ITM 2 Filolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari PDF

Summary

This document discusses the main areas of a philologist's work. It covers themes like scientific description, classification, and interpretation. It also touches on philology's branches and their interconnectedness, introducing key concepts.

Full Transcript

Mavzu: 2 Filolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Ma’ruza reja: 1. Ilmiy tavsiflash va tasniflash, ilmiy talqin qilish turlari. 2. Filologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari. Filologik tadqiqotlar filologik tizimning muayyan qismini tashkil qiladi. Tizimlilik filologiya fanlarining o...

Mavzu: 2 Filolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Ma’ruza reja: 1. Ilmiy tavsiflash va tasniflash, ilmiy talqin qilish turlari. 2. Filologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari. Filologik tadqiqotlar filologik tizimning muayyan qismini tashkil qiladi. Tizimlilik filologiya fanlarining o‘zaro aloqadorligida ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy filologiyaning sohalari sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan, ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o‘zaro aloqadorligiga suyanish va biri ikkinchisini taqozo qilinishi nuqtai nazaridan yondashish zarur. Bunday qarash tarixda ilmi adab va uning tarkibiga kirgan fanlarda aks etgan. Ilmi adab G‘arb istilohida poetika deb atalib, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblanib, quyidagi filologik sohalarni o‘z ichiga oladi: 1) lug‘at; 2) sarf, ya’ni morfologiya; 3) ishtiqoq – so‘z yasalishi; 4) nahv – sintaksis; 5) maoniy; 6) bayon ilmi; 7) aruz; 8) qofiya; 9) insho. Qayd etilgan ilmi adabni egallaganlar adib - yunoncha filolog deb yuritilgan. Demak, filologiya fanlariga ilmiy tizim sifatida qarash o‘tmish fanshunosligida ham bo‘lgan, X asrda unga Ibn Mu’tazz ismli arab olimi asos solgan. Biroq mana shu sohalarning biri ikkichisini taqozo etadigan va bir obyektga munosabatda ularni birvarakayiga tizimli jihatdan qo‘llash XX filologiyasining hosilasidir. Filologik tadqiqotlardagi tizimlilik matnga bo‘lgan munosabatda aniq ko‘zga tashlanadi. Chunki bir matnni filologiyaning turli sathlari bo‘yicha tahlil qilgandagina uning aniq jihatlariga erishish mumkin. Muammolar yechimiga kirishishda quyidagi bosqichlardan o‘tiladi: – muammoni aniqlash va belgilash (formulirovka qilish); – maqsadni aniqlash; – maqsadga erishish kriteriylari (o‘lchovlari)ni belgilash; – modellashtirish: yechimni asoslash uchun modelni qurish; – yechimning optimal variantini izlash; – yechim (qaror berish)ga kirishish; – qaror (yechim)ni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash; – yechim (qaror)ni tasdiqlash; – yechim realizatsiyasi jarayonini boshqarish; – yechimning samaradorligini tekshirish1. Filologiyaning yo‘nalishlari orasida dastlab tilshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan “matn tilshunos uchun muayyan xususiyatlar majmuiga ega bo‘lgan, tabiiy (milliy) tilni qo‘llash aktidir”. Lingvistik ta’limotda matnning mantiqiy aloqadorigi va shakliy tugallanganligi asosiy xususiyat sanaladi. Shuning uchun ham unga “ma’no aloqadorligi asosida birlashgan verbal (so‘z) belgi birliklarining tizimi, uning asosiy xususiyati bog‘liqlik va yaxlitlikdir” deb ta’rif beradilar2. Til ilmida matnning ma’noviy va shakliy qurilishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Shuning uchun matn tilshunosligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. S.Valerning yozishicha, matn lingvistik namuna sifatida 3 ma’noviy jihatni qamraydi: 1) chiziqli (sintaktik ma’no) → nima haqda (xabar); 2) referension (semantik ma’no) → nima bilan (aloqa vositasi); 3) utilitar (pragmatik ma’no) → nimani (tavsiya etilayotgan oeallik, mavzu bo‘lishi mumkin) gapiradi. Shu jihatdan matn vositasida uch savolga javob olinadi: 1) matn nima haqda gapiradi (matn mazmunidagi xabar); 2) matn nima bilan gapiradi – til (aloqa vositasi); 3) nimani gapiradi (tavsiya etayotgan reallik kontseptsiyasi). Tilshunos matnni grammatik ko‘rinishdagi gaplar, konstruktsiyalangan leksik va stilistik birliklar jihatidan tahlil qiladi. Sof lisoniy munosabat belgining belgiga va til tizimi doirasidagi belgilarga yoki matnga munosabatidir. Har qanday verbal, ya’ni so‘z yordamida hosil qilingan matn: - kommunikativ – xabar berish; - evristik – ma’lumot to‘plash; - konseptual - matn yuboruvchining nuqtai nazarini bildirish; - emotsional – his-tuyg‘ularni ifodalash belgilariga ega3. Ilmiy-nazariy masalalarning amaliyotidagi yechimi konkret metod yoki metodologik yondashuv natijasida erishilgan xulosa va qarorlar bilan belgilanadi. Masalan, M.Baxtinning «Tilshunoslik, filologiya va boshqa gumanitar fanlarda matn muammosi» nomli maqolasida matn bilan ish ko‘radigan gumanitar fanlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi ko‘rsatiladi. Uning fikricha, filologiya fanlarida matn dastlabki ma’lumot sifatida qabul qilinadi. «Matn fikr va tuyg‘ularning shunday borlig‘idirki, undan barcha gumanitar fanlar oziqlanadilar. Qayerdaki matn bo‘lmasa, u yerda tafakkur va tadqiq etiluvchi obyekt ham bo‘lmaydi»4. Avval matnning birlamchi ekaniga ishonch bo‘lishi kerak, so‘ngra uning talqiniga o‘rin beriladi. Shuning uchun ham tadqiqot maqsadi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, boshlang‘ich nuqta matndan boshlanadi. 1 Baxtin M.M. K metodologii gumanitarnix nauk / Estetika slovesnogo tvorchestvo. - M., 1986. S. 388; Xalizev V.E. Teoriya literaturi. Izd. 4- M.: Visshaya shkola, 2005. S.254. 2 Bolshoy ensiklopedicheskiy slovar/ pod red V.N.Varsevoy. - M.: VRE, 1998. S. 507; Valerie Susana et Corroyer Gregory. Philosophie du langage de la communication. Ed.: Universite Paris, 2001 pour la Revue Formules. 3 Intervyu s Jakom Derrida // Mirovoe derevo. - M., 1992. S.74. 4 Problemi metodologii sistemnogo issledovaniya. - M., 1970. MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARIY Ilm-fan – kishilik jamiyatining o‘z-o‘zini va atrof-olamni anglashga urinishi jarayonida qo‘lga kiritgan jamiki aniq, obyektiv, barcha uchun teng darajada muhim bo‘lgan bilimlari jamlanmasi. Ilmiy bilish – shaxs, narsa-buyum, hodisa-voqelikni chuqurroq o‘rganish, mavjud sir-asrorlarni anglab yetishga qaratilgan jarayon. Ilmiy talqin – anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni ilmiy asosda tushuntirish, izohlab berish. Ilmiy tavsif – tafakkur hosilasining alohida turi bo‘lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirish. Ilmshunoslik – ilmiy ish yuritish asoslarini o‘rganvuvchi fan. Integratsiya – o‘rganilayotgan obyektlardagi xususiyatlarni umumlashtirish orqali ularni bir-biriga yaqinlashtirish, birlashtirish. Interpretatsiya (talqin) – matnni, asarni muqobil vositalar yordamida talqin qilish, izohlash. Kompiliyativ talqin – obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yoki taqrizchiga tilyog‘lamalik qilish. Konsepsiya – (lot. conceptio — to‘plash, birlashtirish; tizim; ibora) qarashlar, fikrlar yo‘nalishi tizimi; fikr yuritish, dunyoni tushunish, anglash usuli. Nazariya – (arab. - taʼlimot; qoidalar majmui; umumlashma fikr) 1. Voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. 2. Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi asosiy gʻoyalar, umumlashgan qoidalar majmui. 3. Biror sohada hunar olish, malaka orttirish, mahoratni oshirish yo‘lidagi bilim-qoidalar majmui. 4. Ilm-fan, san’at va b. sohalarning mantiqiy abstrakt fikrlash yo‘li bilan ishlab chiqilgan asoslari. 5. Voqea, hodisa va h. k. ni tushunish-tushuntirishning umumiy prinsiplarini asoslab beruvchi ilmiy qonun-qoidalar majmui. Oddiy bilish – shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisalar bilan tanishish jarayoni bo‘lib, u muntazam rivojlantirib borilsa, asta-sekinlik bilan ilmiy bilishga aylanadi. Ratsional talqin – aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli. Tasniflash – arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, guruhlash, sinflarga ajratish. Yangilik– ilgari ma’lum bo‘lmagan, yaqindagina paydo bo‘lgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, ma’lumot.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser