Buxgalteriya hisob va audit ЎУМ 2024-2025 PDF
Document Details
Uploaded by Deleted User
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand Filiali
2024
Abdullayev Z.X., Ne'matov O.I.
Tags
Summary
This document is a syllabus for the course "Buxgalteriya hisobi va audit" (Accounting and Audit). It provides an overview of accounting concepts, principles, and different types of accounting, including practical applications and independent learning exercises. The document is from the Uzbekistan Ministry of Higher Education, Science, and Innovation, specifically for the Department of Business and Management
Full Transcript
### O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI «BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT » ### Bilim sohasi: 400 000 - Biznes, boshqaruv va huquq Ta'lim sohasi: 410 000 - Biznes va boshqaruv ### 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60411700 - Logistika (yo'nalishl...
### O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI «BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT » ### Bilim sohasi: 400 000 - Biznes, boshqaruv va huquq Ta'lim sohasi: 410 000 - Biznes va boshqaruv ### 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60411700 - Logistika (yo'nalishlar bo'yicha) Fanning o'quv-uslubiy majmuasi institut O'UKda muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya kilingan (2024 yil «29» avgust «1»- sonli bayonnoma). **Abdullayev Z.X.** -- Toshkent Davlat iqtisodiyot unversteti Samarqand filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari PhD. **Ne'matov O.I.**- SamISI « Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi PhD., dotsent v.b. 1. **O'quv materiallar** 2. **Mustaqil ta'lim mashg'ulotlari** 3. **Glossariy** 4. **Ilovalar** 5. **Amaliy mashg'ulot** 1. *Fan dasturi* 2. *Ishchi dastur* ### M1 BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI 1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o'rni. 2. "Buxgalteriya hisobi va audit "ning maxsus iqtisodiy fan va amaliy faoliyat sifatida rivojlanish tarixi. 3. Buxgalteriya hisobi predmeti va obyektlari: xo'jalik aktivlari va ularni tashkil topish manbalari; soha subyektlari xo'jalik faoliyatining tasnifi, tavsifi va moliyaviy natijalari. 4. Buxgalteriya hisobining tamoyillari. **«Xo'jalik hisobi»** atamasi negizida, ko'rinib turibdiki, «xo'jalik» va «hisob» so'zlari yotadi. **«Xo'jalik»** deganda ma'lum maqsadlarga yo'naltirilgan, o'zining bazisi va ustqurmasiga ega bo'lgan sub'ektlar tushuniladi. Xo'jalik sifatida qaraladigan sub'ektlar bo'lib bir butun mamlakatning o'zi, uning turli tarkibiy bo'linmalari, chunonchi vazirliklar, idoralar, qo'mitalar, agentliklar, birlashmalar, shuningdek barcha korxona, tashkilot va muassasalar hisoblanadi. **«Hisob» -** bu iqtisodiyotning turli bo'g'inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar mablag'lari va mablag'larni tashkil topish manbalari to'g'risidagi axborotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Xo'jalik hisobining boshqaruvda tutgan o'rni va ahamiyati u tomonidan bajariladigan axborot berish va nazorat qilish funksiyalarida yorqin namoyon bo'ladi. Hisobning asosiy mahsuli bo'lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo'lib, bu axborotlarni aniq, to'liq va o'z vaqtida yig'ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. Aynan xo'jalik hisobi beradigan axborotlar iqtisodiyotning barcha bo'g'inlarini strategik va taktik boshqarish vositasi, o'tkaziladigan iqtisodiy tahlil va auditning asosiy manbai, nazorat qilish quroli hisoblanadi. - **reallik** -- beriladigan axborotlarni aniqligi va guvohlik beruvchi hujjatlar bilan tasdiqlanganligi; - **o'z vaqtidalilik** -- axborotlarni foydalanuvchilarga kerakli vaqtda yetkazish; - **batafsillik**- axborotlarni foydalanuvchilarga ularning talablarini qoniqtiradigan mazmunda berish; - **neytrallik** -- axborotlarni foydalanuvchilarga bir-birini huquqlariga putur yetkazmasdan berish. **Nazorat** -- bu yuz bergan, berayotgan va beradigan xodisa va jarayonlarni qonuniyligi, haqqoniyligi va to'g'ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Xo'jalik hisobi tomonidan olib boriladigan nazorat asosan uchta turga bo'linadi: - Dastlabki nazorat; - Joriy nazorat; - Keyingi nazorat. qonuniyligi, ular bo'yicha tayyorlangan boshlang'ich hujjatlarni to'g'riligini ularni imzolash chog'ida tekshirish. **[Joriy nazorat]** -- yuz bergan jarayon va operatsiyalarni ular bo'yicha tuzilgan hisobotlarni qabul qilish chog'ida tekshirish. **[Keyingi nazorat]** -- xo'jalikda yuz bergan jarayon va operatsiyalarni, mablag'lar holatini inventarizatsiya qilish, taftish o'tkazish, taqqoslama dalolatnomalarni tuzish yo'llari bilan tekshirish. Axborot berish va nazorat qilish vositasi hisoblangan xo'jalik hisobini turli belgilari bo'yicha tasniflash, turlarga ajratish va tavsiflash mumkin. - statistik hisob (statistika); - buxgalteriya hisobi. **Operativ (operativ-texnik) hisob** deganda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda operativ nazorat qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Ushbu hisob turining harakterli jihatlariga uni asosan qisqa muddatlarda (daqiqalar, soatlar, kunlar, haftalar, dekadalar kesimida) yuritilishi, shakllanadigan va taqdim etiladigan axborotlarning to'liq hujjatli asosga ega bo'lishining shart emasligi, ularni qog'ozli va qog'ozsiz, og'zaki yoki telefon aloqasi orqali foydalanuvchilarga yetkazilishi, taqdim etilgan ma'lumotlarning taxminiyligi kabilar kiradi. **Statistika hisobi** deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan tavsiflaydigan hisob tizimi tushuniladi. Statistika hisobining asosiy mahsuli bo'lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisobotlar qat'iy buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida tuziladi va ular buxgalteriya hisoboti ma'lumotlari bilan qat'iy uyg'un bo'lishi shart. Statistik hisobotlar realligi uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari va bosh buxgalterlari qonun oldida javobgar hisoblanadilar. Statistik hisob ma'lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishda asosiy axborot manbai bo'lib hisoblanadi. **Buxgalteriya hisobi -** bu iqtisodiyotning quyi bo'g'inini tashkil etuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, ularning mablag'lari (mulki, aktivlari), mablag'larni tashkil topish manbalari to'g'risidagi axborotlarni asosan pul o'lchov birligida qat'iy hujjatli asosda yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. Ushbu hisob turining harakterli jihatlariga uni asosan hisobot davrlari kesimida (oy, chorak, yarim yil, to'qqiz oy, yil) yuritilishi, shakllanadigan va taqdim etiladigan axborotlarning to'liq hujjatli asosga ega bo'lishi, ularni moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlangan shakllari ko'rinishida foydalanuvchilarga yetkazilishi, taqdim etilgan ma'lumotlarning realligiga qonun oldida javobgarlikning mavjudligi kabilar kiradi. Xo'jalik hisobining alohida turlari bir-birini inkor etmaydi, aksincha ular bir-birini to'ldiradi. Iqtisodiyotning quyi va yuqori bo'g'inlarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar to'g'risida axborot berish va ularni nazorat qilish vositalari hisoblangan operativ (operativ-texnik) hisob, buxgalteriya hisobi va statistika hisobi bajaridagan funksiyalari va vazifalari bo'yicha bir-biri bilan mushtarakdir. Aynan maqsad va yuklatilgan vazifalar mushtarakligi sababli xo'jalik hisobi turlari birgalikda yaxlit xalq xo'jaligi hisobi tizimini tashkil etadi. **Ichki hisob** deganda faqat xo'jalikning o'zida uning ichki maqsadlarida yuritiladigan hisob tushuniladi. Korxonalarda ichki hisobga asosan operativ (operativ- texnik) hisob kiradi. **Tashqi hisob** deganda xo'jalik faoliyati to'g'risidagi axborotlarni tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Korxonalarda tashqi hisobga asosan statistika hisobi kiradi **Ichki-tashqi hisob** deganda xo'jalik faoliyati to'g'risidagi axborotlarni ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Korxonalarda ichki-tashqi hisobga asosan buxgalteriya hisobi kiradi. Xo'jalik hisobining ichki, tashqi va ichki-tashqi hisobga ajratilishi ular axborotlaridan foydalanuvchilarning aniq guruhlarini shakllanishiga olib keldi. Bunday foydalanuvchilar sirasiga quyidagilar kiradi: \****ichki foydalanuvchilar*** - korxona rahbariyati, bo'lim boshliqlari, ichki auditorlar, kasaba uyushma qo'mitasi, xodimlar; \****tashqi foydalanuvchilar*** - investorlar, kreditorlar, yuqori tashkilot, davlat soliq idoralari, ijtimoiy sug'urta organlari, statistika organlari, banklar, prokuratura va sud organlari, auditorlik tashkilotlari **Reglamentlashtiriladigan hisob** deganda shakli va mazmuni, yuritish texnikasi va tartibi qonunlar va qonunosti me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan hisob tushuniladi. Reglamentlashtiriladigan hisobga O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va statistika hisobi kiradi. Ushbu hisob turlari shakl va mazmun jihatdan barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun bir xildir. **Reglamentlashtirilmaydigan hisob** deganda shakl va mazmuni, yuritish tartibi va texnikasi davlat tomonidan qat'iy belgilab qo'yilmagan hisob tushuniladi. Bunday hisob turiga operativ (operativ-texnik) hisob kiradi. Ushbu hisob turida qo'llaniladigan registrlar, ularning shakllari, yuritish tartibi har bir xo'jalik tomonidan o'z hohishiga qarab belgilanadi. Xo'jalik hisobi turlari *ularni yurituvchi bo'linmalariga qarab* ham farqlanadi. Masalan, operativ (operativ-texnik) hisob korxonalarda kadrlar bo'limi, ta'minot bo'limi, ishlab chiqarish bo'linmalari (sexlar), marketing va boshqa bo'linmalar tomonidan yuritiladi. Statistika hisobi korxonalarda kadrlar bo'limi, reja-iqtisod va buxgalteriya tomonidan yuritiladi. Buxgalteriya hisobi korxonalarda asosan buxgalteriya bo'limi (yirik korxonalarda), shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishga olingan buxgalter, tuzilgan shartnoma asosida auditorlik yoki buxgalterlik firmasi, rahbarning o'zi (mikrofirma va kichik korxonalarda) tomonidan yuritilishi mumkin. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar boshqaruv tizimida, ularning biznes faoliyatini uzluksiz rivojlanishida buxgalteriya hisobining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Buxgalteriya hisobining bosh maqsadi bo'lib iqtisodiyotning quyi bo'g'ini tashkil qiluvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki[^1^](#_bookmark0), mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi axborotlarni qayd etish, hujjatlashtirish, guruhlash, jamlash hamda bu axborotlarni tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi foydalanuvchilarga yetkazish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi xizmatlarini ko'rsatuvchi xodimlarning asosiy vazifalari bo'lib yuz bergan xo'jalik jarayonlari va operatsiyalarini hujjatlashtirish, ularni qayd etish, tegishli schyotlarda guruhlash va jamlash, hisob ma'lumotlarini hisobotlar ko'rinishida umumlashtirish, tuzilgan hisobotlarni belgilangan tartiblarda turli boshqaruv organlariga yetkazish, shuningdek korxona faoliyatini dastlabki, joriy va keyingi nazoratlarini olib borish, erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda kelgusi davrlar uchun moliyaviy rejalarni tuzish hisoblanadi. Xalqaro ta'limotda buxgalteriya hisobi unda shakllanadigan axborotlarning shakl va mazmuni, ularni kim uchun mo'ljallanganliga qarab, ikkita qismga ajratiladi: 1. buxgalteriya moliyaviy hisobi; (2) buxgalteriya boshqaruv hisobi. Yaxlit buxgalteriya hisobi ushbu qismlarining aynan shunday nomlanishi negizida quyidagilar yotadi. **Birinchidan,** buxgalteriya hisobining ushbu har ikkala qismi korxonaning maxsus bo'linmasi bo'lgan buxgalteriya tomonidan yuritilishi sababli ularda "buxgalteriya" so'zi ishlatiladi. **Ikkinchidan,** buxgalteriya moliyaviy hisobi va buxgalteriya boshqaruv hisobi, ularning nomlanishidan ko'rinib turibdiki, mos ravishda, moliyaviy harakterdagi hamda boshqaruv harakteridagi axborotlarni o'zida mujassamlashtiradi. *Moliyaviy harakterdagi axborotlar* deganda, odatda, yagona pul birligida o'lchanadigan, qayd etiladigan va foydalanuvchilarga tegishli shakl va mazmunda taqdim etiladigan axborotlar tushuniladi. Buxgalteriya moliyaviy hisobi aynan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki, mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi moliyaviy harakterdagi axborotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimi hisoblanadi. Buxgalteriya moliyaviy hisobida shakllantiriladigan moliyaviy harakterdagi axborotlar ham ichki, ham tashqi foydalanuvchilar uchun zarur hisoblanadi. Misol uchun, ichki foydalanuvchilarga korxonalar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki va mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi yagona pul birligida ifodalangan axborotlar ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha belgilangan reja (yoki byudjet)larni bajarilishini uzluksiz nazorat hamda tahlil qilib borish uchun kerak. Tashqi foydalanuvchilar uchun yagona pul birligida moliyaviy harakterdagi axborotlar korxonalar faoliyati samaradorligini, mulkiy va moliyaviy holatini, ular mustaqilligi va to'lov qobiliyatini baholash hamda bu ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha tegishli qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir. Buxgalteriya boshqaruv hisobida asosan boshqaruv harakteridagi va uning uchun o'ta zarur bo'lgan axborotlar shakllantiriladi. Buxgalteriya hisobining ushbu qismida buxgalteriya moliyaviy hisobidan farqli o'laroq nafaqat pul birligidagi, balki natural va mehnat o'lchov birliklarida (masalan, tonna, kg, kv.metr,pagonometr, tonna-km, soat, kishi-soat va shu kabilar) ham ifodalangan axborotlar shakllantiriladi. Chunonchi, buxgalteriya boshqaruv hisobida har bir segment, ob'ekt, sub'ekt bo'yicha olingan daromadlar, harajatlar, yakuniy moliyaviy natijalar to'g'risidagi axborotlarning tafsiloti, ishlab chiqilgan va sotilgan mahsulotlarning soni, sifati, haridorgirligi, tannarxi, sotish bahosi, mehnat unumdorligi va boshqalar o'z aksini topadi. Binobarin, bunday axborotlar faqat ichki ahamiyatga molik bo'ladi va korxona rahbariyati uchun har bir faoliyat samaradorligini oshirishning ichki rezervlarni izlab topishda, ularga oid tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishlatiladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari hisoblangan buxgalteriya moliyaviy hisobi va buxgalteriya boshqaruv hisobiga quyidagicha ta'riflarni berish mumkin. **Buxgalteriya moliyaviy hisobi** - bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki va mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi moliyaviy harakterdagi axborotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. **Buxgalteriya boshqaruv hisobi -** bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki va mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi turli o'lchov birliklaridagi batafsil axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya'ni ob'ektlar, sub'ektlar va javobgarlik markazlari kesimida yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki boshqaruv organlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. Buxgalteriya moliyaviy hisobi va buxgalteriya boshqaruv hisobini bir-biridan farqlovchi tavsiflari quyidagilarda yorqin namoyon bo'ladi (1.1-jadval). ### 1.1-jadval Buxgalteriya moliyaviy hisobi va buxgalteriya boshqaruv hisobining farqli -- -- -- -- -- -- Buxgalteriya hisobi sub'ektlari hisoblanadigan yuridik shaxslarni turli belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Bunday belgilarning asosiylari sirasiga korxonalarning mulkiy shakli va yuridik maqomi, ta'sischilarining tarkibi, xodimlarining soni, ishlayotgan soliq rejimi, tarmoq va sohalarga tegishliligi va boshqalarni kiritish mumkin. *Mulkiy shakli va yuridik maqomiga* ko'ra korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari (AJ), mac'uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar (firmalar), xorijiy korxonalar, qo'shma korxonalar, davlat unitar korxonalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, byudjet tashkilotlari kabilarga bo'linadi. Ushbu maqomdagi korxona, tashkilot va muassasalar tuzish hamda ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar to'g'risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari[^2^](#O%E2%80%98zbekiston_Respublikasining_26.04.1996_), shuningdek ularning ta'sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. *Xodimlarining soniga ko'ra* korxonalar mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda o'rta va yirik korxonalarga bo'linadi. Respublikamizda mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi «Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o'tish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 275-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo'lgan tashkilotlarning IFUT asosida takomillashtirilgan tasniflagichi» hamda 2017 yil 6 apreldagi «Kichik tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo'lgan tashkilotlar tasniflagichiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida»gi 184-son qaroriga muvofiq Respublikamizning qonun hujjatlariga ko'ra turli tarmoq va sohalar bo'yicha xodimlarining soni 5 kishidan 20 kishigacha bo'lgan sub'ektlar mikrofirmalar, 21 kishidan 200 kishigacha bo'lganlar sub'ektlar esa kichik korxonalar hisoblanadi. "Asaka avtomobil zavodi", "Sirdaryo IES", "Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi" kabilar yirik korxonalar sirasiga kiradi. *Ta'sischilarining tarkibiga ko'ra* korxonalar mahalliy va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo'lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdori eng kamida 600 million so'm miqdorida bo'lishi, uning kamida 30 % xorijiy ta'sischilar mablag'laridan tashkil topishi kerak. *Tanlagan soliq rejimiga ko'ra* buxgalteriya hisobi sub'ektlari umumbelgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo'linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq yillik sof tushum miqdori 1 milliardgacha bo'lgan mikrofirma va kichik korxonalar ixchamlashtirilgan soliq to'lovlari rejimida ishlari mumkin. Yillik sof tushum miqdori 1 milliarddan ortiq bo'lgan mikrofirma va kichik korxonalar, shuningdek o'rta va yirik korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to'lovchilari bo'lib hisoblanadilar. *Tarmoq va sohalarga tegishligiga ko'ra* korxonalar u yoki bu tarmoq (soha) sub'ektlariga ajratiladi, masalan ishlab chiqarish korxonalari, qurilish tashkilotlari, transport korxonalari, qishloq jo'jalik korxonalari, savdo korxonalari, sug'urta tashkilotlari, banklar, birjalar va boshqalar. *Faoliyat doirasiga ko'ra* buxgalteriya hisobi sub'ektlari bir tarmoqli va ko'p tarmoqli korxonalarga bo'linadi. Misol uchun ishlab chiqarish korxonasi faqat ishlab chiqarish bilan shug'ullansa, u holda bu korxona bir tarmoqli korxonaga kiradi. Agarda ushbu korxona bir vaqtning o'zida ishlab chiqarishdan tashqari xizmat ko'rsatish, savdo va boshqa faoliyatlarni ham olib borsa, u holda mazkur korxona ko'p tarmoqli korxona bo'lib hisoblanadi. Ko'p tarmoqli korxonalarga ular yalpi sof tushumida qaysi faoliyat turi ulushi katta bo'lishiga qarab tarmoq kodi beriladi. *Ixtisoslashganligiga ko'ra* alohida olingan tarmoq va sohalarga kiruvchi korxonalar, o'z navbatida, maxsus va universal korxonalarga bo'lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo'l qurilishi, ko'prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko'p tarmoqli, ya'ni universal tashkilotlar bo'lib hisoblanadi. *Nomlanishiga ko'ra* ham buxgalteriya hisobi sub'ektlari turlichadir. Chunonchi, qurilishda ularning eng keng tarqalgan nomi bo'lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna (XMK--PMK) hisoblanadi. Avtotransport sohasida "Avtobusparki", "Taksomotorparki", "Avtobaza", "Avtokorxona" nomdagi korxonalar ko'proq uchraydi. Savdo sohasida korxonalar "Ulgurji savdo korxonasi", "Chakana savdo korxonasi", "Umumiy ovqatlanish korxonasi" kabi nomlar bilan ataladi. Yuqoridagi tasnifiy belgilaridan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bank muassasalarida o'zining hisob raqamiga, mustaqil balansga, muhri va shtampiga, soliq to'lovchining identifikatsion raqamiga, statistika organi tomonidan berilgan faoliyat turi kodiga (IFTT -- OKED) ega bo'lgan korxonalar bo'lib hisoblanadi. ### Mavzuga oid asosiy tayanch atamalar **«Xo'jalik»** deganda ma'lum maqsadlarga yo'naltirilgan, o'zining bazisi va ustqurmasiga ega bo'lgan sub'ektlar tushuniladi. Xo'jalik sifatida qaraladigan sub'ektlar bo'lib bir butun mamlakatning o'zi, uning turli tarkibiy bo'linmalari, chunonchi vazirliklar, idoralar, qo'mitalar, agentliklar, birlashmalar, shuningdek barcha korxona, tashkilot va muassasalar hisoblanadi. **«Хisob» -** bu iqtisodiyotning turli bo'g'inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar mablag'lari va mablag'larni tashkil topish manbalari to'g'risidagi axborotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. **Operativ (operativ-texnik) hisob** deganda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda operativ nazorat qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. **Statistika hisobi** deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan tavsiflaydigan hisob tizimi tushuniladi. **Buxgalteriya hisobi -** bu iqtisodiyotning quyi bo'g'inini tashkil etuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, ularning mablag'lari (mulki, aktivlari), mablag'larni tashkil topish manbalari to'g'risidagi axborotlarni asosan pul o'lchov birligida qat'iy hujjatli asosda yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. **Buxgalteriya moliyaviy hisobi** - bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki va mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi moliyaviy harakterdagi axborotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. **Buxgalteriya boshqaruv hisobi -** bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki va mulkni tashkil topish manbalari to'g'risidagi turli o'lchov birliklaridagi batafsil axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya'ni ob'ektlar, sub'ektlar va javobgarlik markazlari kesimida yig'ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki boshqaruv organlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. ### Mavzu bo'yicha nazorat savollari ### Buxgalteriya hisobi qanday turlarga bo'linadi? ### Buxgalteriya hisobi boshqaruvning qaysi bo'g'inida yuritiladi? a. Boshqaruvning eng yuqori bo'g'inida b. Boshqaruvning eng quyi bo'g'inida ### Xodimlarniishga kelishi va ketishi to'g'risida ma'lumotlar a. Operativ --texnik hisobda aks etadi b. Statistika hisobida aks etadi ### Buxgalteriya hisobi axborotlarni qanday davrlar bo'yicha taqdim etadi? a. har kuni, har hafta, har oy b. oy, chorak, yil ### Respublikamizda qaysi hisob turlari davlat tomonidan reglamentlashtirilgan? a. Operativ --texnik hisob b. Statistika hisobi va boshqaruv hisobi ### Respublikamizda qaysi hisobni yuritish majburiyhisoblanadi? a. Operativ --texnik hisobni b. Statistika hisobini ### Quyidagilarning qaysi biri buxgalteriya hisobi sub'ekti hisoblanmaydi? a. Aksiyadorlik jamiyati b. Xususiy korxona ### M2 BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA UNDA QO'LLANILADIGAN USULLAR 2.1.Buxgalteriya hisobining metodi va unda qo'llaniladigan usullar. 2.2.Ushbu usullarning uzviy bog'liqligi 2.3.Korxona hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari. 2.4Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. 5. Buxgalteriya hisobining me'yoriy-huquqiy ta'minoti. Buxgalteriya hisobi maxsus fan hamda buxgalterlik kasbi egalarining amaliy faoliyati sifatida o'zining predmetiga ega. Buxgalteriya hisobining **predmeti** deganda unda aks ettiriladigan ob'ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ob'ektlar bo'lib korxonalar xo'jalik faoliyati, xo'jalik faoliyati natijalari, ular aktivlari va aktivlarni tashkil topish manbalari hisoblanadi. **Xo'jalik faoliyati** deganda korxona tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi xo'jalik jarayonlari va operatsiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi. **Xo'jalik jarayoni** deganda korxonada yuz bergan va berayotgan ma'lum xo'jalik muomalalari yig'indisi tushuniladi. Respublikamizning qonunlari, chunonchi Soliq Kodeksiga muvofiq korxonalarning xo'jalik faoliyati ikki turga, ya'ni asosiy va asosiy bo'lmagan faoliyat turlariga bo'linadi. **Asosiy faoliyat** -- bu korxonaning bosh maqsadini ifodalovchi hamda uning ustavida ko'rsatilgan faoliyat turi (yoki turlari). Asosiy faoliyat turiga qarab xo'jalik yurituvchi sub'ektlar iqtisodiyotni tegishli tarmog'iga kiritiladi. Misol uchun, avtomobillarni ishlab chiqaruvchi korxona sanoat tarmog'iga, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligi tarmog'iga, tovarlar bilan savdo-sotiq qiluvchi sub'ektlar savdo sohasiga, turistlarga xizmat ko'rsatuvchi turistik tashkilotlar va mehmonxonalar turizm sohasiga, qurilish va qurilish montaj ishlarini bajaruvchi korxonalar qurilish sohasiga, passajir va yuk tashish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar transport sohasiga kiritiladi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning asosiy faoliyati turlari cheklanmaydi. Ular bir vaqtning o'zida turli asosiy faoliyatni olib borishlari mumkin. Bunday hollarda korxonalarni iqtisodiyotning qanday tarmog'iga kiritilishi ularning jami sof tushumida eng katta ulushni tashkil qiluvchi asosiy faoliyat turiga qarab belgilanadi. Misol uchun, korxonaning hisobot yilida olgan jami sof tushumida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish 40 %ni, savdo 35 %ni, transport xizmatlari summasi 25 %ni tashkil qilgan bo'lsa, ushbu korxona ishlab chiqarish tarmog'iga kiritiladi va unga mos ravishdagi sanoat faoliyati kodi beriladi. Kelgusi yilda ushbu korxonaning sof tushumida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish 25 %ni, savdo 35 %ni, transport xizmatlari summasi 40 %ni tashkil qiladigan bo'lsa, bu xolda uning oldingi faoliyat kodi o'zgartiriladi va, mos ravishda, transport sohasiga oid faoliyat kodi beriladi. **Ta'minot jarayoni -** bu korxonani faoliyat ko'rsatishi uchun mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, pul mablag'lari va boshqa mablag'lar bilan ta'minlashdir. Ushbu jarayon iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ular xususiyatlariga xos operatsiyalarni oladi. Chunonchi, non mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida aynan unga zarur bo'lgan un,shakar, yog', tuz va boshqa xomashyo va materiallarni, qishloq xo'jaligida urug'lik, mineral o'g'itlar, yem-xashak, avtotransport sohasida ehtiyot qismlar va yoqilg'i, savdo sohasida tovarlar, qurilishda qurilish materiallarini harid qilish va va tayyorlashni taqoza etadi. **Ishlab chiqarish jarayoni** deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida mehnat predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon ham iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi, ishlab chiqarish sohasi sub'ektlarida ushbu jarayonda aniq turdagi tayyor mahsulotlar, masalan, avtomobilsozlik zavodida avtomobil, non kombinatida non va non mahsulotlari yaratiladi. Qishloq xo'jaligi sohasi sub'ektlarida ushbu jarayonda turli qishloq xo'jalik mahsulotlari, masalan paxta, g'alla, uzum, sabzavotlar va boshqalar yetishtiriladi. Qurilish sohasida bajarilgan ishlar, masalan qurilish-montaj ishlari, xizmat va servis sohasida ko'rsatilgan xizmatlar, masalan turistlarga ko'rsatilgan mehmonxona va boshqa xizmatlar, auditorlik tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan aditorlik xizmatlari ham ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. **Sotish jarayoni** deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko'rsatilgan xizmatlarni haridorlarga sotish tushuniladi. Ushbu jarayonda olingan daromad ham tarmoq xususiyatiga xos ravishda nomlanadi. Masalan, ishlab chiqarish sohasida tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad, savdoda tovarlarni sotishdan olingan daromad, qurilishda bajarilgan ishlardan olingan daromad, xizmat va servis sohasida ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromad deb ataladi. **Asosiy bo'lmagan faoliyat** -- bu korxonaning bosh maqsadi bo'lib hisoblanmaydigan, shu bilan birga qo'shimcha foyda olish maqsadida hamda asosiy faoliyat uchun zarurat yuzasidan yuritiladigan faoliyat turi yoki turlari.Ularga investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat, innovatsiya faoliyati kabilar kiradi. **Investitsiya faoliyati** -- korxonaning o'z mablag'larini o'zga korxonalarga yordam berish va qo'shimcha daromad olish maqsadida kiritish bilan bog'liq faoliyati. Chunonchi, quyidagi operatsiyalar investitsiya faoliyatining mohiyatini tashkil qiladi: - banklar va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotib olish; - boshqa korxonalarga mablag'larni ta'sis badali sifatida kiritish; - boshqa korxonalarga mablag'larni qarz sifatida berish; - boshqa korxonalarga mablag'larni kredit sifatida berish - pul mablag'larini banklarga va kredit tashkilotlariga depozitga qo'yish. **Moliyaviy faoliyat** -- o'zga korxonalar (bank va boshqalar) mablag'larini korxonaga kredit va qarz sifatida kiritish hamda jalb qilish bilan bog'liq faoliyat. Chunonchi, quyidagi operatsiyalar moliyaviy faoliyatning mohiyatini tashkil qiladi: \*qimmatli qog'ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar) chiqarish yo'li bilan boshqa korxonalar va shaxslar mablag'larini jalb etish; **Foyda(F)** -- bu korxonaning daromadlari ( D) va harajatlari(X) o'rtasidagi ijobiy farq, ya'ni ### F = D \> X. Demak, qanchalik daromad ko'p bo'lib, harajat kam bo'lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko'p bo'ladi. **Zarar** -- bu korxonaning daromadlari va harajatlari o'rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko'p bo'lishi, ya'ni: ### Z = D \< X Demak, korxona daromadga qanchalik ko'p harajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko'p bo'ladi. **Hujjatlashtirish --** bu xo'jalik operatsiyalarini ma'lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli. **Hujjat --** bu ho'jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo'luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar- moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo'jalik operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo'ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi. Buxgalteriya hisobida juda ko'p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin. *Maqsadiga ko'ra* buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi, farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga bo'linadi. **Guvohlik beruvchi hujjatlar** deganda, yuqorida aytib o'tganimizdek, xo'jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi. **Farmoyish beruvchi hujjatlar** deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizatsiya o'tqazish to'g'risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar. **Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar** deganda bir vaqtning o'zida xo'jalik operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida haqiqatda yuz bergan xo'jalik operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o'zida pulni berilishi uchun tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda kimgadir berilganligi to'g'risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi. **Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar** deganda bevosita yuz bergan xo'jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko'rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob-kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizatsiyani aniqlash hisob-kitoblarini keltirish mumkin. *Tuzish tartibiga ko'ra* buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar blshlang'ich va yig'ma hujjatlarga bo'linadi. **Boshlang'ich hujjatlar** deb xo'jalik operatsiyasi sodir bo'lgan vaqtda tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang'ich hujjatlar hisoblanadi. **Yig'ma hujjatlar** deganda boshlang'ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma'lumotlarini ma'lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko'chirmalari va boshqalar kiradi. *Aks ettirish usullariga ko'ra* buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko'p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo'linadi. **Yig'ma hujjatlar** deganda boshlang'ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma'lumotlarini ma'lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko'chirmalari va boshqalar kiradi. *Aks ettirish usullariga ko'ra* buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko'p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo'linadi. **Ko'p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar** deganda bir xil mazmundagi va ko'p takrorlanib tutuvchi xo'jalik operatsiyalarni ma'lum bir davrda (masalan xafta , o'n kunlik, bir oy ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tuquniladi, masalan ombordan ishlab chiqarishga har kuni beriladigan materiallar bir hafta, o'n kun yoki bir oyga ochilgan bitta zabor listi bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday hujjatlar boshlang'ich hujjatlar sonini kamayishiga, ularni tuzish va ishloviga ketadigan vaqtni anchagina tejalishiga olib keladi. **Ichki hujjatlar** deb korxonaning o'zida tuzilgan, **tashqi hujjatlar** deb esa korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni jo'natishda tuzilgan schyot-faktura ichki, materiallarni ta'minotchilardan kelib tushganligini ko'rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko'ra unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak. **Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish** deganda bir xil mazmundagi operatsiyalarni barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi tushuniladi. Masalan, 1998 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasida tovar- moddiy zahiralarni sotish va sotib olish operatsiyalarini faqatgina tasdiqlangan yagona shakldagi schet --faktura bilan rasmiylashtirish tartibi qo'llaniladi. Xuddi shunday tartib kassadagi va banklardagi pul mablag'lari va boshqa aktivlarga doir operatsiyalarni hujjatlashtirishda ham ishlatiladi. **Hujjatlarni standartlashtirish** deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun yagona razmer va shakllarni o'rnatilishi tushuniladi. Yuqorida aytilgan schet-faktura va boshqa hujjatlar standart hujjatlarga misol bo'la oladi. Buxgalteriya hisobi hujjati deb tan olinishi uchun hujjat ma'lum talablarga javob berishi lozim. Bu talablarga quyidagilar kiradi: 1. Hujjat aniq rekvizitlarga ega bo'lishligi va bu rekvizitlar to'lig'icha ko'rsatilgan bo'lishligi kerak. Buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlarning asosiy rekvizitlariga quyidagilar kiradi: - Hujjatning nomi; - Hujjatning tartib raqami - Hujjatning tuzish sanasi - Operatsiyada qatnashuvchi tomonlarning nomi, adresi, telefoni, bank rekvizitlari, soliq to'lovchi sifatidagi identifikatsion raqami (STIR); - Yuz bergan operatsiyaning mazmuni; - Rahbar va bosh hisobchining familiyasi, ismi -- sharifi; - Operatsiyaga asos bo'lgan hujjat (masalan, ishonchnomaning nomeri va sanasi); - Operatsiyada bevosita qatnashgan shaxslarning familiyasi, ismi- sharifi. 2. Hujjat imzolangan bo'lishi kerak (rahbar, bosh hisobchi va operatsiyalarda qatnashgan boshqa shaxslar tomonidan). 3. Hujjat korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. 4.Hujjat qalam bilan tuzilmagan bo'lishi kerak; Ushbu talablarning birontasiga amal qilinmay tuzilgan hujjat to'liq yuridik kuchga ega bo'lmaydi. Buxgalteriya hisobida juda ko'p nomdagi va sondagi hujjatlar tuziladi. Shuning uchun hujjatlar aylanishini to'g'ri tashkil etish, ularni belgilangan muddatlarda korxonada saqlash va davlat arxiviga belgilangan tartiblarda topshirish o'ta muhim hisoblanadi. ### Inventarizatsiya **Inventarizatsiya** -- bu buxgalteriya hisobida uning ma'lumotlarini to'g'riligini, korxona aktivlarini haqiqiy holatini, moddiy javobgar shaxslarning o'z funksiyalarini sidqidildan vijdonan bajarayotgaligini, mulkni talon-taroj qilinmaganligini aniqlash usuli. Ushbu usulni qo'llashdan asosan uchta maqsadga erishish uchun foydalaniladi: (1) korxona aktivlarini haqiqiy holatini aniqlash; (2) moddiy javobgar shaxslarning o'z funksiyalarini sidqidildan vijdonan bajarayotgaligini, chunonchi mulkni talon-taroj qilinmaganligini bilish; (3) buxgalteriya hisobida uning ma'lumotlarini to'g'riligini ta'minlash. O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisob ob'ektlarini inventarizatsiya qilish tartibi maxsus 19- son BXMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o'tqazish» bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu standartga muvofiq inventarizatsiyaning quyidagi turlari mavjud: - **Rejali inventarizatsiya** -- bu korxonaning moddiy javobgar shaxslarni navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqarish rejasiga ko'ra o'tqaziladigan inventarizatsiya. - **Rejadan tashqari inventarizatsiya** -- bu ko'zda tutilmagan hollarda, masalan favqulotdagi hodisalar yuz berganda (o'g'rilik,toshqin va shu kabi hodisalar sodir bo'lganda) o'tqaziladigan inventarizatsiya. ### Inventarizatsiyaning harakterli xususiyatlari: - Inventarizatsiya to'satdan o'tqaziladi, ya'ni moddiy javobgar shaxs uni o'tqazilishi to'g'risida oldindan xabar topmasligi lozim. - Inventarizatsiya rahbarning buyrug'i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan doimiy harakatdagi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o'tqaziladi, ushbu komissiyaga moddiy javobgar shaxs albatta kiritiladi. - Inventarizatsiya ma'lum muddatga o'tqaziladi, uning boshlanish va tugash vaqti buyruqda yoki farmoyishda ko'rsatilgan bo'lishi kerak. - Inventarizatsiyani o'tqazish belgilangan tartibda va usullarda amalga oshiriladi. - Inventarizatsiya natijalari maxsus sanoq va taqqoshlash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi. O'zbekiston Respublikasining BXMS lariga muvofiq korxona aktivlarini rejali invetarizatsiya qilishda quyidagi muddatlar belgilangan (3.2-jadvalga qarang). ### Korxona aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilish muddatlari -- -- -- -- -- -- Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma'lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo'lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me'yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o'ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi. **Kalkulyatsiya** --bu xo'jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab topish usuli. 1. **Boshlang'ich qiymat --** bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va boshqa yo'llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o'z ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi. Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang'ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo'li bilan topiladi. 2. **Qoldiq qiymat --** bu aktivlarning boshlang'ich qiymatidan foydalanish davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati. 3. **Sof sotish qiymati -** bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan qiymat turlaridan kam ham, ko'p ham bo'lishi mumkin. Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda o'ziga xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi. Ular to'g'risida keyingi boblarda to'xtalamiz. ### Buxgalteriya hisobi schyotlari **Schyotlar** -- bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang'ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko'payishi va kamayishi) to'g'risidagi ma'lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli. Buxgalteriya hisobida uning har bir ob'ektini aks ettirish uchun alohida schyotlar ko'zda tutiladi. Har bir schyot o'zining tartib raqamiga va aniq nomiga ega bo'ladi. Odatda, schyotning nomi ob'ektning nomi bilan bir hil bo'ladi. Misol uchun, asosiy vositalarni aks ettirish uchun aynan shunday nomdagi № 0100, kassadagi pul mablag'larini aks ettirish uchun «Kassadagi pul mablag'lari» nomli № 5000 - schyot va boshqa shu kabi schyotlar ko'zda tutiladi. Barcha qo'llaniladigan schyotlarning tartib raqamlari va aniq nomlari maxsus schyotlar rejasida o'z aksini topadi. **Schyotlar rejasi -** bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo'llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O'zbekiston Respublikasida schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma davlat ahamiyatiga molik me'eriy hujjat hisoblanadi. Ushbu me'yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan. Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarida ularning xususiyatlarini e'tiborga olgan va o'zida mujassamlashtirgan quyidagi uchta turdagi schyotlar rejasi qo'llaniladi: - Davlat byudjetidagi muassasalari moliyaviy--xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi. - Banklar moliyaviy --xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi. - Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi. «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma» Moliya Vazirligi tomonidan maxsus 21- sonli BHMS sifatida birinchi marta 2000 yil 30 martda 37- son buyruq bilan tasdiqlandi. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son buyruq bilan Moliya Vazirligi ushbu BXMSni yangi tahrirda qayta tasdiqladi, u O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181 -- son tartib raqami bilan ro'yxatdan o'tgan. 21- son BXMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi oltita qism, o'nta bo'limdan iborat, u o'z ichiga 208 ta balans schetlarini, 40 ta moliyaviy natijalar hisobotini tuzishga mo'ljallangan schyotlarni va 16 ta balansdan tashqari schyotlarni oladi. Schyotlar rejasida buxgalteriya hisobi schyotlari moliyaviy hisobotning shakllari bo'lgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risida hisobotning tarkibiy elementlariga mos ravishda quyidagi qism va bo'limlarga ajratilgan (3-3-jadvalga qarang). ### 21- son BXMS ga muvofiq schyotlar rejasining tarkibiy tuzilishi -- -- -- -- -- -- +-----------------------+-----------------------+-----------------------+ | | 2. Tovar-moddiy | | | | zaxiralar | | | | | | | | 3. | | +=======================+=======================+=======================+ | | 6. Joriy | | | | majburiyatlar | | | | | | | | 7. Uzoq muddatli | | | | majburiyatlar | | +-----------------------+-----------------------+-----------------------+ | | | | +-----------------------+-----------------------+-----------------------+ | | | | +-----------------------+-----------------------+-----------------------+ | | | | +-----------------------+-----------------------+-----------------------+ 21- son BXMS ga muvofiq buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan schyotlar quyidagi belgilari bo'yicha tasniflanadi. **Doimiy schyotlar** deganda hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo'ladigan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga olishga mo'ljallangan schyotlar tushuniladi. **Tranzit schyotlar** deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini hisobga olish uchun qo'llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo'lmaydigan schyotlar tushuniladi. **Passiv schyotlar --** korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko'rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga muljallangan schyotlar. **Kontraktiv schyotlar --** korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo'ljallangan schyotlar. **Kontrpassiv schyotlar** -- korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo'ljallangan schyotlar. **Balans schyotlari** --bu qoldiqlari balansga kiritiladigan schyotlar. Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo'ljallangan barcha schyotlar balans schyotlari hisoblanadi. **Balansdan tashqari schyotlar --** korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan, lekinda unga tegishli bo'lmaganligi uchun balansga kiritib bo'lmaydigan aktivlarni, shartli huquq va majburiyatlarni aks ettirishga mo'ljallangan schyotlar. BHMSda ko'rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi. **Analitik schyotlar --** bu ma'lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o'lchov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar**.** Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan hisob **analitik hisob** deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig'indisi sintetik schet summasiga teng bo'lishi lozim. Masalan, korxonaning № 6010 «Ta'minotchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» sintetik schyotida aks ettirilgan jami qarzlarining summasi ushbu schyotga ochilgan analitik schyotlar (ushbu holda alohida ta'minotchilar) ning qarzlari summasining yig'indisidan iborat bo'lishi kerak. 21- son BHMS ga muvofiq schyotlar 4 xonali sonlar bilan raqamlanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini kompyuterlarda yuritishda ushbu raqamlarni seriyalarga ajratish muhim rol o'ynaydi. Jumladan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish uchun schyotlarning 4 xonali sonlaridagi birinchi ikkitasi yetarli hisoblanadi, chunki aynan shu birinchi ikkita raqamlar hisobotda aks etuvchi ko'rsatkichlarning umumiy summalarini ifodalaydi, masalan 01- seriyali raqam asosiy vositalar bo'yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 0110-0199) ma'lumotlarini, 90- seriyali raqam sotishdan olingan daromadlar bo'yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 9010-9030) ma'lumotlarini jamlab beradi. Amaliyotda buxgalteriya hisobi schyotlari kitoblar, jurnallar, memorial-orderlar, vedomostlar, kartochkalar ko'rinishida qo'lda yoki zamonaviy kompyuterlarning ekranlarida yuritiladi. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi schyotlarining registrlari hisoblanadi. Registrlar ko'rinishida yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari yozuvlarni tartib bilan tizimlash uchun ikki tomonga ajratiladi -- chap va o'ng tomonlarga. Schyotlarning chap tomoni «debet», o'ng tomoni esa -- «kredit» deb ataladi.[^3^](#_bookmark2) Har bir schyot ichki tomondan to'rtta elementni o'z ichiga oladi: - **Bosh qoldiq** --bu schyot bo'yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «**bosh saldo**» ham deb ataydilar. - **Debet oborot --**bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig'indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig'i summasini jami qanchaga ko'payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig'i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi. - **Kredit oborot -** bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig'indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig'i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig'i summasini jami qanchaga ko'payganligini bildiradi. - **Oxirgi qoldiq -** bu schyot bo'yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Barcha buxgalteriya hisobi schyotlarini grafik ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin. ### AKTIV SCHYOT PASSIV SCHYOT Bosh qoldiq (Bq) ( Bq) Ko'payishi ( + ) ------------------------ -- -- -------------------- Debet oborot (Do) (Ko) Kredit oborot Oxirgi qoldiq (Oq) Oxirgi qoldiq (Oq) Aktiv va passiv schyotlarda davr oxiridagi qoldiq summa quyidagi matematik algortmlar yordamida topiladi: -- -- -- -- Buxgalteriya hisobi schyotlari, odatda, hisobot davrning boshiga ochiladi, hisobot davr davomida ularga yozuvlar o'tqazib boriladi va hisobot davrining oxirida yopiladi. **Schyotlarga yozish** deganda yuz bergan operatsiya summasini ularning debet va kredit tomonlarida aks ettirish tushuniladi. **Schyotlarning yopilishi** deganda ularning debet va kredit oborotlari summalarini hisoblash va oxirgi qoldiq summalarini topish tushuniladi. ### Schyotlarga ikki yoqlama yozuv Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan jihatlaridan biri shundaki, yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya'ni bir schetning debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv deb ataladi. Schyotlarga ikki yoqlama yozuvni, boshqachasiga, buxgalteriya yozuvi, buxgalteriya o'tkazmasi deb ham ataydilar. **Murakkab o'tkazmalar** -- bu uch va undan ko'p schetlar qatnashib tuzilgan o'tkazmalarga aytiladi. Bunday o'tkazmalarda bitta schet debetlanib, ikki va undan ko'p boshqa schetlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo'ladi. Buxgalteriya o'tqazmalarini turli usullarda berish mumkin: gorizontal, vertikal, schetlar sxemasi ko'rinishida. ***Gorizontal usul*** asosan oddiy buxgalteriya o'tkazmalarini berishda qo'llaniladi va taxminan quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: **Debet Kredit Summa** ***Vertikal usul*** oddiy va murakkab buxgalteriya yozuvlarida qo'llaniladi va quyidagi ko'rinishda beriladi: - Oddiy o'tkazmada +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | | | | | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | - Murakkab | | | | | o'tkazmada | | | | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | | 1800000 | | | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | **Kredit** 6010 | 1000000 | | | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | **Kredit** 2810 | 500000 | | | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ | **Kredit** 4610 | 300000 | | 1100000 | +-----------------+-----------------+-----------------+-----------------+ Amaliyotdagi schetlarning hisob registrlarida asosan murakkab buxgalteriya o'tkazmalari qo'llaniladi. Schetlar sxemasi usulida yuqoridagi buxgalteriya o'tkazmalari quyidagicha aks ettiriladi: 1010 6010 4610 2810 1. *Yuz bergan operatsiyaning mazmuniga ko'ra unda qatnashgan schetlar aniqlanadi.* 2. *Operatsiyada qatnashayotgan schetlarning aktiv yoki passiv schetlar ekanligi aniqlanadi.* 3. *Aktiv va passiv schetlarda ko'payish va kamayishlarni ularning qaysi tarafida aks ettirilishi tartibiga ko'ra ularning biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.* 1. *Ta'minotchidan 1000000 sumlik materiallar kelib tushgan, operatsiyada 1010* 2. *Ta'sischilardan ularning hissasi sifatida 300000 sumlik materiallar kelib tushdi. Operatsiyada 1010 «Materiallar» va 4610 «Ta'sischilarning ustav kapitaliga badallari bo'yicha qarzlari» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko'payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 4610 --schet ham aktiv schet hisoblanadi, unda kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.* Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv katta nazorat ahamiyatiga ega. Unda, bir tomondan balansdan tashqari barcha schetlarning o'zaro aloqalari, schetlarning oborot va qoldiq summalarini tengligi, pirovardida schetlarning buxgalteriya balansi bilan uzviy bog'liqligi yorqin namoyon bo'ladi. ### Buxgalteriya balansi **Buxgalteriya balansi**[^4^](#_bookmark3) -- bu korxona aktivlari va ularni tashkil topish manbalarining ma'lum bir sanadagi holatini pul birligida ifodalash usuli. Buxgalteriya balansining bosh maqsadi bo'lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi «Aktiv = Passiv» yoki «Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar» matematik tenglikni hamma vaqt ta'minlab berish va saqlash hisoblanadi. Ushbu tenglikni ta'minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma'lum bir davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang'ich holatini bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Aynan shular buxgalteriya balansining mohiyatini tashkil etadi va uning korxonalar boshqaruv tizimida o'ta muhim ahamiyatga molikligidan darak beradi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so'zi na faqat tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi hujjati sifatida ham talqin etiladi. O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning shakli, tarkibi va tuzish tartibi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish Qoidalari» bilan, balansni taqdim etish tartibi esa Moliya Vazirligining 2000 yil 15 iyundagi 47- son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to'g'risida Nizom» da belgilangan. Korxonalar tomonidan tuziladigan buxgalteriya balansini turli belgilari bo'yicha tasniflash mumkin, masalan tuzilgan sanasiga, ma'lumotlarni jamlash hajmiga, sub'ektlarni moliyalashtirilishiga, regulirovka schetlari qoldiqlari hisobga olinganligiga va boshqa belgilariga qarab. *Tuzilgan sanasiga ko'ra* buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish mumkin: kirish (yoki ta'sis ) balansi; boshlang'ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish balansi. **Kirish yoki ta'sis balansi** deganda korxonaning davlat ro'yxatidan o'tgan sanasiga, ya'ni ta'sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning aktivida faqat ta'sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa e'lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko'rsatiladi. **Boshlang'ich balans** deganda hisobot davri boshiga, **hisobot balansi** deganda esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun boshlang'ich balans bo'lib hisoblanadi. **Birlashtirish balansi** -- ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo'shilganda qo'shilish sanasiga tuzilgan balans. **Ajratish balansi** -- bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib chiqganda bir -- biriga mablag'larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans. **Yig'ma balans** - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini gorizontal holda jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori organlar tomonidan tuzilgan balans. **Sinov balansi** -- bu vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek hisobot davri oxirigaa ayrim schetlar bo'yicha hisob-kitoblar ma'lum sabablarga ko'ra oxirigacha amalga oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans. **Tuzatilgan sinov balansi -** mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so'ng, lekinda vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan balans. **Yakuniy balans** -- bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot va taqsimlanmagan fayda to'g'risidagi hisobotlarning ma'lumotlari e'tiborga olinib tuzilgan balans. Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan. Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans --netto tuzilishi mumkin. **Balans- brutto** - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo'yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi. **Balans-netto --** bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo'yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlash yo'li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi. Ham tenglik, ham hujjat sifatida e'tirof etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya'ni chap va o'ng tomonli, jadval ko'rinishiga ega bo'ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o'ng tomoni esa -- «Passiv» nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo'jalik aktivlari ularning turlari bo'yicha, jadvalning «Passiv» tomonida esa xo'jalik aktivlari ularning tashkil topish manbalari bo'yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko'rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari summalarining yig'indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi. Jadval ko'rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo'limlardan, bo'limlar esa- alohida moddalardan iborat bo'ladi. **Balans bo'limi** deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi. **Balans moddasi** deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o'z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schyotlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo'yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib raqamlari ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasida qo'llanilayotgan buxgalteriya balansining **«Aktiv»** tomoni xo'jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko'ra quyidagi ikkita bo'lim bo'yicha tizimlashga asoslangan: I. ***bo'lim***. «**Uzoq muddatli aktivlar».** Ushbu bo'limda 1 yildan ko'p muddatda oborotda bo'ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan harajatlarning qoldiq summalari ko'rsatiladi. II. ***bo'lim***. **«Joriy aktivlar».** Ushbu bo'limda 1 yildan kam muddatda oborotda bo'ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va harajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag'lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko'rsatiladi. Balansning **«Passiv**» tomoni xo'jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga qarab quyidagi ikkita bo'lim bo'yicha tizimlashga asoslangan: I. ***bo'lim***. **«O'z mablag'larining manbai».** Ushbu bo'limda ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko'rsatiladi. II. ***bo'lim***. **«Majburiyatlar».** Ushbu bo'limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko'rsatiladi. Buxgalteriya balansida bo'limlar bo'yicha ma'lumotlar alohida qatorda, ikkala bo'lim summalarining yig'indisi alohida qatorda aks ettiriladi. Ayrim moddalar bo'yicha qavs ichida o'zaro ayirmalar ko'rinishida ko'rsatilgan schyotlar ularning birinchisi summasidan ikkinchisini summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan summani shu qatorga yozishni bildiradi. Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma'lumotlar, mos ravishda, hisobot yili boshiga va hisobot davr oxiriga alohida ustunlarda ko'rsatiladi (3.4-jadvalga qarang). ### «Bahor» xususiy korxonasining buxgalteriya balansi **(**ming sum hisobida) -- -------------- --------- ------------- -- -- -- -- 180 000 56 500 **bo'yicha** **244 500** chiqarish 35 600 12 400 16 800 35 000 39 300 **bo'yicha** **139100** -- -------------- --------- ------------- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- Korxonalar moliyaviy-moliyaviy xo'jalik faoliyatiga baho berish uchun buxgalteriya balansini o'qish o'ta muhim hisoblanadi. **Gorizontal tahlil --** bu hisobot davri oxiriga hisobot yilning boshiga nisbatan balansning umumiy summasi, shuningdek uning har bir moddasi summasining kamayish yoki ko'payish tomonida yuz bergan o'zgarishini aniqlash hamda ushbu o'zgarishlar tendensiyalariga baho berishdir. Bunday tahlil balans valyutasi hamda uning alohida bo'limlari va moddalari bo'yicha hisobot davrda yuz bergan ijobiy va salbiy tendensiyalarni aniqlashga imkon beradi. **Vertikal tahlil --** bu hisobot davri boshi va oxiriga balansning har bir bo'limi va moddalarining korxonaning jami aktivlari hamda ularni tashkil toptirish manbalarida tutgan o'rni, ya'ni ulushlarini aniqlash, shuningdek ularga baho berishdir. Balansning har bir moddasi korxona aktivlari va ularni tashkil toptirish manbalarini shakllantirishga bevosita va bilvosita, shuningdek ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omil bo'lib hisoblanadi. Misol uchun, korxonalar jami aktivlarida uzoq muddatli aktivlar ulushining kattaligi ushbu korxonaning moddiy texnika bazasining kuchliligidan darak beradi, tovar- moddiy boyliklar va pul mablag'lari ulushining kamligi esa mazkur korxonada ko'proq daromad keltiruvchi aktivlarning yetarlicha emasligini bildiradi. Aksincha, joriy aktivlarning uzoq muddatli aktivlarga nisbatan jami aktivlardagi ulushining yuqori bo'lishligi mazkur korxonada tez likvidli aktivlarning mavjudligi evaziga ko'proq daromad olishga hamda yuqori darajada to'lov qobiliyatiga erishilayotganligidan darak beradi. Korxona aktivlarining tashkil topish manbalarida o'z mablag'lari ulushining kattaligi va majburiyatlar ulushining pastligi mazkur korxonaning yuqori darajada moliyaviy mustaqilligidan, aksincha jami aktivlarning tashkil topish manbalarida majburiyatlar ulushining yuqoriligi esa bu korxonaning moliyaviy qaramligini bildiradi. Vertikal tahlilda aniqlangan balans valyutasiga bevosita ta'sir qiladigan moddalar ulushlarini gorizontal tarzda taqqoslash korxonada hisobot davrida yuz bergan ijobiy yoki salbiy jihatlarni aniqlashga, mos ravishda, moliyaviy holatni yaxshilashga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar korxonada yuz bergan operatsiyalarning balansga qanday ta'sir ko'rsatishini bilishlari o'ta muhimdir. Chunki sodir bo'lgan xo'jalik jarayonlari va operatsiyalari albatta aktivlar va ularni tashkil topish manbalarining davr boshidagi holatiga ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Misol uchun, korxona o'z ustav kapitalini ko'paytirsa yoki kamaytirsa -- bu albatta ham aktivga, ham passivga ta'sir o'tkazadi. Yoki ombordan material ishlab chiqarishga berilsa aktivlarning tarkibida o'zgarish yuz beradi, ish haqidan daromad solig'i ushlansa, aktivlarni tashkil topish manbalari tarkibida ichki o'zgarish yuz beradi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mukin. Korxonalarda yuz bergan operatsiyalar natijasida balansda yuz beradigan o'zgarishlar to'rtta tipga ajratiladi. I. **tip. Balans aktivi tarkibidagi o'zgarishlar.** Bu tipdagi o'zgarishlar, mazmunidan ko'rinib turibdiki, faqat buxgalteriya balansining aktiv qismiga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir. Ya'ni yuz bergan xo'jalik operatsiyasi faqat aktiv elementlariga tegishlidir. Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida bir aktiv ko'payadi, ikkinchisi esa kamayadi. Pirovardida eski balans o'zgarishsiz qoladi. ### A +X --X = P Bu yerda: **A** -- aktiv**; P-** passiv; **X-xo'jalik** operatsiyasi ta'sirida balansning bitta aktiv moddasi summasining oshishi va boshqa aktiv moddasi summasining kamayishi. ### 3.5-jadval -- -- -- -- -- -- II. **tip. Balans passivi tarkibidagi o'zgarishlar.** Bu tipdagi o'zgarishlar, mazmunidan ko'rinib turibdiki, faqat buxgalteriya balansining passiv qismiga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir. Ya'ni yuz bergan xo'jalik operatsiyasi faqat passiv elementlariga tegishlidir. Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida bitta passiv ko'payadi, ikkinchisi esa kamayadi. Pirovardida eski balans o'zgarishsiz qoladi. ### A = P+X --X Bu yerda: **A** -- aktiv**;** ; **P-** passiv; **X-**xo'jalik operatsiyasi ta'sirida balansning bitta passiv moddasi summasining oshishi va boshqa passiv moddasi summasining kamayishi. ### 3.6-jadval -- -- -- -- -- -- III. **tip. Balans aktivi va passivining ko'payishiga olib keluvchi o'zgarishlar.** Bu tipdagi o'zgarishlar, mazmunidan ko'rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktivi, ham passiviga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir. Ya'ni yuz bergan xo'jalik operatsiyasi bir vaqtning o'zida ham aktiv, ham passiv passiv elementlariga tegishlidir. Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida korxonaning aktivi ham, passivi ham bir xil summaga ko'payadi. Pirovardida eski balans summasi ko'payish tomonga o'zgaradi. ### A +X = P +X Bu yerda: **A** -- aktiv**; P-** passiv **X-xo'jalik** operatsiyasi ta'sirida balansning bitta aktiv moddasi va bitta passiv moddasi summasining oshishi. ### 3.7-jadval -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- **IY-tip. Balans aktivi va passivining kamayishiga olib keluvchi o'zgarishlar.** Bu tipdagi o'zgarishlar, mazmunidan ko'rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktivi, ham passiviga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir. Ya'ni yuz bergan xo'jalik operatsiyasi bir vaqtning o'zida ham aktiv, ham passiv passiv elementlariga tegishlidir. Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida korxonaning aktivi ham, passivi ham bir xil summaga kmayadi. Pirovardida eski balans summasi kamayish tomonga o'zgaradi. ### A -X = P --X Bu yerda: **A** -- aktiv**; P-** passiv **X-xo'jalik** operatsiyasi ta'sirida balansning bitta aktiv moddasi va bitta passiv moddasi summasining kamayishi. ### 3.8-jadval -- -- -- -- -- -- --- -- -- 3 4 --- -- -- - I- va II- tipdagi o'zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o'zgartirmaydi. - III- va IY --tipdagi o'zgarishlar albatta oldingi balans summasini o'zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o'zgarishlar balans summasini oshishiga, to'rtinchi tip o'zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo'ladi. - hech qachon balansdagi o'zgarish tiplari bir vaqtning o'zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o'sha summaga kamaytirishi mumkin emas. - hech qachon balansdagi o'zgarish tiplari aktivni bir summaga ko'paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko'paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas. Bozor munosabatlari har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobini yuqori saviyada, ilmiy asoslangan holda, chunonchi barqaror, ma'lum tamoyillarga va talablarga tayangan holda yuritishni taqoza etmoqda. Bu talablarga javob berishning muhim sharti bo'lib har bir korxonaning aniq hisob siyosatiga ega bo'lishligi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlari, jumladan, buxgalteriya hisobi to'g'risida Qonun, Soliq Kodeksi, buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) va boshqa me'yoriy hujjatlari, har bir korxona tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishni, unga to'liq amal qilishni taqoza etadi. Ushbu me'eriy hujjatlarga, jumladan BXMS № 1 "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot"ning 3-punktiga muvofiq, **hisob siyosati** deganda korxona rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha qabul qilingan tamoyillar va tartiblar majmuasi tushuniladi. Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha korxonaning o'ziga xos rejasi hisoblanadi. Bu reja, odatda, rasmiy hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. U korxonaning bosh hisobchisi tomonidan yilning oxirida kelgusi yil uchun ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. Hisob siyosati BXMS №1 ning 56- punktiga muvofiq taqvim yili maboynida doimiy harakterga ega bo'lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o'zgartirish mumkin emas. BXMS № 1 ning 56- punktiga muvofiq tasdiqlangan va foydalaniyotgan hisob siyosati yil ichida qo'yidagi hollarda o'zgartirilishi mumkin: - Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o'zgartirilganda; - Mulk egalari o'zgarganda; - Davlat qonunlari o'zgarganda; - Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. Hisob siyosatiga kiritilgan o'zgartirishlar asoslangan bo'lishi, shuningdek korxona rahbarining buyrug'i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. BXMS № 1 ning 62-punktiga muvofiq hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida moliviy hisobot bilan birgalikda majburiy tarzda qo'yidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: - Yuqori tashkilotga; - Soliq idorasiga; - Davlat statistika organlariga; - Qonunda ko'zda tutilgan boshqa organlarga. investorlarga, aksionerlarga, kreditorlarga, auditorlik firmalariga va boshqa qiziquvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Korxonaning o'z xodimlari uchun hisob siyosati ochiq bo'lishi lozim. Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o'z maqsadlarida foydalanadilar. Masalan, soliq idorasi uchun ushbu hujjat korxonada soliqlar hisob-kitoblarini to'g'riligini tekshirish, hisobni to'g'ri yuritilganligini nazorat qilish maqsadida zarur. Auditorlik firmalari hisob siyosatini o'rganish asosida uni to'g'ri tuzilganligi to'g'risida xulosa qiladilar, shuningdek unga qanchalik amal qilinayotganligiga baho beradilar. Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o'z mablag'larini ushbu korxonaga qo'yish yoki qo'ymaslik bo'yicha qaror qabul qilishda asos bo'lib hisoblanadi. Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma'lum shakl va tarkibga ega bo'lishi kerak. BXMS № 1 ning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo'yidagi tarkibiy elementlar o'z aksini albatta topishi lozim: - Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; - Amortizatsiyani hisoblash usullari; - Rezervlarni tashkil qilish; - Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari; - Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan harajatlarni tan olish va hisobga olish; - Tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari; - Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi; - Pul oqimlari to'g'risida hisobotni tuzish usullari; - Buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi. ko'rinishida ifodalangan bo'lishi lozim. Korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadigan boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks ettirilishi mumkin. Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to'liq amal qilinishi lozim. Buning uchun korxonada tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi kerak. Jumladan, xodimlar o'rtasida bajariladigan ishlar aniq taqsimlangan bo'lishi kerak. Bunday taqsimotni bosh hisobchi amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan buxgalteriya hisobi schetlarini, hisob registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va muddatlarini belgilab beradi. Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo'limlari to'g'risida Nizomni ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta'minlashi kerak. Nizomda har bir bo'lim xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq belgilangan bo'lishi lozim. Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo'lib korxonada hujjatlar aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday grafiklarni jadval yoki tarmoqli grafik ko'rinishida ifodalash mumkin. Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo'lib hisob xodimlari faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga baho berish yoki reyting tizimiga amal qilish hisobchilarni rag'batlantirish (yutuqlar uchun), yoki ularga nisbatan jazo choralarini ko'rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali amalga oshirilishi lozim. Hisobchilar ishiga baho berish reyting tizimini mavjudligi va uni doimiy tarzda hisobchilar o'rtasida e'lon qilib borish buxgalteriya ishini doimiy yaxshilanib borishiga katta ta'sir ko'rsatish vositasi hisoblanadi. Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlariga yana doimiy harakatdagi ilmiy-- amaliy seminarlarni uyushtirishni, hisobchilarning malakasini doimiy tarzda oshirib borishni va boshqalarni kiritish mumkin. ### 3.2. Buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari Buxgalteriya hisobi to'g'risida Qonunga muvofiq (11-modda) korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ma'suliyati bevosita uning rahbariga yuklatiladi. - Hisob va hisobotning ichki tizimini ishlab chiqish; - Xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini belgilash; - Buxgalteriya hisobini to'liq va aniq bo'lishligi; - Hisob hujjatlarini butligi; - Moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar uchun tayerlash; - Hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshishi va taqdim etilishi; - Imzo chekish huquqiga ega shaxslarni belgilash; - Korxona aktivlarini inventarizatsiya qilish muddatlarini va komissiyalarini belgilash, ularni o'z vaqtida amalga oshishini nazorat qilish. Qonunning 11-moddasiga muvofiq korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilish qo'yidagi to'rtta shakllardan birida amalga oshishi mumkin. 1. *Bosh buxgalter rahbarligidagi maxsus buxgalteriyani tashkil etish.* 2. *Shartnoma asosida jalb etilgan buxgalterni xizmatidan foydalanish.* 3. *Shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritish vakolatini maxsus buxgalterlik (auditorlik) firmasiga yoki o'z birlashmasining markaziy buxgalteriyasiga berish.* 4. *Buxgalteriya hisobini rahbarning o'zi tomonidan mustaqil olib borish.* Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shakli xodimlar soni ko'p bo'lgan, ish hajmi katta bo'lgan korxonalarda (zavod, fabrika, kompaniya, shirkat xo'jaligi, jamoa xo'jaligi va boshqalar) qo'llaniladi. Bu shaklda buxgalteriya hisobini korxonaning maxsus bo'linmasi, ya'ni buxgalteriya olib boradi. Buxgalteriya o'z ishini, odatda, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan "Korxona buxgalteriyasi to'g'risida Nizom"ga muvofiq yuritadi. Ushbu nizomda buxgalteriyaning maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, har bir tuzilmaning va uning lavozimli xodimlarining huquq va funksional majburiyatlari, javobgarliklari ko'rsatiladi. **Bosh buxgalter** -- korxona rahbari tomonidan hisob xizmatiga rahbarlikga tayinlangan shaxs. Bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi Nizomda alohida aks ettiriladi. Bosh buxgalter korxona rahbaridan keyin hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo'lgan ikkinchi shaxs hisoblanadi. U rahbar bilan birga davlat qonunlari oldida javob beradi, xato va kamchiliklar uchun ma'muriy, moliyaviy va jinoiy javobgarlikga tortiladi. Buxgalteriyaning tarkibiy tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining iyerarxik bo'ysinishi 4.1-chizmada keltirilgan tartibda amalga oshiriladi. ### *3.1-chizma.* Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ikkinchi shakli kichik biznes korxonalariga (firmalar, xususiy korxonalar va boshqalar) taalluqli. Bu turdagi korxonalarda xodimlar soni kam, ish hajmi katta bo'lmaganligi uchun maxsus buxgalteriya tashkil etilmaydi, lekinda buxgalteriya hisobini yuritish uchun aloxida shaxs (buxgalter) bilan mehnat shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomaga muvofiq buxgalter ishga asosiy xodim sifatida yoki o'rindosh sifatida buyruk asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobini yuritish yuklatilgan buxgalter bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklariga ega bo'ladi. Buxgalteriya hisobini tashkil kilishning uchinchi shakli kichik va o'rta biznes korxonalariga taalluqli bo'lib, ular o'zlarida hisob xizmati bo'limini tuzmaydilar, buxgalteriya hisobini yuritish vakolati shartnoma asosida maxsus ixtisoslashgan buxgalterlik (auditorlik) firmalariga yoki korxonaning birlashmasi qoshidagi markaziy buxgalteriyasiga berilgan bo'ladi. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobi ma'lumotlaring realligiga shartnoma asosida har ikkala tomon belgilab qo'yilgan tartiblarga asosan javob beradilar. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning to'rtinchi shakli xususiy tadbirkorlarga taalluqli bo'lib, ular qonun bo'yicha hisob-kitoblarini o'zlari mustaqil olib boradilar. Bu turdagi xhjalik yurituvchilarda rahbar va bosh buxgalter sifatida hujjatlarga xususiy tadbirkorning o'zi imzo chekadi. Hisob va hisobotning realligi uchun Qonun oldida yakka tadbirkorning o'zi javob beradi. Korxonada hisob ma'lumotlarini yig'ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks ettirilgan shakl va registrlar yordamida amalga oshiriladi. **Hisob registrlari --** bu buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo'llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. ***Kitoblar*** -- bular xo'jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo'ljallangan hisob varaqalarini o'z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma'lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o'zida mujassamlashtiradi, bu ma'lumotlarni yo'qolib ketmasligiga, yaxshi saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo'lda yuritishga mo'ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko'rinishida uchun foydalanib bo'lmaydi. Buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o'ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko'rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo'yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko'rsatiladi. 2. ***Jurnal-orderlar*** -- bu ma'lumotlarni schetlarning krediti bo'yicha guruhlangan holda qayd etishga mo'ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko'rsatilgan ma'lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo'yicha aks ettiradi, ya'ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to'ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo'yicha turli jurnal -- orderlarni yuritish ko'zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo'yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo'yicha № 2, 60 «Ta'minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo'yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo'yicha boshqa jurnal- orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi. 3. ***Qaydnomalar*** --bu schetlarning debeti bo'yicha analitik hisobni olib borishga mo'ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo'yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi. 4. ***Memorial-orderlar -*** bu ma'lumotlarni bir vaqtning o'zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo'yicha guruhlangan holda qayd etishga mo'ljallangan registrlar. Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi. 5. ***Kartochkalar -*** bular xo'jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo'ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog'ozga yoki karton qog'ozga tipografik usulda ma'lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini, xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va boshqalarni keltirish mumkin. 6. ***Mashinogrammalar -*** bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini asosini tashkil etadi. Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida ma'lumotlarni yig'ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o'ziga xos xususiyatlarga ega. Buni 4.2, 4.3, 4.4- chizmalarda keltirilgan buxgalteriya hisobini jurnal-order, memorial- order va kompyuterlashtirilgan shakllarda yuritish texnologiyalarida ko'rish mumkin. Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida, ularning turlicha nomlanishidan qat'iy nazar, ma'lumotlarni yig'ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga oshiriladi: 1. *Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo'jalik operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar, qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko'p martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o'tqaziladi, ularning jamlangan ma'lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial- orderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o'tkaziladi.* 2. *Jurnal-orderlar, memorial-orderlar, analitik hisob mashinogrammalari, qaydnomalarning yig'ma ma'lumotlari Bosh kitobga o'tkaziladi.* 3. *Bosh kitob ma'lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari tuziladi.* ### *1.2-chizma.* Jurnal-order shaklda hisob ma'lumotlarini jamlash tartibi -- -- -- -- -- -- ### *1.4- chizma.* Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma'lumotlarini jamlash Kichik tadbirkorlik sub'ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan shaklni qo'llash ruxsat etilgan. O'zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi korxonalar buxgalteriya hisobini o'zlarining hisob siyosatlarida ko'rsatilgan shaklda olib boradilar. ### Mavzuga oid asosiy tayanch atamalar **Hisob siyosati -** korxona rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha qabul qilingan tamoyillar va tartiblar majmuasi. **Bosh buxgalter** -- korxona rahbari tomonidan hisob xizmatiga rahbarlikga tayinlangan shaxs. Hisob **shakli --** bu buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayd etish, guruhlash va yig'ishda qo'llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. **Hisob registrlari --** bu buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. **Kitoblar** -- bular xo'jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo'ljallangan hisob varaqalarini o'z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. **Jurnal-orderlar** -- bu ma'lumotlarni schetlarning krediti bo'yicha guruhlangan holda qayd etishga mo'ljallangan registrlar. **Qaydnomalar** --bu schetlarning debeti bo'yicha analitik hisobni olib borishga mo'ljallangan registrlar. **Memorial-orderlar -** bu ma'lumotlarni bir vaqtning o'zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo'yicha guruhlangan holda qayd etishga mo'ljallangan registrlar. **Kartochkalar -** bular xo'jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo'ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog'ozga yoki karton qog'ozga tipografik usulda ma'lum shaklda tayyorlangan registrlar. **Mashinogrammalar -** bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob registrlari. ### Mavzu bo'yicha nazorat savollari ### Hisob siyosati -- bu: a. davlatning ko'rsatmalari. b. korxona raxbari tomonidan hisobni yuritish bo'yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. v\) bosh buxgalter tomonidan hisobni yuritish bo'yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. g\) yuqori tashkilot tomonidan hisobni yuritish bo'yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. ### Hisob siyosatini ishlab chiqishga asos bo'luvchi me'yoriy hujjatlar a. korxona rahbari buyruqlari. b. qonunlar, standartlar, yo'riqnomalar. ### Hisob siyosatiga o'zgartirish kiritiladi, agarda a. hisobni yuritish usullari o'zgargan bo'lsa. b. kassir almashgan bo'lsa. ### Buxgalteriya hisobida hisob shakli registrlarni belgilaydimi yoki registrlar hisob shaklini belgilaydimi? a. Registrlar hisob shaklini belgilaydi b. Hisob shakli registrlarni belgilaydi ### Qo'yidagilardan qaysi birida hisob registrlari va turlari to'liq berilgan. a. Hujjatlar, kitoblar, jurnallar, varaqlar. b. Kitoblar, jurnallar, daftarlar, kartochkalar, varaqlar. ### Jurnal-orderlar schyotlarning qanday tomoni bo'yicha yuritiladi? a. Debet tomoni bo'yicha; b. Kredit tomoni bo'yicha; ### Buxgalteriya hisobinining soddalashtirilgan shakli qanday tashkilotlar va korxonalar uchun mo'ljallangan? a. Qo'shma korxonalar uchun b. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun 1. **Asosiy vositalari to'g'risida umumiy tushuncha, ularning mohiyati, tasnifi, tavsifi, maqsad va vazifalari** 2. ### Asosiy vositalari hisobi Respublikamizning 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga[^5^](#_bookmark4) muvofiq **asosiy vositalar -** korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo'jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar (3-§,3a-band). Ushbu standartga ko'ra (4-§) asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o'zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a. bir yildan ortiq xizmat muddati; b. bir birlik (to'plam) uchun qiymati O'zbekiston Respublikasida (harid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo'lgan buyumlar. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 5-son BHMS № 5 ga muvofik (3-§,3a-band 6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo'yidagi shartlarga ham javob berishi lozim: - xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi. - qiymatini aniq belgilashni mumkinligi. muddatini belgilash muhim rol o'ynaydi. **Foydali xizmat muddati** deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan o'lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o'zlarining qiymatini to'liq qoplashlari va korxonaga qo'shimcha daromad keltirishlari lozim. Foydali xizmat muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko'rsatilgan bo'ladi. Bunday hujjatlar mavjud bo'lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug'i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida aniq belgilanishi kerak. Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi mehnat qurollari va vositalarini o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. **Binolar** -- sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o't o'chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta'minlovchi ob'ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo'lgan barcha kommunikatsiyalar, ya'ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta'minoti, lift, yong'inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi. 2. **Inshoatlar** -- ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo'l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo'llar va yo'lkalar. 3. **Uzatish qurilmalari** -- elektr liniyalar, gaz, suv, bug' o'tqazuvchi quvurlar va boshqalar. 4. **Mashina va uskunalar** -- issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig'uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o'lchov tarozilari. 5. **Hisoblash texnikasi** -- kompyuterlar va ularga o'rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ). 6. **Transport vositalari** -- yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar. 7. **Uskunalar** -- presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob- uskunalar. 8. **Ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari**- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar. 9. **Ofis mebeli va jihozlari** -- shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko'chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar 10. **Ishchi va nasldor hayvonlar** -- otlar, tuyalar, ho'kizlar, sigirlar, bo'qalar, qo'ylar, echkilar, cho'chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar. 11. **Ko'p yillik o'simliklar** -- bog'lar, o'rmonlar va boshqalar 12. **Kutubxona fondi** -- badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi adabiyotlar ( kitoblar). 13. **Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan mablag'lar** -- yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish, ko'kalamzorlashtirish, reshyotkalar o'rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar 14. **Boshqalar** - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar -- muzey va zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli namunalar va boshqalar. Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy vositalarga kiritilmaydi, jumladan : - xizmat muddati 1 yildan kam bo'lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat'iy nazar; - yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar; - maxsus kiyimlar, poyafzal, ko'rpa-- yostiqlar qiymatidan qat'iy nazar ( mehmonxonalar bundan mustasno ); - munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar) - ko'chatxonalarda ekish uchun o'stirilayotgan ko'chatlar; - baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat'iy nazar. belgilari bo'yicha tasniflash mumkin Ishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo'lgan moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshootlar, stanoklar, jihozlar, transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir, shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy, maishiy, sog'liqni saqlash, kommunal maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi. - kutubxona fondiga. - ko'p yillik o'simliklarga. - ishchi va nasldor hayvonlarga. - konservatsiya qilingan asosiy vositalarga. (144 - modda) asosiy vositalar amortizatsiya me'yorlari bo'yicha qo'yidagi yettita guruhga bo'linadi (2-jadvalga qarang). ### O'zbekiston Respublikasida asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya me'yorlari -- ---- -- -- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 1 2 3 4 -- ---- -- -- 5 -- ---- -- -- 1 2 3 4 5 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 -- -- -- -- -- -- -- -- **Soliqga munosabatiga ko'ra** asosiy vositalar mol-mulk solig'iga tortiladigan va tortilmaydigan guruhlarga bo'linadi. Soliq Kodeksining 265-moddasiga muvofiq ko'chmas mulk hisoblangan asosiy vositalar (bino, inshoat va qurilmalar) mol-mulk solig'iga tortiladi, qolgan asosiy vositalar esa mol-mulk solig'iga tortilmaydi. Qo'yidagi turdagi korxona va tashkilotlarning asosiy vositalari mol-mulk solig'iga tortilmaydi: Soliq kodeksning 269- moddasiga muvofiq qo'yidagi asosiy vositalar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi. 1. kommunal xo'jaligi ob'ektlari bo'yicha- vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan, asbob-uskunalar); 2. madaniyat va san'at, ta'lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob'ektlari; 3. sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob'ektlari; 4. tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong'in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob'ektlari 5. umumiy foydalanishdagi temir yo'llar va avtomobil yo'llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu ob'ektlarning ajralmas texnologik qismi bo'lgan inshootlar; 6. konservatsiya qilinishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko'chmas mulk ob'ektlari; 7. soliq to'lovchining balansida bo'lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob'ektlar; 1. sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta'minot, ta'lim, madaniyat va san'at tashkilotlari; 2. uy-joy-kommunal xo'jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo'jaligi korxonalari. 3. yangi tashkil etilgan korxonalar - davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi; 4. ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari. **Xususiy asosiy vositalar** -- bu korxona balansiga kiritilgan o'z asosiy vositalari va uzoq muddatga ijaraga olingan (lizingga olingan) asosiy vositalar. ***Boshlang'ich qiymat* --** bu asosiy vositalarning hisob qiymati bo'lib, o'z ichiga sotib olish bahosi, shuningdek tashib keltirish, o'rnatish, montaj, o'rgatish, safar, bojxona harajatlarini va qo'shilgan qiymat solig'ini oladi. Asosiy vositalar ushbu qiymati bo'yicha korxonada butun xizmat muddati davrida hisobda turadi. ***Tiklangan qiymat* --** bu asosiy vositalarning qayta baholash, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingandan keyingi qiymati. Bu qiymat vaqtinchalik bo'lib, qo'shimcha qilingan harajatlar va qayta baholash natijasi asosiy vositalar qiymatiga kiritilgach boshlang'ich qiymat bo'lib qolaveradi. ***Qoldik qiymat* --** bu asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati va jamlangan eskirish summasi o'rtasidagi farqi. Bu qiymatni **balans qiymati** ham deb ataydilar, chunki aynan shu qiymatda asosiy vositalar korxonaning balansida aks ettiriladi. ***Sotish qiymati*** -- bu asosiy vositalarning sotish vaqtida sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida kelishilgan shartnomaviy qiymat. - Asosiy vositalar holati va harakatini to'g'ri, o'z vaqtida tegishli boshlang'ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisobga olish; - Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me'yorlar bo'yicha to'g'ri hisoblash; - Asosiy vositalarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta'minlash; - Asosiy vositalarning butligini ta'minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro'yxatdan o'tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to'g'ri aniqlash va hisobga olish; - Mavjud asosiy vositalardan unumli foydalanish, buning uchun ularni ishsiz turib qolishlariga yo'l qo'ymaslik, keraksiz asosiy vositalarni ijaraga berish, likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to'g'ri hisobga olish; - Asosiy vositalarga qilingan qo'shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni, joriy va kapital ta'mirlash harajatlarini) to'g'ri hisobga olish, ularni o'z vaqtida maqsadiga qarab asosiy vositalarning qiymatiga yoki korxona harajatlariga kiritish; - Asosiy vositalar bo'yicha lizing operatsiyalarini to'g'ri rasmiylashtirish va hisobga olish; - Asosiy vositalar holati va harakati to'g'risidagi hisobotni to'g'ri tuzish va tegishli organlarga o'z vaqtida taqdim etish. «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko'zda tutilgan. Ushbu tizimlar o'z ichiga qo'yidagi schyotlarni oladi (3-jadvalga qarang). 1.2-jadval -- -- -- -- -- -- -- -- Asosiy vositalarning summoviy analitik hisobi korrespondensiyalanadigan schyotlar bo'yicha 13-jurnal-orderda , soniy- summoviy analitik hisobi esa moddiy javobgar shaxslar bo'yicha har bir inventar ob'ektning kodi (tartib nomeri)