ITM 7 PDF - Uyghur Ilmiy Adabiyotlar

Summary

This document outlines the methods of reading academic texts and utilizing sources. It covers various approaches, including introductory, review, and detailed study of academic materials. The document also incorporates techniques like note-taking and citations. A thorough understanding of the methodology is paramount for effective academic study and research.

Full Transcript

7-Mavzu: Ilmiy adabiyotlarni o‘qish va manbalardan foydalanish Reja: 1. Ilmiy o‘qish va qayd etish shakllari. 2. Konspektlashtirish turlari va unda ansipatsiyadan foydalanish. 3. Materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish....

7-Mavzu: Ilmiy adabiyotlarni o‘qish va manbalardan foydalanish Reja: 1. Ilmiy o‘qish va qayd etish shakllari. 2. Konspektlashtirish turlari va unda ansipatsiyadan foydalanish. 3. Materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish. 1. Ilmiy o‘qish shakllari va qayd etish shakllari. Ilmni chuqur egallash, ilmiy tadqiqot faoliyatini boshlash, avvalo, ta’lim jarayonida beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirish, o‘zi ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirib borishni talab etadi. Buning uchun, avvalo, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirib borish (asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish); o‘quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va etkazib berish hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘z matnini tuza olish; ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, mustaqil ishlash uchun berilgan o‘quv topshiriqlarini bajarish (konspekt yozish, referat tayyorlash, taqdimot qilish, o‘quv loyihalarini bajarish va boshqalar) talab etiladi. Buning uchun ilmiy o‘qish shakllarini bilishni, o‘quv adabiyotlarni qanday o‘qish usullarini bilib olishingiz maqsadli bo‘ladi. O‘qish nutq faoliyatining murakkab turi bo‘lib, u 2 jihatga ega: texnik o‘qish va ijodiy o‘qish. Texnik jihati ifodali o‘qish, tez o‘qish, ko‘z yugurtirib o‘qish, tanishish uchun o‘qish, o‘rganib chiqish uchun o‘qish kabi turlarga bo‘linadi. Ijodiy jihatida esa o‘zi uchun zarur ma’lumotni topish va tanlab olish, Ilmiy o‘qishning quyidagi turlari mavjud:  tanishib o‘qish  ko‘rib o‘qish  o‘rganib o‘qish Ilmiy adabiyotlarni o‘qish jarayonida fikrni bir joyga to‘plash va quyidagi tartib-qoidalarga rioya qilish zarur:  o‘qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish;  tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash;  siz uchun muhim bo‘lgan savollarga javob axtarish. Ilmiy ishingiz yoki sizni qiziqtirgan mavzuga doir fikrlar, dalillar, raqamlar, har xil qarashlarni ko‘chirib olmoq zarur bo‘ladi. O‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni o‘z nuqtai nazaringizdan baholab borish zarur, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan va tadqiqotingiz uchun muhimligi nuqtai nazaridan baholab borish zarur bo‘ladi. Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to‘plami, tezislar to‘plami bilan ishlash tartibi Бос=ич – тезли к да к ыздан к ечириш , мундариж ан и ы=и ш. М а=сад – тезли к да к ерак ли ва =и зи =арли материални ани=лаш Аг арда сиз ж урнал, тыплам тарк и бий ту зилмасини , сизг а таниш оли м ва тад=и =отчилар фамилиясин и билсанг из, у щолда Бос=ич – белг илаб маълум бир мавзудаг и материални =ыйилг ан ма=олаларни излаш анча енг иллашади. Ж урнал чу=ур =араб чи =иш. ёк и тыпламг а бирин чи маротаба М а=сад – зарурий мурож аат =илинг анда ы=и ш зарур маълумотни оли ш. быладиг ан ма=олалар номлари щош иялариг а белг и =ыйи ш фойдадан х оли былмайди. Ушбу бос =ичда алощида белг илаш, аж рати ш, матнни алощида маъноли былимларг а были ш, =ир=и млар =илиш к ыни к малариг а эг а былишлик к а ырг аниб бори шинг из зарур былади. Manba bilan tanishish, odatda, tanishib o‘qishdan boshlanadi. Bunda, avvalo, mundarija, predmet ko‘rsatgichi, annotasiya, kirish va xulosa, boblar va bo‘limlarga bo‘linishi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqiladi. Bunday o‘qishdan maqsad muallifning umumiy nuqtai nazari va u ko‘tarib chiqqan muammo, ishning tuzilmasi, o‘rganilayotgan muammolar doirasi, eng ahamiyatli tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishdir. Tanishib o‘qishda o‘zga axborotni o‘quvchi ehtiyojlariga mosligi o‘rganiladi, tadqiq etilayotgan mavzu nuqtai nazaridan ahamiyatli va qiziqarli bo‘lgan bo‘laklar ajratiladi, ular nafaqat tushunish, balki keyingi ish olib borish uchun qayd etilib, muallif va o‘quvchi nuqtai nazarlaridan yaqinlik darajasi baholanadi Ilmiy matnni batafsil tadqiq etish, o‘rganish uni ko‘rib o‘qishdan boshlanadi. Ko‘rib o‘qishdan maqsad o‘qilgan matn haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish: unda mavjud bo‘lgan axborot turlari haqida, ularning o‘rganilayotgan mavzuga tegishlilik darajasi, bayon etishning xarakteri va uslublari, boblar va bo‘limlarga ajratilish tamoyillari kabilar haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish hamda manba bilan keyingi ish olib borishning strategiya va taktikasini aniqlab olishdir. Ko‘rib o‘qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab olinadi. Ishga xos fikr yuritish uslublarining va materialni etkazib berilishining o‘ziga xosligi aniqlanadi; mazkur tadqiqotning xususiyatlari haqida birlamchi tasavvur shakllantiriladi; o‘qilayotgan matnning idrok etish uchun qiyin bo‘lgan, anglash va qayta ishlovni talab qilgan lavhalari ajratib ko‘rsatiladi. Tanishish uchun o‘qish odatda tanishuv va o‘rganuv o‘qishdan oldin amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan tanishish zarurati bo‘lganda foydalaniladi. Tanishib o‘qish jarayonida odatda titul varag‘i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o‘qib chiqiladi. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi shu manba qay darajada kerakligini aniqlab olishga yordam beradi Ko‘rib o‘qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, shuningdek, olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala bo‘yicha o‘z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi. O‘rganib o‘qish – o‘qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida to‘xtalib va o‘ylab o‘qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo‘yilgan savollarga javob qidirishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘qish turi materialni o‘rganishda ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha), matn haqida shahsiy fikrni tuzishga yo‘llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. O‘rganib o‘qishda o‘quvchi o‘zining tushunishi va anglashini muntazam ravishda tekshiradi. Matnni rivojlanishi o‘rganilayotgan ishning butun hajmida kuzatilgan jabha, mavzularga bo‘lish ilmiy manbani o‘zlashtirishga yaxshi yordam beradi. Kitob bilan ishlash mahorati ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari haqida bilimga ega bo‘lish va uning ahamiyatini tushunish, tanishib o‘qish jarayonida kitob haqida zaruriy ma’lumotni chiqarib olish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Kitobning tarkibiy apparati (elementlari):  Sarlavha;  Annotasiya;  Mundarija;  So’z boshi;  So’z oxiri;  Ma’lumot apparati. Ko‘rib o‘qish jarayonida u yoki bu materiallarga har xil yo‘llar bilan belgi qo‘yish, ya’ni matnda qaydlar qilinishi mumkin, ularga tayangan holda o‘quvchi o‘qishning keyingi bosqichiga o‘tadi, biroq bunday qaydlarni qilganda kitob o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan holda ham, belgilarni qo‘yganda matnga xalaqit bermasligi va uni bemalol o‘qish imkoniyatini saqlab qolish haqida o‘ylash lozim. Agar kitob boshqa odamga tegishli bo‘lsa yoki kutubxona mulki bo‘lsa, matnda hech qanday qaydlar qilish mumkin emas. Bu holatda alohida qog‘ozda belgilar qilib, uni kitobning taalluqli o‘sha varag‘iga qo‘yish lozim. Bunda asosiy matnga tegmagan holda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan barcha qaydlarni qilish mumkin. Ko‘rib o‘qish jarayonida qayd qilish usullari:  Belgilar qo’yish orqali;  Qalam bilan belgi qo’yish orqali;  Alohida belgi tizimini qo’llash. Mutolaa qilingan material mazmunini qayd etish uslullari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: Materiallarni qayd etish usullari:  Ko’chirmalarni topish;  Konspektlarni tuzish;  Tezislar tuzish. Tanqidiy-tahlily o‘qish o‘rganilayotgan asarning mazmunini to‘liq anglash, muallif nuqtai nazarini va bu nuqtai nazarning ilm-fanda mavjud bo‘lgan boshqa qarashlarga qanday aloqadorligini tushunishga qaratiladi. Bunda axborotni nafaqat bevosita shakllantirilgan holatlardan, balki turli bilvosita va matn osti tuzilmalardan, ya’ni argumentasiya qilish uslublari, tushuntirish va isbotlash uslublari, iqtibos, nazariy holat va ko‘rgazmali til materiali o‘rtasidagi aloqalar, xulosalarning asoslanganligi kabi jihatlar ham o‘rganiladi. O‘rganish obyektini ajratib olish o‘z ichiga tahlilni ma’lum darajada kiritilganligi va muallifning nazariy tasavvurlariga asoslanganligi tufayli olim ishning tahliliy qismini boshlaganida albatta, jiddiy, nazariy bilimlarga ega bo‘lishi lozim, imkon qadar o‘z ilmiy qiziqishlari sohasi haqida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Aynan shu ilmiy o‘qish, hamkasblar bilan jonli muloqot bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, bitta sohibdan boshqa sohibga nisbatan oson ifodalanib etkazib beriladigan bilimdan tashqari fan bilan mashg‘ul bo‘lgan inson, bilimning xususiy shakliga ega bo‘lishi lozim. O‘qilgan va eshitilganga ishlov berib anglash fanda umumiy tarzda mavjud bo‘lgan fikrlar, bilimlarni chuqurlashtirishga, aniqlashtirishga olib keladi va uni xususiyga aylantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususiy bilim olimning shaxsiy mualliflik huquqi sifatida qaraladigan, kafolatlangan shaxsiy mulki hisoblanadi va ayni vaqtda ilm-fanning umumiy zahirasiga qo‘shilib, uni boyitib boradi. Bunday transformasiya ilmiy tadqiqot ishining muhim jabhalaridan biridir. Bugungi kunda kartoteka – tilshunosning individual ishidagi til materialini qayd etish va saqlashning eng keng tarqalgan uslubidir. Kartoteka uni tashkil qiluvchi til dalillari (alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari) aks ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni qo‘shish (yangi kartochkalarni qo‘shish), mavjud bo‘lgan kartochkalarning bo‘sh tomonini to‘ldirish, hamda turli qo‘shimcha varaqlar qo‘shish imkoniyati berishi bilan qulay sanaladi. Bunda tashkillashtirishning shakllangan tizimi buzilmaydi. Bugungi kunda ma’lumotlar banki manbalari anchagina.  Ro’yxat yuritish  Katalog yaratis;  Kartoteka tuzish tuzis;  Elektron axborot ma’lumotlari banki;  Audio va video yozuvlarning xilma-xil turlari. 2. Konspektlashtirish va unda ansipatsiyadan foydalanish Ilmiy yoki o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘qishdan keyingi jarayon uni konspektlashtirishdir. Konspekt mavzuni mavzuni chuqur o‘zlashtirish, zarur ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish imkoniyatini beradigan mustaqil o‘qish turidir. Konspekt bu oddiy ko‘chirib yozish degani emas. Konspektlashtirishdan avval asar yoki maqola o‘qib tushunilishi, zarur o‘rinlar alohida qayd etib olinishi, shundan keyingina konspetlashtirishga o‘tilishi kerak bo‘ladi. Konspektdan oldin bu jarayon bajarilmasa yoki konspekt yozib turib, boshqa bir narsa tinglab turilsa, uning samarasi bo‘lmaydi. Har qanday konspekt diqqatni jamlab bajarishni talab etadi. Konspektning rejali yoki erkin, iqtiboslar berilgan yoki oddiy mavzu bo‘yicha yoziladigan turlari mavjud. Rejali konspekt matn va rejaning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Bunda manba rejasi yohud batafsil tasavvurni talab qilgan, yoxud batafsil tushuntirishni talab qilgan alohida punktlar bo‘yicha batafsil yozuvlar bilan kengaytiriladi. Matnli yoki iqtibosli konspekt manbani undan olingan iqtiboslarning kengaytirilgan qatorini izchil bayon etish yo‘li bilan tuziladi. Erkin konspekt – manbaning mazmunini to‘liq aks etib, qayd etishning barcha uslublari bilan yaratiladi.Unda “o‘z” so‘zi bilan hikoya qilish, iqtiboslar, ko‘chirmalar va tezislar mavjud. Mavzuli konspekt – manba mazmunini to‘liq hajmda emas, balki ma’lum mavzuning nuqtai nazaridan aks ettiradi. O‘z navbatida mavzuli konspektlar ikki turga bo‘linadi. Bular xronologik va shartli konspektlar Ilmiy matn bilan ishlaganda tadqiqotchi o‘zida ansipasiyaga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Ansipatsiya matnning davomini oldindan ko‘ra bilish mahoratidir. Ansipasiyani rivojlantirishga yordam beruvchi sodda va mahsuldor uslullar: 1. Jumladagi alohida unsurlarni “o‘chirib tashlash” va olingan ma’nodagi o‘zgarishlarning xarakterini aniqlash; 2. Jumla tarkibida bo‘lishi kerak bo‘lgan, lekin tushirib qoldirilgan unsurlarni tiklash. Yuqorida bayon etilganlarning barchasi o‘rganib o‘qish jarayonida matnning kompressiya va qayd etish bilan u yoki bu darajada bog‘liqdir, bu esa ilmiy manbani to‘g‘ri talqin qilish imkoniyatini beradi. 3. Materiallarini o‘qish, to‘plash va talqin qilish Tadqiqot mavzusiga doir materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish ilmiy o‘qishning asosiy va majburiy unsurlaridan biridir. Bu o‘ziga o‘zi o‘qilyotgan matnni tushuntirish, mazkur matnni talqin qilib o‘z mavzusiga “to‘g‘rilash”dir. O‘qilganni qayd etish uslublari talqin qilish jarayonini ongli va yaqqol qiladi. U muallif nuqtai nazarining kuchli va kuchsiz taraflarini ko‘rsatib, isbot, dalil va xulosalarning ziddiyatli emasligi va ishonchliligi darajasini, amalga oshirilgan til materiali tahlilining ishonchliligi,qarashlar tizimining bahsliligi darajasini baholash imkoniyatini beradi. O‘rganib o‘qishdan keyin tahliliy-tanqidiy bosqich boshlanadi – bunda o‘rganilayotgan obyektga o‘z nuqtai nazarini ifodalash nazarda tutiladi, ya’ni ilmiy adabiyotda qanday jabhalar o‘rganilmaganligi yoki to‘liqsiz o‘rganilganligi, qanday vazifalar echim talab qilishi va bu echimlar qanday konsepsiyalarda bo‘lishi lozimligi nazarda tutiladi. Bu quyidagi metodlar yordamida amalga oshiriladi:  mazkur tadqiqot sizning mavzuingizga qanday aloqadorligini aniqlash;  tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiy manbalar tahlilining umumiy asoslarini ajratish: mavzu shakllantirilayotgan tayanch tushunchalar;  turli mualliflar asarlari bo‘yicha qo‘shma jadvallarni tuzish va bu jadval yordamida mazkur hodisaga nuqtai nazarlarni taqqoslash;  turli mualliflar tomonidan mazkur mavzu uchun muhim bo‘lgan bir xil kategoriya va tushunchalarga berilgan tavsiflarning qiyosiy tahlili va tasnifi, tasviriy tasnif matnlarini tuzish.  Bu bosqichlardan keyin qoralama matn (esse) tuzishni boshlash mumkin bo‘ladi va ilmiy tadqiqot ishning tayyorlov bosqichi shu bilan yakunlanadi. Keyingi asosiy bosqich – til materialini to‘plash, tahlil qilish va tasvirlashdan iborat.Ilmiy tadqiqiy faoliyat biron bir til hodisasi kuzatuvlari va til materialini to‘plashdan boshlanadi. Til insonga bevosita kuzatuvda berilmaganligi sabab lingvist til materiali deb nomlangan hodisa bilan ishlaydi, til materiali til taqdim etgan maxsus obyektdir. Til materialining 3 ta turi mavjud, ularga murojaat qilgan holda tadqiqotchi tilning turli jabhalarini o‘rganadi.Bular: jonli nutq, yozma matnlar, lug‘at. Tilshunos qanday vazifani hal qilishiga qarab, tadqiqotda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra, u mazkur manbalardan biriga yoki birdaniga bir nechtasiga murojaat etadi. Masalan, og‘zaki nutqda urg‘uni variantlari o‘rganilganda, gapirayotganning ijtimoiy maqomi, ya’ni jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq o‘rganiladi. Tabiiyki, til materialining asosiy manbasi sifatida jonli og‘zaki nutq xizmat qiladi. Biroq qo‘shimcha manba sifatida me’yorga muvofiq bo‘lgan urg‘uni aks etuvchi turli lug‘atlar ham ishlatiladi. Masalan, izohli lug‘at. Unda so‘z boshlang‘ich shaklda, albatta, urg‘usi bilan beriladi. Adabiy tilning me’yorlari, variantlari va so‘z qo‘llanish qiyinchiliklarini tasvirlab beruvchi ma’lumot lug‘ati ham mavjud. Radio va televidenie xodimlari uchun yaratilgan urg‘u lug‘ati ham mavjud.Unda urg‘u nuqtai nazaridan har xil talaffuz qilinadigan so‘z va so‘z shakllari yig‘ilgan bo‘lib, adabiy me’yor talablariga javob beradigan, shu bilan birga og‘zaki nutq ta’sirida bo‘lgan talaffuz variantlarida so‘zlar taqdim etilgan. Bunda savol paydo bo‘ladi: o‘rganish obyekti og‘zaki jonli nutqdagi urg‘uning variantlari bo‘lsa, lug‘atlarga nima uchun murojaat qilamiz? Me’yoriy lug‘atda adabiy me’yor aks etadi. Lug‘atlarga majburiy murojaat etishning sabablarining eng asosiysi variantlar xarakterini aniqlash uchun norma haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishdir. Bundan tashqari og‘zaki nutqda nafaqat og‘zaki, balki adabiy, kitobiy variantlar mavjud. Ikkinchi sabab me’yoriy lug‘atlarda ba’zi bir hollarda qarshi misol, ya’ni noto‘g‘ri taqiqlangan qo‘llashning misoli tariqasida adabiy me’yor nuqtai nazaridan taqiqlangan, biroq jonli nutqda tez-tez uchrab turadigan variantlar uchraydi. Ya’ni lug‘atda tadqiq etishning bevosita obyekti bo‘lgan og‘zaki variantlar lug‘atda taqdim etiladi. Bunday misollarning qiymati tadqiqot to‘plagan materiallarda mazkur variant qayd etilgan holda juda ham oshadi, chunki tadqiqotchi o‘z dalil isbotiga ega bo‘ladi va tadqiqotchi biron bir sabablarga ko‘ra, muvofiq variantni qayd etmasa, u bunday holatda qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lug‘at aksariyat hollarda til dalillari haqidagi nafaqat axborot manbasi sifatida, balki til dalillarining dastlabki tartibga solingan ulkan massivlarining saqlovchisi sifatida ham keng qo‘llaniladi. Aynan shuning uchun u til materialining nafaqat qo‘shimcha, balki asosiy manbasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, harakat va makondagi holat fe’llari materialida leksik, semantik guruh tuzilmasi o‘rganilyapti. Bu materialni, ya’ni harakat va makondagi holat fe’llarni mavjud bo‘lgan zamonaviy izohli lug‘atlardan to‘liq tanlash yo‘li bilan to‘plashadi, soddaroq qilib aytganda, lug‘atlarning yuzlab betlari o‘rganib chiqilib, ulardan to‘g‘ri yoki ko‘chirma ma’noda “harakat” va “holatdagi holat” semasiga ega bo‘lgan barcha fe’llar yozib olinadi. Adabiy tilda me’yor bu – to‘g‘ri deb tan olingan yagona variant bo‘lmasligi ham mumkin, qo‘llashning turli sharoitlariga muvofiq bo‘lgan bir nechta variant ham bo‘lishi mumkin. Til materialining manbasi sifatida matn ham xizmat qila oladi. Tilshunos matn bilan ikki jabhada ishlay oladi. U matnga kuzatuvning bevosita predmeti sifatidaxizmat qiluvchi hodisalar manbasitarzida qarashi mumkin. Masalan, deyktiv (olmosh), so‘zlar rivojlantirishga qobiliyatli bo‘lgan ko‘chma ma’nolar turlari o‘rganiladi. Vazifa bunday qo‘yilganida tadqiqotchi lug‘atlarda qayd etilgan olmoshlarning ko‘chma ma’nolarini aniqlashi va kuzatishi, deyksislarda turli, avvalambor, badiiy matnlarda vujudga keluvchi ko‘chirma qo‘llanilishini va nihoyat jonli og‘zaki nutqdagi deyksislarning bilvosita ko‘chirma qo‘llanilishini o‘rganishi lozim. Biroq matn o‘rganishning nafaqat manbasi, balki mustaqil obyekti ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda gap tadqiqotlar predmeti aynan matn, uning mavzu, leksik, semantik va stilistik tashkillashtirilishi bo‘lgan holatlar haqida ketadi. Til materiali bilan ishlashda tadqiqotning manba va obyektlari qanday bo‘lishiga qaramasdan, obyektni ajratib olish jarayonlari, uning kuzatuvi va kuzatuv natijalarini qayd etish parallel tarzda amalga oshiriladi. Masalan, o‘z oldiga olmoshlarning ko‘chirma ma’nosi turlarini kuzatish vazifasini qo‘yganda, ularni lug‘at, matn, jonli nutqda topib, ko‘chirma yoki to‘g‘ri ma’noda qo‘llanilganini, agarda ko‘chirma ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa, ko‘chirishning qaysi turi ishlatilganini aniqlash lozim. Shunday qilib, kuzatuv, ajratish va tahlil bir paytning o‘zida bo‘ladi. Albatta, tahlil uchun bu birinchi bosqich, u o‘z navbatida materialni tahliliy o‘rganish jarayonida izchil davom ettiriladi. Til nafaqat insonni, balki kishilik jamiyatini ham barpo etgan, uning taraqqiyotiga sabab bo‘lgan va hozirgi kunda ham turli mamlakatlarni bir-biriga bog‘lab turgan buyuk ne’mat, qudratli kuchdir. SHuning uchun tillarni o‘rganish, til ta’limining eng samarali intensiv metodlarini ishlab chiqish masalalariga hamisha katta e’tibor qaratib kelingan, til o‘qitish metodlari muntazam takomillashtirib borilgan. MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARI Abstraktlashtirish– qiziqtirgan aniq narsa yoki hodisalarga xos belgilar, xossa- xususiyatlar va munosabatlarni fikran ajratish, tabaqalashtirish jarayonidir. Adabiyotlar ro‘yxati – maqolada, asarda foydalanilgan va muayyan tartibda berilgan adabiyotlar ro‘yxati. Analiz – (yun. analysis–ajratish) kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish orqali amalga oshiriladigan tekshirish usuli. Analogiya – (yun. analogia - muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik) xulosa chiqarish shakli bo‘lib, bunda ikki narsa, hodisa o‘rtasidagi biror jihatdan o‘xshashlik asosida ularning o‘xshashligi va boshqa jihatlari haqida xulosa chiqariladi. Ansipatsiya – matnning davomini oldindan ko‘ra bilish mahorati. Deduksiya – Oldindan mavjud bo‘lgan bir umumiy haqiqat, umumiy Prinsipning o‘ziga xos mantiqiy qoidalarga asoslangan holda yakka holatlarga tadbiq qilinishi. Erkin konspekt – bir xil grammatik hodisalar majmui, yig‘indisidir. Havola – keltirilgan fikrlarning kimga qarashli ekanligi, qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatuvchi raqamli ko‘rsatkich. Iqtibos – o‘zgalar fikrini aynan o‘zgarishsiz keltirish. Iqtibosli konspekt – so‘z va so‘z shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi lisoniy birlikdir. Ixtiro – xalq xo‘jaligining turli sohalarida, ijtimoiy, madaniy, qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, o‘ziga xos texnikaviy yechimga ega bo‘lgan yangilik. Janr – (fr. genre — jins, tur) san’at asarlarining syujet va uslub jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan turi. Kartoteka – alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari aks ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni qo‘shish imkoniyati mavjud bo‘lgan kartochkalar jamlanmasi. Katalog – (yun. katalogos — roʻyxat) bir turdagi narsalarning (kitob, qo‘lyozma, muzey eksponatlari va h. k. ning) ma’lum alifbo tartibida tuzilgan ro‘yxati. Konspekt – (lot. conspectus - nuqtai nazar; qarash) kitob, maqola, ma’ruza va h. k. ning qisqa yozib olingan mazmuni, bayoni. Konspektlashtirish – bir tildagi so‘z tuzilishi, gapda so‘zlarning o‘zgarishi va birikishini o‘rganadigan ilmning nomidir. Mavzuli konspekt – so‘z shakllarini, so‘zlarning leksik-grammatik jihatdan turlarini, bo‘linishlarini, guruhlarini o‘rganadigan bo‘lim.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser