Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) PDF, 2009

Document Details

Uploaded by Deleted User

2009

Adham Vaisov

Tags

skin diseases dermatology venereology medicine

Summary

This is a textbook on skin and venereal diseases, suitable for upper-level medical students and general practitioners. It covers various topics related to skin diseases and their connection to internal organs. The book also provides information about the historical development of dermatology and venereology.

Full Transcript

O 'ZBEK ISTO N RESPUBLIK ASI OLIY VA O'RTA M A X SU S TA LIM VAZIR LIGI A D H A M VAISOV TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari...

O 'ZBEK ISTO N RESPUBLIK ASI OLIY VA O'RTA M A X SU S TA LIM VAZIR LIGI A D H A M VAISOV TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «Yangi asr avlodi» 2009 Darslik tibbiyot institutlarining yuqori kurs talabalariga va umumiy amaliyot shifokorlariga m o ija lla n g a n. K itobdan, shuningdek, am aliyotda ishlayotgan dermatovenerolog, urolog, akusher-ginekolog, stomatolog, terapevt, laboratoriya mutaxassislari va tibbiyot o ‘quv yurtlari xodimiari ham foydalanishlari mumkin. Taqrizchilar: R.A. KAPKAYEV, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Teri va tanosil kasalliklari kafedrasining professori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi E.G. KIM, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sharq tabobati va kosmetologiya kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor ISBN 978-9943-08-299-1 © Adham Vaisov, «Teri va tanosil kasalliklari». «Yangi asr avlodi», 2009-yil KIRISH SO‘Z Hozirgi davr sog‘liqni saqlash tizimida umumiy amaliyot shifokori asia-sekin asosiy o ‘rin egallayapti. Umumiy amaliyot shifokori amaliyotni o4ash jarayonida turli xil kasalliklarga tashxis qo‘yib davolashi zarur. Mazkur kitobni yaratishdan maqsadimiz shuki, k o ‘p uchrovchi teri- tanosil kasalliklari va ichki a ’zolar kasalliklaridagi teri o ‘zgarishlari haqidagi m a ’lumotlar bilan talabalar va umumiy amaliyot shifokor- larining bilimini boyitishdir. Barcha mutaxassislikdagi shifokorlar - pediatr, allergolog, terapevt, jarroh. umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mehnat faoliyati mobaynida bemorlar terisidagi patologik o ‘zgarishlarga duch keladilar. Shuning uchun ham ular dermatologiya asoslarini bilishlari shart. Teri jarohatlanishi bexosdan, kutilm aganda «topilishi» yoki bemorning asosiy shikoyati sababli aniqlanishi mumkin. Kardiologlar elektrokardiogrammani «o‘qigani»dek, har bir shifokor dermatologiya «alifbo»sini, ya’ni teridagi toshmalarni aniq va to‘g‘ri «o‘qib», bemorni dermatologga yo‘llashi yoki o ‘zi davolashi zarur. Dermatologning asosiy quroli - ularning k o ‘zidir. Dermatologik tashxis, asosan teri, shilliq pardalarni ko‘zdan kechirishga asoslanadi, faqatgina qanday k o ‘rishni va nimani izlashni bilish zarur. T o ‘g ‘ri q o ‘yilgan tashxis - samarali davo kaliti. Biz tayyorlagan m o ‘jazgina kitobcha turli soha shifokorlariga o ‘z amaliyotlari davomida uchraydigan teri kasalliklariga oson tashxis qo'yishda yordam beradi, degan fikrdamiz. Teri kasalliklari tashxisi oson emas, eng asosiysi, teri toshmalarini kuzata bilish, birini boshqasidan farqlay olish zarur. Shuning uchun ham mazkur kitobda kasalliklaming qisqa klinik k o ‘rinishlari, tashxis va davolash prinsiplari ko‘plab jadvallar yordamida bayon etilgan. 0 ‘ylaymizki, mazkur kitobdan amaliyot shifokori yoki tibbiyot talabalari k o ‘plab yangi, zarur m a ’lumotlar oladilar, mutaxassis der-matologlar esa o ‘z bilimlarini yangi m a ’lumotlar bilan boyitadilar. J Bemor toshmalar bezovta qilmasa, ularga aytarli darajada e’tibor qilmaydi. Bunday «nomsiz», «nom a’lum» kasalliklami b a ’zan oylab kortikosteroidlar, antibiotiklar yoki sitostatiklar bilan davolaydilar. Natijada kosmetik nuqsonlar, bemorlaming uzoq vaqt aziyat chekishlari, jarayonning tarqoqlashishi, qayta tiklanmas o ‘zgarishlar, eng asosiysi, ichki og‘ir xastaliklarni kechirib bo‘lmas darajada kechikib tashxis qilish holatlari kuzatiladi. Bir qarashda zararsiz ko‘ringan teri o ‘zgarishlari og‘ir kasalliklaming yagona belgisi b o ‘lishi mumkin. Masalan, k o ‘kimtir dog4 - rivojlana- yotgan melanoma, mayda yaracha esa zaxmning dastlabki belgisi bo4lishi mumkin. Bu xil teri o ‘zgarishlari turli profilaktik ko‘riklarda aniqlanishi mumkin va shart. Aks holda, shifokor muolaja uchun vaqtdan yutqazadi. Bemorning ambulator qabulda yoki shifoxona sharoitida shikoya- tidan q a t’i nazar, teri va shilliq pardalarining holati shifokor tomonidan ko‘zdan kechirilmog‘i shart. Har qanday o ‘zgarishlarga e’tibor berish, toshmalarning qanday elementlardan tarkib topganligini aniqlash, zarur boiganida biopsiya olinishi kerak. Teri holati - tekshirilishi eng qulay hisoblangan a ’zo, bir paytning o ‘zida ko‘plab zarur ahamiyatga ega bo‘lgan m a’lumot manbai hamdir. M uallif 4 DERMATOVENEROLOGIYA FANI RIVOJLANISHINING QISQACHA TARIXI Dermatologiya teri kasalliklari haqidagi fan boiib, sog4 va patologik o 4zgargan terining tuzilishi, funksiyasi, teri va ichki a ’zolarining turli patologik holatlardagi o'zaro munosabatini, har xil dermatozlarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish jarayonini, teri kasalliklarini aniqlash usullarini, davolash va oldini olish choralarini o 4rganadi. Venerologiya - tanosil kasalliklarining klinik kechishini, epidemiologiyasini, ularni aniqlash va oldini olish choralarini o 4rganadi. 1571-yilda Mercurialis nomli italiyalik olim teri kasalliklari bo'yicha izlanishlar olib bordi. Malpigi (1628-1694) teri epidermisini muguz va malpigiy qavatlarga bo'ldi va terida y o g 4 bezlari, ter bezlari, soch follikulalari va yog4 hujayralari borligini aniqladi. XVIII asrda derm atologiya fani shakllandi. XIX asr boshlaridan rivojlanib, k o 4zga k o 4ringan farang, ingliz, rus va amriqo dermato- venerologiya m aktablarining teri kasalliklari kelib chiqishi haqidagi m a ’lumot va tushunchalari bir-biridan keskin farq qilar edi. Ammo XX asr boshlariga kelib bu tafovut ancha yo4qoldi va hozirda ayrim ilmiy izlanishlar yo4nalishlarigina m a ’lum darajada farqlansa-da, u yoki bu kasallikning etiopatogenezidagi tushuncha bir xil. Teri kasalliklari, teridagi o'zgarishlar XVII asrda erkin ifodalangani q o 4ly o z m a la rd a n m a ’lum. D e r m a to lo g iy a n in g aniq fan sifatida shakllanishi teri to sh m a la rin in g tasniflanishi, y a ’ni derm atologiya alifbosining yaratilishidan so'ng kuzatildi. Teri toshmalari ham m a’lum morfologik elementlar bilan ifodalana boshlandi. XVIII asrda umumiy kelishilgan holda toshmalarni ifodalash dermatologiyani mustaqil fan sifatida tan oldirdi. Bu fan teri kasalliklarini o 4rganishning xususiy usullarini aniqladi va um um iy-tushunarli tilda teri toshm alarining nomlarini yozishga, ularning xususiyatlarini aniqlashga hamda tasnifga sharoit tug4dirdi. Dermatovenerologiyaning rivojlanish jarayonida sog4 va patologik o 4zgargan terini o 4rganishda, klinik va morfologik tekshirish usullari bilan birgalikda, mikrobiologik, immunologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik, eksperimental, statistik usullar ham qo'llanila boshlandi. Bu esa XX asrga kelib teri-tanosil kasalliklari etiologiya va patogenezini, klinikasi, davo 5 va profilaktikasini kengaytirdi, chuqurlashtirdi. Shu bilan birga, hozirda dermatovenerologiyada yechilmagan va tortishuvlarga sabab bo'ladigan muammolar yo'q emas. XIX asrda rivojlanayotgan dermatologiya maktablari faoliyatini ko'rib chiqsak, ularning quyidagi muvaffaqiyatlarini aniqlaymiz: teri kasalliklari bayoni, teri kasalliklari tasnifi, dastlabki o'quv kitoblari va atlaslar - ularning ayrimlari shu kungacha o'z mavqeini yo'qotmagan. Ingliz maktabining asoschisi R.Willian (1757-1812) birinchi bo'lib ekzema (gush) kasalligini zamonaviy darajada tasniflagan. W Wilson (1809-1884) qizil yassi temiratki haqida yozgan va 1867-yili Angliyada birinchi dermatologiya jurnaliga asos solgan. S.Hatchinson (1812-1913) esa k e c hikkan tu g 'm a zaxm da uchlik belgisini tad q iq qilgan va m a ’lumotlarini yozib qoldirgan. Fransuz derm atologiya m ak ta b i asoschisi J.Aliber (1766-1837) dermatologiyadan o'quv qo'llanma, atlas va ko'plab dermatozlar haqida yozgan. Birinchi dermatovenerologiya jurnalining asoschisi J.Aliberning shogirdi P.Cazenave (1795-1877) bo'lgan. Fransuz dermatologi E.Bazin qo'tir chaqiruvchisi, q o 'tir kanasi, zamburug'li kasalliklami patogen zamburug'lar chaqirishi to'g'risida yozgan. Fransuz olimi C.M. Gibert (1797-1866) pushtirang temiratkining xususiyatlarini o'rgangan. Nemis dermatologiya maktabining asoschisi F.Hebra (1816-1880) o'quv qo'llanma, atlas yaratgan va k o'p xilli ekssudativ eritema va boshqa xastaliklarni tasniflagan. Uning shogirdi M.Kaposhi esa k o 'plab teri kasalliklarini, shu jum ladan, gemorragik sarkoma haqida yozgan (u hozirgi kunda Kaposhi sarkomasi deb ataladi). Amriqo dermatologiya maktabi namoyandalaridan biri L.A.Duhring (1845-1914) gerpessimon dermatitining tasnifmi o'rgangan va u boshqa olimlardan J.C. White (1833-1916), J.N.Hyde (1840-1910) noyob qobiliyati bilan ajralib turadi. Rus d e rm atovenerologiya m a k ta b i X V III-X IX a srla rd a o 's h a davrning ilg'or terapiya, fiziologiya maktabi asosida shakllandi. Bu maktab tashkilotchilari orasida S.G.Zibelin (1735-1802), M.Ya.Mudrov (1776-1831), I. Ya. Dyadkovskiy (1784-1841), S.P.Botkin (1832-1889), G.A. Zaxarin (1829-1897), I.M.Sechenov (1824-1905), M. I. Lignikov (1845-1910), I.P.Pavlovning (1844-1936) ilmiy tadqiqotlari ajralib turadi. 1869-yili dastlabki uch mustaqil «Teri kasalliklari» kafedrasi tashkil topdi. Moskva universitetida (mudir D.I.Naydenov), Sankt-Peterburgning Harbiy-tibbiyot Akademiyasida (mudir F.P.Podkopayev) va Varshava universitetining Meditsina fakultetida, keyinchalik Qozon (1872), Xarkov (1876), Kiyev (1883) universitetlarida dermatovenerologiya kafedralari tuzildi. 6 1876-yili Sankt-Peterburg Harbiy-tibbiyot Akademiyasining «Teri- tanosil kasalliklari» kafedrasini professor A.G. Polotebnev boshqardi va u birinchi rus d e rm a to v e n e ro lo g p rofessori bo'ldi. « M u s ta q il sifilidologiya» kafedrasini V.M. Tarnovskiy (1869-1894) boshqaradi. A.G. Polotebnev taniqli prof. S.P Botkinning shogirdi bo'lib, dermatologiyani nemis va fransuz maktablari asoschilaridan o'rgandi va yangi yo'nalish ochdi. Bu yo'nalish asosida teri va butun organizm uzviy bog'liqligi, teri kasalligi hech qachon organizmdan bo'lak deb bo'lmasligi hamda asab tizimining boshqaruvchi roli haqidagi tushunchalar yotadi. O 'rta Osiyo hududida 900-yillarda ilmning turli yo'nalishlarida katta rivojlanish kuzatilgan va dunyoga Xorazm M a ’mun Akademiyasining kiritgan yangiliklari, qolaversa, Abubakr Muhammad Zakariyo Roziy (Razes), Abubakr R abe’ Buxoroi, Abumansur Muvaffaq ibn Ali al-Xiravi, Ismoil Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy, Bobo Bahrom Xorazmiy, Abu Mansur ibn Yahyoi Masihiy va boshqa ko'plab olimlar dunyoga tanilgan. Bulardan biri Buxoroda tug'ilib o'sgan faylasuf, olim, tibbiyot ilmining sultoni - Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi bilan bizning o'tm ish madaniyatimiz, tariximiz va tibbiyot fanining rivojlanishi chambarchas bog'liq. N afaqat 0 ‘zbekistonda, qolaversa, butun dunyoda tan olinib, uning «Tib qonunlari» risolasini o'qib, undan bir necha asrlar kundalik hayotda foydalanmagan shifokor yo'q desak, mubolag'a bo'lmasa kerak. Dermatovenerologiya tarixida ham Ibn Sino yetakchi o'rin egallaydi. Uning teridagi o'zgarishlar va kasalliklar to'g'risidagi fikrlari hozirgi zamon dermatovenerologiya fanining yutuqlari qatoridan joy egallagan. Ibn Sino tibbiyot masalalarini, xususan, teridagi kasallik masalalariga falsafiy nuqtai nazardan qarab, o'z asarlarida shunday yozgan: «Har xil isbotlardan bizni ikki xili qiziqtiradi: asl isbot - biz unga yondashishimiz kerak va noasl isbot - biz undan cheklanishimiz kerak». Ibn Sino kasalliklami m urakkab dinamik jarayon deb tushungan, organizmni butun deb, uning tashqi muhit bilan aloqador ekanligini ta ’kidlagan: «Va yana qaytaram an: kasallik sababini davolash - tibbiyotimizning asl mohiyati shunda», deb yozgan. Ibn Sino teri kasalliklarining kelib chiqishida asab tizimi faoliyatining ahamiyati kattaligini ta ’kidlagan. U bemorlarni ruhiy ta ’sir etish yo'li bilan davolashni taklif etgan. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarida sabab va oqibat, shakl va mazmun, tizim va vazifa, zarurat va tasodif, mahalliylik va umumiylik, maxsuslik va nomaxsuslik orasida bog'liqlik kuzatiladi. Ibn Sino organizmning individual sezuvchanligiga katta e ’tibor berib, dorilarni haddan ziyod iste’mol qilishga qarshi bo'lgan: «Dori asta-sekin yemiradi, doridan saqlaning, sifatli ovqatlaning». Ibn Sino bemorlaming dorilarga ko'nikib 7 qolishlari mumkinligini ham t a ’kidlagan, bu fikr hozirgi dermatologiyada ham o‘z isbotini topgan (misol uchun psoriazni davolashda). Ibn Sino parhez taomlar, suv muolajalari, jismoniy m ashg‘ulotlar, uyquni uzaytirishni ayrim dermatozlarda organizmning himoya vazifasini rag‘batlantiruvchi omillardan deb bilgan. U juda shirin, sho'r, achchiq, o ‘tkir taom lardan tiyilish zarur, deb yozgan. Eng a w a l o , emizikli ayollarning ovqatlanishini normallashtirish kerakligi xususida alohida to ‘xtalib o ‘tgan. Ibn Sino 32 ta d a n o rtiq d e rm a to z la rn i ba ta fsil b a y o n etgan: dermatitlar, o ‘tkir va surunkali gush, neyrodermit, ixtioz, moxov, pes, so‘gal, turli xil stomatit va xeylitlar, qadoq, trofik yara, teri leyshmaniozi, q o ‘tir, bitlash, psoriaz, teri bichilishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Vitiligoni anjir suti surtib, quyoshda toblash hozirgi kunda fotokimyoviy usulga asos b o ‘ladi. Leprani moxov nomi bilan yozib, «sher» kasalligi deb ham ataydi, bunga sabab bemorlar yuz k o ‘rinishi va ifodasi sher basharasini eslatganidir. Soch to‘kilishlari, ichki a ’zo kasalliklari tashqi muhit ta ’siridan deb bilgan. Ibn Sino zaxmni simob bilan davolashni taklif etgan, bu usul hozirgi kunda dunyo bo‘yicha tarqalgan. Ibn Sinoning dermatovenerologiya fani sohasidagi k o ‘pgina fikr va mulohazalari bugungi kunda ham o ‘z isbotini topib, derm atovene- rologlarni ilmiy, amaliy va tarixiy nuqtai nazardan qiziqtirib kelmoqda, uning tushuncha, k o ‘rsatma va nazariyalari hozirda ham o ‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q, aksincha, yanada chuqurroq o ‘rganishni talab etadi. Buyuk Avitsennaning ona yurti b o ‘lmish 0 ‘zbekistonda derm ato­ venerologiya fani va amaliyoti rivojining yangi to ‘lqini, shubhasiz, T oshkentda 1920-yili ochilgan T urkiston D avlat universiteti bilan bog‘liqdir. Bu universitetning Tibbiyot fakulteti tarkibida «Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi tashkil etilib, u Toshkent gospitalida joylashadi. Kafedra mudiri etib Peterburg dermatologiya maktabi namoyandasi professor A. I. Lebedev (1920-1923) saylanadi. 1924-yili kafedra mudirligiga I.S. Milman saylandi. U 1924-1931- yillarda mudirlik qildi va bu davrga kelib koykalar soni 22 tadan 35 tagacha yetdi, laboratoriya kengaydi. Xizmatchilardan A.A. Akovbyan, G.N. Zebelin, N.L. Bereskina, K.N. Ternovenkolar u bilan birga ishladilar. Professor I.S. Milman Toshkent Dermatovenerologlari ilmiy-amaliy jamiyatining asoschisidir. 1931 -yili 0 4rta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetiga qarashli dermatovenerologiya kafedrasi mudiri etib o ‘z davrining eng k o ‘zga k o ‘ringan olimlaridan professor A.M. Kartamishev tayinlandi (1931- 1939). Koykalar soni 65 tagacha kengaydi. Serologik labaratoriya, teri- tanosil kasalliklari dispanseri tashkil etildi, keyinchalik esa bu dispanser mustaqil Toshkent viloyati dispanseriga aylandi. Professor A.I. Kartami- shev 50 dan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini tayyorladi, 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 20 ta monografiya va o4quv q o ‘llanma chop etdi. 1940-yili kafedra m u d irlig ig a M oskva d e rm a to lo g la r m a k ta b i namoyandasi professor S.A. Kristanov saylandi (1940-1945). 1945-yilda o 4z yurtiga ketib, S.A.Kristanov Bolgariya Fanlar Akademiyasi akademigi bo'ldi va uzoq yillar Bolgariya universitetining rektori bo‘lib ishladi. 1945-yili kafedra mudirligiga professor A.A.Akovbyan saylandi. U 100 dan ortiq ilmiy ishlarni chop etdi, ulardan uchtasi monografiya b o‘lib, zaxm, vitiligo va terin in g turli allergik kasalliklarini d a v o la s h g a bag‘ishlangan. A.A.Akovbyan birinchi bo‘lib mahalliy mutaxassislar ichidan 3 ta tibbiyot fanlari doktori (U.M. Mirahmedov, K.S. Sulaymonov, R.A. Kap- kayev) va 10 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorladi, ko‘p yillar institutda talabalar ilmiy kengashining rahbari b o ‘lib ishladi. 1971-yili kafedra mudirligiga professor U. M. Mirahmedov saylandi va 1991-yilgacha shu rahbarlik lavozimida faol mehnat qildi. U uch yuzdan ortiq ilmiy maqolalar va 10 ta monografiya muallifidir. U. M. Mirahmedov bir qator fan nomzodlarini tayyorladi. 1975-yili kafedra ikkiga b o ‘linib, ToshMIda ikkinchi - oldin kurs, keyin mustaqil Davolash fakultetining «Teri-tanosil kasalliklari» kafedrasi tashkil etildi va bu kafedra mudirligiga professor R. A.Kapkayev saylandi. Kafedra uchun 80 o‘rinli klinika, y a ’ni DorKVD tashkil qilinadi va qisqa vaqt ichida u eng yaxshi jihozlangan zamonaviy tibbiy muassasaga aylanadi. Professor R.A.Kapkayev 4 ta fan doktori (A.A.Akovbyan, A.S h.V aisov, E.G.K im , G.A.Is m o ilo v a ) va yigirm adan ortiq fan nomzodlarini tayyorladi. Professor R.A.Kapkayev - 300 dan ortiq ilmiy maqolalar va 10 dan ortiq atlas va monografiyalar muallifi. 1999-yilda bu kafedraning mudiri lavozimiga prof. G.A. Ismoilova saylandi. 1991-yilda I ToshMI «Teri-tanosil kasalliklari» kafedrasi mudirligiga prof. U.M.M irahm edov o ‘rniga professor A.Sh.Vaisov saylanadi va k a fe d ra aso sid a « R e s p u b lik a ilm iy - o ‘q u v -d a v o la s h V I T I L I G O markazi»ni tashkil qiladi. Markaz qisqa vaqt ichida chet ellarda taniladi va respublikada birinchilar qatori ish jarayoniga bozor iqtisodiyoti munosabatlarini kiritadi. 1991-yilda professor A.Sh.Vaisov Respublika dermatovenerologlarining ilmiy-amaliy Jamiyati raisi va keyinchalik Jamiyat asosida tuzilgan O ‘zbekiston dermatovenerologlari Assotsiat- siyasi Prezidenti etib saylandi. Professor A.Sh. Vaisov rahbarligida bir necha ilmiy-amaliy konferentsiyalar va 1997-yili Respublika dermato­ venerologlarining III syezdi o ‘tkazildi. 1998-yildan boshlab professor 9 A.Sh.Vaisovning bosh muharrirligida Markaziy Osiyoning «Dermato­ logiya va venerologiya yangiliklari» nomli jurnali o ‘zbek, rus va ingliz tillarida Toshkentda chop etila boshlanadi. Talabalar, yosh shifokorlar va ilmiy kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida Assotsiatsiya va AQShning taniqli «PR O K TER end GEMBL» kompaniyasining yillik stipendiyalari respublika konkursining 5 nafar g‘olibiga berila boshlandi. 1995-yilda p ro f A.Sh.Vaisov Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tasdiqlangani sababli, u va u rahbarligidagi Birinchi ToshMI kafedrasining barcha xodimiari (prof. A.B.R a h m a to v , d o ts e n tla r - B.U.M ira h m e d o v , K.B.A lim x a n o v , S.S.Saipov, Ye.S.Kim, assistentlar - A.M.Karimov, B.Yu.Yusupov, N.R.S a p ru n o v a , I.V.C hichenina, D.X.Jalilov, D.A.M u ra tx a n o v a , N.S.Urunbayev, J.V.Lem, Yu.A T urg‘unova va klinik ordinatorlar - I.A.Ahmedbayeva, D.F.Porsoxonova, N.R.Rasuleva, M.I.Baybekova, B.D.Alimov, V.N.Ten, Sh.Sh.Eshanxodjayev, D.S.Hasanov, M.R.Tsoy, F.Azimova, L.Babayeva, M.D.T u rg ‘unova, R.Sh.Ismoilov) Ikkinchi ToshMI safiga o ‘tkazildi. Professor Vaisov A.Sh rahbarligida 3 ta tibbiyot fanlari doktori (S.S.Arifov, E.X.Eshboyev, T.U.U lug‘xo‘jayev) va 20 nafar fan nomzodi tayyorlandi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston dermatologiya maktabi a n ’analarini saqlab va uni yangi yutuqlar bilan boyitib kelayotgan mingga yaqin dermatovenerologlar qatorida tibbiyot fanlari doktori, professorlar - S.S.Arifov, A.Sh.Vaisov, Sh.I.Ibragimov, G.A.Ismoilova, R.A.Kapkayev, E.G.K im , A.M.M a n n o n o v , A.B.R a h m a to v , Sh. A.H a m id o v , T.T.Shahobiddinov, X.K.Shodiyev, E.X.Eshboyev, K A.Y u ld a sh e v , Sh.Z.Mavlyanova, D.F.Porsoxanova va M.I.Abdullayev kabi k o ‘zga k o ‘ringan olimlarning o ‘rni alohidadir. 10 U M U M I Y QISM TERINING TUZILISHI Teri - inson tanasini qoplab turuvchi a ’zo. Terida morfofunksional yagona holatda b o ‘lgan va shartli ravishda uch qavat: epidermis - teri p o ‘stlog‘i, derma - asosiy teri va gipoderma - teri osti yog1 qavatlari tafovut etiladi (1-rasm). Teri h o m ila n in g birinchi haftalarida embrionning ektoder- m a va mezoderma qavatlaridan hosil b o ‘ladi. Homilaning ekto- d erm a v a r a g ‘idan epiderm is, mezoderma varag‘idan esa derma va teri osti yog‘ qavatlari yuzaga keladi. Homilaning 3-4-haftalari- da teri ultrastrukturasida faqat bir qavat - silindrik hujayralar teri­ ning ayrim sohalarida kuzatiladi, ka ft-tovon sohalarida esa ikki qavat silindrik hujayralar kuzati­ ladi. Embriogenezning 6-7-hafta- sida hom ilani qoplab turuvchi epitelial parda ikki qavatdan - bazal va teri - dermadan iborat bo‘ladi. Homila 7 oyligida epider- misning to ‘liq rivojlangan hamma qavatlari kuzatilib, kaft va tovon 3-rasm. T erin in g g isto logiyasi. s o h a la r id a m ug u zla n u v ch i E - epidermis; D - derma; hujayralar vujudga keladi. Shu Ye (gipoderma) teri osti y o g 4 davrda elastik va kollagen tolalar, kletchatkasi. 1) m uguz qavat; sochlar, tirnoqlar, soch follikullari 2 ) d o n a d o r hujayralar qavati; vujudga keladi. D a s tla b tekis 3 ) tikanaksim on hujayralar qavati; k o n tu rg a ega boMgan bazal 4) bazal qavat; 5) elastik tolalar; membrana dermaning rivojlanib, 6) kollagen tolalar; 7) fibrotsitlar; 8) y o g ‘ hujayralari. s ito p la z m a tik o ‘s m a la r hosil 11 b o ‘lishi h isobiga t o ‘lqinsim on k o n tu rg a ega b o ‘lib, d e rm a n in g s o ‘r g ‘ichsim on y o ‘nalishi b o ‘ylab uning k o n tu rin i ta k r o r la y d i. H om ilaning so‘nggi oylarida teri strukturasi t o i i q , k o ‘p tarm oqli fiziologik vazifani bajara oluvchi yagona a ’zo sifatida takomillashadi. Epidermis - terining ko4p qavatli ustki qismi boiib, 5 qavat hujayradan tashkil topgan b o ‘ladi. H ujayralar bir-biridan shakli, soni ham da funksional holati bilan farq qiladi. Epidermisning asosini bazal yoki asosiy qavat (Stratum basalis) tashkil etadi, undan so‘ng tikanaksimon (Stratum spinosum), donador (Stratum granulosum), yaltiroq-shaffof (Stratum lucidum) va muguz (Stratum corneum) qavatlari tafovut etiladi. Tashqi muguz qavat hujayralari doimo ko‘chib, yangilanib turadi. Shu sababli muguz qavati shartli ravishda ikki qavatga ajratiladi: birmuncha zich muguzlanuvchi keratinotsitlar qavati - shaffof qavat yuzasida joylashadi va biriktiruvchi deb ham nomlanadi; yuza qavati - oson k o ‘chib, to iiq muguzlanuvchi keratinotsitlardan tashkil topadi. Bir qator prizmasimon silindrik hujayralardan tashkil topgan bazal qavat ostida va dermaning chegarasida, bazal membrana hujayralarning yulduzsimon o ‘smalaridan vujudga keladi. Bazal membrana epidermis va dermaning mustahkam aloqasini t a ’minlaydi. Bazal qavat keratinotsitlari doimiy k o ‘payib, mitotik jarayon holatida bo4ladi (shuning uchun ham bu hujayralar sitoplazmalari k o ‘p miqdorda D N K va R N K saqlovchi strukturalar - ribosoma va mitoxondriyalarga ega) va bu faollik epidermis yuqori qavat strukturalarining hosil boiishi va yangilanib turishini t a ’minlaydi. Bazal qavat hujayralari orasida m elanin p igm enti ishlab ch iq a ru v ch i m ela n o tsit h u ja y r a la r i, oq o ‘simtasimon epidermotsitlar - Langergans hujayralari va sezuvchi hujayralar (Merkel hujayralari) joylashadi. Bazal q a v a t yuzasida 3-8 q a to r h u ja y r a la r d a n iborat b o i g a n tikanaksimon qavat joylashadi. Bu hujayralar k o ‘plab sitoplazmatik o ‘simta (tikan yoki k o ‘prik, akant)larga ega. Hujayralar zichlashgan hujayra parda - tonofibrill va tonofilamentlarga ega. Sitoplazmatik o ‘sma (akant)lar hujayralami bir-biri bilan biriktiradi va ular orasida kanallar t o ‘rini hosil qiladi, bu t o ‘rla rd a n esa h u ja y r a la r a r o s u y u q lik la r sirkulyatsiya qiladi ( 1-2-rasmlcir ). Desmosoma va tonofibrillalar hujayralarning ichki tayanch karkasini t a ’minlaydi, hujayralam i mexanik jarohatlanishlardan himoyalaydi. Tikanaksimon qavatda ham oq o ‘simtasimon epidermotsitlar mavjud b o i i b , ular keratinotsitlar bilan birgalikda immun - himoyalovchi funksiyasini amalga oshiradilar. Tikanaksimon qavatdan so‘ng 1-3 qavat hujayralardan iborat donador qavat joylashadi, bu qavat hujayralari kaft-tovon sohasida 3-4 qator 12 hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar teri sathiga yaqin sohalarida rombsimon, yassilashgan shaklga, quyi qismida esa silindr va kub shakliga ega. Keratinotsit yadrolarida D N K va R N K saqlovchi strukturalar soni keskin kamaygan bo4ib, sitoplazmalarida esa donador kiritm alar - keratogialin kuzatiladi. D onador qavat hujayralarida tonofibrillyar- keratogialin strukturalari hosil boMishi sababli bu qavat ko‘pincha keratogialin qavati deb ham ataladi. Keratinosit Mclanosit Melanofag 2-rasm. T erining pig m en t tizimi. E - epidermis; BM - bazal membrana; D - derma. Donador qavat hujayralari protoplazmalarida keratogialin mahsuloti epidermis hujayralarining o‘sishini t a ’minlovchi faktor sekretsiyasini kamaytiradi, mitotik bo‘linishni to‘xtatuvchi moddalar, polipeptid keylonlar to‘planishiga olib keladi. Bazal, tikanaksimon va donador qavat hujayralarida mitotik bo‘linish mavjudligi sababli bu qavatlar ko‘pincha umumlashtirilib epidermisning o‘suvchi qavati (malpigiy qavati) deb ham ataladi. Donador qavat hujayralarida keratogialin, keratinizatsiya jarayonida eleidin moddasi hosil bo‘ladi, undan esa eleidin saqlovchi shaffof qavat yuzaga keladi. Bu qavat kaft-tovon terilarida aniq k o lrinadi. Eleidin m oddasidan keratinotsitlar yuzaga kelib, ular epidermisning muguz qavatini hosil qiladi. Muguz qavat birmuncha qalin bo‘lib, cherepitsasimon, yadrosiz plas- tinkasimon, bir-biriga zich yopishgan hujayralardan tashkil topadi. Muguz qavatning yuza hujayralari doimiy ko4chib yangilanib turadi. Epiderm is oqsil sintez qilish, pigm ent hosil qilish, himoya va immunologik funksiyalami bajaradi. Epidermis derma bilan bazal membrana orqali chegaralanadi. Bazal membrana 40-50 nm qalinlikda bo‘lib, notekis konturga ega, u epider- 13 misning dermaga birikkan yo‘nalishini takrorlaydi. Bazal membrananing asosiy funksiyasi b a r e r - t o ‘siq vazifasidir, sh u n ingdek, sirkulyat- siyalanuvchi immun komplekslar, antigenlar, autoantigenlar va boshqa biologik faol mediatorlarning kirishi va diffuziyasini chegaralab turishdan ham iborat. Bundan tashqari, bazal m em brana epidermis va derma orasidagi moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Derma yoki asosiy teri (asl, su tis p ro p ria ) hujayra elementlari, tolali substansiyalar va oraliq moddalardan tarkib topadi. Dermaning qaliniigi 0,49-4,75 mm ni tashkil etadi. Terining biriktiruvchi to ‘qimali qismi s h a rtli r a v is h d a ikki q a v a tg a a jr a tila d i: y uza, e p id e rm is o s ti - so‘r g ‘ichsimon qavati (Stratum papillare) va chuqur t o ‘rsimon qavat (Stratum reticulare). Dermaning yuqori qavati epidermis o ‘rkachlari ostiga kirib, tikanaksimon va bazal qavat ostida so‘rg‘ichlar hosil qiladi. Bu qavat amorf, strukturasiz m oddalar va nozik tolali biriktiruvchi to ‘qimadan tashkil topadi. Ular orasida k o ‘plab hujayra elementlari, tom irlar, nerv oxirlari joylashgan. D erm aning hujayra elementlari fibroblastlar, fibrotsitlar, gistiotsitlar, semiz sayyor hujayralar va maxsus pigment hujayralari - melanofaglardan iborat. Derma so‘rg‘ichlarida m ayda qon tomirchalari joylashgan b o ‘lib, ular epidermis, derma va nerv oxirlarini oziqlantiradilar. Dermaning chuqur to‘rsimon qavati birmuncha zich va dag‘al tolali b o ‘lib, dermaning asosiy qismini tashkil etadi. D erm aning stromasj kollagen tolalar tutamlaridan tuzilgan bo‘lib, ular esa elastik tolalar to‘ri bilan o ‘ralgan, ular orasida esa hujayra elementlari kuzatiladi. Terining mustahkamligi to‘rsimon qavat strukturasiga bog‘liqdir. Gipoderma yoki teri osti yog4 qavati. Bu qavat bir-biriga chuvalashib ketgan biriktiruvchi to ‘qimalar to ‘plamlaridan iborat. Bu to‘plamlar o ra s id a turli m iq d o rd a g i sh a rsim o n y o g 1 h u ja y ra la ri saqlanadi. Gipodermada qon tomirlari, nerv tolalari, nerv oxirlari, ter bezlari, soch follikulalari joylashadi. Gipoderma fastsiya bilan tugaydi, ayrim hollarda periost yoki mushak aponevrozlari bilan uyushib ketadi. Qon va limfa tizimi. T e r in i o z i q l a n t i r u v c h i a r te r iy a la r g i p o d e r m a n i n g q u y i q is m la r i d a k e n g tu t a m li t o m ir la r t o ‘rini h o s il q ila d i. B u t o ‘rlard an e s a m a y d a s h o x c h a l a r t a r q a l a d i. ular b oM in ib , bir -b irla ri b ila n u la n ib , a n a s t a m o z l a r t o ‘rini h o sil q il a d i v a s u b d e r m a l a r te r ia l t o ' r n i v u j u d g a k eltira d i. S u b d e r m a l arterial t o ‘ r t a r m o q l a n i b v a a n a s t a m o z l a r h o sil qilib , y u q o r i g a t o ‘g ‘ri y o k i q iy s h iq k o ‘tariIib, t o ‘r s im o n va s o ‘r g 4ic h s im o n q a ­ v a t l a r c h e g a r a s i d a d e r m a n i n g y u z a to m ir la r t o ‘ rini v u j u d g a k eltiradi. S h u t o m ir la r tu t a m id a n a r te r io la la r b o s h l a n ib. teri s o ‘r g kichi a rte rio lasi t o ‘rini v u j u d g a k eltira d i. Bu s o h a d a g i k a p illy a r la r z ic h lig i 1 kv m m terid a 16-66 k a p i l l y a r l a m i tash k il e ta d i (3-4-rasm lar). 14 d a b ye 3-rasm. Terining pigment, tomir va nerv tizimi a) Pigment tizimi. P -p ig m e n t h u ja yra la ri (m e la n o tsitla r) ep id e rm isn in g b a z a l q a v a tid a. b) Teri osti yog4 kletchatkasi. Y e -g ip o d e r m a : y o g ‘ h u jayralari tra b ek u la la r o rq a li o 'ra la d i; F -fa s ts iy a ; A t-a s o s iy teri. d) Tomir tizimi. 1) a rte rio la la r va k a p illy a r la r ; 2 ) lim fa to m irla ri (ven a la r k o 'r s a tilm a g a n ). ye) Nerv tizimi. T eri va fo llik u la d a n bosh lan gan se z g i oxirla ri; b o ‘sit nerv o x irla ri va har x il organ o x irla ri (a vto n o m n ervlar va h a ra k a t to la la r i k o 'r s a tilm a g a n ). Soch follikulalari, ter va yog4 bezlari tomirlar bilan ta ’minlangan. T erining venoz tizimi postkapillyar venulalardan boshlanadi. ular s o 4rg 4ichsimon q a v a td a n hosil b o 4lib, gipoderm ada t o 'r t t a venoz tutamlarni tashkil etadi ( 6-rasm ). Teri ichidagi tomirlarning o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ularda bir xil va turli xil tomirlar bilan anastamozlar hosil qilish o4ta yuqori darajadadir. Terida arteriovenoz anastamozlar, glomuslar k o 4p uchraydi, ular arteriola va venulalarning kapillyarlarsiz kalta-kalta birikishidir. Ular tana haroratining doimiyligini t a ’minlash, interstitsial kuchlanish darajasini bir m e’yorda saqlashda ishtirok etadilar, bu esa o ‘z navbatida kapillyarlar. mushak va nerv oxirlari faoliyatini t a ’minlaydi (5 -rasm ). Terining limfatik tizimi kapillyarlar holida kuzatiladi, ular yuza va chuqur tomirlar to'rlari ustida joylashadilar. Limfatik to 4rlar bir-biri bilan 15 4-rasm. Terining hosilalari (ortiqlari). a) Teri uch qavatdan iborat: E - epiderm is; D -d erm a , X t - xu su siy teri (epiderm is + d e rm a ); Ye - teri o sti y o g ‘ k letch a tk a si (fa q a t u stk i q a v a ti). b) Terining hosilasi. T irn oq: 1 ) tirnoq ild izi (m a tr ik s ); 2) tirn oq p la stin k a si; 3 ) tirnoq egati. d) Terining hosilasi. Soch: 1 ) soch qinchasi; 2 ) v o g ‘ bezi; 3 ) a p o k rin b e zi. ye) Terining hosilasi. E kkrin ter b ezi anastamozlar hosil qilib, klapanlarga ega bo‘ladilar. Ular gipodermadan o4gach, aponevroz va fastsiyalar chegaralarida keng tutamli to ‘plam hosil qiladi. Teri innervatsiyasi. Terining retseptor funksiyasi katta ahamiyatga ega. Teri tashqi va ichki muhit orasidagi barer a ’zo hisoblangani uchun ham turli xil ta ’sirlarga uchraydi. Teri markaziy va vegetativ nerv sistemalari orqali innervatsiyalanib, sezuvchi retseptor maydoni hisoblanadi. Terida turli xil ko‘rinishdagi nerv oxirlari mavjud: daraxt shoxisimon tarmoqli, tugunchali. Ular ter, yo g ‘ bezlari, soch follikulalari va to m irla m i innervatsiya qiladilar, bulardan tashqari, o ‘ziga xos kapsulalar, tanachalar va nerv oxirlariga ega. Terining asosiy nerv tutami teriosti yog‘ qavatida joylashgan. Bu tu ta m d a n ulkan nerv tolalari teri hosilalariga va so‘rg‘ichsimon qavatgacha borib, yuza shoxchalar, so‘rg4ich qavat va epidermisga silindr o ‘qlar holida tarqaladi. Ular epidermisda donador 16 qavatgacha yetib boradi, bu soha­ la rd a nerv to la la r i miyelin E p a rd a la r in i y o ‘q o tib , in g ic h k a ­ lashadi. Terida mustaqil nerv oxirla- ridan tashqari, maxsus nerv hosi­ lalari mavjud bo‘lib, ular turli t a ’sir- larni qabul qiladi. Kapsulali sezuv­ chi tanachalar (Meyssner tanachasi) 3} sezishni t a ’minlaydi. Sovuqlik esa K rauze kolbalari to m o n id an his etiladi, issiqni sezuvchi - Ruffini tanachalari va bosimni his etuvchi plastinkasimon tanachalar (Fater- Pachini tanachasi) tafovut etiladi. Epidermisda joylashgan mustaqil nerv oxirlari og‘riq, qichishish va achishishni his etishni t a ’minlaydi. Sezuvchi tanachalar so‘rg‘ichsimon „ A........... ,.... 5-rasm. Arteriya q o n tizimi arteriola qavatda joylashib, yupqa b.nktiruv- ya kapillyarlar bilan tamomianadi. chi to 'q im a li k a p su la d a n ib o ra t E _ epidermis; D - derma; b o 'lib , m a x su s retseptor hujayra- Y e - teri osti y og' kletchatkasi. la rid an tu zilg a n. T e r id a b u la r d a n i) kapillyarlar; 2) arteriolalar; tashqari, k o ‘plab vegetativ nerv 3) arteriyalar. tolalari bo‘lib, ular hamma tomirlar yuzasi, kalta kapillyarlarda ham joylashadilar. Ular tomirlar to‘rining funksional faolligini regulyatsiya qiladilar. Teri hosilalari yoki ortiqlari (sochlar, tirnoqlar, ter va yog4 bezlari) (4- rcism). Sochlarning hosil b o ‘lishi homiladorlikning 2-3-oylaridan boshla­ nadi. Epidermis sohasida bazal hujayra o ‘simta!ari yuzaga kelib, keyin ular soch follikulalariga aylanadi. 4-5-oylarga kelib, dastlabki sochlar mayin tuklar holida tana yuzasi bo‘yicha tarqaladi. Kaft, tovon, lab qizil hoshiyasi, sut bezi so‘rg‘ichlari, kichik uyatli labchalar, olat boshchasi va olat boshchasi yopqichining ichki varag‘i tuklardan mustasno bo‘ladi. Sochning teridan k o ‘tarilib turuvchi qismi - s o c h s t e r j e n i , teri ichidagi qismi - s o c h il d iz i deb ataladi. Sochning teridan chiqib turuvchi sohasida botiqlik bo‘lib, u voronka deb ataladi. Soch sterjeni va ildizi uch qavatdan iborat: markaziy - miya, po‘stloq va kutikula. Miya qavatini tashkil etgan qismi, asosan, teri ichidagi ildiz qismida joylashib, soch follikulasining voronka qismigacha yetadi. Soch sterjenining asosiy qismi massasini keratinlangan hujayralar tashkil etadi, bu hujayralar bir-birlariga jips joylashgandir. Soch ildizining distal qismi ---------- -- 7 Г ' — л 17 so ch p iyo zch a si deb nomlanadi. Soch piyozchasi soch o ‘sishini ta ’minlaydi. Gipodermadan soch so‘rg‘ichiga qon tomirlari va nervlar kiradi. Soch follikulasining voronkasi 1-3 qator epidermal hujayralar bilan qoplangan. Voronka qismiga yog4 bezining chiqaruv naychasi ochiladi. Soch rangi sochning miya qavatidagi melanotsitlar ishlab chiqqan pigment miqdo­ riga bog‘liq. Sochlar tashqi ko‘rinishlariga qarab tuklar, m o ‘ylar (soqol- m o ‘ylab, kiprik, qosh, jinsiy sohalar) va uzun sochlar (boshning soch qismi)ga ajratiladi. Sochlar o ‘sishi sekin davom etib, bir sutkada 0,3-0,5 mm ni tashkil etadi. Tirnoqlar embrionning 3 oylik davridan rivojlana boshlaydi. Dastlab tirnoq supachasi hosil b o ‘ladi, uning yuzasidagi epiteliy birmuncha q a lin la sh ib , b irik tiru v c h i t o ‘qim a g a b iroz b o ta d i. Keyin tir n o q supachasining epitelial qismi - matritsadan zich hosila - tirnoq ildizi vujudga keladi. Tirnoqning keyingi rivojlanishi keratinizatsiya jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun tirnoq zich, bir-biriga mahkam birikkan muguz plastinkalaridan qurilgan va yuzasi yaltiroq bo‘lib, tirnoq supachalarida joylashgan. Tirnoq supachasining asosi va ikki yoni teri burmalari - tirnoq yo stiq ch a la ri bilan chegaralangan. Tirnoqning orqa yostiqchasi tirnoqning proksimal qismini yoysimon o ‘rab turadi va yupqa epidermisning muguz plastinkasi tirnoq usti terisini hosil qiladi, tirnoq ildizining ozgina qismi orqa yostiqeha ostidan oqarib k o ‘rinib turadi, bu qism tirnoq oychasi deb ataladi. Tirnoq o ‘sishi matriks hujayralari hisobiga sodir bo‘ladi. Homilaning ektodermal varag4dan epidermis, soch va tirnoqlardan tashqari, ter va yog‘ bezlari vujudga keladi. Ter bezlari homilaning 2- oyida rivojlana boshlaydi. Chaqaloq tug‘ilishi davriga kelib ter bezlari yetarli darajada rivojlangan b o ‘ladi, ammo funksional aktivligi past darajadaligi kuzatiladi. 2 yoshgacha ter bezlarining funksional aktivligi ortadi. Oddiy ter bezlari bir-biridan farqlanib, ular sekretsiya turi bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladi. O ddiy ter bezlari naysimon tuzilgan, ular nafaqat sekretor hujayralar faoliyati tufayli, balki diffuziya jarayonlari ishtirokida ham sekret ajratadilar. Ter bezlarining distal qismi derma va gipoderma chegaralarida joylashadi. Uzun chiqaruv nayi teri yuzasiga vertikal holatda yo‘nalgan va shtoporsimon, ilonizi yoriq bilan tugaydi. Kaft-tovon, yuz sohasida juda ham ko‘p ter bezlari mavjud. Ter bezlari olat boshchasi, kichik uyatli labchalar tashqi yuzasi, olat yopqichi ichki varag‘ida bo‘lmaydi. Terining boshqa sohalarida ular tarqoq joylashgan. 1 kv sm terida 200-800 dona ter bezi kuzatilishi mumkin. A p o krin ter bezlari ekkrin ter bezlaridan farqli o4laroq, bez hujayralari moddalari ishtirokida sekret hosil qiladi, shu sababli ayrim hujayralar 18 ko'chish stadiyasida bo'ladi. Apokrin bezlari ham naysimon tuzilishga egadir, ammo ekkrin ter bezlaridan yirikligi bilan farq qiladi, birmuncha chuqur va o'ziga xos joylashadi. Ular anal, genital, sut bezlari so'rg'ichlari - areolalari yaqinida o'rnashadi. Bezlarning chiqaruv naychalari yog'- soch follikulalariga ochiladi. Apokrin ter bezlarining to'liq rivojlanishi bolalarning bir yoshligidayoq kuzatiladi, funksional faolligi esa faqat baiog‘atga yetish davridan boshlanadi. Apokrin ter bezlari faoliyati jinsiy bezlar sekretsiyasiga bog‘liq. Shu sababli apokrin bezlari ikkilamchi jinsiy belg:lar qatoriga kiradi (4-rcism ). YgE4bezlari (glanduki sebaceci) murakkab alveolyar tuzilmaga, golokrin tur sekretsiyaga ega. Y o g 4 bezlari sekretor hujayralarining yog'li metaplaziyasi bilan kechadi. Y og‘ bezlarining asosiy chiqaruv naylari devori o 4zining tuzilishi bilan epidermisdan farq qilmaydi. Yog‘ bezlari soch f o llik u la la rin i o 4rab tu ra d i, c h iq a ru v n a y c h a la ri esa soch qopchasining yuqori qismiga ochiladi. H ar bir follikula atrofida 6-8 ta yog4 bezlari joylashadi. Shu sababli sochli teri sathi normada yog4 bilan qoplangan bo4ladi. Ayrim yog4 bezlari bevosita teri yuzasiga o4zlarining chiqaruv naylari bilan sekret ajratadilar. Soch follikulalariga bog'liq bo'lmay, teriga o 4z sekretini ajratuvchi sohalar: yuz terisi, olat boshchasi, olat boshchasi yopqichi va kichik uyatli labchalar terilari. Kaft-tovon terilarida yog4bezlari bo'lmaydi. Terining y o g ‘sekretlari terining fiziologik immun va biokimyoviy funksiyalarini bajarishida katta ahamiyatga ega. Sochlar. Sochlar (pili) terining hosilasi bo'lib, badanning deyarli E 96% yuzasida uchraydi. Odatda, badanning sochlar zich joylashgan qismi boshning sochli yuzasi hisoblanadi, bu yerda ularning umumiy soni 100000 taga yetadi. Kaftda, tovonda, labning pushti qismida, jinsiy olat boshchasida, katta va kichik uyatli lablarda sochlar bo'lm aydi. Uzun (bosh sochi, m o4ylab, soqol hamda qovuq, qo'ltiq osti va qov sohasidagi sochlar), qattiq 6-rasm. Venoz tizimi. yoki mo'ysimon (qosh, kiprik hamda E-epidermis; D-derma; Ye-teriosti yog' kletchatkasi; F-fastsiya; burun va quloq teshiklaridagi) va M-mushak. 1) kapillyarlar; tuklar deyarli butun tanani qoplab 2) venulalar; 3) arteriyalar; turadi (7 -rasm). 4) ekstrafastsial vena; 5) intrafastsial Soch ikki qism dan: teridan vena; 6) venoz klapani. chiqib turgan soch o ‘qi va terida 19 Balog'atga Chaqaloq Bola yctgan odam 7-rasm. Soch turlari. joylashgan //rf/z/dan iborat. Soch o ‘qi soch voronkasiga chiqib, teri ustida yotadi. Soch voronkasiga yog' bezlari o'z mahsulotini chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog4 kletchatkasi chegarasiga qa d a r davom etadi va u yerda soch piyozchasi bilan tugaydi. Soch kutikulasi soch ildizining pastki va yuqori qismlarida bir xil tuzilishga ega emas. S o c h s o 'g 'o n i - piyozchasi sohasida kutikulasi bo'yicha (silindrsimon) hujayralardan iborat. Ildizning yuqori tomoniga siljigan sari bu hujayralar qiyshayib, yassilanadi va muguzlanadi. Muguzlangan epiteliy hujayralari yupqalashib, bir-birining ustiga yotadi (8 -rasm ). Sochning po'stloq moddasi soch yo'nalishi bo'yicha cho‘zilgan bir necha qator yassi, muguzlangan hujayralardan iborat. Faqat soch piyozchasi sohasida bu hujayralar sitoplazmasida tonofibrillar bo'ladi. Po'stloq qismi hujayralarida soch rangini belgilovchi pigment - melanin donachalari joylashadi. Muguzlangan po'stloq hujayralarda yadro qoldiqlari, pigment va havo pufakchalari hamda qattiq keratin donachalari bo'ladi. Qattiq keratin suv, kislota va ishqorlarda yomon eriydi, uning tarkibida oltingugurt tutuvchi sistin aminokislotasi juda ham k o ‘p bo'ladi. Po'stloq qavat hujayralarida muguzlanish jarayoni oraliq bosqichlarsiz amalga oshadi, ya’ni hujayralarda keratogialin va elleidin to'planadi. Po'stloq modda qanchalik yaxshi rivojlangan bo'lsa, soch shuncha pishiq va elastik bo'ladi. Sochning mag'iz moddasi mayin sochlarda bo'lmay, uzun va qattiq sochlarda bir necha qator yirik, poligonal hujayralar sitoplazmasida atsidofil trixogialin moddasi, mayda havo pufakchalari, oz m iqdorda pigment dog'chalari ham bo'ladi. Soch ildizining quyi 2/3 qismida mag'iz hujayraning yadrosi zichlashadi va hujayra anchagina muguzlanib qoladi. Ildizining yuqori qismida esa soch mag'zining hujayralari butunlay muguzlangan bo'ladi. 20 8-rasm. Soch va soch follikulasi. 1) soch tolasi; 2) soch tolasi o‘zagi; 3) soch piyozchasi, matriks pigment hujayralari bilan; 4) soch so‘rg‘ichi; 5) epitelial (tashqi va ichki) soch qopchasi; 6) soch qopchasi tashqaridan biriktiruvchi to‘qimali dermal qinsoch xaltasi bilan o‘ralgan; 7) epidermis; 8) yog‘ bezlari; 9) sochmushak (errectores pilori). Soch ildizi teri sathiga nisbatan qiyshiq yo'naladi va soch piyozchasini hosil qiladi. Soch piyozchasiga tagidan botib kirgan soch so'rg'ichi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qim adan iborat. Bu to'qima qon tomirlari va nerv oxirlariga boy. So'rg'ich hisobiga soch oziqlanadi. S o 'r g 'ic h n i qoplab tu rg a n soch piyozchasining epiteliysi kam bial hujayralar hisoblanib, ular hisobiga soch o'sadi. Soch so'rg'ichining ustida joylashgan hujayralar, sochning mag'iz va po'stloq moddasining eng pastki qismlarini qoplagan kambial hujayralar esa soch kutikulasining ichki epitelial qismini hosil qiladi. Soch piyozchasi hujayralari soch s o 'r g 'ic h id a n , y a ’ni o z iqlantiruvchi m a n b a d a n uzo q lash g an sari m u g uzlanish ja ra y o n ig a uchraydi. Shuning n a tijasid a h u ja y r a la r cho'zinchoq muguz tanachalarga aylanib boradi. Muguzlanish jarayoni sochning po'stloq qismida jadal kechadi. Soch rangi sochning po'stloq qismining hujayralarida ham saqlanadi. Sochning oqarishi pigment hosil bo'lishining susayishi, shuning bilan bir qatorda, soch ildizining muguz tangachalarida havo pufakchalari ko'payib ketishi natijasida ro'y beradi. Soch ildizi yoki qopchasi soch follikulasida joylashadi, u tashqaridan to'qimali dermal qin - soch x a lta si bilan o'ralgan. Soch follikulasi o'z navbatida ichki va tashqi epiteliy qinlarga bo'linadi. Soch ildizining ichki epitelial qini soch piyozchasining hosilasi bo'lib, yuqorida yog' bezlarining 21 chiqaruvchi naylari sohasida yo'qolib ketadi. Soch ildizining tashqi epitelial qini epiderm is m alpigiy q a v a tin in g davom i hisoblanib, piyozchasiga tomon davom etadi. Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqala­ shib boradi va faqat bazal qa v a tid an iborat b o 'lad i. Soch xaltasi biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, undan 2-3 aylanma va tashqi uzu- nasiga yo'nalgan kollagen tolalar qavatini ajratish mumkin. Yuqorida bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiyshiq yo'nalgan. Sochlar o'zining xususiy mushagi - sochni ko'taruvchi mushakka ega. U soqolda, qattiq va mayin sochlarda, qo'ltiq ostidagi sochlarda bo'lmaydi yoki yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo'lib, uning bir uchi terining so'rg'ich qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo'shilgan. Bu mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi. Soch ildizi teri yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo'lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib, soch o 'q i teri sathidan biroz k o 'ta rila d i va teri ko'rinishini oladi. Ko'pincha tashqi haroratning sovishi natijasida yuzaga keladigan g'oz terisi tusini beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo'lib, mushaklar qisqarishi tomirlarining ham torayishiga olib keladi, natijada, issiqlik tanada saqlanadi. Mushakning shu faoliyati natijasida yog' bezlari ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi. Sochlarning almashinuvi. Sochlar o'z o'rnida bir necha oydan bir necha yilgacha o'sadi va 3 rivojlanish bosqichini o'tib, tushib ketadi, shuning uchun ham inson hayoti davomida sochlar vaqti-vaqti bilan almashinib turadi. Birinchi bosqich - 3-10-yildan iborat bo'lgan aktiv o'sish davri; 2-bosqich - 3-4 oydan iborat, nisbatan tinch davr; oxirgi 3-bosqich - 1- 6 oy cho'ziladigan sochning to'kilish davri. Shunday qilib, har kuni inson normada bir necha yuztagacha soch yo'qotishi mumkin. Bu jarayon soch so'rg'ichining atrofiyaga uchrashidan va soch piyozchasi hujayralari qon bilan t a ’m in la n is h in in g buzilishidan bo sh la n a d i. N a tija d a soch piyozchasining hujayralari ko'payish qobiliyatini yo'qotadi va ularning asosiy qismi muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, sochning o'sishi to'xtaydi. Soch kolbasi o'z so'rg'ichidan ajralib, tashqi epitelial qin hosil qilgan g'ilof bo'ylab, to sochning ko'taruvchi mushak birikkan joyigacha ko'tariladi. Epitelial g'ilofning pastki. bo'shab qolgan joyi puchayib, hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana soch so'rg'ichi tiklanib, saqlanib qolgan kambial hujayralar bilan qopla- nadi, natijada yangi soch piyozchasi paydo bo'ladi. Bu piyozchada yangi soch o'sa boshlaydi. Yangi soch epitelial tasma bo'ylab o'sadi, tasma esa uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o'sish natijasida yangi soch eski sochning tagidan turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushishi 22 va teri yuzasida yangi sochning paydo b o ‘lishi bilan tugaydi. Agarda soch xaltasining qon bilan ta ’minlanishi to‘xtasa, uning o‘rnida yangidan soch o ‘sib chiqmaydi. Tirnoq epidermis hosilasi b o iib , qattiq, muguzlangan plastinkalardan iborat. T irn o q n in g rivojlanishi hom ilaning 3-oyidan b o shlanadi. Dastavval, tirnoq o‘rni hosil boiadi. Oyoq va q o i barmoq uchlarining tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qalinlashib, o ‘zining ostida yotgan biriktiruvchi to‘qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq juda sekin o ‘sadi va vibrion hayotining oxiridagina t o i a shakllanadi. Tirnoqda tana, ildiz, ikkita yon va erkin qismlar tafovut qilinadi. Tirnoq tanasi tirnoq o‘rnida joylashsa, yon qirg‘oqlari teri burmalari tagiga kirib turadi. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq egatidan chiqib turadi. Tirnoqning ildizi tirnoq yorig‘iga kirib turgan asosi hisoblanadi. Ildizning bir qismigina tirnoq yorig‘idan xira va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa, katta barmoqlar tirnogida) ko‘rinib turadi. Tirnoq ildizining tirnoqning o ‘sishini t a ’minlovchi differinsiallanmagan hujayralari tirnoq matritsasim tashkil etadi. Matritsa hujayralari muntazam boiinib, muguzlanib turadi. Muguzlangan epiteliy tangachalari tirnoq plastinkasiga siljib kiradi va natijada tirnoq o‘sadi. Tirnoq kuniga o ‘rtacha 0,12 mm gacha o‘sadi. Tirnoq o ‘rni epiteliy va derm adan iborat. Epiteliy epidermisning o ‘suvchi qavatida tashkil topgan. Epiteliy ustida joylashgan yassi tirnoq plastinkasi bir-biriga zich cherepitsasimon joylashgan yassi poligonal shakldagi muguz tangachalardan tuzilgan. Epiteliy hisobiga tirnoq plastinkasi qalinlashsa, matritsa hisobiga tirnoqning uzunasiga o ‘sishi t a ’minlangan. Tirnoq o ‘rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib ketadi. Derma sohasida so‘rg‘ichlar boim aydi. Dermaning tirnoq sohasi qon tomirlari va nerv oxirlariga boy. Bu yerda dermaning perpendikulyar joylashgan tolalari to ‘g4ridan-to‘g‘ri suyak pardasining tolalari bilan q o ‘shilib, suyakka aloqador b o ‘lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy tibbiyotda muhim rol o ‘ynaydi (tirnoqda boshlangan y a llig ia n is h jarayoni suyak jarohatlanishiga sabab boiishi bunga misol b o ‘la oladi). 23 O G ‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI VA LAB ANATOMIYASI, GISTOLOGIYASI VA HZIOLOGIYASI Og‘iz shilliq qavati ham teriga o ‘xshab 3 qavatga bo‘linadi: epiteliy, shilliq qavat va shilliq osti qavati. Epiteliy qavatning teridan farqi shuki, og‘iz bo‘shligi shilliq qavatida hamda yuzasida muguz, yaltiroq va donador qavati boim ay, faqatgina ikki qavat - bazal va tikanaksimon qavatdan iborat. Epitelial hujayralari qattiq tanglayda, tilda, milkda muguzlanishi mumkin. Lekin, shuni aytib o ‘tish joizki, b a ’zi bir surunkali kasalliklar m uguz va d o n a d o r q a v a tla r y a llig ia n is h i sababli paydo b o ‘ladi. Muguzlanish natijasida shilliq qavatmng k o ‘rinishi, rangi o ‘zgarishi m um kin. Bunday o ‘zgarishlarni k o ‘pincha qizil yassi tem iratkida, leykoplakiya va qizil yugirik kasalliklarida kuzatish mumkin. Shilliq osti qavat chuqurroq joylashgan b o iib , qon tomirlar o ‘rami, kollagen, elastik tolalardan tashkil topgan. Unda bulardan tashqari, s o ia k bezlari ham joylashadi. Tilning tuzilishi esa o ‘ziga xos 3 xil so‘rg‘ichdan iborat bo iib , ular quyidagilar: ipsimon, tojsimon va dumaloq shaklli. Til yuqori qismining yuzasi ipsimon so‘rg‘ichlar bilan qoplangan, tojsimon so‘rgichlarning shakli esa dumaloq boiib, til sathidan 1-2 ml ko‘tarilgan va asosan, til orqasida joylashgan. Til ildizida esa so‘rg ichlar yo‘q, lekin juda ko‘p limfatik to ‘qimalar bor. 9-rasm. Lab va og‘iz bo‘shlig‘ining teri va shilliq pardadan iborat membranalari. Milkning shilliq qavatida muguz, yaltiroq va donador qavat b o im a y , faqatgina tikansimon qavat hujayralari mavjud, ularning yadrosi juda och bo‘yaladi. Milkda so‘rg‘ichsimon qavat juda taraqqiy topgan. Lab aylanma mushak qavatlaridan tuzilgan boiib, tashqi tomondan teri bilan qoplangan, ichki tomondan esa shilliq qavat va k o ‘pgina har xil bezlar bilan t a ’minlangan. Lab 3 qismdan iborat: teri, qizil hoshiya va shilliq parda. Bezlar og‘iz shilliq qavati tomon ochilgan (9-rcism). Labning qizil hoshiyasi 2 zonaga boiinadi: tashqi va ichki. Tashqi zona epiteliylarida o ‘zgargan muguzlanuvchi qavat mavjud, ichki zonada esa shilliq qavatga o ‘tish joyi Kleyn zonasi deyiladi. Um um an, o g ‘iz shilliq qavati qon va limfa tomirlari bilan ta ’minlangan. Limfa to‘rlari til ildizida va bodom bezida juda ko‘p joylashgan. Og‘iz shilliq qavatida nerv retseptor apparati boiib, ular to‘r tugunlarini hosil qilib, so‘rg‘ich- larga kirib boradi, nerv tolalari oxirida kaltakchalar hosil qilib, bu tolalar esa o ‘z navbatida so ia k bezlarini innervatsiya qilib turadi. S o iak bezlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida joylashgan b o iib , ular 2 ga boiinadi: katta va kichik. Kattalari quloq atrofida, ja g 4 va til ostida joylashib, uzungina boiadi va og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. Mayda yoki kichik s o ia k bezlari esa labda, yumshoq tanglayda va lunjda joylashgan. Og‘iz bo ‘shlig‘i shilliq qavatining bajaradigan asosiy fiziologik vazifasi himoya, harorat, sekretor, rezorbtiv (so‘rilish), retseptor b o iib , quyidagi jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. 1. Ovqatlarni mexanik va fermentativ ishlash vazifasini bajaradi. 2. O gizga tushgan ovqatlarni o ‘zining s o ia k va seroz bezlari sekreti bilan hoilaydi. 3. Ogliz shilliq qavatiga tushgan ovqatlarni tekshirib, analiz qiladi va begona narsalarni sezib, chiqarib tashlaydi. 4. Og4iz shilliq qavatida sezuvchi nerv tolalari bor, ular o4z navbatida bosimni va og'riqni sezadi. 5. Bulardan tashqari, haroratga va kimyoviy faktorlarga chidamli boiadi. 6. Og‘izda mikroflora juda boy b o ia d i, lekin shilliq qavati ularni himoya qilib turadi. 7. O g iz shilliq qavatining yana bir himoya vazifasi - muguzlanishga y o i q o ‘ymaydi, bu bazal qavat hujayralari ishlab chiqargan ribonuklein kislotasi va glikogenlar ta ’sirida bajariladi. 25 TERINING ASOSIY FUNKSIYALARI Teri organizmning tashqi qoplami hisoblanib, bir qator murakkab fiziologik vazifalarni bajaradi. Teri moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, asosan, suv, m ineral, y o g ‘, uglevod, vitam in va energiya almashuvlarida. Teri organizmning hayotiy jarayonida ishtirok etib, bir qator zarur vazifalarni bajaradi: immun, himoya, sekretor, nafas olish- chiqarish, rezorbsion, termoregulyator, retseptor, almashinuv va boshqa. Himoya funksiyasi. Terining himoya xususiyati turli mexanik, nur, mikroorganizmlar ta ’siridan terini va butun organizmni himoya qiladi. Terini qurib qolishdan uning zich muguz qavati saqlab turadi. Muguz qavat kuchsiz jism oniy va kimyoviy t a ’sirlarga chidamlidir. Turli mikroblardan himoya qilish muguzlanib, k o ‘chib turuvchi epiteliy, ter va yog‘ bezlari sekretlari ajralishi hisobiga amalga oshiriladi. Teridagi kislotali c h uchuk su v -y o g ‘ p a rd a s i evaziga sterillash va begona moddalaming so‘rilishini to'xtatish mumkin. Bu suv-lipid mantiyasi bir vaqtning o ‘zida mikroorganizmlarning kirishiga to ‘sqinlik qilib, quyi molekulyar yog‘ kislotalari - patogen floraning o ‘sishiga yo‘l qo'ymaydi. Ultrabinafsha nurlarni yutish xususiyatiga ega bo'lgan melaninning terida bo'lishi hisobiga teri organizmni quyosh nurining jarohatlovchi ta ’siridan saqlaydi. Nafas olish-chiqarish va rezorbsion funksiyasi. Terining rezorbsion xususiyati yog'-soch follikulalari funksional faolligiga, suv-yog' mantiyasi holatiga, muguz qavatining pishiqligiga bog'liq. Kaft-tovon terilarida fiziologik giperkeratoz mavjudligi va yog'-ter bezlari yo'qligi hisobiga rezorbsion xususiyati kuchsizdir. Ter-yog' bezlari ko'p bo‘lgan muguz qavat kam rivojlangan sohalarda terining rezorbsion xususiyati yaxshi kechadi: dorilar suriladi (yog'larda eruvchan dori moddalari - yod, dimedrol, rezorsin, salitsil kislotasi va boshqalar). Teri orqali kislorod so'rilishi va karbonat angidrid ajralishi juda oz miqdorda kuzatiladi. Termoregulyator funksiyasi. Tana harorati doimiyligini t a ’minlash, adaptatsion mexanizmlari turli-tumandir. Epidermis muguz qavatining issiqlik uzatish xususiyati pastligidan tashqari, derma va gipodermaning tolali substansiyalari ham sezilarli ahamiyatga ega. Muhim ahamiyatga ega b o 'lgan qon-limfa aylanish va ter-yog' bezlarida ham ajratuv xususiyatlari mavjud. Terining sekretor funksiyasi. Bu funksiya keratinotsitlarning sekretor faoliyati, immunoregulyator hujayralar hamda ter-yog‘ bezlari faoliyati hisobiga amalga oshadi. Yog' bezlari teri yog'ini ishlab chiqaradi: uning tarkibida yog4 kislotalari, xolesterin efirlari, alifatik alkogollar, kam 26 miqdordagi uglevodorod, ozod xolesterin, glitserin va kam miqdorda azot va fosfat birikmalari kuzatiladi. Yog4 bezi sekreti, asosan, suyuq, yarim suyuq modda holida bo'ladi. Teri sathiga ajrab, ter bilan aralashib, teri yog‘i yupqa parda - suv - lipid m antiyasim hosil qiladi, bu esa bakteriotsid va fungistatik ta ’sirga egaligi bilan terini himoya qiladi. Yog4 bezlari sekretor vazifadan tashqari, ekskretor funksiyani ham bajaradi. Teri yog4i bilan birga turli toksik moddalar, o 4rtamolekulyar peptidlar, turli dorilar - yod, brom, antipirin, salitsil kislotasi va boshqalar ajraladi. Turli odamlarda, terining har xil sohalarida ajralayotgan teri yog4i turli miqdorda kuzatiladi. Eng ko4p yog4ajraladigan sohalar - boshning sochli qismi, peshona, yanoq, burun (1 kv sm da 1000 ta y o g 4 bezlari), k o ‘krakning markaziy qismi, kuraklararo soha, yelka kamari, oraliq sohadir. Ter bezlari ter ishlab chiqarib, terini sovutadi, tana haroratini nisbiy doimiyligini ta ’minlaydi. Ekkrin ter bezlari sekreti suyuq holdagi nim sho4r reaksiyali suvdan tashqari, turli erigan noorganik va organik moddalar saqlaydi. Ter orqali organizmdan dori moddalari - yod, brom, simob, xinin, antibiotiklar chiqib ketadi. O 'rta hisobda 1 sutkada 750- 1000 ml ter ajraladi, yuqori harorat kuzatilganda esa bir necha litrgacha ter ajralishi mumkin. Terining ekskretor funksiyasi sekretor funksiyasi bilan birga kuzatiladi. Ter-yog4 sekretlari bilan birga, organik, noorganik moddalar, minerallar almashinuvi bilan bir qatorda, organizmdan uglevodlar, vitaminlar, gormonlar, fermentlar, mikroelementlar va ko4p miqdorda suv ajraladi. Ter ajralishi doimiy, uzluksiz harakatda bo4lib, ko'zga ko'rinmas ter ajralishi va mo 7 ter ajralishi farqlanadi. Almashinuv funksiyasi. Terining depolash xususiyati m o d d a la r almashinuvida katta ahamiyatga ega. Biriktiruvchi to'qima hujayralari, elastik, kollagen va argirofil tolalar, teri osti yog4 qavatining gidrofillik xususiyati hisobiga hujayralar ichida va hujayralararo sohalarda suyuqlik, mineral moddalar, vitaminlar, mikroelementlar saqlanib qoladi, terida uglevodlar, xolesterin, yod, brom, aminokislotalar va turli shlaklar depolanadi. Shu sababli umumiy moddalar almashinuvi buzilishigacha terida turli xil patologik jarayonlar kuzatiladi. Jigar faoliyati buzilishida tinimsiz teri qichishi, yashirin diabetda piogen toshmalar toshishi kuzatiladi. Vitaminlar teri holatiga katta t a ’sir ko'rsatadi. B vitamin guruhi oksidlanish-tiklanish jarayonining kechishini m e ’yorida saqlaydi. P P vitamini metobolitlar ajralishini va detoksikatsiyani ta ’minlaydi. A, Ye, D vitaminlari esa antiinfeksion omil hisoblanib, oqsillar almashuvini faollashtiradi, keratoplastika jarayonini me’yorlashtiradi, yallig'lanish jarayonlarida epiteliy regeneratsiyasini t a ’minlaydi. 27 Retseptor funksiyasi. Teri nafaqat organizmni turli ta ’sirlardan himoya qiladi, balki multifaktor-analizator bo'lib, katta retseptor maydoni ham hisoblanadi. Terining retseptor funksiyasi turli xil sezuvchi nerv oxirlari va tanachalari hisobiga amalga oshadi, ular esa terida tarqoq joylashgan. Teri og'riq, harorat va bosim t a ’sirini sezish xususiyatiga ega. Taktil t a ’sirni his etish barmoq uchlari, yirik burmalar sohasida, til shilliq pardasida kuchli rivojlangan. Teri retseptor maydonining funksional holati markaziy va vegetativ nerv tizimi bilan uzviy bog'liq. Teri tashqi muhit, markaziy asab tizimi va ichki a ’zolardan keluvchi turli ta ’sirotlarga chalinadi va zarur javob reaksiyasini qaytaradi. Teri kasalliklari sabablari (Etiologiyasi va patogenezi) Teri to'qimalari doimiy o'suvchi, differensiyalanib, regeneratsiya- lanuvchi a ’zodir. Bu j a r a y o n l a r d a g i buzilish te r in in g turli funksiyalarining o'zgarishiga, oqibatda esa turli dermatozlarga sabab bo'ladi. Adaptatsiya-kompensatsiya mexanizmlari izdan chiqadi, teri o'z funksiyasini m e’yorda bajara olishni t a ’minlayolmay qoladi. Bunda shartsiz t a ’sir oqibatida yuzaga keluvchi teri o'zgarishlari mustasnodir. Bu xil t a ’sirlar terida m a ’lum reaksiya chaqiradi. O datda, bunday t a ’s irlarg a y u q o ri k o n s e n tr a ts iy a li k is lo ta la r, i s h q o r la r , nur energiyasining katta miqdori, shu jumladan, rentgen nuri, yuqori va quyi haroratlar misol bo'la oladi. Teri tashqi muhitning doimiy tashqari (ekzogen) yoki (ichki endogen) omillarining patologik t a ’siriga uchraydi. Endogen omillar butun organizmning kasalligi yoki ayrim a ’zo va tizimlar o'zgarishi oqibatida vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasalliklar ko'pincha tashqi va ichki omillarning birgalikdagi ta ’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda esa bir necha ekzogen omillar ta ’siridan hosil bo'ladi, ulardan biri kasallik kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi bo'lib xizmat qilishi mumkin (misol uchun piodermiyaning rivojlanishi). Ekzogen-etiologik omillarga mexanik, termik, nur, kimyoviy modda­ lar va turli infeksion a g entlar kiradi. E ndogen-etiologik om illar o'zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bular orasida ichki a ’zolar kasalliklari, ayniqsa, jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, m oddalar almashinuvining buzilishi, endokrin, asab tizimi, gemopoez, tomir tizimi, genetik omillar va boshqalar alohida ahamiyatga ega. Moddalar almashinuvi, xususan, uglevodlar, yog'lar, mineral-suv alm ashinuvi b u z ilishlari shu xil m o d d a l a m i n g teridagi doim iy almashinuvining izdan chiqishiga olib keladi, bu o'zgarishlar esa terida 28 turli xil patologik holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog4 almashinuvining buzilishi esa ksantomalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'plab ksanto- malar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, C, PP, P va B vitaminlar yetishmovchiligi sababli ko'plab dermatozlar kuzatiladi. Misol uchun A vitamini yetishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin kislotasi yetishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi. Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimi (MAT)dagi hamda vegetativ asab tizimidagi o'zgarishlar sabab bo'lishi mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida M A T ning b irlam ch i o 'z g a ris h la ri yotishi a vvaldan m a ’lum: bu o'zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab tizimining o'zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham fanga m a’lum. D erm atozlarning yuzaga kelishiga endokrin bezlar faoliyatining o'zgarishlari ham sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, teri miksedemasi qalqonsimon bez kasalligi bilan og'rigan bemorlarda uchrashi, Addison kasalligida terining bronza rangiga kirishi, oddiy husnbuzarning jinsiy bezlar faoliyati bilan bog'liqligi. Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o'zgarishlar bilan bog'liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o'zgarishlar allergik va autoimmun jarayonlarga bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida o'choqli infeksiyaning roli sezilarlidir: masalan, surunkali tonzillit, gaymorit, otit, kariozli tishlar va boshqalar. O'choqli infeksiya organizmni sensebilizatsiyaga uchrashiga sabab bo'lishi, ikkinchi tom ondan esa gumoral immunitetni pasaytirishi va immun tanqislikka sabab bo'lishi mumkin. O'choqli infeksiyalarning eshakemi, ko'p xilli ekssudativ eritema, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar patogenezida ahamiyati tasdiqlangan. Bir q a to r ka sallik lar yuzaga kelishida m a ’lum d a ra ja d a irsiy omillarning ahamiyati katta. Xususan, ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar shular jumlasidandir. Ayrim kasalliklar o'sm a va infeksion kasalliklar metastazlanishi oqibatida yoki teri osti to'qimalari kasalliklarining teriga o'tishi natijasida vujudga kelishi m u m k in (misol u chun, teri silining bir turi - skrofuloderma). Shuni ham qayd etish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va patogenezi oxirigacha o'rganilmagan. Shunday qilib, teri kasalliklari ko'pincha bir emas, bir necha sabablar bir necha nojo'ya ta ’sirlarning uzoq muddat organizmga ta ’sir etib turishi 29 oqibatida teri kasalligining paydo bo'lishi uchun «sharoit» tayyorlasa, arzimas biror bir omil ta ’siridan kasallik yuzaga chiqishi mumkin. Yuqorida aytib o ‘tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - asosiy sababchi omillar, ya’ni ichki a ’zolar o'zgarishlari, asab tizimi o'zgarishlari dermatozlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Misol uchun, moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kalsinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi a ’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar, irsiy o'zgarishlarning tug'ma kasalliklami vujudga keltirishi (misol uchun, ixtioz, qalqonsimon bez o'zgarishlari - teri miksedemasiga olib keladi). Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), ya’ni ichki a ’zolar, asab tizimi, modda almashinuvini o'zgartiruvchi hamda irsiy omillar kirib, ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi holatlar bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi guruh hal qiluvchi omillar guruhi yig'indisidan iborat bo'lib, ular ichida stress birinchi navbatda turadi. Stress va boshqa etiologik holatlar xatarli yoki hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Bu esa u yoki bu omil ta ’sir etgan vaqtda organizm qay holatda bo'lishiga bog'liq. Dermatologik bemorlar o'z kasalliklarining boshlanishi yoki ularning avjlanishini ko'p hollarda stress bilan bog'laydilar, xususan, psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga asoslanib aytish m umkinki, emotsional omil birlamchi bo'lib, teri o'zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin. U yoki bu kasalliklarga, xususan, teri kasalliklariga irsiy moyillik deganda ota-onadan bolalarga ba’zi xususiyatlar o'tadi, ya’ni moddalar almashinuvi, gomeostaz, a ’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar ichida kechuvchi biokimyoviy reaksiyalar va boshqa belgilar holati - bularning hammasi ularning tashqi hamda ichki ko'rinishlarini birdek ko'rsatadi, hatto t a ’sirga javob reaksiyasi ham o'xshash bo'ladi. Bu o'xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillikka olib keladi. Ammo bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga sabab bo'lmasligi ham m umkin, buning uchun moyillikni yanada oshiruvchi, q o 'sh im c h a t a ’sirlar zarur. Shundan m a’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir xil kasallikka chalinavermaydi. Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab, irsiy moyillikdan tashqari, ko'pgina kasalliklar patogenezida, asosan, organizmning tabiiy rezistentligiga va immun tizimidagi o'zgarishlarga ham bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa, qizil yugirik, po'rsildoq yarada autoim m un jarayon, yana boshqa dermatozlarda esa ikkilamchi hujayra immunodefitsiti ahamiyat kasb etadi. 30 Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga kontakt yo‘li bilan yoki organizmga turli yo‘llar bilan tushib, t a ’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa allergiyani infeksion omillar chaqiradi (infeksion, bakterial allergiya). Bunda ikkilamchi infeksiya o ‘choqlari yuqumli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizatsiyaga sabab b o ‘luvchi omillar autoallergik jarayonlardir, bu holat ichki a ’zolar patologiyasi, moddalar almashinuvining buzilishi va hokazolar tufayli vujudga keladi. Bu xil o‘zgarishlar birga uchrab, immun tanqislik holati va autoimmun reaksiyalar bilan kechishi mumkin. Shunday qilib, m a ’lum bir sabab, m a ’lum bir etiologik omil teriga turli ta ’sir etish mexanizmiga qarab, har xil teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Teri kasalliklarining tashxis asoslari Teri, og‘iz shilliq pardasi va lab qizil hoshiyasi kasalliklarining tashxisi birinchi navbatda ularni diqqat bilan k o ‘zdan kechirish va tekshirish natijalariga asoslanadi. Shifokorning bemor bilan muloqoti bemor shikoyatini tinglash va uni chuqur mulohaza qilish bilan boshlanadi. Dermatozning turiga qarab bemorlar turli xil shikoyat bildirishlari mumkin: jumladan, teri qichishishlari, achishishi, og‘rishi, sanchishi, tortishishi kabilar. Bir xil kasallik boMishiga qaramasdan, ayrim kishilarda bu hissiyotlar turli darajada rivojlangan b o ‘lishi mumkin. Ayrim kasalliklar esa subyektiv hissiyotlarsiz kechishi m umkin. Bemor shikoyati aniqlanganidan so‘ng, kasallik va bemor hayotiy anamnezini yig‘ishga o ‘tiladi. U ndan s o ‘ng esa bemorni k o ‘zdan kechirishga kirishiladi. Teri va k o ‘zga k o ‘rinadigan shilliq pardalar kuzatilgach, bu m a’lumotlar klinik-laborator tekshiruv m a ’lumotlari bilan to ‘ldiriladi. Teri kasalligi tarixini aniqlash jarayonida kasallik muddati, sabablari, uning kelib chiqishi va zo‘rayishi qay sabablarga bog‘liqligini aniqlash zarur. Undan so‘ng kasallik kechishi xarakteri o 4rganiladi: jumladan, qaytalashga moyilligi, mavsumga bogiiqligi, remissiyalar kuzatilishi, ularning davomiyligi aniqlanadi. Agar bemor a w a l davolangan boisa, uning xarakteri va samarasi aniqlanadi. Kasallanish jarayoniga suv, sovun, oziq-ovqatlar, dori-darm onlar, kasbdagi zararli ta'sirlarning ahamiyati o ‘rganiladi. Bemor hayotiy anamnezini yig‘ishda tashqi omillarning kasallik patogenezidagi ahamiyatini aniqlash maqsadida uy, mehnat sharoitlari, boshidan kechirgan kasalliklari, oilaviy yoki nasliy kasalliklari haqida, 31 zararli odatlari to ‘g‘risidagi m a ’lumotlarga e’tibor berish zarur. Bemor bilan suhbatlasha turib, uning asab tizimi holatini, turli stresslarga javob reaksiyasini, o ‘z kasalligiga b o ig a n munosabatini aniqlashga harakat qilish kerak. Bemorni issiq, tabiiy yoritilgan xonada ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq. O g ‘iz shilliq pardasini k o ‘rish uchun yoriq elektr nuri y o ‘naltirilib, y o g ‘och sh p a te ld an foydalaniladi: y o g ‘och shpatel kuzatiluvchi sohani soiaklardan yaxshi tozalaydi. Terining butun yuzasini ko'zdan kechirish zarur, aks holda, subyektiv bezovta etmagan, lekin toshmalar toshgan sohalarni bemor sezmasligi mumkin, bu xil toshmalar - chandiqlar, surilib ketgan toshmalar o ‘rnida qolgan pigmentatsiyalar ayrim hollarda diagnostik ahamiyatga egadir. Teridagi morfologik toshmalar. Birlamchi va ikkilamchi elementlar Teri tanani qoplab turuvchi organ bo‘lib, bir qancha fiziologik vazifa­ larni bajaradi. Lekin b a ’zi holatlarda terining normal holati buzilib, terida har xil patologik o ‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar vujudga keladi. Masalan, ichki va tashqi t a ’sirlar sababli teri yallig‘lanishi natijasida qizarish, shishish, og‘rish, issiqlanish va vazifasi buzilishi sababli boigan o‘zgarish- larni ko‘rish mumkin. Patologik o ‘zgarishlar asosida paydo boiadigan teridagi morfologik toshmalar klinik belgilar sifatida ifodalanadi. Teri va shilliq pardalarda paydo bo ig an toshmalar turli xil boiishi mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladi. B i r I am chi e I e m ye n t deb sogiom va o ‘zgarmagan terida paydo boigan toshmalarga aytiladi. I k k i l am ch i t o sh m a l a r esa teridagi birlam chi elem entlarning rivojlanib, o ‘zgarishi natijasida paydo boiadigan toshmalardir. Toshmalarni birlamchi, ikkilamchi turlarga ajratish m aiu m darajada shartlidir. Lekin, b u n g a qaramasdan, ularning amaliyotdagi o ‘rni juda ham yuqori. Chunki ko‘p holatda har bir kasallikda terida faqat shu kasallikka xos birlamchi toshma(lar) paydo boiadi. Shuning uchun ham teridagi birlamchi toshmaga asoslanib bemorga kasallik tashxisi qo‘yiladi. Darhaqiqat, teri toshmalari dermatologiya alifbosi hisoblanadi. Ularni bilish teri kasalliklariga to‘g4ri tashxis qo‘yishimizga katta yordam beradi (I, II, III ilovcilar). 32 Birlamchi morfologik elementlar Birlamchi morfologik elementlar deb o‘zgarmagan terida kasallikning dastlabki davrlaridayoq paydo boiadigan toshmalarga aytiladi. Birlamchi elementlar paydo boiish mexanizmiga, yalligianish davriga (alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya) qarab, shartli darajada ikki guruhga ajratiladi: birlamchi proliferativ morfologik elementlar: dog‘ (macula), tuguncha (papula), d o ‘m boqcha (tuberculum), tugun (nodus) hamda birlamchi ekssudativ morfologik elementlar: pufakcha (vesicula), pufak (bulla), yiringcha (pustula) va bo‘rtma yoki qavarchiq (urtica) farqlanadi. Dog‘ ( macula) - terining chegaralangan rang o ‘zgarishi b o iib , u teri sathidan ko‘tarilib turmaydi va paypaslanganda sezilmaydi. D o g ‘ning kelib chiqish sabablariga qarab, qon tomirli, pigmentli, sun’iy turlarga va yalligiangan va yalligianmagan dogiarga ajratiladi (10-rcism). Qon tomirga aloqador d o g iar qon tomirlarning vaqtincha reflektor kengayishi, yalligianishi yoki uning jarohati hisobiga kuzatiladi. Yalligiangan qon tomirli dogiarga rozeola va eritema kiradi. Rozeola - o ic h a m i 1 santimetrgacha (eritema esa 1 sm dan kattaroq), qon tomirlarining vaqtincha kengayishi natijasida paydo bo ig an pushti-qizil rangli d o g 4 Uni buyum oynasi bilan bosib k o ‘rilsa (diaskopiya), y o ‘qoladi, bosim t o ‘xtatilsa, qaytadan paydo b o i a d i va subyektiv achishish, qichishish, kam hollarda esa og‘riq bezovta etishi mumkin. Keyinchalik ustki qismida kepaklanib turadi yoki birdan yo‘qolib ketadi. Bu to sh m a la r derm atit, zaxm ning ikkilam chi davrida va b o s h q a kasalliklarda uchraydi. Y alligianm agan dog iarg a qon tomirlarning patologik kengayishi, jarohati yoki o ‘tkazuvchanligi o ‘zgarishi natijasida paydo b o i g a n dogiardan tashqari, pigmentli va sun’iy d o g ia r kiradi. Qon tomirlar o ‘tkazuvchanligining ortishi yoki tomirlar jaro h a ti oqibatida paydo boiuvchi do g iar gemorragik dog 4ctr deb ataladi va bular diaskopiyada yo‘qolmaydi hamda vaqt o ‘tgach, rangi o ‘zgarib boradi. Kattaligiga qarab gemorragik d o g i a r petexiya, purpura, ekximozlar deyiladi. Pigmentli dog'lar teri hujayralarida pigment melanin y o ‘qolishi (depigmentatsiya yoki vitiligo), kamayishi (gipopigmentatsiya) yoki ko‘payishi (giperpigmentatsiya) natijasida paydo boiadi. Sun ly dog'lar teri orasiga bironta bo‘yoq yoki kimyoviy moddalaming kirib qolishi natijasida paydo boiadi. Sun’iy d o g ia r ko‘pincha turli kasb egalarida yuzaga keladi va «stigma», ya’ni professional belgi hisoblanadi. Tuguncha (papula) - bu birlamchi, proliferativ, bo‘shliqsiz, teri sathidan ko4arilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha b o ig a n yuza element b o iib , 10-rasm. Birlamchi morfologik elementlar.Toshmalar a) Dog‘ (macula). Teri chegarali qismi rangining o'zgarishi. Dogiar yalligiangan (rozeola, eritema) va yalligianmagan (petexin, ekximoz, qontalashishlar) turlarga boiinadi. Kelib chiqish sababiga qarab qon tomirli, pigmentli va sun’iy turlarga boiinadi. b) Qavarchiq yoki bo‘rtma (urtica). Bu ekssudativ, lekin bo‘shliq hosil qilmaydigan, teridan salgina ko‘tarilib turadigan toshma. Bo4rtma terining epidermis qavatida, hujayralar ichida tez o‘tadigan suyuqlik yig‘ilishi natijasida paydo boiadi. d) Pufakcha (vesicula). Bu birlamchi ekssudativ toshma boiib, bo4shliq hosil qiladi, teri sathidan koiarilib turadi, kattaligi 1 sm gacha boiadi. Pufakcha ichida seroz suyuqlik boiadi. Bu rasmda subkorneal pufakcha tasvirlangan. ye) Pufakcha (vesicular). Intraepidermal pufakcha. e p id e r m is v a d e r m a n i n g y u z a q i s m i d a r o ‘y b e r a d ig a n p a t o l o g i k o 4z g a - r ish lar n a t i j a s i d a p a y d o b o i a d i. V a q t o 4tib, o ‘z g a r ib s o i* ilib k e ta d i va o 4r n i d a d o g 4 q o l a d i. T u g u n c h a q i p i q l i t e m i r a t k i ( p s o r i a z ) , q iz i l y a s s i t e m ir a tk i v a z a x m n i n g ik k i la m c h i d a v r id a u c h r a y d i ( 1 0 - r a s m ). Do‘mboqcha ( t u b e r c u l u m ) - b u b i r l a m c h i , p r o l i f e r a t i v , b o 4s h l iq s i z , teri s a t h i d a n k o ‘t a r ilib t u r a d i g a n , k a t t a l i g i 1 s m g a c h a b o i g a n c h u q u r ele m e n t b o i i b , derm a q a v a tid a p a to lo g ik o 'z g a r ish la r n atijasid a p a y d o b o i a d i. D o 4m b o q c h a k e y i n r o q n e k r o z g a u c h r a b y a r a l a n a d i v a n i h o y a t , y a r a c h a n d i q h o s i l q i l i b b i t a d i. A y r i m h o l l a r d a d o 4m b o q c h a s o ' r i l i b , o ‘r n id a a tr o fik c h a n d iq h o sil q ila d i. D o 4m b o q c h a teri sili 34 11-rasm. Birlamchi morfologik elementlar. Toshmalar. a) Pufakcha (vesicula). Subepidermal pufakcha b) Pufak (bulla). Bu birlamchi ekssudativ toshma bo'lib, bo'shliq hosil qiladi, teri sathidan ko'tarilib turadi, kattaligi 1 sm dan kattaroq bo'ladi. Pufak ichida seroz suyuqlik bo'ladi. d) Yiringcha (pustula). Bu birlamchi, ekssudativ bo'shliq hosil qiladigan, teri sathidan ko'tarilib turadigan, ichida esa yiring suyuqligi bor kovak toshmadir. ye) Tuguncha (papula). Teri sathidan ko'tarilib turadi, bo'shliqsiz, kattaligi 1 sm gacha bo'lishi mumkin. (tuberkulyoz), moxov (lepra), leyshmanioz va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi (10-rcism). Tugun (nodus) - bu birlamchi, proliferativ, bo'shliqsiz, teri sathidan ko'tarilib turadigan, kattaligi 1 sm dan to tuxumday, chuqur element bo'lib, derma va teri osti yog4 qavatida hosil bo4lib o 4sadi. Keyinchalik tugun so4rilib atrofik chandiq yoki yaralanib, yara, chandiq hosil qilib bitadi. Tugun teri sili, moxov, yomon jarohat va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi ( 12-13-rasm). Pufakcha (vesicula) -Ъи birlamchi, ekssudativ, bo4shliqli, teri sathidan k o 4tarilib turuvchi, b o 4shlig4ida seroz suyuqlik yoki qon saqlovchi, kattaligi 1 sm gacha bo'lgan yuza element. Pufakchaning po4stlog4i, tubi va ularning orasida suyuqlik bilan to‘lgan bo'shliq qismi tafovut etiladi. Keyinchalik pufakcha qurib, qaloq hosil qilishi yoki yorilib, eroziya paydo 35 d ye 12-rasm. Birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlar. Toshmalar a) Tugun (nodus). Teri sathidan ko'tarilib turadigan, bo‘shliqsiz element, teri osti yoki yog' qavatidan o4sib borib, kattaligi no'xatdan to yong‘oqday, ba’zida tuxumday bo‘lishi mumkin. b) Do‘mboqcha (tuberculum). Teri sathidan ko'tarilib turadi, bo'shliqsiz, kattaligi 1 sm gacha boiishi mumkin. Bu toshma patologik o‘zgarishlar terining derma qavatini batamom egallashi natijasida paydo boiadi. d) Shilinish (erosio). Terining butunlik holati yuzaki buzilishi, bu faqatgina epidermisda bo‘shliq hosil qiladigan birlamchi toshmalar yorilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shilinish yuzasini suyuqlik qoplaydi. ye) Chaqa (excoriatio). Buni chiziqsimon shilinish desa ham boiadi. Chaqa terining yuzaki yoki chuqur shikastlanishi, ko'pincha terining qichishishi natijasida paydo boiadi. boiishi mumkin. Aksariyat hollarda vaqtinchalik pigmentli dog' hosil qilib yo'qoladi. Pufakcha har xil uchuq kasalliklarida (gerpes) uchraydi. Pufak (bulla) - bu birlamchi ekssudativ, b o ‘shliqli, teri sathidan ko'tarilib turuvchi, oicham lari 1 sm dan katta b o ig an yuza element. Pufak - pufakchadan faqat kattaligi bilan ajralib turadi. Pufak seroz suyuqlik saqlab, so4ng o'zidan qaloq, eroziya va pigmentli dog4 hosil qiladi. Bu toshma dermatitlarda va po4rsildoq yara kasalliklarida uchraydi ( II-rasm). Yiringcha (pustula) - bu birlamchi, ekssudativ, bo4shliqli, teri sathidan ko'tarilib turuvchi, b o 4shlig4ida yiring suyuqlik saqlovchi, yuza yoki chuqur element bo'lishi mumkin. Yiringcha soch follikuli atrofida yoki 36 Birlamchi ioshmalar 13-rasm. Birlamchi toshmalarni aniqlash usullari epidermisning yuza va chuqur derma qavatlarida joylashib, keyinchalik yorilib, o ‘z o ‘rnida eroziya yoki yara, qaloq, pigmentli dog4 yoki chandiq qoldirishi mumkin. Bu toshma terining yiringli kasalliklarida va ikkilamchi zaxmda uchraydi (12-rcism). Bo^rtma yoki qavarchiq (urtica) - bu birlamchi ekssudativ, teri sathidan ko‘tarilib turadigan, b o ‘shliqsiz, tez paydo b o ‘lib, tez o ‘tib ketadigan hujayralar ichidagi shish hisobiga vujudga keladi. 0 ‘rnida hech qanday asorat qoldirmaydi va eshakem kasalligida, hasharotlar chaqqanda uchraydi. Ikkilamchi morfologik elementlar Ikkilamchi dog‘ - Pigmentli dog6 (pigmentatio, depigmentatio) hamma birlamchi toshm alardan keyin ular o ‘rnida paydo b o ‘lishi mumkin. Pigmentli d o g ‘ teri m elanin pigmentining vaqtincha biror sohada to‘planishi, yo‘qolishi yoki kamayishi hisobiga paydo bo‘ladi. Pigmentli dog‘lar terining asl rangiga nisbatan to ‘q (giperpigmentatsiya) yoki oqroq (gipopigmentatsiya) b o ‘ladi, ayrim hollarda esa terining bir qismida umuman pigment yo‘qoladi - bu vitiligo yoki depigmentatsiya deyiladi. K epaklanish [qipiqlanish] (Squama). T e rining m uguz q a v a ti hujayralarining rivojlanish natijasida p o ‘st tashlab, ajralib ketishi fiziologik hodisadir. Ba’zi bir kasalliklarda me’yordan ortiq kepaklanish yoki qipiqlanish holati uchraydi. Kepaklar turli rangda va o ‘lchamlarda bo‘lib, shu belgilariga, asosan unsimon, kepaksimon, plastinkasimon kepaklanishlar tafovut etiladi va ularning yirik plastinkasimon ko'chishi eksfoliativ kepaklanish deb ataladi. Kepaklar ham birlamchi rivojlanishi mumkin: qazg4oqlanish, yumshoq leykoplakiyada, eksfoliativ xeylitda p a ra k e rato tik kepaklar yuzaga keladi. Ixtiozda esa giperkeratotik kepaklar hosil bo‘ladi. Eroziya, shilinish (erosio) - teri, shilliq p a rd a lar yoki lab qizil hoshiyasining yuza, epidermisdagi yuzaki defekti hisoblanib, shu sababli ular izsiz bitadi. Eroziya birlamchi bo‘shliqli elementlar - pufak, pufakcha, yiringchalar po‘stlog‘i yorilishi natijasida hosil bo‘ladi. Yara (ulcus) terining chuqur defekti bo‘lib, uning tubi derma yoki gipodermada joylashadi. Shuning uchun yara doimo chandiq hosil qilib bitadi. Yaralar, asosan, d o ‘mboqcha, tugun yoki chuqur yiringchadan keyin yuzaga keladi. Yaraning chetlari va tubi farqlanadi. Yaraning o ‘lchamlari, shakli, chuqurligi, chetlarining k o ‘rinishi va tubi har xil bo‘lib, turli dermatozlarda o ‘ziga xos ko‘rinishga ega bo'ladi. Agar yakka joylashib, bir-biriga qo‘shilmagan d o ‘mboqcha yaralansa, diametri 0,5 sm gacha bo‘lgan yara hosil bo‘ladi. Tugun yaralansa, birmuncha katta 38 va chuqur yara kuzatiladi. Yara chetlari o'yilgan, tubiga osilgan, tovoqsimon ko'rinishga ega b o ‘lishi mumkin. Yara tubi va chetlari yumshoq yoki zich konsistensiyali bo'lib, tubi yiringli, nekrotik, yiring- qon aralash massa so‘rg‘ichsimon granulyatsiya bilan qoplangan bo'lishi, oson jarohatlanib qonovchi bo ‘lishi mumkin. Chuqur yaralar suyakkacha borib, uni jarohatlashi mumkin. Yarani ko'zdan kechirayotganda nafaqat uning shakliga, balki o ‘lchamlari yoki tubiga ham e’tibor berish kerak. Yara chetlarida ko'pincha asosiy patologik jarayon qoldiqlarining bo'lishi uning tubida xarakterli ajratmalarning borligi, yaraga olib kelgan jarayon haqida m a ’lumot berishi mumkin (14-rasm). Yoriq (fissura, ragades) - terining qurib, elastikligining yo'qolishi hisobiga yuzaga keladigan teri butunligining buzilishi. Yoriqlar to 'g ‘ri chiziqli bo'lib, ko'p hollarda terining cho'ziluvchi sohalarida - burmalar, og'iz burchaklarida uchraydi. Agar yoriq yetarli darajada chuqur bo'lib, derma hatto gipodermani ham jarohatlasa, kuchli og'rib, yuzasi qonli qaloq bilan qoplanadi, bitgach esa, chandiq hosil bo'ladi. Yuza yoriqlar epidermis sohasidagina kuzatilib, qaloqlanmaydi va chandiqsiz bitadi (14- rasm). Qaloq (crusta) - pufakcha, pufak, yiringchalar ichidagi ekssudatlar qurishidan yoki eroziya, yaralar yuzasidagi ajratma qurishi natijasida kuzatiladi. Shu sababli qaloqlar seroz, qonli, yiringli bo'lib, teri sathidan ko'tarilib turadi. Yangi hosil bo'lgan qaloqlar yumshoq bo'lib, oson ko'chadi, ular ostida eroziya yoki yaralar kuzatiladi. Uzoq saqlangan qaloqlar qalin va qattiq bo'lib, ostidagi to'qimaga zich yopishgan bo'ladi. Qaloq rangi ekssudat xarakteriga bog'liq bo'lib, agar seroz ekssudatdan hosil bo'lgan bo'lsa, qo'ng'ir-sarg'ish qaloq, seroz-yiringli ajratmadan esa sarg'ish-ko'kimtir qaloq, yiringli ekssudatdan esa kir-qo'ng'ir yoki ko'kimtir qaloq, gemorragik ajratmadan esa qora qonli qaloq vujudga keladi. Qaloqlar qaliniigi turli xil bo'lib, ko‘p hollarda teridagi jarayonga hamda qaloqning qachon hosil bo‘lganiga bogiiq. Bir-biriga yopishgan, natijada qalinlashib, teridan ko'tarilib turuvchi qaloqlar r u p i ya deb ataladi. Qaloqning ko'rinishi, rangi, o'lchamiga qarab, u qanday birlamchi elementlardan hosil bo'lganligini aniqlash mumkin. Qaloqdan tashqari, kepakli qaloqlar ham tafovut etiladi, ular epidermis seroz ekssudatini shimib, bir-biriga yopishgan qaloqlardir. Qaloqlardan farqli o'laroq, kepakli qaloqlar sinmaydi, maydalanmaydi (15-rasm). Chandiq (cicartix) - derma, gipodermaning chuqur jarohatlanishi natijasida, yaraning bitishi oqibatida hosil b o 'lgan yangi to'qim a. Chandiq, asosan, kollagen tolalardan tarkib topadi. Chandiq yuzasidagi teri, odatda, tekis, yaltiroq bo'lib, teri o'z ko'rinishini yo'qotadi va soch follikulalari bo'lm aydi. Yangi chandiqlar rangi och-pushti bo'lib, 39 a d b 14-rasm. Ikkilamchi m o rfo log ik tosh m a elementlari. a) Yoriq (fissura). Teri quriganda, elastik holatini y o ‘qo tg an d a yoriq hosil b o ‘ladi. Yoriqlar yuzaki yoki chuqur b o ‘ladi. b) Yara (ulcus). Terida butunlik holatining ch uqur va y o g ‘ qavatidan buzilishi. d) P o‘stloq (squama). Qipiqlanish yoki p o ‘stloq hodisasi parakeratoz va giperkeratoz o'zgarishlar natijasida kelib chiqadi. ye) Keratoz. Keratin hujayralarining k o ‘payishiga moyillik. k e y in c h a l ik o q a r a d i v a a y r im h o ll a r d a c h a n d i q l a r g i p e r p i g m e n t l i b o ' l a d i. A y r im k a sa llik la r d a n s o 'n g c h a n d iq y u z a la ri q a tla m , g 'a d ir -b u d ir , c h o ‘ t i r - c h o ‘ tir, s o ‘ r g ‘i c h s i m o n b o ' l s a , a y r im la r i c h o ' n t a k s i m o n k o 'rin ish d a b o 'la d i. C h a n d iq o 'lch a m la ri va shakli har xil b o ' l a d i. A t r o f i k c h a n d i q l a r o d a t d a m a n f i y t o ' q i m a l i b o M ib , te ri s a t h i d a n c h o 4k k a n , y u m s h o q k o n s i s t e n s i y a l i , y u p q a b o 4 a d i. A y r i m h o l l a r d a d a g ‘al. z ic h k o n s i s t e n s i y a l i , q a li n b o ‘lib, teri s a t h i d a n k o 4ta r ilib tu r a d i v a b u g i p e r t r o f i k y o k i k e l o i d c h a n d iq d e b a t a l a d i. A g a r c h a n d i q y a r a s iz p a y d o b o ‘lsa, u c h a n d i q l i a t r o f i y a ( c h a n d i q l i y u p q a teri) d e b a t a l a d i va u n in g o s t i d a g i t o m ir la r k o ‘rinib, o s o n b u r m a g a y i g ' i l a d i , k o 'r i n is h i e s a g ‘i j i m l a n g a n p a p i r o s q o g ‘o z i n i e s l a t a d i. T u r l i k a s a l l i k l a r d a turli k o ‘rin ish va sh a k ld a g i ch a n d iq la r k u z a tila d i: y u ld u z sim o n , t a m g ‘a s i m o n , m o z a i k a s i m o n , k o ‘p r i k s i m o n , c h o ‘ n t a k s i m o n , k e l o i d - g ip e r t r o f i k , a t r o f i y a tu rlari fa r q la n a d i ( 1 5 - r a s m ). 40 15-rasm. Ikkilamchi m orfolo gik toshm a elementlari. a) Qaloq (erusta). Terida scro/, qon yoki yiringli suyuqlikning qurishi natijasida p ay d o bo'ladi. h) Chandiq (cicartix). Terida yara, chuqur yoriq toshmalardan keyin qoladi. C handiq normotrofik, atrofik, gipertrolik (keloid) bo'lishi mumkin. d) Tarqalish (vegctatio) yoki ko'payib tarqalish. Bu hodisa ko'pincha teri burmalarida joylashgan tu guncha, shilinish, yara toshm alarining yuzida epidermis va derma yuzaki qavatlarining k o ‘payib tarqalishidir. ye) Lixcnifikatsiya -terin in g d a g'allan ish i (lichenificatio). Lixenifikatsiya terining o ‘ziga xos o'/garishidir. U n d a teri quruqlashib, yuza qismidagi chiziqlar, y a ’ni tori naqshlari yaxshi k o ‘rinib, terining shu sohasi yalligManib, d a g ‘allashadi va g ip crpigm entlash ad i. Vegetatsiya (vegctatio) - «ko'payib tarqalish» m a ’nosini anglatadi. Epidermis tikanaksimon qavatining qalinlashishi va derma so'rg'ichsimon qavatining o'sib ketishi bilan kechadi. Vegetatsiya ko'rinishi xo'roz tojisini yoki gulkaramni eslatadi, yumshoq konsistensiyali; yuzasi quruq, qo'ng'ir tusda bo'lib, ayrim hollarda eroziyalanadi; qizg'ish tusda bo'lib, seroz, seroz-yiringli ekssudat ajratadi. Vegetatsiya ko'pincha shilinish, yara yoki tugunchalar yuzasida hosil bo'ladi. Ayrim hollarda birlamchi toshma ham bo'lishi mumkin (o'tkir uchli kondilomalar). Lixenifikatsiya ( lichenificatio) - terining quruqlashib, zichlanib dag'allanishi bo'lib, epidermis va terining so'rg'ichsimon qavatida kuchli 41 Tashqi ta ’sirlar Ko'rinadigan: virusli bakteriyalar o'sim liklar hayvonlar Ko*rinmaydigan: fizik toksinlar xim ik toksinlar 16-rasm. Tashqi ta’sir natijasida kelib chiqadigan teri kasalliklari. REAKSIYALAR tashqi tarqalish ichki (lokal tarqoq) qaytarilish fiioslanish 17-rasin. T a ’sirotlar va biologik reaksiyalarning umum lashishidan s im p to m n in g shakllanishi. in f iltr a tsiy a v a a k a n t o z h i s o b i g a k u z a t i la d i. T e r i n i n g t a b i iy k o ' r i n i s h i o 'z g a r a d i. B u n d a y teri t u r g ' u n g ip e r e m iy a li, zich b o ' l i b , y u z a si k e p a k la - nad i. L i x e n i f ik a t s iy a o d a t d a m a y d a t u g u n c h a l a r q o ' s h i l i s h i. s u r u n k a l i y a l l i g i a n g a n infiltrat v a k u c h li q ic h i m a bilan k e c h a d i va n e y r o d e r m i t va b o s h q a s u r u n k a li teri k a s a l li k la r d a u chrayd i. Chaqa - qashima izlari, shilinish, tirnalish ( e x c o r i c i t i o ) c h iz i q s i m o r. teri d e f e k t i h i s o b l a n i b ( k o ' p i n c h a t e r i n i n g y u z a d e f e k t i ) , u, a s o s a n. 42 ICHKI T.VS1RLAR Kasalliklar, ya'ni nonormaJ ahvollar: endokrin sistemasi, jigar, O IS \a hokazolar 18-rasm. Ichki kasalliklar teri kasalliklarini keltirib chiquvchi sababchisidir. q a s h l a n i s h , ti r n a li s h , s h i l i n i s h n a t i j a s i d a p a y d o b o ‘la d i. A g a r d e f e k t e p i d e r m i s n i n g y u q o r i q i s m i d a g i n a b o ‘lsa, t o ‘g ‘ri c h i z i q li k e p a k l a n u v c h i y o ‘ l - y o ‘ 1 k o ‘r i n i s h y u z a g a k e l a d i. K u c h l i q i c h i s h i s h o q i b a t i d a e s a c h u q u r r o q d e r m a g a c h a b o r a d i g a n q a s h i m a izlari p a y d o b o ‘lib , y u z a s i d a q o n li q a lo q la r v u ju d g a k e la d i va e k s k o r ia t s iy a la r o l r n id a g ip o - d e p ig m e n tli d o g 'la r va c h a n d iq ham h o s il b o M ish i k u z a t i l a d i. E k s k o r i a t s i y a teri q ic h i s h i b i l a n k e c h a d i g a n teri v a s i s t e m k a s a l l i k l a r d a b o ‘la d i. A t r o f i y a ( a t r o p h ia ) - teri t r o f i k a s i b u z il is h i h i s o b i g a y u z a g a k ela d i: teri y u p q a l a n i b , a t r o f t e r i la r i g a n i s b a t a n b ir o z b o t g a n , t a b i i y r a s m i n i y o ‘q o t g a n , ra ng i g i p o - d e p i g m e n t l i , o ‘c h o q h o l i d a k u z a t i l a d i. A t r o f i y a t o s h m a s i s k l e r o d e r m iy a , q iz il y u g ir ik k a bi k a s a llik la r d a u c h r a y d i. S h u n d a y q ilib , te rid a u c h r a y d i g a n 8 x il b ir l a m c h i v a 10 xil i k k i l a m c h i t o s h m a l a r b o r e k a n. B e m o r n i n g t e r i s i d a b i r l a m c h i t o s h m a l a r b ir x il b o ‘lsa , b u n g a m o n o m o r f t o s h m a , y a ’ni b ir xil t o s h m a d e y m i z. M a s a l a n , q ip i q l i t e m i r a t k i d a te rid a b ir xil t o s h m a l a r , y a ’ni t u g u n c h a l a r b o ‘l a d i. E n d i b o r d i - y u ik k i v a u n d a n k o ‘ p r o q , b ir n e c h a x il b ir l a m c h i t o s h m a l a r d a n ta s h k il t o p g a n b o ‘lsa, b u n i biz c h i n p o l i m o r f t o s h m a , y a ’ni h a r xil t o s h m a l i k o ‘r in ish d e b a t a y m i z. M a s a l a n , z a x m n i n g i k k i l a m c h i d a v r i d a b e m o r n i n g t e r i s i d a b ir v a q t d a t u g u n c h a , r o z e o l a , y i r i n g c h a t o s h m a l a r i b o ‘lishi m u m k i n. D e m a k , b u y e r d a 3 xil b i r l a m c h i t o s h m a b o r , b u h a q i q i y , c h in p o l i m o r f t o s h m a d e y i l a d i. L e k in t e r i d a h a q i q i y 43 bo‘lmagan, s o x t a p o l i m o r f t o s h m a ham bolishi mumkin. Bunda terida bir xil birlamchi toshmalar turli davrda bo‘lishi va ularning o ‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan bir necha xil ikkilamchi toshmalarni ko‘rish mumkin. Masalan, terida bir necha pulakchalar va shu bilan bir qatorda, shilinish, qaloq, yiringcha kabi ikkilamchi toshm alar bor. Y a ’ni pufakchalarning bir qismi yorilib, shilinish, pufakcha qurib, qaloq va pufakchaga infeksiya o ‘rnashgani natijasida paydo bo‘lgan (yiringcha) ikkilamchi toshmalar bor ekan. Bemor terisida bor toshmani amaliyotda izlab, ko‘rib, to‘g‘ri aniqlab bilishni o'rganish (13-rasm) talaba uchun shart. Chunki, ish jarayonida bemorning shikoyatini eshitgandan keyin, shifokorning birinchi klinik harakati - bu bemor terisidagi bor o ‘zgarishlarni izlab, unga to‘g‘ri baho berish, toshmalar orqali teridagi yoki sistem kasallikni aniqlash, ya’ni tashxis to ‘g‘risida fikr yuritish bo‘ladi (16, 17, 18-rasmlar). TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O ‘ZG ARISHL AR Teri kasalliklaridagi morfologik o^zgarishlar umumiy patologiyaning qonunlari b o ‘yicha kechadi va terining tuzilishi hamda funksiyasiga bog

Use Quizgecko on...
Browser
Browser