ITM 8 PDF
Document Details

Uploaded by RighteousDialect4394
Uzbekistan State World Languages University
Tags
Summary
This document discusses the concepts of method, methodology, and approach, particularly in the context of teaching. It explains the differences between these terms, highlighting the ways they are used in pedagogical discussions. Furthermore, it examines the importance of these elements in effectively delivering a lesson or course.
Full Transcript
Mavzu 8: Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari. Ma’ruza rejasi: 1. Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari. 2. Tillarni o‘qitish tamoyillari. 3. Til ta’limida kompetensiyaviy yondashuv....
Mavzu 8: Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari. Ma’ruza rejasi: 1. Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari. 2. Tillarni o‘qitish tamoyillari. 3. Til ta’limida kompetensiyaviy yondashuv. Yondashuv, prinsip, metod tushunchalari amaliyotda ko‘pincha metod va usullar tushunchalari bilan almashtirib qo‘llanadi, ya’ni o‘qitishning prinsipial yo‘nalishini belgilash uchun ham, dars berish metodi ma’nosida ham ishlatiladi. Til ta’limida o‘qitishning prinsipial yo‘nalishi tamoyil yoki yondashuv, metod esa usul, uslub tarzida talqin qilinadi. Metodist-olim R.Yo‘ldoshev fikricha, metod ta’lim maqsadiga eng qisqa yo‘l va qisqa vaqt ichida erishtiradigan usul yoki usullar majmuasidan iborat bo‘lib, bir usuldan tashkil topganida ular tenglashadi, biroq metod usuldan keng tushunchaligicha qolaveradi.1 YOndashuv metodlar tizimi bilan ish ko‘radi, demak, metod yondashuvdan kichik tushuncha snaladi. ushbu tushunchalarni farqlashda I.L.Bim tomonidan berilgan ta’rifni ma’qullaydi: “Metod – til o‘qitishning muayyan tarixiy davrda ta’lim maqsadi va ijtimoiy shart-sharoitlariga muvofiqlashgan biror ustuvor g‘oya asosida birlashgan holda shu g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun qaysi yo‘nalishdan va qaysi usullar bilan borish kerakligini ko‘rsatuvchi prinsiplarni joriy etishning umumlashgan modelidir.”2 Bu o‘rinda, bizningcha, metod va metodika terminlarining aralashtirib yuborilgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘atida” ushbu tushunchalar quyidagicha izohlanadi: “Metod (yunoncha methods – tadqiqot usuli, yo‘li) 1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiqi qilish usuli. 2. Usul, uslub” sifatida; “Metodika (yunoncha methodika) 1. Biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi. 2. O‘qitish usullari haqidagi ta’limot.” Metodik so‘zi esa metod va metodikaga xos, usuliy ma’nolarini bildiradi.3 Metodologiya esa tadqiqot manbaini qanday tushunish, uni o‘rganishga qanday yondashish, qaysi usullarni qo‘llash, tadqiqot obyekti yuzasidan umumiy nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limotdir. 1 Yo’ldoshev R.A. O’zbek tili darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini ularni ko’p gapirtirish orqali o’stirish metodikasi. – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 212 b. 2 Bim I.L. Teoriya i praktika obucheniya nemeskomu yaziku v sredney shkole: problemi i perspektivi. – Moskva: Prosveщenie, 1988. – S.20. 3 O’zbek tilining izohli lug’ati, 2-jild. – Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – B. 582. Ta’lim metodi yoki usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari bo‘lib, u o‘quv materialini nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirish yo‘llarini anglatadi. O‘qitish metodlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday kechishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish, qay tarzda olib borish kerakligini belgilab beradi. Bugungi kun o‘qituvchisi har bir mashg‘ulotga kirar ekan, har doim uning oldida darsni qanday tashkil etish kerak, qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak, ushbu mavzuni o‘tishdan qaysi metodlardan foydalanish samarali bo‘ladi degan savol turadi. Darsda ko‘zda tutilgan ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o‘qituvchining o‘z mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o‘zi etarli emas. O‘qituvchi, shuningdek, o‘z tajribasi, o‘zgalar tajribasiga suyangan holda dars o‘tish metodlari ustida ham jiddiy bosh qotirishi kerak. Demak, o‘quv faoliyati mazmunining to‘laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarining ahamiyati katta. Ular o‘quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikma va malakalarini ko‘rsatib berish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. O‘z navbatida o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining ko‘lami hamda ularning faolligi samarali, ilg‘or, noan’anaviy ta’lim shakli, metodi va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun turtki bo‘ladi. Bunda, albatta, o‘qituvchining o‘rni nihoyatda katta, chunki, u DTS, o‘quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo‘llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fanning o‘ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishdan kelib chiqib, ta’lim metodlari va dars shakllarini o‘zi tanlaydi. Bunda o‘qituvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholay olishi hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati muhim o‘rin tutadi. Demak, metodlar o‘zining obyektiv va subyektiv jihatlariga bo‘lib, uning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyil va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar aks etsa, subyektiv jihatlariga pedagog shaxsi va ta’lim oluvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari konkret shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Aytilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi. So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmunini anglatadi. Bunda ta’lim jarayoni avvaldan loyihalashtirilgan yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish ifodalanadi. “Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” - mahorat, san’at hamda “logos” – tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha “an educational technologiya”) ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi1. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarimdan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud: “Pedagogik texnologiya” - bu “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedogogik tizim loyihasi”( V.P. Bespalko) 2 “topshiriqli yondashuv” (T.N.Ballo) “bosqichli o‘qitish” (V. Zankov, T.YA.Galperin, V.I.Davыdov) “mazmunli umumlashma” (G.K.Selevko) “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan” (N.F. Talыzina)3. “pedagogik texnologiya ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan tarmog‘idir” (P.Mitchel) Zamonaviy pedagogik texnologiyalar majmuaviy uzviy bog‘liqlikdagi tizim bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga, ularda muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma’lum tartibga solingan to‘plami sifatida aks etadi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Bunda ta’lim maqsadlarining belgilanishi, ya’ni ta’lim kimga va nima maqsadda? berilishi, mazmunni tanlash va ishlab chiqish, ya’ni nimani? berish, ta’lim jarayonlarini qay tarzda? tashkil qilish, ta’lim metodi va vositalarini aniq belgilab olish, ya’ni qanday vositalar yordamida ta’lim berish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasi darajasi, ya’ni kim? ta’lim berishi, erishilgan natijalarni qanday yo‘l bilan? baholash metodlari4 markaziy o‘rinni egallaydi. Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslarning shakli, qo‘llanilayotgan metodlar va metodik usullarning xususiyatiga bog‘liq. Ma’lumki, til ta’limida har bir ta’lim bosqichida ma’lum bir hajmdagi bilimlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. O‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar asosini esa o‘quv dasturida ko‘rsatilgan fonetik, leksik, grammatik ma’lumotlardan 1 Tolipov O’.Q., Usmonboeva M.. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari, T., “Fan”, 2006 yil, 13-bet. 2 Bespalko V.P. Slagaemie pedagogicheskoy texnologii. – M.: Pedagogika, 1989. 3 Talizina N.F. Upravlenie prosessom usvoeniya znaniy. – Moskva: Izd-vo MGU, 1984. –s. 13. 4 Tolipov O’.Q., Usmonboeva M.. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari, T., “Fan”, 2006 yil, 54-bet. iborat til materiallari tashkil qiladi va ular davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq holda har bir ta’lim bosqichi uchun alohida taqsimlanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarda ushbu bilimlar asosida nutqiy ko‘nikmalar hosil qildirib boriladi. Ushbu bilimlar bosqichlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanmasa, ta’lim mazmunining uzviyligi va uzluksizligiga erishib bo‘lmaydi. Nutqiy ko‘nikmalar nutq faoliyatining 4 asosiy turi: o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalari orqali yuzaga keladi va o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliy nutqiy faoliyatda sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish qobiliyatini - nutqiy malakani hosil qilishga yordam beradi. Taniqli psixolog I.A.Zimnyaya ta’rificha, “malaka mashqlar natijasida harakatlarning yuqori mukammallikka erishuvi va nutqiy jarayonlarning avtomatlashuvidir”.9 Haqiqatan ham, so‘zlashish, muloqot yuritish jarayoni fikrni leksik, grammatik va fonetik jihatdan rasmiylashtirishning eng samarali darajasini – yuqori darajada avtomatlashgan nutqiy ko‘nikmalarni, ya’ni nutqiy malaka hosil qilinishini talab etadi. Nutqiy muloqotda nutqiy malakaning hosil qilinishi kommunikativ maqsadning asosini tashkil etadi, chunki aynan tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish ko‘nikma-malakalari orqali ikkinchi bir tilda o‘zaro axborot almashish, og‘zaki va yozma muloqot yurita olish malakasi vujudga keltiriladi. Demak, nutqiy jarayon biri-biriga bog‘liq bo‘lgan va o‘zaro ta’sir qilib turadigan quyidagi 3 omil: til birliklari va ularning o‘zaro bog‘lanishini o‘rgatuvchi grammatik bilimlar, ushbu birliklar va qoidalarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalari hamda o‘z fikrlarini yangi vaziyatda erkin ifodalash uchun o‘rganilgan bilimlardan foydalana olish malakalaridan tashkil topadi. SHu uch omil birgalikda amal qilgandagina nutqiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Aynan shu omillarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish tilga o‘rgatishning asosi hisoblanadi. Bunda ularning tizimli ravishda berilishi, til birliklarining o‘zaro sintagmatik va paradigmatik aloqadorlikda, bog‘liqlikda bo‘lishi ayniqsa muhimdir. Nutqiy muloqot jarayonida inson ana shu bog‘liqliklarni kompleks holda, ya’ni tinglash, o‘qish va ma’nolarini tushunish birligida qabul qiladi. Nutqiy faoliyatning ushbu turlari bir-biriga bog‘liq holda bosqichdan-bosqichga o‘zaro uzviy bog‘liq holda o‘zlashtirib borilishi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlaydi. Biroq bu o‘rinda ushbu bilimlar, ko‘nikma va malakalarni kimga berish, ya’ni kimlar ta’lim subyekti ekanligi nihoyatda muhim. SHundan kelib chiqqan holda til ta’limida tilni ona tili sifatida o‘qitish va chet tili sifatida o‘qitish (yoki ikkinchi til sifatida o‘qitish) alohida ajratib o‘rganiladi. Tilni ona tili sifatida o‘qitishda til o‘z egalariga, shu tilda so‘zlashuvchilarga o‘qitiladi, ya’ni ta’lim subyektlari shu tilda nutqqa ega bo‘lgan insonlar hisoblanadi. Til o‘qitishda bu juda muhim bo‘lib, ta’lim mazmuniga ham, ta’lim metodlariga ta’sir qilmay qolmaydi. 9 Zimnyaya I. A. Psixologicheskie aspekti obucheniya govoreniyu na inostrannom yazike. – Moskva: MGU, 1998. – 142-b. Psixolog olim L.S.Vыgotskiy ona tili va ikkinchi til ta’limining pedagogik- psixologik usullari bir-biriga qarama-qarshi ekanligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Ona tilini o‘rganish pastdan yuqoriga, xorijiy tilni egallash esa yuqoridan pastga yo‘nalishida amalga oshiriladi”.10 Buni quyidagicha sharhlash mumkin: pastdan yuqoriga yo‘nalishida, ya’ni aniq til hodisalari tahlilidan ularni umumlashtirishga qarab boriladi, yuqoridan pastga yo‘nalishida esa umumlashmalardan (qoidalardan) ularning amaliyotiga o‘tiladi. Demak, beriladigan ma’lumotlar, qoidalarning mazmuni, berilish shakli va o‘rni tilning qaysi jihatdan o‘rganilayotganiga ko‘ra tanlanishi va shunga mos tartibda taqsimlanishi kerak bo‘ladi. Albatta, til chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitilganda bilimlarni lingvistik aspektdagi kabi chuqur va keng emas, balki kommunikativ tarzda, ya’ni muayyan muloqotni ta’minlaydigan leksik va grammatik minimumlar doirasida berib borilishi taqozo etiladi. Til ona tili sifatida o‘rganilayotganda tilning grammatik tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda, izchillikda o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, chet tili sifatida o‘rganilayotganda grammatik bilimlarni sof amaliy, ya’ni nutqiy faoliyatni rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan holda berilishi kerak bo‘ladi. Muayyan bir tilda erkin so‘zlashish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 2000ga yaqin so‘zni bilish, yaxshi o‘qish va tushunish uchun 4000–5000 atrofidagi lug‘aviy birlikni egallashi lozimligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan. Ayrimlar bunday minimumni katta hajmdagi matnlarni mustaqil o‘qish orqali ajratish va retseptiv idrok qilish mumkin deb hisoblasalar-da, olib borilgan maxsus tekshiruvlar bu fikrni tasdiqlamaydi. Jumladan, psixolingvist G.I.Bogin o‘z tajribasida aniqlashicha, filologik yo‘nalishdagi fakultetlar talabalari 100 o‘quv haftasi davomida har haftada 30 sahifadan asar o‘qib, matnni qariyb yod olishi mumkin. Biroq bu leksik va grammatik materialni to‘liq o‘zlashtirishda unchalik katta natija bermaydi, chunki o‘qib chiqilgan 3000 sahifada barcha lug‘aviy va grammatik birliklar uchramaydi yoki qayta takrorlanmaydi 11 Tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitishda asosiy e’tibor tilning nutqqa bog‘liq tomonlariga qaratilgani uchun muammoli masalalar anchagina bo‘lib, bu bilan metodistlar ham, psixolog olimlar ham shug‘ullanib keladilar. 12 Psixologlarning ta’kidlashicha, o‘quvchilarda ikkilamchi til malakasining hosil bo‘lish yo‘li birlamchi – ona tili malakasi va ko‘nikmasi orqali yuz beradi. Ikkinchi bir tilda so‘zlash malakasining hosil bo‘lishi, avvalo, ushbu tilda fikr ifodalashga yordam beruvchi til vositalarini qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish va nutqiy muloqot jarayonida ulardan erkin va mujassam holda foydalanish qobiliyatiga 10 Vigotskiy L. S. Mishlenie i rech // Izbrannie psixologicheskie issledovaniya. – Moskva: Pedagogika, 1956. –291 s. 11 Bogin G. I. Rol chteniya v professionalnoy podgotovke uchitelya i inostrannogo yazika // Inostrannie yaziki v visshey shkole. – Moskva: 1974. –№ 8. –S. 21–24. 12 Passov Ye. I. Osnovi kommunikativnoy metodiki obucheniya inoyazichnomu govoreniyu. – Moskva: Prosveshenie, 1989. – 277 s. bog‘liq bo‘lib, bunday qobiliyat esa insonda ona tili malakalari asosiga qurilgan nutqiy ko‘nikmalar asosida shakllanadi.13 Ikkilamchi nutqiy malakaning tarkibiy qismlari bilim ko‘nikma a) til vositalarini bilish birlamchi malaka nutqiy faoliyatni amalga b) vositalarni shakllanti- (ko‘nikma hosil bo‘lish oshirish rish va fikrni ifodalash jarayoni, faoliyatni g) nutqiy faoliyat takomillashtirish) kompleks faoliyat ikkilamchi ijodiy malakaning hosil bo‘lishi Ko‘rinadiki, ikkinchi tilda nutqiy faoliyat malakasini hosil qilishda, avvalo, ona tilidagi birlamchi malakalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq bunda kommunikativ jihatdan zarur deb hisoblangan grammatik bilimlarnigina berish taqozo etiladi va grammatik bilimlar shunga ko‘ra minimumlashtirilishi kerak bo‘ladi. Tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitilishda yana 2 muhim jihatga e’tibor qaratish lozim: tilni til muhiti bo‘lmagan joyda o‘rgatish va tilni til muhitida o‘rgatish. O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillari o‘qish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo‘lishlari, barcha sohalarda erkin fikr almashishlari uchun o‘zbek tili ta’limi xalqaro standart talablariga javob berishi, ularning turli nutqiy vaziyatlarga mos ravishda erkin muloqotga kirisha olish kompetensiyalarini, layoqatlarini shakllantirish kerak bo‘ladi. Bu borada jahonning etakchi mamlakatlarida amal qilib kelayotgan va samarali natijalar berayotgan kompetensiyaviy yondashuvni til ta’limiga tatbiq etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi 1875- sonli “Chet tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi maxsus qabul qilingan Qarori va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, davlat ta’lim standartlari talablarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi, chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi ishlab chiqilgani, ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy adabiyotlar va zamonaviy vositalar bilan ta’minlanishi ta’lim sohasida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 13 Zimnyaya I. A. Psixologicheskie aspekti obucheniya govoreniyu na inostrannom yazike. – Moskva: MGU, 1998. –268 s. Ta’kidlash kerakki, ushbu qaror mamlakatimizda nafaqat chet tillarni, balki umuman til ta’limini, shu jumladan, respublikamizning davlat tili bo‘lmish o‘zbek tilini o‘qitishni ham yanada takomillashtirish (o‘zbek tili fanidan DTS talablarini ham xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish va ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, o‘quv dasturlari mazmunini uzluksizlik va uzviylik asosida qayta ko‘rib chiqish) borasida katta ishlar amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi. “Kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalari tilshunoslikda ilk bor XX asr o‘rtalarida N.Xomskiy tomonidan qo‘llangan bo‘lib, tilni ishlatish jarayonida “faoliyatga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui sifatida”, ta’lim sohasida esa “kompetensiyaviy yondashuv” sifatida talqin etilgan bo‘lib, ta’limda natijaviylikni ko‘rsatuvchi omillar sifatida qayd etilgan. 17 Aytish joizki, lug‘atlarda ushbu so‘zlarning ma’nolari turlicha izohlanadi. CHunonchi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da kompetensiya so‘ziga quyidagicha izohlangan: “Kompetensiya – (lot. sompetere – layoqatli, munosib bo‘lmoq). 1) Muayyan tashkilot yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi; vakolat. 2) SHaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi”.18 Ruscha-o‘zbekcha tarjima lug‘atlarida esa bu so‘z quyidagicha sharhlanadi: “Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor, omilkor bo‘lgan soha; 2. yur. huquq (vazifa, ish) doirasi.” ; “Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor bo‘lgan soha yoki masala; 2.Vakolat, huquq ixtiyor; Kompetentn/ыy, -aya, oe, -ten, -tna – etarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, omilkor; 2) asosli, e’tiborli, mo‘‘tabar; 3) kompetensiyaga, ya’ni huquqqa ega bo‘lgan; vakolatli; Kompetentnost – chuqur bilimga egalik; chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik; xabardorlik, omilkorlik.”19 Berilgan izohlar ta’lim sohasida kompetensiya so‘zini layoqat, kompetentlikni esa layoqatlilik deb, ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim yo‘nalishi, deb tushunish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Til ta’limida kompetensiyaviy yondashuv ta’lim oluvchilarning o‘rganayotgan tili materiallaridan va olingan axborotlardan o‘z hayotiy faoliyatida oqilona foydalana olish, shu tilda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda mustaqil ifodalash va nutqiy vaziyatlarga mos ravishda qo‘llay olish ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirish, 17 Zimnyaya I.N. Klyuchevie kompetensii – novaya paradigma rezultata obrazovaniya // J.Visshee obrazovanie segodnya, №5. – Moskva, 2003. – S.34-42. 18 O’zbek tilining izohli lug’ati. 4–jild. – Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -267-bet. 19 Ruscha-o’zbekcha lug’at /O’zSSR Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomli Til va adabiyot instituti /1-tom.. – Toshkent: O’zbek Sovet Ensiklopediyasi, 1983. – B.456. ya’ni tilni maqsadli ravishda amaliy qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni hosil qiladi. Kompetensiyalar 2 asosiy turga: tayanch va xususiy kompetensiyalarga bo‘linadi. Tayanch kompetensiyalar insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallay olish, duch keladigan muammolarning echimini hal eta olish, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘la olish ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirishga qaratiladi. SHundan kelib chiqqan holda, u 1) kommunikativ kompetensiya 2) axborot bilan ishlash kompetensiyasi 3) shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi 4) ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 5) umummadaniy kompetensiyalar 6) matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Jumladan, o‘zbek tilini o‘rganishda o‘quvchi-talabalar nutqiy, lingvistik, sotsiokulturologik, pragmatik kompetensiyalarni egallashlari talab etiladi. O‘zbek tili ta’limida o‘quvchi-talabalar nutqiy, lingvistik, sotsiokulturologik, pragmatik kompetensiyalardan iborat xususiy kompetensiyalarni egallashlari talab etiladi. 1. Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 amali bo‘yicha: tinglab tushunish bo‘yicha (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish); gapirish bo‘yicha (monologik, dialogik og‘zaki nutq turlarida o‘z shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish); o‘qish bo‘yicha: mavzuga oid materiallarni, adabiy- badiiy matnlarni, ommabop materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) o‘qish; yozish bo‘yicha (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish qog‘ozlarini yuritishni bilish). 2. Lingvistik kompetensiya: kundalik hayotda faol qo‘llaniladigan ijtimoiy mavzularga oid va kasb-hunarga yo‘naltirilgan lug‘at boyligini oshirib borish, o‘zbek tilining so‘z yasalishi vositalarini bilish lug‘at boyligini oshirib borishdan iborat bo‘lib, bularning barchasi o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nazariy bilimlarni muayyan izchillikda egallash vositasida amalga oshiriladi. 3. Sotsiokulturologik (ijtimoiy-madaniy) kompetensiyada eshitilgan nutqni shu xalqning milliy xususiyatlarini bilgan va o‘z ona tili va milliy an’analari bilan taqqoslagan holda muayyan nutqiy vaziyatga mos lingvistik shakl, ifoda usulida taqdim eta olish qobiliyatini shakllantirish. Ushbu layoqat o‘quvchi- talabalarni o‘z xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlarini, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan boy adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishish, o‘zbek adabiyoti namunalarini, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini o‘qib o‘rganish orqali shakllantiriladi. 4. Pragmatik kompetensiya kundalik hayotda o‘zbek tilidan egallagan bilim, ko‘nikmalari asosida muayyan nutqiy vaziyatda mustaqil muloqotga kirisha olish qobiliyatini, o‘zaro suhbatlashish, suhbatga qo‘shilish, suhbatdoshining nutqini sekinlashtirishga undashga oid muomala odobi vositalarini, tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda qayta so‘rash, uzr so‘rash orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, tilning amaliy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini shakllantirishni nazarda tutadi. Qayd etilgan kompetensiyalar ta’lim oluvchilarda shaxsiy, ma’naviy, ijtimoiy, kasbiy ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirishga va egallagan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga qaratilgan layoqatlarini shakllantirishga olib keladi va nutqiy kommunikativ malakani egallash orqali ta’lim oluvchilarda metakompetensiyalar tarkib topishiga olib keladi.20 Biroq ko‘zda tutilgan provard natijaga erishish uchun har bir ta’lim bosqichi bitiruvchilari uchun belgilangan kompetensiyalarning me’yoriy darajasi talablarini bajarilishini ta’minlash kerak bo‘ladi. MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARI Metodologiya – (yun. metod + logos — taʼlimot) umuman, ilmiy metod haqidagi, xususan, ayrim fanlarning metodlari haqidagi taʼlimot. Muammo – (arab. - jumboqli, sirli, g‘alati; tushunilishi qiyin, boshqotirma) 1. ad. O‘zbek mumtoz adabiyotida shehriy janr, poetik san’at turi. Unda biror so‘z, ism (yoki ularning bosh harflari), sana va b. yashirib beriladi. 2. Hal qilinishi lozim bo‘lgan narsa; masala. Nazariya – (arab. - taʼlimot; qoidalar majmui; umumlashma fikr) 1. Voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. 2. Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi asosiy gʻoyalar, umumlashgan qoidalar majmui. 3. Biror sohada hunar olish, malaka orttirish, mahoratni oshirish yo‘lidagi bilim-qoidalar majmui. 4. Ilm-fan, san’at va b. sohalarning mantiqiy abstrakt fikrlash yo‘li bilan ishlab chiqilgan asoslari. 5. Voqea, hodisa va h. k. ni tushunish-tushuntirishning umumiy prinsiplarini asoslab beruvchi ilmiy qonun-qoidalar majmui. O‘rganib o‘qish – o‘qishning faol turi bo‘lib, ma’lumot ustida to‘xtalib va o‘ylab o‘qish, matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, 20 O’zbek tili fani bo’yicha uzluksiz majburiy ta’lim tizimida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar /O’zbekiston Respublikasi uzluksiz majburiy ta’lim tizimining Davlat ta’lim standartlari. –Toshkent, 2013.(loyiha) sizning oldingizga qo‘yilgan savollarga javob qidirishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘qish turi materialni izchil o‘rganishni talab qiladi. Qaydlar – ko‘rib o‘qish jarayonida u yoki bu materiallarga, matnga qo‘yib boriladigan har xil belgilar. Rejali konspekt – nutqning morfologik yarusidagi eng kichik ma’no anglatuvchi birligi, morfema esa tilning morfologik yarusidagi eng kichik ma’no anglatuvchi birligidir. Sintez – (yun. - birlashtirish) bo‘laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Tanishish uchun o‘qish – kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan yuzaki tanishish. Tanqidiy-tahlily o‘qish – o‘rganilayotgan asarning mazmunini to‘liq anglash, muallif nuqtai nazarini va bu nuqtai nazarning ilm-fanda mavjud bo‘lgan boshqa qarashlarga qanday aloqadorligini tushunishga qaratiladi. Yangilik– ilgari ma’lum bo‘lmagan, yaqindagina paydo bo‘lgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, ma’lumot.