Yosh Iqtidor Egalari Uchun Matematika (PDF)
Document Details
![MarvelousZircon9366](https://quizgecko.com/images/avatars/avatar-15.webp)
Uploaded by MarvelousZircon9366
G'afforov Sardor, Jumanazarov Xoshim, Mirzayev Nodir, Ahadov Abduqodir
Tags
Summary
This document is a sample mathematics paper for young talented students, covering topics like numbers, place value, addition, subtraction, multiplication, division, and problem-solving. It contains a set of questions categorized into different sections.
Full Transcript
# МАТЕМАТИКА ## Yosh Iqtidor Egalari Uchun ### 1 Qism **G'afforov Sardor** **Jumanazarov Xoshim** **Mirzayev Nodir** **Ahadov Abduqodir** **Buyurtma berish uchun quyidagilarga murojaat qiling:** **(99) 968 44 00** **@IDC_books** ## Mundarija: 1. **Raqamlar va natural son...
# МАТЕМАТИКА ## Yosh Iqtidor Egalari Uchun ### 1 Qism **G'afforov Sardor** **Jumanazarov Xoshim** **Mirzayev Nodir** **Ahadov Abduqodir** **Buyurtma berish uchun quyidagilarga murojaat qiling:** **(99) 968 44 00** **@IDC_books** ## Mundarija: 1. **Raqamlar va natural sonlar** - 4 2. **Xona birliklari** - 11 3. **Natural sonlarni qo'shish va ayirish** - 22 4. **Natural sonlarni ko'paytirish va bo'lish** - 37 5. **Masalalar yechish** - 50 6. **Vaqtga doir masalalar** - 59 7. **Yoshga doir masalalar** - 67 8. **Uzunlikka doir masalalar** - 73 9. **Og'irlikka doir masalalar** - 83 10. **Natural sonlarni taqqoslash** - 93 11. **Natural sonlarni yaxlitlash va sonlar o'qi** - 104 12. **Yig'indiga doir masalalar yechish** - 112 13. **Ayirmaga doir masalalar yechish** - 120 14. **Koʻpaytma va bo'linmaga doir masalalar yechish** - 124 15. **Qoldiqli boʻlish** - 131 16. **Harakatga doir masalalar** - 143 17. **Harakatga doir masalalar 2-qism** - 152 18. **Masalalar yechish** - 159 "Yosh iqtidor egalar uchun" Matematika kitoblarimizni takrorlash uchun testlarni ushbu QR-kod orqali olishingiz mumkin. ## 1. Raqamlar va natural sonlar ### Sinf ishi: 1. Sardor 1 raqami bilan boshlanadigan ikki xonali sonlarni doskaga yozdi. Doskada hammasi bo'lib nechta son yozildi? 2. Hoshim 0 raqami bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni turli rangli qalamlarda yozmoqchi. Hoshimga jami nechta rangli qalam kerak bo'ladi? 3. Nechta uch xonali son 1 raqami bilan boshlanib 0 raqami bilan tugaydi? 4. Nechta ikki xonali son bir xil raqamlardan iborat? 5. Quyida berilgan raqamlardan bir martadan foydalanib eng kichik olti xonali son yozing. 5, 1, 0, 9, 3, 7 6. 1 va 2 raqamlaridan foydalanib, nechta turli raqamli ikki xonali son yozish mumkin? 7. Quyida raqamlar yozilgan to'plar berilgan. To'plarni yonma-yon qo'yib nechta turli ikki xonali sonlar tuzish mumkin? 4 5 8. 3, 0 va 8 raqamlaridan foydalanib, nechta turli raqamli ikki xonali son yozish mumkin? 9. 1, 2 va 4 raqamlaridan foydalanib, nechta turli raqamli ikki xonali son yozish mumkin? 10. 2, 3 va 0 raqamlaridan foydalanib, nechta turli raqamli uch xonali son yozish mumkin? 11. Behruz quyidagi kartochkalar orqali jami nechta turli raqamli uch xonali son hosil qila oladi? 728 12. 0 va 5 raqamlaridan foydalanib, nechta ikki xonali son yozish mumkin (raqamlar takrorlanishi mumkin)? ## 2. Xona birliklari ### Sinf ishi: 1. Quyidagi rasmda berilgan sonning raqamlari yig'indisini toping. 18025978 2. Quyidagi rasmda berilgan sonning raqamlari ko'paytmasini toping. 23127 3. Yuzlar xonasidagi raqami 5, o'nlar xonasidagi raqami 3, birlar xonasidagi raqami 2 boʻlgan sonni toping. 4. Yuzlar xonasidagi raqam 3, birlar xonasidagi raqam 0, o'nlar xonasidagi raqam 5 boʻlgan uch xonali sonni toping. 5. Sardor aka 1994-yilda tug'ilgan. Bu yilning o'nlar xonasidagi raqami minglar xonasidagi raqamidan nechtaga ortiq? 6. Quyida kompyuterning do'kondagi narxi ko'rsatilgan. Kompyuter narxining o'nlar xonasidagi raqam yuzlar xonasidagi raqamdan nechta ortiq? 7250158 so'm 7. Jamshid 01.02.2012-yilda tug'ilgan. Shuning uchun u 0, 1, 2 raqamlarini yaxshi ko'radi. Jamshid bu raqamlarni takrorlamasdan nechta ikki xonali son yoza oladi? 8. 3, 4 va 5 raqamlaridan foydalanib nechta turli raqamli ikki xonali son yozish mumkin? 9. 5, 2 va 0 raqamlaridan foydalanib nechta turli raqamli uch xonali son yozish mumkin? 10. Avaz quyida berilgan kartochkalar orqali jami nechta turli uch xonali son hosil qila oladi? 124 11. Hoshim quyida berilgan figuralarni ketma-ket qo'yib, besh xonali son yozmoqchi. U dastlab to'rtburchaklardan, keyin esa aylana figuralardan foydalanadi. Figuralar bir nechta bo'lganda dastlab eng katta raqamli figurani yozadi. Hoshim bunday tartibda qanday son yozishi mumkin? 7 5 2 1 0 12. Quyida bir nechta raqamlar yozilgan rangli sharlar berilgan. Saidazim sharlar ketma-ketligini o'zgartirib, 5 xonali son hosil qildi. Dastlab u eng boshiga qizil, keyin esa ko'k rangli sharlarni qo'ydi. So'ngra yuzlar xonasiga 2 raqamli sharni, birlar xonasiga esa yashil rangli sharni qo'ydi. 00000 13. Abdushukur telefon paroliga turli raqamli eng katta to'rt xonali sonni tanladi. Bu sonning minglar va o'nlar xonasidagi raqamlari yig'indisini toping. 14. Raqamlari turlicha bo'lgan eng kichik ikki xonali va eng kichik uch xonali sonlar koʻpaytmasini toping. ## 3. Natural sonlarni qo'shish va ayirish 1. A mamlakatda mashinalar uch xonali sonlar bilan raqamlanadi. Mamlakat deputatlaridan biri qora rangdagi mashinalarni raqamlashda birinchi raqam 7, oxirgi raqam esa 9 boʻlishi zarurligi taklifini berdi. Agar deputat taklifini qonunchilik palatasi ma'qullasa, mamlakatda koʻpi bilan nechta qora rangli mashinani raqamlash mumkin? 2. Barcha raqamlari bir xil bo'lgan sonlar "chiroyli son"deyiladi. Uch xonali chiroyli sonlar nechta? 3. Quyida berilgan sharlarni ketma-ket qo'yib, eng kichik besh xonali son hosil qiling. 81295 4. 3 va 5 raqamlaridan foydalanib nechta turli raqamli ikki xonali son yozish mumkin? 5. Quyida raqamlar yozilgan to'plar berilgan. Toʻplarni yonma-yon qoʻyib nechta turli ikki xonali son hosil qilish mumkin? 5 6 6. Quyidagi hisoblashlar to'g'ri bajarilganda, so'roq belgisi o'rniga qaysi son bo'ladi? 0 + 2+1 = + = = = ? 9 7. Quyidagi yig'indiga koʻra, belgilar o'rnida bo'lishi mumkin bo'lgan raqamlar yig'indisini toping. 42*5 +2741 69500 8. Quyidagi ayirmaga koʻra, noma'lum sonning birlar va minglar xonalari orasidagi raqamlar yig'indisini toping. 82765 25893 9. Xoʻjalikdagi tovuq, oʻrdak, kurka va g'ozlarning umumiy soni 300 ta. Tovuqlar o'rdaklardan 24 ta, g'ozlardan esa 56 ta koʻp. Agar tovuqlarning soni 120 ta bo'lsa, xoʻjalikda nechta kurka bor? 10. Mening bobom ertaklar, hikoyalar va she'rlar yozadi. Bobomning ertak va hikoya kitoblari jami 95 ta, ertak va she'riy kitoblari jami 50 ta. Bobomning 15 ta she'riy kitoblari boʻlsa, bobomning hikoya kitoblari soni nechta? 11. Quyidagi keltirilgan 1-kalkulyatorda Yunus "423+491="tugmalarini bosish orqali qo'shishni bajaradi. Uning raqamlarni bilmaydigan ukasi Ali esa ikkinchi kalkulyatorda Yunus bosgan tugmalar bilan bir xil o'rinda turgan tugmalarni bosdi. Uning ukasi tomonidan topilgan natija bilan Yunusning natijasi orasidagi farq nechaga teng? 1-kalkulyator 7 8 9 C 4 5 6 X 1 2 3 - 0 = + 2-kalkulyator 1 2 3 C 4 5 6 X 7 8 9 - 0 = + 12. 0 va 5 raqamlaridan foydalanib, nechta ikki xonali son yozish mumkin (raqamlar takrorlanishi mumkin)? 1-kalkulyator 7 8 9 C 4 5 6 X 1 2 3 - 0 = + 2-kalkulyator 1 2 3 C 4 5 6 X 7 8 9 - 0 = + 13. Quyidagi yig'indiga koʻra, belgilar o'rnida boʻlishi mumkin boʻlgan raqamlar yigʻindisini toping. 42*5 +2741 69500 14. Quyidagi ayirmaga koʻra, nomaʻlum sonning birlar va minglar xonalari orasidagi raqamlar yigʻindisini toping. 82765 -25893 15. Xoʻjalikdagi tovuq, oʻrdak, kurka va gʻozlarning umumiy soni 300 ta. Tovuqlar oʻrdaklardan 24 ta, gʻozlardan esa 56 ta koʻp. Agar tovuqlarning soni 120 ta boʻlsa, xoʻjalikda nechta kurka bor? 16. Mening bobom ertaklar, hikoyalar va sheʻrlar yozadi. Bobomning ertak va hikoya kitoblari jami 95 ta, ertak va sheʻriy kitoblari jami 50 ta. Bobomning 15 ta sheʻriy kitoblari boʻlsa, bobomning hikoya kitoblari soni nechta? 17. Quyidagi keltirilgan 1-kalkulyatorda Yunus "423+491="tugmalarini bosish orqali qoʻshishni bajaradi. Uning raqamlarni bilmaydigan ukasi Ali esa ikkinchi kalkulyatorda Yunus bosgan tugmalar bilan bir xil oʻrinda turgan tugmalarni bosdi. Uning ukasi tomonidan topilgan natija bilan Yunusning natijasi orasidagi farq nechaga teng? 1-kalkulyator 7 8 9 C 4 5 6 X 1 2 3 - 0 = + 2-kalkulyator 1 2 3 C 4 5 6 X 7 8 9 - 0 = + 18. ### 18. Masalalar yechish: 1. Olim bir son o'yladi. O'ylagan sonidan 44 ni ayirib, hosil bo'lgan ayirmani 7 ga koʻpaytirdi va natijaga 12 ni qo'shdi. Agar hosil boʻlgan yangi natija 54 ga teng bo'lsa, Olim o'ylagan sonni aniqlang. 2. Men va akamda bir qancha pul bor edi. Pulimizning hammasini ishlatib yubormasligimiz uchun oyim mendan ham, akamdan ham pulimizning yarmini va yana 1000 so'm olib qo'ydi. Shundan so'ng, menda 12000 so'm, akamda esa 14000 so'm pul qoldi. Dastlab, ikkalamizda jami necha so'm pul bor edi? 3. Likopchada bir nechta mandarin bor edi. Xurshid mandarinlarni yarmini va yana 2 ta mandarin yegandan so'ng, likopchada 11 ta mandarin qoldi. Dastlab, likopchada nechta mandarin bo'lgan? 4. Ikkita kitob javonida bir xil sondagi kitoblar bor edi. Nargiza birinchi javondan 13 ta, ikkinchi javondan esa 8 ta kitob oldi. Shundan so'ng ikkala kitob javonidagi kitoblar soni birgalikda 25 ta bo'lib qoldi. Dastlab, har bir kitob javonida nechtadan kitob boʻlgan? 5. Uchta mashina to'xtash joyida bir nechta mashinalar bor edi. Birinchi to'xtash joyidan 3 ta, ikkinchisidan 2 ta, uchinchisidan esa 5 ta mashina ketdi. Shundan so'ng har bir to'xtash joyida mashinalar soni teng bo'lib qoldi. Dastlab, qaysi to'xtash joyida mashinalar soni eng ko'p bo'lgan? 6. Fermada jami 30 ta sigir, qo'y va tovuqlar bor edi. Fermer 4 ta sigir va 5 ta qo'y sotib, o'rniga 3 ta sigir va 3 ta tovuq sotib oldi. Shundan so'ng, fermadagi sigir, qo'y va tovuqlar soni teng bo'lib qoldi. Fermada, dastlab, nechta qo'y boʻlgan? 7. Metroning 4 ta vagoni bor. Birinchi bekatda har bir vagondagi yo'lovchilarning yarmi va yana bitta yo'lovchi, ikkinchi bekatda esa qolgan yo'lovchilarning yarmi va yana 2 ta yo'lovchi tushdi. Shundan so'ng birinchi vagonda 10 ta, ikkinchi vagonda 11 ta, uchinchi vagonda 12 ta va to'rtinchi vagonda 13 ta yo'lovchi qoldi. Dastlab, metroda jami nechta yo'lovchi bor edi? (Bekatlardan metroga yo'lovchilar chiqmagan deb hisoblang.) 8. G'anisher bir son tanladi. U tanlagan sonini navbat bilan 2, 3, 4, 5 sonlarining qaysidir biriga ko'paytirdi, boʻldi, qoʻshdi va ayirdi (amallarni bajarish tartibi turlicha boʻlishi mumkin). Bunda har bir son va har bir amal bir martadan ishtirok etdi. Agar G'anisher oxirida 9 sonini hosil qilgan bo'lsa, dastlab, u eng ko'pi bilan qanday son tanlagan bo'lishi mumkin?