Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya moduli PDF

Summary

This document details a course on legal skills and methodology for law students. It covers topics such as soft skills, hard skills, and practical application of legal knowledge in various situations. The course aims to prepare students for the job market and successful legal careers.

Full Transcript

# Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya moduli ## Predmeti, vazifalari va oʻzlashtirish metodlari "Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya" kursi huquqshunos mutaxassisning shakllanishi va kelgusi faoliyatida kerak bo'ladigan kasbiy hamda hayotiy ko'nikmalarni vujudga keltirish, talabalarda zamonaviy y...

# Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya moduli ## Predmeti, vazifalari va oʻzlashtirish metodlari "Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya" kursi huquqshunos mutaxassisning shakllanishi va kelgusi faoliyatida kerak bo'ladigan kasbiy hamda hayotiy ko'nikmalarni vujudga keltirish, talabalarda zamonaviy yurist karyerasining muhim tarkibiy qismlari bo'lmish yumshoq ko'nikmalar (soft skills) yuzasidan bilim va tajribalar hosil qilish, mutaxassislik fanlaridan o'zlashtiradigan qattiq ko'nikmalari (hard skills)ni aniq vaziyatlarga samarali tatbiq qila olish kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish, ularni amaliyotda qo'llashni o'rgatishga moʻljallangan. ## Hard ## Soft Skills Mazkur modul individual va jamoaviy vazifalarning uyg'unligi asosida, nazariy va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar tarzida tashkil etiladi. Ushbu kursda talabalar bo'lg'usi ish faoliyatida zarur bo'ladigan amaliy bilim va ko'nikmalarning turlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, mazkur ko'nikmalarni real vaziyatda qo'llash o'rinlari, uslublari va shakllarini o'rganadilar; o'qib o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalari asosida o'qishdan keyin ishga joylashish, mehnat jamoasida o'z o'rnini topish, davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolar hamda mijozlar bilan bevosita va bilvosita muvaffaqiyatli aloqaga kirishish, amaliyotda yuzaga keladigan turli muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilish asosida ularga to'g'ri yechim topish ko'nikmalarini egallaydilar. ## Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya o'quv kursining asosiy maqsadi Talabalarda huquqiy ko'nikmalar va huquqiy faoliyat metodologiyasi yuzasidan nazariy bilimlar hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish hisoblanadi. ## O'quv kursining maqsadlari: * huquqiy ko'nikmalar va faoliyat metodologiyasining asosiy masalalari yuzasidan bilim olishni ta'minlash; * huquqiy ko'nikmalar va metodologiyani oʻzlashtirish, mustahkamlash va amaliyotda qo'llash uchun zaruriy bilim va ko'nikmalar bazasini shakllantirish; * mantiqiy va tanqidiy fikrlash tajribasini hamda huquqiy faoliyatga doir ma'lumotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmasini shakllantirish; * faoliyat metodologiyasini amalda qo'llay olish uquvini hosil qilish; * talabaning mustaqil ta'lim olishi, fikrlashi, o'zlashtirayotgan fanlari va bo'lg'usi mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishiga ko'maklashishdir. ## O'quv kursi oxirida talabalar quyidagilar boʻyicha bilimga ega boʻladilar: * huquqiy ko'nikmalar va metodologiyaning asoslari, ularning tuzilishi, tizimi, talablari, tamoyillari, qoidalari; * yumshoq ko'nikmalar (soft skills) hamda qattiq ko'nikmalar (hard skills)ning oʻzaro to'ldiruvchi va farqli jihatlari; * muvaffaqiyatli yurist karyerasini rejalashtirish; * huquqshunosning shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish; * ta'sirchan rezyume tuzish; * huquqiy faoliyat va targ'ibotda qo'llaniladigan ta'sirchan prezentatsiya tayyorlash; * mantiqiy toʻgʻri fikrlash va uni mazmunli ifodalash; * yurist yozma nutqining talab va mezonlari; * huquqiy konsultatsiya va muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish metodikasi. ## Talabalar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'ladilar: * amaliy muammolarni hal qilishda huquqiy ko'nikmalar va metodologiyadan real vaziyatlarda foydalanish, ularni samarali qo'llash tajribasi; * bo'lg'usi faoliyatida tashabbuskorlik, kreativlik va masalaga ijodiy yondashuv; * o'qish va ishda vaqtni samarali boshqarish, taym-menejmentga amal qilish; * omma oldida samarali va ta'sirchan nutq bilan chiqishlar qilish; * turli manbalardan olingan axborotlarni saralash, baholash va ishlatish; * huquqshunoslar guruhi va jamoasida ishni toʻgʻri tashkil etish; * jamoa ishida liderlik rolini muvaffaqiyatli amalga oshirish; * hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usullarini egallash. ## Quyidagi qobiliyatlarini rivojlantiradilar: * yuksak axloqiy sifatlarni o'z shaxsi takomili hamda bo'lg'usi mehnat faoliyatida dasturilamal sifatida qoʻllash; * korrupsiya va boshqa illatlarga toqatsizlik - huquqshunos faoliyatining ustuvor talabi ekanini chuqur anglash; * jamiyatda oʻzining ijobiy shaxsiy imijini shakllantirishning yo'l-yo'riqlarini oʻzlashtirish; * o'z faoliyatida tanqidiy, tahliliy fikrlash hamda mantiqiy mulohaza yuritish usullarini samarali qo'llash; * o'z fikrlari, xulosalarini asoslash, himoya qilish hamda ularni og'zaki va yozma shaklda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantirish; * yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatning xalqaro obro'sini yuksaltirish ishida faol ishtirok etadigan mutaxassis boʻlib yetishish. ## 2. "Soft skills" (yumshoq ko'nikmalar) mohiyati, uning huquqshunos mutaxassis shakllanishdagi roli Hech bir odam jamiyatdan ayri holda yashay olmaydi. Jamiyat a'zolari turli shart-sharoitlar taqazosi bilan turfa munosabatlarga kirishadilar. Mazkur munosabatlarning salmoqli qismi esa ish, mehnat jarayoniga to'g'ri keladi. Oliy o'quv yurtini tamomlagan mutaxassis mehnat bozoriga kirib borar ekan, uning munosib ishga ega boʻlishi, koʻzlagan karyerasiga erishishi uchun ta'lim muassasasida olgan bilimlari kifoya qiladimi? Albatta, yo'q! Buning boisi shundaki, ta'lim muassasasida o'tilayotgan fanlardagi bilimlar muayyan faktlar, ma'lumotlar bazasini o'zlashtirish va ularni tahlil etish natijasida olinadi. Biroq ularda shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish masalalari to'liq qamrab olinmaydi. Holbuki, bugungi globallashgan va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda ish beruvchilar ishga olayotgan insonlarning ular qay darajada shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'ya olishlariga e'tibor qaratmoqdalar. Ular aynan shu xususiyat orqali kompaniyasi rivojlanishi, mijozlar ishonchini oqlash va ular sonining ko'payishiga erishish mumkinligini yaxshi biladilar. Shu o'rinda "shaxslararo" soʻzi orqali aynan qaysi shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar nazarda tutilayotganini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilar: 1. Ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar. Ya'ni, ijtimoiy maqomi (statusi) teng bo'lmagan shaxslar oʻrtasidagi aloqalar. 2. Xodimlarning o'zaro munosabatlari. Odatda, bunday munosabatlar xodimlar jamoaviy ishlarga jalb etilganda namoyon bo'ladi. 3. Xodimlar va ular faoliyat olib boradigan korxona, kompaniya mijozlari o'rtasidagi munosabatlar. ==End of OCR for page 4==

Use Quizgecko on...
Browser
Browser