Summary

This document covers different types of student research projects and how to conduct them. It also outlines the structure and preparation of scientific papers and presentations.

Full Transcript

Mavzu 11:Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish Ma’ruza rejasi: 1. Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish 2. So‘rovnomalar o‘tkazish va tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ula...

Mavzu 11:Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish Ma’ruza rejasi: 1. Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish 2. So‘rovnomalar o‘tkazish va tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish Talabalar lmiy tadqiqot ishlarini bajarilishning asosiy shakli rahbar tomonidan shakllantirilgan vazifa ustidagi individual ishlardir. Talabalar lmiy tadqiqot ishi masalasi istiqbolli xarakterga ega bo‘lishi va mazkur vazifada qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarda o‘z aksini topishi lozim. lmiy tadqiqot ishlarini bajarishda talabalarni ma’lum ilmiy guruhlarga biriktirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu holatda talabani amaliyot o‘tash va diplom ishini bajarishda keyingi kurslarda huddi shu mavzu bo‘yicha talaba ishini davom ettirish imkoniyatiga erishiladi hamda ta’limning yakunlovchi bosqichlarining yuqori sifati ta’minlanadi. lmiy tadqiqot ishlari natijalari hisobot shaklida rasmiylashtiriladi hamda kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya oldida himoya qilinadi. Hisobotda vazifaning berilishi, vazifaning nazariy yoki xulosa qismi, olingan natijalari va ularning muhokamasi bayon etilishi lozim. Talabalarning o‘quv ishlarining barcha shakllariga, ya’ni seminar, amaliy mashg‘ulotlari, amaliyot, kurs ishi, diplom ishi va loyihalari mustaqil ishlarga kiritiladi. Talabalarga haqiqiy, ilmiy va ishlab chiqarish muammolari ustida ishlash bo‘yicha individual vazifalar beriladi, mazkur muammolar kafedra, laboratoriya, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlar, talabalik konstruktor byurolari, mavzulari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir yoki bir necha turdosh mutaxassislikdagi tarkibida ikkitadan 5 tagacha talaba bo‘lgan guruhlarda tomonidan kompleks ilmiy mavzularni ishlash tavsiya etiladi. Ijtimoiy va fundamental fanlarni o‘rganish jarayonida talabalar ilmiy referatlarni tayyorlaydilar, ular bilan seminar mashg‘ulotlarida ma’ruza qiladilar. Eng yaxshi referatlar nashr etilishga va tanlovlarga tavsiya etiladi.Bitiruvchi kafedralarda muntazam tarzda maxsus talaba seminarian o‘tkaziladi, bu seminarlarda talabalarda ilmiy xabar, referat, ma’ruza qilish hamda ilmiy bahsda faol ishtirok etish, o‘z tadqiqotlari natijalari haqida ma'ruza qilish va himoyalash, ilmiy ishlanmalarning bajarish nazoratini olib borish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Ilmiy ma’ruza qilish. Ilmiy ma’ruza asosan ilmiy amaliy konferentsiyalar. anjumanlar hamda davra suhbatlarida ilmiy tadqiqotchi tomonidan amalga oshiriladi. ilmiy ma’ruza muayyan bir muammo yuzasidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar tahlili bo‘lib, bunda muammoni hal qilish chora-tadbirlari ko‘rsatiladi. ushbu muammolar xususida boshqa qatnashchilar ham o‘z nuqtai nazarini bildirishi, taklif va mulohazalar bilan qatnashishi mumkin. ilmiy ma’ruzalar o‘quv jarayonida, seminar. konferentsiyalarda, ilmiy kengashlarda kilinadi. ilmiy ma’ruzaning mavzusi tashkillashtirilgan forumning yo‘nalishiga mos bo‘lishi shart. ilmiy ma’ruza prezentatsiya slayd, kodoskop, multimediadan foydalanib keng auditoriyaga tanishtirishni ham o‘z ichiga oladi. Taqdimot (prezentatsiya) — tanishtiruv degan ma’noni anglatadi. Ilmiy ma’ruzani taqdimot kilish tartibi kuyidagicha: 1. Reglamentga qathiy rioya kilish kerak bo‘ladi. 2. Kirish kismida ko‘rilayotgan muammoning dolzarbligi. 3. Asosiy qismda o‘rganilganlik darajasi, muammoning yechimlari, iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tiladi. 4. Xulosa qismida erishilgan natijalar va xulosalar beriladi. Ma’ruza tinglovchilarning savollariga javob berish bilan yakunlanadi. Ilmiy maqola yozish. Ilmiy maqolani yozishda muallif ikki narsaga ehtiborini karatishi lozim: - maqolada aks etayotgan mavzuning dolzarbligi va axamiyatliligi, ilmiy maqolada ko‘tarilgan muammoni o‘rganish zaruriyati; - maqolaning maqsadi, ko‘tarilgan masalaning ilmiy yechimi, takliflar, muallifning fikr va mulohazalari asosida aniq yoritilishi lozim. Muallif maqola yozishda rejaga muvofiq ishlashi lozim, aks holda, maqolaning maqsadi va vazifalari, ko‘tarilgan masalaning yechimi maqolada o‘z ifodasini topa olmaydi. Maqolaning nomlanishi maqola mazmuniga mos kelishi, qisqa va aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Maqolada tadqiqot mavzusining biror bir tomoni ko‘rib chiqiladi, muammo nimadaligi va uning yechimi haqida taklif- tavsiyalar berilgan bo‘ladi. Maqola annotatsiya, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan tashkil topishi, iqtibos va havolalar, mualliflik qisqartmalari, shartli belgilar, jadvallar, chizmalar to‘g‘ri joylashtirilishi lozim. Ilmiy maqola odatda kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rib chikiladi va muhokama qilinib, kafedra majlisi yoki ilmiy seminar qarori bilan chop etishga tavsiya qilinadi. Kurs ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari. Kurs ishi - har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil kilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar ilmiy asoslangan yozma ko‘rinishdagi taqdimotdir. Kurs ishi ustida ishlash tartibi quyidagicha: - kurs ishi mavzusini tanlash - tadqiqot rejasini tuzish - mavzu bo‘yicha asosiy manbalarni o‘rganish - zaruriy materiallarni konspekt qilish - yig‘ilgan materiallarni tartibga solish va yozish - adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish - kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishlari loyihasi profsssor-o‘qituvchilar rahbarligida talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish bo‘lib, uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan va dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizini olgandan so‘ng avvaldan belgilangan reja asosida himoya qilinadi. Himoyaning o‘tkazilish tartibida komissiyaga takdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi, e’tirozlar bo‘lmasa, muallifga 5-10 daqiqa ishning maksadi, mohiyati, olingan natija va xulosalar haqida gapirishga ruxsat etiladi. So‘ng savol-javoblar bo‘lib, komissiya a’zolari va qatnashuvchilar e’tirozi bo‘lmasa himoyaga o‘tiladi. Himoya vaqtida muallif kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Kurs ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: 1. Titul varag‘i; 2. Mundarija; 3. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3 - betdan boshlanishi kerak. (birinchi va ikkinchi varaq — bu titul varag‘i, mundarija va kirish bo‘lib, ular raqamlanmaydi). 4. Kurs ishining hajmi 25 betdan kam bo‘lmagan va 35 betdan oshmagan bo‘lishi kerak. 5. Takdim etiladigan kurs ishi kompyuterda 14 - shrift Times New Roman, 1,5 interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozda terilishi kerak. Matnning chap tomoni 3,0 mm, yukori tomoni 2,5mm, o‘ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5 mm bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Iqtibos va havolalarda muallifning familiyasi va ismi sharifi, kitobning nomi, chiqarilgan joyi va yili, sahifasi ko‘rsatiladi. 1. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 35 ta muallifdan kam bo‘lmasligi va nazariy adabiyotlar (bunda avval ingliz tilidagi adabiyotlar, so‘ngra rus va o‘zbek tillaridagi adabiyotlar alfavit tartibida beriladi); badiiy adabiyotlar; ommaviy axborot vositalari materiallari; lug‘atlar; internet – saytlari qismlaridan iborat bo‘ladi. Himoya rejasida belgilangan barcha talabalar himoyasi tugagandan so‘ng, komissiya a’zolari holi qolib, bir qarorga kelinadi va 5 balli tizimda baholanadi hamda qo‘yilgan baholar e’lon kilinadi. Qoniqarsiz baholanganlar akademik qarzdor hisoblanib, dekanat belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya kilishlari mumkin. Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga so‘ng institut arxiviga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi. Bitiruv malakaviy ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini bajarishda bitiruvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: - butun ta’lim jarayoni davomida mutaxassislik bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; - olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq ilmiy texnikaviy topshiriqlarini yechishda ishlata olish; - berilgan topshiriqlarni bajarishda izlanish usullarini o‘rganish, ulardan qo‘yilgan muammo va topshiriqlarni yechishda va tajriba o‘tkazishda foydalanish; - talabaning amaliyotda va ishlab chiqarish tizimida mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash. Malakaviy bitiruv mavzularini mutaxassislarni shakllantiruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Malakaviy bitiruv ishlar ro‘yxati ushbu ishlarni bajarish semestri boshlanishidan bir oy oldin e’lon kilinadi. Malakaviy bitiruv ishlari talabalarning bitiruv ishi bajarilgunga kadar, bajargan kurs loyihalari (ishlari), ilmiy (fundamental fanlar bo‘yicha) va mutaxassislik fanlari (texnologiyada EHMni qo‘llash, jarayonlar va apparatlar, ularni loyihalash, umumiy texnologik asoslar) hamda boshqa yo‘nalish fanlar bo‘yicha kurs va loyiha ishlari, shuningdek, bitiruv ishlari kafedradagi “Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari” jamoasi mavzularining davomi sifatida bajarilishi kerak. Bitiruv ishlari mantiq jihatdan oldingi bajarilgan ishlarning mantiqiy tugallangan bo‘lishi talab qilinadi. Bitiruv ishlar mavzularini talabalar erkin tanlash huquqiga ega, bunda belgilangan mavzulardan tanlashlari yoki o‘zlari ham asoslagan qolda yangi mavzular olishlari mumkin. Bitiruv ishlar mavzulari, talabalarga ularning shaxsiy arizalari bo‘yicha biriktirilgandan so‘ng bitiruv ishi kafedra va fakultet takdimnomasiga asosan institut rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Malakaviy bitiruv ish mavzusiga muvofiq rahbar talabaga bitiruv ishga amaliyot obyektini o‘rganish va material yig‘ish uchun topshiriq beradi. SHu bilan birga maxsus shaklda ilmiy rahbar yordami bilan tayyorlangan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlagan va bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan bitiruv ishi topshirig‘i ham beriladi. Malakaviy bitiruv ish rahbari talabaga topshiriqlarni vaqtida bajarish bo‘yicha taqvim rejani ishlab chiqishda, kerakli adabiyotlar va manbalarni topishga yordam beradi. Bitiruv ishi tugallangach, ilmiy raxbar uni imzolaydi va bitiruv ishining bajarilishi, talabaning ishga bo‘lgan munosabati haqida yozma xulosa beradi. Ilmiy rahbar xulosasida bajarilgan ishlarning barcha qismlari kiskacha tavsiflanishi kerak. Talaba himoyadan 7-10 kun oldin, rasmiylashtirilgan bitiruv ishini ilmiy rahbarning taqrizi bilan dastlabki muhokama-himoya uchun kafedraga topshiradi. Kafedrada tuzilgan komissiya a’zolari malakaviy bitiruv ishining mazmuni, rasmiylashtirilishini ko‘rib chiqib, kamchiliklarini ko‘rsatadi va kafedra mudiriga ishning himoyaga qo‘yilishi to‘g‘risida taklifni takdim etadi. Kafedra mudiri talaba malakaviy bitiruv ishining himoyaga qo‘yilishi to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqib, bitiruv malakaviy ishi titul varag‘iga qo‘l qo‘yadi. Agar kafedra mudiri, bitiruv ishini ximoyaga qo‘yilishi mumkin emas deb hisoblasa, unda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbar ishtirokida alohida ko‘rib chiqiladi. Kafedra majlisi karori fakulgtet dekani orqali tasdiqlash uchun institut rektoriga chiqariladi. Kafedra mudiri tomonidan himoyaga qo‘yishga ruxsat berilgan malakaviy bitiruv ishlari fakultet dekani tomonidan tashqi takrizga yuboriladi. Takrizchilar sifatida boshqa institut professor-o‘qituvchilari ham taklif kilinishlari mumkin, fakat ular shu yo‘nalishdagi kafedralarda ishlayotgan bo‘lishlari kerak. Malakaviy oitiruv ishlarining himoyasi Davlat Atestatsiya Komissiyasining (DAK) ochiq majlisida kamida komissiya a’zolarining yarmi qatnashgan holda o‘tkaziladi. Malakaviy bitiruv ishlarining himoyasiga quyidagi hujjatlar takdim etiladi: - fakultet dekanining talabalar o‘quv rejasini bajarganligi va olgan baholari haqida ma’lumot; - bitiruvchi - talaba haqida tavsifnoma; - bitiruv ishi rahbarining xulosasi; - bitiruv ishiga olingan taqriz. Malakaviy bitiruv ishini himoya qila olmagan talaba institutni bitirganidan so‘ng 3 yil ichida malakaviy bitiruv ishini qayta himoyaga qo‘yishi mumkin, bunda shu yo‘nalishda ishlaganligi to‘g‘risida hujjat va tavsiyanoma berilishi kerak. Malakaviy bitiruv ishi himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) saqlanadi. Malakaviy bitiruv ishini rasmiylashtirishga ko‘yiladigan talablar: 1. Titul varag‘i; 2. Mundarija; 3. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3-betdan boshlanishi kerak. (birinchi va ikkinchi varaq - bu titul varag‘i, mundarija va kirish bo‘lib, u raqamlanmaydi). 4. Malakaviy bitiruv ishining xajmi 50-60 betdan oshmagan bo‘lishi kerak. 5. Taqdim etiladigan malakaviy bitiruv ishi 1,5 interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozda qo‘lda yozilishi, matnning chap tomoni 3,0 mm, yuqori tomoni 2,5 mm, o‘ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5 mm bo‘sh joy bo‘lishi kerak. 6. Iqtibos va havolalarda muallifning familiyasi va ismi sharifi, kitobning nomi, chikarilgan joyi va yili, saxifasi ko‘rsatiladi. 7. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida avval ingliz tilidagi adabiyotlar, so‘ngra rus va o‘zbek tillaridagi adabiyotlar alfavit tartibida tuziladi.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser