning, shuningdek uskunalarning, transport vositalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to'g'risida; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Shuningdek, qarang: O'zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 39-moddasining [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-46868#-3359847), O'zbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonunining [14-moddasi ](https://lex.uz/acts/-12328#-1572089)va O'zbekiston Respublikasi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi Qonuni 41-moddasining [beshinchi qismi](https://lex.uz/acts/-415135#-4155126).* ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilarning o'quv yuklamasi va mashg'ulotlarining namunaviy tartibi to'g'risida taqdim etiladigan takliflar bo'yicha xulosalar berish; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2732997) tahrirga qarang.* g\) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning obyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish; *(12-modda birinchi qismining "g" kichik bandi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401046)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/28144).* d\) ish beruvchilardan: sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini, epidemiyaga qarshi tartibni muntazam ravishda bajarmayotgan hamda yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishi xavfini tug'diruvchi shaxslarni ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlarini va bajariladigan ishlarning xususiyatini hisobga olgan holda ishdan chetlashtirishni; sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tkazilishini talab qilish; e\) oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlar, predmetlar va materiallarni sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari uchun olish, bevosita obyektlarning o'zida zarur laboratoriya va jihozlar vositasida tekshiruvlar o'tkazish; j\) davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishga vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning mutaxassislarini, shuningdek jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb etish. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-5601298) tahrirga qarang.* Aholining sanitariya-epedimiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlariga, ularning o'rinbosarlariga, ushbu Qonun 8-moddasi birinchi qismining [uchinchi xatboshisida ](https://lex.uz/acts/2732587#-2732955)va [ikkinchi qismida ](https://lex.uz/acts/2732587#-2732956)ko'rsatilgan tarkibiy bo'linmalarning rahbarlariga o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi: *(12-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401047)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob bermaydigan yer uchastkalari ajratish, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishga doir loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini rad etish; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilishlari bartaraf etilguniga qadar, ishlab turgan inshootlardan, turar joylardan, ishlab chiqarish obyektlaridan, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining, ta'lim, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort muassasalarining va boshqa muassasalarning faoliyatini to'xtatib turish, uskunalarni, asboblarni ishlatishni, transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilgan hollarda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, rekonstruksiya qilinishini hamda mazkur obyektlarda ishlarning ayrim turlari bajarilishini to'xtatib turish; O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligida ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki odamlarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli deb topilgan yangi xomashyo turlari, kimyoviy vositalar, texnologiya uskunalari, jarayonlari hamda asboblari, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, biologik vositalar, oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga hamda dori vositalariga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer materiallar va boshqa materiallar, ulardan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarilishini, qo'llanilishini va realizatsiya qilinishini taqiqlash; odamlarning sog'lig'iga zararli ta'sir paydo bo'lgan taqdirda, xo'jalik va ichimlik suvi bilan ta'minlash amaliyotida, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo'jaligi ekinlari hamda chorvaning rivojini tezlashtiruvchi va tartibga soluvchi vositalarni, pestitsidlar, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qayta ishlashda foydalaniladigan kimyoviy moddalar, vosita va usullarning, bu moddalar, vosita va usullarning xavfsizligi to'g'risida ishlab chiquvchi ilmiy jihatdan asoslangan ma'lumotlar taqdim etguniga qadar, qo'llanilishini taqiqlash; xo'jalik va ichimlik suvi ta'minoti uchun qo'llashga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanishni taqiqlash; yuqumli va parazitar kasalliklar manbai bo'lgan, shuningdek tibbiy ko'riklardan o'z vaqtida o'tmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish to'g'risida ish beruvchilarga takliflar kiritish; favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayotiga va sog'lig'iga boshqa haqiqiy xavfning oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni 42-moddasining [to'rtinchi xatboshisi](https://lex.uz/acts/-2006789#-2007184), O'zbekiston Respublikasining "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni 8-moddasi [uchinchi qismi](https://lex.uz/acts/-20326#-20419).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733012) tahrirga qarang.* Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. *(12-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401048)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **13-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari** Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar: davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta'minlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishi; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733016) tahrirga qarang.* aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishi, ularni aniqlashi va bartaraf etishi; *(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401050)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* aniqlangan xavflar to'g'risida aholini o'z vaqtida xabardor qilishi; yuqumli kasalliklarning va yuqumli bo'lmagan ommaviy kasalliklarning paydo bo'lishi, tarqalishi sabablari hamda shart-sharoitlarini aniqlashi; jismoniy va yuridik shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo'yicha murojaatlarini ko'rib chiqishi hamda tegishli chora-tadbirlar ko'rishi; sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilishi shart. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733021) tahrirga qarang.* Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. *(13-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401051)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **14-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi** Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda ko'maklashadi; tegishli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilishlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarida tegishli hududda yashovchilarning ixtiyoriy asosda ishtirok etishini tashkil etadi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733028) tahrirga qarang.* Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. *(14-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401052)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonuni 13-moddasi uchinchi qismining [birinchi](https://lex.uz/acts/2156899#-2157011), [o'n ikkinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/2156899#-2157022), [16-moddasi](https://lex.uz/acts/2156899#-2157062).* Nodavlat notijorat tashkilotlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga ko'maklashishi hamda zarur yordam ko'rsatishi mumkin. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/-11360).* **3-bob. Yuridik va jismoniy shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari** **15-modda. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari** Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar: davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda insonning yashash muhiti holati to'g'risida axborot olish; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "[Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida](https://lex.uz/acts/-2381133)"gi, "[Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida](https://lex.uz/acts/-1319)"gi va "[Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida](https://lex.uz/acts/-52268)"gi qonunlari, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunning (yangi tahriri) [30-moddasi](https://lex.uz/acts/-2006789#-2007038).* davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash bo'yicha takliflar kiritish; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733036) tahrirga qarang.* fuqarolar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik buzilishi oqibatida, shuningdek sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish paytida o'zlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda to'liq hajmda qoplanishi; *(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401054)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining [57-bobi](https://lex.uz/acts/180552#-196560) ("Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar").* davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi (yangi tahriri) [Qonuni](https://lex.uz/acts/-3336169), Vazirlar Mahkamasining 09.12.1992-yildagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan "Sanitariya normalariga, qoidalariga, gigiyena normativlariga rioya qilmaganligi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tkazmaganligi natijasida kishilar sog'lig'iga yetkazilgan zararni, shuningdek sanitariya qonunlarini buzganligi uchun diagnostika, davolash va profilaktika ishlariga ketgan xarajatlarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan va alohida fuqarolardan undirib olish tartibi haqidagi [nizom](https://lex.uz/acts/-806232#-806554)".* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733038) tahrirga qarang.* Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. *(15-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401055)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **16-modda. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari** Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar: *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733041) tahrirga qarang.* aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari va ko'rsatmalari talablarini bajarishi; *(16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401057)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lgan taqdirda ularni bartaraf etish maqsadida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda aholiga realizatsiya qilish paytida mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini ta'minlashi; mahsulotni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va aholiga realizatsiya qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlarni ko'rsatish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari to'g'risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ishonchli axborot taqdim etishi shart. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733046) tahrirga qarang.* Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. *(16-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401058)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi 204^1^-moddasining [uchinchi qismi](https://lex.uz/acts/-97664#-1559557).* **17-modda. Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari** Fuqarolar: qulay yashash muhiti; davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati to'g'risida axborot olish; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "[Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida](https://lex.uz/acts/-2381133)"gi, "[Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida](https://lex.uz/acts/-1319)"gi va "[Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida](https://lex.uz/acts/-52268)"gi qonunlari.* yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to'g'risida axborot olish; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunining [5 ](https://lex.uz/acts/-4704#-4757)va [6-moddalari](https://lex.uz/acts/-4704#-4762).* aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash bo'yicha takliflar kiritish; *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733053) tahrirga qarang.* aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari oqibatida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi huquqiga ega. *(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401060)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining [57-bobi ](https://lex.uz/acts/180552#-196560)("Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar"), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-dekabrdagi 571-sonli "O'zbekiston Respublikasining "Davlat sanitariya nazorati to'g'risida"gi Qonunini joriy etish choralari to'g'risida"gi [qarori](https://lex.uz/acts/806232).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733055) tahrirga qarang.* Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sog'liqni saqlash va qulay yashash muhitiga bo'lgan huquqlari buzilishiga sabab bo'luvchi harakatlarga yo'l qo'ymasligi shart. *(17-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5425050)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733056) tahrirga qarang.* Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. *(17-moddaning uchinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401061)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni 12-moddasining [birinchi qismi](https://lex.uz/acts/-107115#-107225), O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi Qonuni [15-moddasi](https://lex.uz/acts/-26013#-26318).* **4-bob. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashga doir talablar** **18-modda. Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar** Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. Ushbu moddaning [birinchi qismida ](javascript:scrollText(-2733059))ko'rsatilgan shaxslar yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud bo'lgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq iste'moli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini ta'minlashga doir normativlar bo'yicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi shart. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/-1474642), O'zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to'g'risida"gi Qonuni 15-moddasi birinchi qismining [birinchi, ikkinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984449), [beshinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984475), [yettinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984480), [to'qqizinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984491), [o'n ikkinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-42423#-3984502), [18-moddasi](https://lex.uz/acts/-42423#-42724), O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonunining [11-moddasi](https://lex.uz/acts/-26166#-26338), O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 21.01.2014-yildagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan "Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to'g'risidagi [nizom](https://lex.uz/acts/-2325221#-2325246)".* **19-modda. Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar** Yuridik va jismoniy shaxslar obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi [678-moddasi](https://lex.uz/acts/-180552#-189104), O'zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 6-moddasi [birinchi](https://lex.uz/acts/-46868#-47039), [to'rtinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-46868#-47052), 8-moddasining [birinchi](https://lex.uz/acts/-46868#-47324), [to'rtinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-46868#-47327), 39-moddasi [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-46868#-3359847), O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni (yangi tahrirda) [19-moddasi](https://lex.uz/acts/-3031427#-3031646).* **20-modda. Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar** Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash-profilaktika, ta'lim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saqlanishini, shuningdek uskunalardan, transport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ta'minlashi shart. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 16-moddasi [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-106136#-148530), 16^1^-moddasi [uchinchi qismi](https://lex.uz/acts/-106136#-1102919), 50-moddasi sakkizinchi qismi [birinchi](https://lex.uz/acts/-106136#-1103988), [uchinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-106136#-1103990), Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi [161-moddasi](https://lex.uz/acts/-97661#-205750), O'zbekiston Respublikasining "Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida"gi Qonuni 19-moddasining [beshinchi qismi](https://lex.uz/acts/-10943#-11348), 21-moddasining [birinchi qismi](https://lex.uz/acts/-10943#-11368), O'zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida"gi Qonuni (Yangi tahriri) 19-moddasi [to'rtinchi qismi](https://lex.uz/acts/-2856464#-2856698), 21-moddasi [oltinchi qismi](https://lex.uz/acts/-2856464#-2856722).* **21-modda. Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qo'llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda ko'mib tashlash paytidagi talablar** Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qo'llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda ko'mib tashlash paytida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini O'zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo'l qo'yiladi. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni 1-moddasi [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-20326#-20346), 10-moddasi [to'rtinchi qismi](https://lex.uz/acts/-20326#-3086361), O'zbekiston Respublikasi "Chiqindilar to'g'risida"gi Qonuni 13-moddasi ikkinchi qismi [birinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-42655), [ikkinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-42423#-42657), 15-moddasi birinchi qismi [birinchi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984449), [ikkinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-42423#-3984449), 22-moddasi [birinchi qismi](https://lex.uz/acts/-42423#-3984563), O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni 44-moddasining [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-107115#-2460242), O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida"gi [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-2103727)va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2223605)bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro'yxati"ning 160-bandi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-apreldagi 131-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2946054)bilan tasdiqlangan "Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to'g'risida"gi nizom.* **22-modda. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar** Yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko'rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko'mib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni [III bo'limi](https://lex.uz/acts/-26166#-26346).* **23-modda. Turar joylarga ko'chib kirishga va ulardan foydalanishga doir talablar** Davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bo'lishi kerak. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda fuqarolarning yashashiga yo'l qo'yilmaydi. Yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarishi shart. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi [159-moddasi](https://lex.uz/acts/-97664#-335908), O'zbekiston Respublikasining [Uy-joy kodeksi](https://lex.uz/acts/-106136)50-moddasi sakkizinchi qismining [birinchi](https://lex.uz/acts/-106136#-1103988), [uchinchi](https://lex.uz/acts/-106136#-1103990), [beshinchi xatboshilari](https://lex.uz/acts/-106136#-1103992).* **24-modda. Oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga doir talablar** Oziq-ovqat xomashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. Yangi oziq-ovqat qo'shimchalarini, maxsus qo'shiladigan biologik faol moddalarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo'l qo'yiladi. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida"gi [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-2103727)va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2223605)bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro'yxati"ning 158 va 159-bandlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-apreldagi 131-sonli [qarori ](https://lex.uz/acts/-2946054)bilan tasdiqlangan "Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi to'g'risida"gi nizom, "Yangi oziq-ovqat qo'shimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to'g'risida"gi nizom.* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/-20326) 8-moddasi [ikkinchi, uchinchi qismlari](https://lex.uz/acts/-20326#-20417), 10-moddasi [to'rtinchi qismi](https://lex.uz/acts/-20326#-3086361), [12 --- 14-moddalari](https://lex.uz/acts/-20326#-20442), 15-moddasi [ikkinchi](https://lex.uz/acts/-20326#-20532), [to'rtinchi qismlari](https://lex.uz/acts/-20326#-20534).* **25-modda. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotni yetkazib berish va realizatsiya qilish paytidagi talablar** Yuridik va jismoniy shaxslar xorijdan olib kirilayotgan texnologiyalarni, materiallarni, xomashyoni va mahsulotni yetkazib berish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi Qonuni (yangi tahriri) [27-moddasi](https://lex.uz/acts/-67345#-3085933).* **26-modda. Xo'jalik va ichimlik suvi bilan ta'minlashga doir talablar** Xo'jalik va ichimlik suvi bilan ta'minlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek davlat standartlariga muvofiqligini ta'minlashi shart. Markazlashtirilgan tartibda xo'jalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar xo'jalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta'minlash uchun foydalaniladigan suv havzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shart. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Iste'molchilarga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari ko'rsatish qoidalari"ning [5-bandi](https://lex.uz/acts/-2430765#-2433452), O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonunining (https://lex.uz/acts/-12328#-1572587), [100-moddalari](https://lex.uz/acts/-12328#-1573371), Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to'g'risida [nizom](https://lex.uz/acts/-4640429#-4641493)".* **27-modda. Ta'lim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishiga doir talablar** Ta'lim muassasalarida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi kerak. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etish tartibi to'g'risida [nizom](https://lex.uz/acts/-2948634#-2948682)".* **28-modda. Mehnat sharoitlariga doir talablar** Ish beruvchilar ishlab chiqarish binolariga va sanitariya-maishiy binolarga, ishlab chiqarish jarayonlariga, texnologik uskunalarga, ish joylarining tashkil etilishiga, xodimlarning mehnat qilish, dam olish tartibiga hamda xodimlarga maishiy xizmat ko'rsatilishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining [211-moddasi](https://lex.uz/acts/-142859#-144904), O'zbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni (https://lex.uz/acts/-3031427#-3031592), [19-moddalari](https://lex.uz/acts/-3031427#-3031646), 23-moddasining [uchinchi qismi](https://lex.uz/acts/-3031427#-3031711).* **29-modda. Maxsus ekspertizalar o'tkazish** Aholining va alohida shaxslarning sog'lig'i hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy ta'lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag'lari hisobidan o'tkaziladi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733089) tahrirga qarang.* Maxsus ekspertizalarni o'tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi. *(29-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401062)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonunining [9-moddasi](https://lex.uz/acts/-26166#-26328), O'zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi [Qonuni](https://lex.uz/acts/-32955).* **5-bob. Sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda o'tkazish** **30-modda. Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar** Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [31-moddasi](javascript:scrollText(-2733100)).* yuqumli va parazitar kasalliklar o'choqlarida o'tkaziladigan chora-tadbirlar; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [32-moddasi](javascript:scrollText(-2733107)).* profilaktik emlashlar o'tkazish; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [33-moddasi](javascript:scrollText(-2733111)).* dezinfeksiya tadbirlari; ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [34-moddasi](javascript:scrollText(-2733116)).* majburiy tibbiy ko'riklar; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [35-moddasi](javascript:scrollText(-2733120)).* fuqarolarni gigiyenik o'qitish va tarbiyalash. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: mazkur Qonunning [36-moddasi](javascript:scrollText(-2733123)).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733099) tahrirga qarang.* Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni ham o'z ichiga olishi mumkin. *(30-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401063)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* **31-modda. O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi** O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi --- bu aholi uchun xavf tug'diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududiga inson uchun xavf tug'diruvchi tovarlar, kimyoviy, biologik va radioaktiv moddalar hamda yuklar olib kirilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish yo'li bilan ta'minlanadi. Sanitariya-karantin nazorati davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tish punktlarida amalga oshiriladi. Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo'lish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishincha O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular o'rinbosarlarining taqdimnomasiga ko'ra tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etishi mumkin. Cheklovchi tadbirlar (karantin) o'tkazish tartibi va muddatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733106) tahrirga qarang.* O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar bilan ham ta'minlanishi mumkin. *(31-moddaning oltinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401064)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: "O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida"gi Qonuni 13-moddasi [ikkinchi qismi](https://lex.uz/acts/-31166#-3697250), Vazirlar Mahkamasining 28.03.2016-yildagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlari to'g'risida"gi nizomning [4, 5-bandlari](https://lex.uz/acts/-2920914#-2921094), [VIII bo'limi](https://lex.uz/acts/-2920914#-2921181).* **32-modda. Yuqumli va parazitar kasalliklar o'choqlarida o'tkaziladigan chora-tadbirlar** Yuqumli va parazitar kasalliklar o'choqlarida davolash- profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan tartibda o'tkaziladi: yuqumli va parazitar kasal deb gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash, ajratib qo'yish va kasalxonaga yotqizishga, shuningdek ular bilan muloqotda bo'lgan shaxslarni laboratoriya tekshiruvidan o'tkazishga va ularning tibbiy kuzatuvini olib borishga; yuqumli va parazitar kasalliklarning yuqish yo'llari va omillarini aniqlash hamda ularning insonga ta'sir ko'rsatishining oldini olishga. **33-modda. Profilaktik emlashlar o'tkazish** Profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o'tkaziladi. Profilaktik emlashlar Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik ko'rsatkichlar bo'yicha o'tkaziladi. Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan o'tkazilishi lozim bo'lgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni o'tkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi. Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik ko'rsatkichlar bo'yicha profilaktik emlashlar o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi. **34-modda. Dezinfeksiya tadbirlari** Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida: epidemik ko'rsatkichlar bo'yicha dezinfeksiya tadbirlari --- davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan; profilaktik dezinfeksiya tadbirlari --- yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan o'tkaziladi. **35-modda. Majburiy tibbiy ko'riklar** Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lishining hamda tarqalishining oldini olish, shuningdek kasb faoliyatiga oid kasalliklarning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy ko'rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'riklardan o'tib boradi. Xodimlari majburiy tibbiy ko'riklardan o'tkazilishi lozim bo'lgan kasblarning va ishlab chiqarishlarning ro'yxati, bunday ko'riklarni o'tkazish tartibi va muddatlari oldindan O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xabardor qilingan holda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining [214-moddasi](https://lex.uz/acts/-142859#-144920), O'zbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunining (https://lex.uz/acts/-3031427#-3031634),[ 24-moddalari,](https://lex.uz/acts/-3031427#-3031742) "Xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi [nizom ](https://lex.uz/acts/-2046010#-2046163)(ro'yxat raqami 2387, 29.08.2012-y.), Vazirlar Mahkamasining 21.01.2014-yildagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan "Kasb bilan bog'liq faoliyatning va o'ta xavfli manba bilan bog'liq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirayotgan xodimlarning majburiy psixiatriya tekshiruvidan o'tkazish [qoidalari](https://lex.uz/acts/-2325612#-2325638)".* **36-modda. Fuqarolarni gigiyenik o'qitish va tarbiyalash** Fuqarolarni gigiyenik o'qitish va tarbiyalash ularning gigiyenaga, sog'lom turmush tarziga, sog'liqni saqlashga doir bilimlar, ko'nikmalar hamda malakalarni egallashiga qaratiladi va kasalliklarning oldini olish maqsadida o'tkaziladi. Fuqarolarni gigiyenik o'qitish va tarbiyalash belgilangan tartibda: ta'lim muassasalarida; https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 463-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 3.3-bandi 3.3.2-kichik bandining [o'n yettinchi xatboshisi ](https://lex.uz/acts/-48401#-61792)va 4.12-bandining [ikkinchi xatboshisi](https://lex.uz/acts/-48401#-62464).* faoliyati oziq-ovqat xomashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish, bolalarni o'qitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan kadrlarga ishlashga ijozat berish oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish paytida o'tkaziladi. ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (https://lex.uz/acts/-142859#-144920), [215-moddalari](https://lex.uz/acts/-142859#-144936), O'zbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunining [25-moddasi ](https://lex.uz/acts/-3031427#-3031752)va "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi [namunaviy nizom](https://lex.uz/acts/-847068) (ro'yxat raqami 272, 14.08.1996-y.)* **6-bob. Yakunlovchi qoidalar** **37-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish bo'yicha faoliyatga aralashishga yo'l qo'yilmasligi** Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning faoliyatiga aralashish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga ularning qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish maqsadida qanday shaklda bo'lmasin ta'sir ko'rsatish taqiqlanadi. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Shuningdek, qarang: O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining [198-moddasi](https://lex.uz/acts/-97664#-200658), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-martdagi PF-1933-sonli "Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to'g'risida"gi Farmonining [2-bandi](https://lex.uz/acts/-210594#-210617).* **38-modda. Nizolarni hal etish** *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-2733132) tahrirga qarang.* Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. *(38-moddaning matni O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401065)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual [kodeksi](https://lex.uz/acts/3517337), O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual [kodeksi](https://lex.uz/acts/3523891).* *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-5601640) tahrirga qarang.* **39-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik** Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. *(39-modda O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401066)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Qarang: O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi [53-55](https://lex.uz/acts/97664#-198038), [85---89](https://lex.uz/acts/97664#-334539), (https://lex.uz/acts/97664#-199397), (https://lex.uz/acts/97664#-199404), (https://lex.uz/acts/97664#-335907), [161-moddalari](https://lex.uz/acts/97664#-200150), 178-moddasining [yettinchi qismi](https://lex.uz/acts/97664#-4029421), O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (https://lex.uz/acts/111453#-268121), [257^1^-moddalari](https://lex.uz/acts/111453#-327712).* ![https://lex.uz/image/favicon.gif](media/image1.gif)* LexUZ sharhi* *Shuningdek, qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-martdagi PF-1933-sonli "Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to'g'risida"gi [Farmoni](https://lex.uz/acts/210594).* **40-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish** Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin: 1\) O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Davlat sanitariya nazorati to'g'risida"gi 657-XII-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/-13699)(O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 355-modda); 2\) O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Davlat sanitariya nazorati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi 658-XII-sonli [Qarori ](https://lex.uz/acts/-133549)(O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 356-modda); 3\) O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 70-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) [X bo'limi](https://lex.uz/acts/-109333?ONDATE=13.06.1995%2000#-112706); 4\) O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 772-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) [V bo'limi](https://lex.uz/acts/-37372?ONDATE=23.05.1999%2000#-37656); 5\) O'zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 125-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda) [I bo'limi](https://lex.uz/acts/-37460?ONDATE=01.10.2000%2000#-37472); 6\) O'zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-59-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) [2-moddasi](https://lex.uz/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006%2000#-1067422); 7\) O'zbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrda qabul qilingan "Davlat sanitariya nazorati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va "Davlat statistikasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o'zgartishlar kiritish haqida"gi O'RQ-253-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 333-modda) [1-moddasi](https://lex.uz/acts/-1675054?ONDATE=04.09.2010%2000#-1675109); 8\) O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-352-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) [2-moddasi](https://lex.uz/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013%2000#-2159848); 9\) O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-373-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) [1-moddasi](https://lex.uz/acts/-2456411?ONDATE=05.09.2014%2000#-2456885); 10\) O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-381-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) [2-moddasi](https://lex.uz/acts/-2517744?ONDATE=12.12.2014%2000#-2517753). *[Oldingi](https://lex.uz/acts/-2732587?ONDATE=27.08.2015%2000#-5601655) tahrirga qarang.* 41-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish *(41-moddaning nomi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli [Qonuni ](https://lex.uz/acts/5388561?ONDATE=21.04.2021%2000#-5401069)tahririda --- Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)* O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin. **42-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi** Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. https://lex.uz/image/favicon.gif* LexUZ sharhi* *Ushbu Qonun "Xalq so'zi" gazetasining 2015-yil 27-avgustdagi 168 (6351)-sonida e'lon qilingan* **O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV** Toshkent sh., 2015-yil 26-avgust, O'RQ-393-son