TILSHUNOSLIK FANI PDF
Document Details
Tags
Summary
This document details the subject of linguistics and its key aspects, including introductory material. It also discusses the different areas of linguistic study, such as history, philosophy and psychology.
Full Transcript
TILSHUNOSLIK FANI VA UNING PREDMETI MA’RUZA BO’YICHA ASOSIY MASALALAR - Tilshunoslik fanining jahon fanlari tizimidagi o’rni - Tilshunoslikning asosiy masalalari - Tilshunoslikka kirish fanining vazifalari - Tilshunoslik aspektlari - Til funksiyalari...
TILSHUNOSLIK FANI VA UNING PREDMETI MA’RUZA BO’YICHA ASOSIY MASALALAR - Tilshunoslik fanining jahon fanlari tizimidagi o’rni - Tilshunoslikning asosiy masalalari - Tilshunoslikka kirish fanining vazifalari - Tilshunoslik aspektlari - Til funksiyalari MA’RUZADAGI ASOSIY LINGVISTIK ATAMALAR IZOHI TILSHUNOSLIK lingvistika, ing. linguistics , nem. Sprachwissenschaft, Linguistik, Sprachkunde, rus. yazikoznaniye, yazikovedeniye, turkcha dil bilimi, inson tilini o’rganadigan fan. FALSAFA ing. Phylosophy. nem. Philosophie , rus. filosofiya, Ta- biat, jamiyat va taffakur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan. PSIXOLOGIYA ing. psychology, nem. Psychologie, ruxshunoslik. Inson ruxiyati qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fan. TARIX ing. history, nem. Historie, Geschichte, rus. istoriya. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan. ADABIYOTSHUNOSLIK ing. literarycriticsm, nem. Literaturwissen- schaft, rus. Literaturavedeniye. Adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid haqidagi fanlar majmui. FILOLOGIYA ing philology, nem. Philologie, rus. filologiya. Xalqning til, adabiyot va madaniyatini organadigan fanning um umiy no- mi. PEDAGOGIKA ing. Pedagogic, nem. Pädagogik.Ta`lim va tarbiya haqidagi fan. TIL ing. Language, nem. Sprache, rus. yazik. Kishilar o’rtasidagi aloqa vositasi. 4 TILSHUNOS ( lingvist ) ing. linguist, nem. Linguist, rus. yazikoved. Tillarni umumiy jihatdan o’rganadigan hodim. LILGVISTIK BILIM ing. lingvistic science, nem. linguistisches Wis- sen, rus. lingvisticheskoye znaniye. Tillarga va tilshunoslikka oid bo’lgan bilim. LINGVISTIK ATAMA ( termin) ing. linguistic termin. nem. lin- guistishes Fachwort, rus. lingvisticheskiy termin. Tillarga va tilshunoslikka oid bo’lgan terminlarni ifodalovchi so’z yoki so’z birikmasi. TILSHUNOSLIK ASPEKTLARI tilshunoslik sohalari, mas: Umumiy, hu- susiy, nazariy, amaliy tilshunoslik. UMUMIY TILSHUNOSLIK ing. general linguistics, nem. allgemeine Sprachwissenschaft , rus. obsheye yazikoznaniye. Barcha tillarga hos bo’lgan qonuniyatlarni o’rganadigan fan. HUSUSIY TILSHUNOSLIK rus. chastnoye yazikoznaniye. Konkret til haqidagi fan. TILNI NAZARIY (ILMIY) O’RGANISH tilni nazariy jihatdan tadqiq qilish. TILNI AMALIY O’RGANISH ushbu til yordamida og’zaki yoki yozma ravishda muomala qila olish, yani o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda bayon qila olish va o’zgalar fikrini tinglab yoki o’qib tushuna olish. TILNING FUNKSIYALARI ing. functions of language, nem. Spra- chfunktionen, rus. funksiya yazika. mas. Aloqa, muomala qilish vositasi. EKSPRESSIV FUNKSIYA ing. emotive function, nem. emotive Funk- tion, rus. emotsionalnaya funksiya. His-hayajon, istak, ruxiy kechinmalarni isxor etish vositasi. AKKUMULYATIV FUNKSIYA ing. akkumulative function, nem. akkumula- tive Funktion, rus.akkumulativnaya funksiya. Tilda to’plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga etkazish vositasi. ALOQA VOSITALARI kishilar o’rtasida muomala jarayonida foydal a- nadigan ishora va belgilar. Ular ovozli yoki grafik bo’lishi mumkin. OVOZLI VOSITALAR ovoz yordamida belgi yoki ishora berish, mas: qo’ng`iroq, gudok, sirena, signal va boshqalar. GRAFIK VOSITALAR ko’rish sezgisi orqali belgi beradigan vositalar, ularga: yozuv, qo’l alifbosi, ko’zi ojizlar alifbosi, morze alifbosi, yo’l 5 belgilari, bayroq, raketalar, ilmiy simvolika (matematik, ximik, b iologik va boshqa belgilar). MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI Kishilik jamiyatidagi fanlar quyidagicha klassifikasiya qilin adi (B.M.Kedrov). I. Falsafa fanlari. II. Matematika fanlari. III. Tabiiy va texnik fanlar (astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, fiziologiya, antrapologiya, tog` ishi, qishloq xo’jaligi fanlari, medits ina fanlari). IV. Ijtimoiy (sotsial) fanlar (tarix, arxeologiya, etno grafiya, geografiya, siyosiy iqtisod, huquqshunoslik, san’atshunoslik, psixologiya, pedagogika, tilshunoslik). Tilshunoslik fanining asosiy masalalari quyidagilar:. - Tilning tabiati va mohiyatini belgilash; - Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi; - Jahon tillari va ularni klassifikatsiyalash; - Tilning tuzilishi, qurilishi; - Fonetika masalalari; - Grammatika masalalari; - Leksikologiya masalalari; - Yozuv va yozuvning paydo bo’lishi; Tilshunoslikka kirish predmetining vazifasi: - Talabalarni til haqidagi fanining asoslari bilan tanishtirish; - Talabalarga lingvistik atamalar haqida tushuncha berish; - Talabalarning lingvistik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish; -Talabalarni taniqli tilshunoslar bilan tanishtirish 6 Tilshunoslikning quyidagi sohalari mavjud: TILSHUNOSLIK Umumiy Hususiy Nazariy Amaliy Til quyidigi funksiyalarni bajaradi: - KOMMUNIKATIV funksiya. Aloqa, muomala qilish uchun xizmat q i- lish tilning eng muhim funksiyalaridan biridir. Kishilar til orqali o’z fikrlarini, istaklarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlarini tushunadilar. Bu tilning kommunikativ, ijtimoiy funksiyasidir. - EKSPRESSIV funksiya. Kishilar bir-birlariga til yordamida ta’sir qi- ladilar. Modal so’zlar, intonatsiya, ritorik so’roq kabi vositalar ekspressivlikni kuchaytiradi. - AKKUMULATIV funksiya. Til millatlararo aloqa vositasi, aloqa quroli, tilda to’plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga etkazish vosit asidir. Bu tilning gneseologik funksiyasi. MASHQ VA NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR A D A B I Y O T 1. Mirabbos Tursunovich Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. T.1992. 2. Otaqo’zi Azizov. Tilshunoslikka kirish. T. 1996. 3-6 sahifalar. 7