ITM 1 (1) PDF Seminar Mashg‘ulotlari
Document Details
Uploaded by RighteousDialect4394
Uzbekistan State World Languages University
Tags
Related
Summary
This document appears to be notes from a seminar on the role of science in societal development. It discusses the aims and duties of science and scientific research. The document also covers topics like how science relates to human understanding and how research is conducted. It presents an overview of the connection between science and the broader world.
Full Transcript
SEMINAR MASHG’ULOTLARI Mavzu:1 Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari. Ma’ruza rejasi: 1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 2. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy etika tushunchalari. Har qanday davlat rivojlanish yo‘liga ilm-fanni tar...
SEMINAR MASHG’ULOTLARI Mavzu:1 Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari. Ma’ruza rejasi: 1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 2. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy etika tushunchalari. Har qanday davlat rivojlanish yo‘liga ilm-fanni taraqqiy ettirish, yoshlarning ilm olishlari, dunyo tanishga bo‘lgan urinishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chiqadi. Yoshlarning ilmli, bilimli bo‘lishga intilishi, ilm-fanni chuqur o‘rganishga harakat qilishi mamlakatning intellektual boyligi hisoblanadi. Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlar oz fursat ichida aynan intellektual zahirasi tufayli jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarga aylangani hech kimga sir emas. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan barcha islohotlar intellektual boyligimizni oshirish, yoshlarni ilm egallashga qiziqtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishga qaratilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va iqtidorli yoshlarga yaratilayotganshart-sharoitlar buyuk ajdodlarimizga munosib komil insonlarni etishtirishga qaratilgan. Shu bois bugungi kunda o‘qituvchi va murabbiylar oldida turgan eng muhim vazifa yoshlarni ilm va hunar egallshga qiziqtirish, ular ilmiy faoliyat olib borishga yo‘naltirish, ilmiy izlanishlarini to‘g‘ri tashkillashtirishga ko‘maklashishdan iborat. Mazkur fan dasturi mazmunida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ilmiy tadqiqot olib borish sir-asrorlarini o‘rgatish, ularni ilmiy uslubga xos xususiyatlar bilan tanishtirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ilmiy izlanish va ilmiy tadqiqot olib borishga o‘rgatish orqali talabalarda ilmiy tadqiqiy faoliyat yuritish malakasini shakllantirish maqsadi ko‘zda tutiladi. Darhaqiqat, inson tug‘ilib, o‘zini anglashi va tili chiqishi bilan olamni, atrofini o‘rab turgan voqelikni tanishga, o‘rganishga harakat qila boshlaydi. Inson o‘ziga noma’lum bo‘lgan narsani bilish bilib olish uchun, avvalo, uni idrok etishga harakat qiladi. Idrok etish bir-biri bilan uzviy aloqador, ajralmas bo‘lgan tushunchalar haqida ma’lumot olish, buning uchun ularni farqlash, qiyoslab ko‘rishni taqazo etadi. Shu bois bolaning atrofini o‘rab olgan voqelik-hodisalar, shaxs, narsa-buyumlar bilan tanishish uchun beradigan dastlabki savoli bu nima? bu kim? bo‘ladi. Bola tanishish maqsadida berilgan ushbu savoldan so‘ng qanday? qanaqa? savollari orqali predmet, voqea-hodisalarni bir-biridan farqlay boshlaydi. Bu oddiy bilish, tanishish jarayoni bo‘lib, u muntazam rivojlantirib borilsa, asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda ilmiy bilishga o‘sib boradi. Oddiy qiziqishdan kelib chiqadigan ushbu savollar bola katta bo‘lgan sari uni qiziqayotgan narsa-buyum, hodisa-voqelikni chuqurroq o‘rganishga, mavjud sir- asrorlarni anglab yetishga yetaklaydi. Bunda ta’limning o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, maktab ta’limi o‘quvchilarni fan asoslari bilan tanishtiradi, o‘quvchiga o‘zi qiziqqan sohani anglab olish, qiziqishlarini intilishga aylantirish uchun poydevor yaratadi. O‘quvchining sevimli fanining paydo bo‘lishi, muayyan soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga xohish-istagining yuzaga kelishida o‘qituvchi-murabbiylari, shuningdek, ota-onalarining ham o‘rni nihoyatda katta bo‘ladi. Ular o‘quvchining keyingi yo‘lini tanlab olishi va shu yo‘lda sobitqadamlik bilan ketishida etalon vazifasini bajaradilar. O‘quvchi, bola muayn sohani tanlab olib, shu soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga qaror qilgach esa, endi bo‘lg‘usi mutaxassis sifatida ushbu voqea-hodisa, tushunchalarning bir-biri bilan bog‘liqligi, o‘xshashligi va nimalar bilan farqlanishini aniq tasavvur eta olishi kerak bo‘ladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar muayyan o‘quv fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular shu fan sohasi haqida tasavvur shakllantirishga yo‘naltirilgan vositalar hisoblanadi. Ularda mazkur fan doirasida o‘rganilgan, aniqlangan, muayyan xulosalarga kelingan jihatlar yoritiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir fanda, shuningdek, yana qaysi jihatlar noma’lumligi, qaysi obyektlar o‘rganilishi kerakligi, yana nimalarni bilish ushbu fanni rivojlantirishga xizmat qilishi masalalari jamiyatda doimiy diqqat-e’tiborda turadi. Fanning rivoji shu masalalar bo‘yicha muntazam tadqiqot ishlarining olib borilishi, ushbu tadqiqot ishlarining avloddan-avlodga kuchayib borishi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar olib borilmayotgan sohalar esa rivojlanmaydi, aksincha, yo‘qolishga mahkum bo‘lib qoladi. Aynan tadqiqiy faoliyatlar ilmni, ilmlilikni yuzaga keltiradi. Ilm bilan shug‘ullangan, ilm yo‘lidan ketgan insonlar esa olimlar, ya’ni ilm egalari bo‘lib yetishadilar. Tabiatni asrash va jamiyatni rivojlantirishda aynan olimlarning yetakchilik qilishlarining sababi shunda. Ilm egalari bo‘lish uchun qanday faoliyat yuritish kerak, ilm bilan shug‘ullanish uchun o‘z faoliyatini qanday tashkil etish kerak, tadqiqot ishlarini qanday olib borish, erishgan natijalarini qanday yozish, yoritish kerak? Mazkur kurs aynan shunga yo‘naltirilgan bo‘lib uning maqsadi quyidagi asosiy savollarga javob berishdan iborat: 1. Ilm-fanni egallash, ilmiy bilishni qanday olib boriladi? 2. Ilmiy tavsiflash va tasniflash qanday amalga oshiriladi? 3. Ilmiy ish qanday aprobatsiya qilinadi va natijalar qanday aniqlanadi? 4. Ilmiy ishlar qanday yoziladi va qanday rasmiylashtiriladi? Ilm olish nihoyatda murakkab, sermashaqqat va uzoq davom etadigan ish. Xalqda “Ilm - igna bilan quduq qazishdir” deb bejiz aytilmaydi. Ilm olish soddadan murakkabga qarab to‘xtovsiz o‘sib, takomillashib boradigan, ayni vaqtda juda qiziqarli, eng asosiysi, jamiyat uchun nihoyatda kerakli ish. Ilm olish, ilmni egallash jarayoni insondan katta kuch va iroda talab etadi. Jahon ilm-fani tajribasida turli ilm sohalari va ularni tadqiq qilish metodlari, yo‘nalishlari haqida alohida maktablar bo‘lgan, ular muntazam o‘zgarib, rivojlanib borgan. Hozir ham turli fanlar, zamonaviy yo‘nalishlar mavjud. Ushbu fanlarni o‘rganish, tadqiq qilish yangi kashfiyotlarni yuzaga keltiradi, ularni hayotga tatbiq etish mamlakatni taraqqiy ettiradi, jamiyat, insonlar hayotini yanada farovonlashtiradi. Shu bois bugungi kunda rivojlanish yo‘liga qadam qo‘ygan mamlakatimiz uchun barcha fanlar bo‘yicha yuqori ilmiy salohiyatli, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan yosh kadrlar zarur. “Ilmiy ish asoslari” fani aynan ilmshunoslik tushunchalari bilan tanishish, ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanish imkonini beradi. 1. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy etika tushunchalari. Ilm-fan tushunchasining mohiyatini tushunish, muayyan fan sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bilim olish, ilmiy tadqiqot yuritish tushunchalarini anglab olishni taqozo etadi. Bilim olish, avvalo, voqelikni idrok etishdan boshlanadi, so‘ngra atrof-borliq bilan kengroq tanishish, qiziqqan sohasi bo‘yicha fanlarni o‘qib-o‘rganish bosqichlariga o‘tiladi. Ilmiy izlanishlar asosan yuqori ta’lim bosqichlaridan boshlanadi va asta-sekin ilmiy tadqiqiy faoliyatga o‘tiladi Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish, voqelik haqidagi obyektiv bilimlarni egallashdir. Ma’lumki, fanda har qanday yangi ilmiy dalilni aniqlashning o‘zi bilan ilmda kashfiyot yaratib bo‘lmaydi. Fanda kashfiyot, ixtiro qilish uchun yangi ilmiy dalillarni fan nuqtai nazaridan asoslash, ularning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Ilmiy tadqiqiy faoliyatning boshlanish nuqtasi ilmiy izlanishlardan boshlanadi, buning uchun dastlab noma’lum bo‘lgan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish, dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimi haqida muayyan farazlarni ilgari surish talab etiladi. Tadqiqot ishi muayyan soha bo‘yicha qo‘yilgan aniq maqsad va tadqiqotchining shaxsiy farazidan kelib chiqib rejalashtiriladi. Har qanday ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi obyektni o‘rganish, yangi natijalarni oldindan ko‘ra bilib, hodisalarning kelgusidagi rivojini bashorat qilish, dalillarni aniqlash va tahlil qilish, tasniflash va umumlashtirish, kashf qilingan ilmiy yangiliklarni aniqlab, amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Aniq maqsad va qat’iy reja asosida olib borilgan, zamonaviy usul va vositalar bilan ta’minlangan, aniq hisob-kitoblar asosida olib borilgan tadqiqotgina tabiat va jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon yaratadi. Aytilganlardan quyidagi xulosaviy fikrlarga kelish mumkin: ilmni egallash tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidan iborat; mazkur jarayon mobaynida to‘plangan bilim ilmiy axborot deb nomlanadi; ilmiy faoliyati ilmiy bilim olish, qayta ishlash va saqlashdan iborat bo‘lgan faoliyat turidir. Demak, ilm-fan - bu kishilik jamiyatining o‘z-o‘zini va atrof-olamni anglashga urinishi jarayonida qo‘lga kiritgan jamiki aniq, obyektiv, barcha uchun teng darajada muhim bo‘lgan bilimlari jamlanmasidir. Ilm-fanni egallashning bosh maqsadlardan biri bilim olishdir. Inson faoliyatining barcha sohalarida bilim maqsadga erishishning alohida vositasi hisoblanadi. Ilmiy bilim nazariy, kontseptual xususiyatga ega bo‘lib, u ratsional va isbotlangan, ya’ni verifikatsiyalangan bo‘ladi. Ilmiy bilimning o‘ziga xosligi maxsus sohasi sifatidagi fanning shakllanishi va uni o‘rganish yo‘llarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Bilishning kumulyativ, to‘plash xarakteriga egaligi ilm-fan rivojining eng muhim omillaridan biridir. Aynan shu o‘ziga xoslik jihati har bir tarixiy bosqichda ilm-fanning o‘tmishdagi yutuqlarini jamlashga va har bir natijasini “...umumiy fondga ajralmas qism sifatida olib kiradi, ularni keyingi muvaffaqiyatlari bilan yo‘q qilmaydi, faqatgina ularga aniqlik kiritadi”. Ilmiy bilim olish ikki jarayon – differensiatsiya va integratsiya jarayonlarini qamrab oladi. Differensiatsiya o‘rganilayotgan obyekt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash orqali o‘rganish, alohidalash, integratsiya esa birlashtirish, bir-biriga yaqinlashtirish tushunchalarini anglatadi. XX asrga kelib, ayniqsa integratsiya, integrativ yondashuv ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoldi. Aslida ilmiy bilim jarayonida biror metodning ustuvorligi haqida gapirish mumkin emas, chunki ilmiy izlanishda qo‘llanadigan usullarning aspekti haddan ziyod keng qamrovli va xilma-xildir. Biroq ilm-fanni egallashda nihoyatda kerak bo‘ladigan ikkita muhim metodologik omilni alohida qayd etish lozim. Bulardan birinchisi axborot tuzilmasi va umumiy xususiyatlarini maxsus o‘rganish zarurati tufayli axborotni to‘plash va faoliyat yuritish jarayonini optimal darajada tashkillashtirish edi. Bu informatika, axborotlashtirishning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchisi esa ilm-fanning ilmiy idrok etilishi, ilmiy o‘rganilishi, ya’ni ilmiy bilish obyektiga aylanishi bo‘lib, buning hosilasi sifatida ilmshunoslik fani yuzaga keldi. Jamiyatning fanga va fanning jamiyatga bo‘lgan munosabatlari nafaqat uyg‘un, ayrim hollarda hatto zid xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin. Fan nafaqat atrofdagi dunyo haqida obyektiv bilimlarni aniqlaydi, to‘playdi va jamiyat, tabiatni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan vositalarni yaratib beradi, balki unga ziyon keltiradigan vositalarni yaratishi ham mumkin. Demak, bilimlar rivojining oliy darajasi insondan tafakkur va kasbiy mahoratning tamoman yangi darajasini hamda yuqori ma’naviyat va axloqiy mashuliyatni ham talab qiladi. Aynan yuqori ma’naviyat va axloqiy mashuliyat, ya’ni insoniyat, jamiyat, tabiat oldida mas’ullik hissiga ega bo‘lish insonni ilm-fanni faqat yaxshilik maqsadida egallash, yaxshilikka xizmat qildirish, jamiyatni rivojlantirish yo‘liga sarflashga qaratishdek oliy va ezgu niyatlarni yuzaga keltiradi. Bu ilmiy mafkura, ilmiy etika tushunchalarini ham yuzaga keltiradi. 2. Ilmiy tavsiflash va tasniflash, ilmiy talqin, uning turlari. Ilmiy bilim olish o‘rganilishi maqsad qilingan obyektni ilmiy tomondan tavsiflash, tasniflash va ilmiy talqin qilish orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tavsiflash tafakkur hosilasining alohida turi bo‘lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirishdir. Ilmiy tavsifda ikki tur xususiyatlar ajratiladi: birinchisi, bu tavsiflanayotgan obyektlar, hodisalarning umumiy sinfiga oid, ya’ni bu obyekt qanday turga mansubligini ko‘rsatib beruvchi xususiyatlarni aniqlash, ikkinchisi esa xuddi shu turga kirgan obyektlardan tavsiflanayotgan obyektni farqlash imkoniyatini beruvchi xususiyatlarni topishdir. Tadqiq qilinayotgan obyektning umumiy yoki farqli xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratib o‘rganilishi ilmiy tasnif (klassifikatsiya) deb ataladi. Tasnif arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, guruhlash, sinflarga ajratish ma’nosini bildiradi. Demak, ilmiy bilish ijodiy jarayon bo‘lib, u, birinchi navbatda, o‘rganishni, tadqiq etishni taqozo etadi. Ilmiy tadqiqotning keyingi bosqichi olingan bilimlarni talqin qilish – integratsiya qilish bo‘lib, tadqiqotning original, betakror ijodiy ish ekani asosan talqinda aks etadi. Tanlangan mavzu, qo‘llanilgan usullar, aniqlangan farazlar, tadqiqot ishi bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment tajriba-sinov ishlari ham talqin orqali baholanadi. Shuning uchun, ilmiy talqin tadqiqotchining uslubi, ijod mahsulini taqdim eta olish mahorati ifodasi hamdir. Ilmiy talqinning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: - ijodiy talqin; - ilmiy talqin; - kompilyativ talqin; - dogmatik talqin; - ratsional va irratsional talqin; - badiiy talqin; - erkin talqin va boshqalar. Ijodiy talqin obyektni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog‘lab o‘rganish, ular sintezidan o‘tkazishdir. Bunda tadqiqotchining mustaqil fikri, o‘z yechimi va xulosalari tadqiqot ishining asosiy nuqtasidir. Ijodiy talqin ijodkor bilan hamkorlikda ijod qilish bo‘lib, u matnni, asarni kengroq, chuqurroq tahlil qilishda qo‘llanadi va ijod usuli hisoblanadi. Ijodiy tanqid ham ilmiy talqinning bir turi, ammo unda matn, asarning nafaqat ijobiy tomonlari, balki kamchiliklari ham yoritib berilishi kerak bo‘ladi. Ilmiy talqindan maqsad anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni bilish, tushuntirish, izohlab berish hisoblanadi. Ushbu jarayonda bilim chegaralari kengayadi, yangicha dunyoqarash, ilm-fanda yangi katetoriyalar, pastulatlar, nazariyalar paydo bo‘ladi. Obyektdagi nomahlum belgilar aniqlanadi. Ilmiy talqinda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib berish, talqin qilish muhim o‘rin tutadi. Qiziqish va tajribalarga, qiyoslash va ekeperiment-sinovlarga tayanish talqinning ilmiyligini, qimmatini oshiradi. Ba’zan tadqiqotchi taqlidiy taqliddan foydalanadi, ya’ni o‘zidan oldingi avtoritetlarga, ularning usullari va metodikasiga taqlid qiladi. Bu aslida ilm-fandagi vorisiylik tamoyiliga amal qilish hisoblanadi. Taqlidchilik ilmiy izlanishlarga kirishilayotgan ilk bosqichda ko‘zga tashlanadi. Lekin u uzoq davom etmasligi zarur, aks holda qaytarish, takrorlash, kompilyatsiya yuzaga keladi. Aslida ilmiy tadqiqot ilmiy talqin asosiga quriladi, chunki tushuntirish, izohlash, bayon qilish tadqiqotchi qo‘llaydigan asosiy usullardir. Dogmatik talqin ilm-fan sohalarida qat’iy o‘rnatilgan, avtoritetlar ma’qullaydigan, erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaydigai tushuntirish, izohlash usuli sanaladi. Ilm-fanda integratsiya kuchaygan hozirgi paytda dogmatik yondashuv ijodiy izlanishlarga g‘ov bo‘ladi, qotib qolgan xulosalarni takrorlashga olib keladi. Izlanishlarini real hayot muammolari bilan bog‘lay olmaslik, obyekt (predmet)ping real holatini yetarli o‘rganmaslik oxir-oqibat tadqiqotchidan buyurtmachi eshitishni xohlaydigan natijalarni chiqarishga majbur qiladi Ilm-faida biror yangi fikr aytish uchun, avvalo, dogmatik yondashuvdan voz kechish kerak. Dogmatik talqinda ba’zan transtsendentallik ko‘zga tashlanadi. Bunday yondashuv aql-u idrokni chalg‘itib, uni tajribadan, obyektiv borliqdan tashqaridagi muammolar bilan shug‘ullanishga yetaklaydi. Ratsional talqin aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli bo‘lib, har qanday ilmiy asar, izlanish yoki eksperiment ratsional talqin qilingandagina jamiyat uchun foydali bo‘ladi. Ratsional talqin empirik tajribalarga, ijtimoiy hayotning xususiyatlariga, ilm-fanning gumanistik anhanalariga tayanadi. Har bir insonga xos fikr yuritish, obyekt (predmet)ning real holatini, uni takomillashtirish yo‘llarini aql-u idrok doirasida tushuntirish ratsional talqin xususiyatidir. Ilm-fan ratsional talqin tarafdori bo‘lsa-da, ba’zan unda irratsional yondashuv va postulatlar ham uchrab turadi. Keyingi paytlarda dunyoviy va diniy bilimlar o‘rtasidagi g‘ovlar olib tashlanib, ular sinteziga qaratilayotgan e’tibor irratsional talqinni kengaytirmoqda. Badiiy talqin ham ilmiy, ratsional xususiyat kasb etishi mumkin. Badiiy asarlar va matnlarni ilmiy talqin qilish estetika va adabiyotshunoslik sohalarini boyitadi. Gohida sof ilmiy asar, matn ham badiiy talqin obyektiga aylanadi. Erkin talqin tayyor qoliplardan chetga chiqish, ularni atayin buzish, bayon etish usuli hisoblanadi. Erkin talqinda egotsentrizm uchraydi. Bu esa ibadiiy ijodda tez-tez uchrab turadi. Badiiy talqinda hayotiylikka asosiy belgi sifatida qaraladi, matndagi obrazlar, tasvirlarda hayot ifodasiga qarab ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. Kompilyativ talqin obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yoki taqrizchiga tilyog‘lamalik qilish, «men senga tegmayman, sen ham menga tegma» qoidasidan kelib chiqadi. Kompilyativ talqin yakunda yo‘q ijobiy sifatlarni bor qilib, bo‘rttirib ko‘rsatishga olib keladi. Bu obyekt (predmet)ning real muammolarini ko‘rib-ko‘rmaslikka olib keladi. Kompilyativ talqin faqat salbiy jihatgagina ega emas. Mustaqil yondashishni esdan chiqarmagan kompiliyativ talqin hurfikrlilikni rivojlantiradi, obyekt (predmet)ni xolisona baholashga yordam beradi. MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARIY Differensiatsiya – o‘rganilayotgan obyekt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash orqali o‘rganish, alohidalash. Dogmatik talqin – ilm-fan sohalarida qat’iy o‘rnatilgan, avtoritetlar ma’qullaydigan, erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaydigan tushuntirish, izohlash usuli. Fan – (arab. san’at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq) tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof- muhitga tahsir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. Yoki shunday bilimlar tizimining alohida tarmog‘i, yo‘nalishlari, sohalari. Ijodiy talqin – obyektni o‘rganishda uni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog‘lagan holda, ular sintezidan o‘tkazish. Ilm – (arab. — bilim; fan; nazariya) 1. Oʻqish-oʻrganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. 2. Ish-faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. 3. Ish-faoliyatning ma’lum bir sohasiga oid bilim, ta’limot, malaka.