9th Grade Literature - 2-CHSB Past Paper - Uyghur

Summary

This Uyghur language document appears to be a past paper for a 9th grade literature exam from the 2-CHSB exam board. It includes questions and answers focused on literature analysis and literary figures.

Full Transcript

9-sinf adabiyot 2-CHSB II variant 1. (B – 2). Ogahiy hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Munis boshlab qo‘ygan “Firdavs ul-iqbol” (“Iqbol bog‘i”) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825-yilgacha bo‘lgan tarixini yozib tugatadi. B) Kistan Qaro Odilga bag‘ishlang...

9-sinf adabiyot 2-CHSB II variant 1. (B – 2). Ogahiy hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Munis boshlab qo‘ygan “Firdavs ul-iqbol” (“Iqbol bog‘i”) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825-yilgacha bo‘lgan tarixini yozib tugatadi. B) Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan “Gulzor” asari yetib kelgan. C) Uning bizgacha ikkita devoni yetib kelgan bo‘lib, nisbatan to‘liq hisoblangan turkiy devoniga 189 ta g‘azal kiritilgan. D) “Ajab zamona”, “Zamona kimniki” kabi bir qator hajviy asarlarning muallifi hisoblanadi. 2.(B – 2). Furqat hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ma’lumot berilgan javobni aniqlang. A) “Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘zlaring” g‘azalida yor go‘zalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati zavq bilan kuylanadi. B) XIX asrning oltmishinchi yillarida “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (“Baxt shohidi”) tarixiy asarlarini yozgan. C) “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), “Navodir un-nihoya” (“Tuganmas nodirlik lar”) nomli ikki devoni bor. D) Tоg‘аsi Muhаmmаd Siddiq yordаmidа “Mаdrаsаi Oliy” vа “Mаdrаsаi Chаlpаk” mаdrаsаlаridа tаhsil ko‘rgаn. 3.(B – 2). Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang. Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. A) tashbeh B) tashxis C) tazod D) mubolag‘a 4.(B – 2). Imom Buxoriy hayoti va ijodiga oid ma’lumotni aniqlang. A) “Siroj ul-muslimin”, “Arba’in” kabi bir qator diniy mavzularda asarlar yozgan. B) Umrining yigirma yildan ortig‘ini sayohatlarda, asirlikda o‘tkazgan. C) Ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. D) Hazrat Alining “Nafs ul-laoliy” asarini she’riy yo‘l bilan o‘zbekchalashtirgan. 5.(Q – 2,8). Ogahiy qalamiga mansub g‘azal tahlili keltirilgan javob qatorini aniqlang. A) “Do‘stlar g‘animatdur sayr eting gulistonlar” misralari orqali bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarni g‘animat bu damlarda gulistonlarda sayr etishga chaqiradi. B) Bir qamar siymoning go‘zalligini ta’riflar ekan uning jodu ko‘zlari yuz jodu qilishga shay ekanligi aytib o‘tilgan “Kashmirda” nomli g‘azali mavjud. C) Amaldorlarga qarata murojaat qilib, manmanlik emas, kamtarlik qilish zarurligini ta‘kidlab “Manman demang, beklar, kenglik qiling” misralarini bitgan. D) Yorning noz, ado, g‘amzasi tufayli xasta bo‘lgan shoir “Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustuna” misralarini bitadi. 6.(Q – 2,8). Ogahiy qalamiga mansub g‘azal tahlili keltirilgan javob berilgan qatorni aniqlang. A) Muallif o‘z do‘stlariga murojaat qilib, yoshlikni behuda o‘tkazmaslikka da’vat etadi va “Ahbob, yigitlikni g‘animat tutungiz” misralarini bitadi. B) Ijodkor ishq yo‘lida yuzi shu darajada sarg‘ayadiki yoriga “Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma” deya murojaat qiladi. C) Bahor go‘zalligini madh etgan shoir uni g‘animat ekanligiga ishora qilib “Kim, g‘animatdir necha kun, ey qadi ra’no bahor” misralarini bitadi. D) Shoir “Meni men istagan…” deb boshlanuvchi g‘azalida suhbatlashishni xohlaydigan insonlari u bilan suhbat qurishni xohlamasliklaridan shikoyat qiladi. 7.(Q – 2,8). Furqat qalamiga mansub g‘azal tahlili keltirilgan javob qatorini aniqlang. A) Ushbu she’rda lirik qahramonning “Labing ustidagi nuqta(xol) yanglish qo‘yilganmi?” degan iddaosiga yor: “Kotibi qudrat tahrirda xato qildimikan?” – deya sho‘xlik bilan javob qaytaradi. B) Hayot har bir inson uchun bir imtihon ekaniga urg‘u beradi. G‘azalda garchi “Dunyoni imtihon etib ket” deyilgan bo‘lsa ham, kishi dunyoni imtihon qilmasligini, aksincha, dunyo shaxsni imtihondan o‘tkazishi nazarda tutilgan. C) Ijodkor o‘z g‘azallarida so‘zlardan ustalik bilan foydalanadi, yor so‘zini bir vaqtning o‘zida ham yaratganga, ham ma’shuqaga murojaat sifatida tushunish mumkin bo‘lgan “Eshit” radifli g‘azalini yozadi. D) Ijodkor bir g‘azalida dunyoni omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga qiyos etar ekan, odamlarni dunyoga ko‘ngil qo‘ymaslikka da’vat etadi. 8.(Q – 2,8). Furqat qalamiga mansub g‘azal tahlili keltirilgan javob qatorini aniqlang. A) Uning bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, “yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa” deb nozlanadi. B) Ijodkor bir g‘azalida ma’shuqa boshiga tong mahali oftobning nur yog‘dirishini “Zarra- zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob” misralari orqali ifodalaydi. C) Ijodkor bir g‘azalida yakka-yu yagona farzandini urushga jo‘natib, uning hajrida kuyib o‘rtanayotgan otaning iztiroblarini tasvirlab, podshohlarni adolatga chorlaydi. D) Ijodkor zamonning va zamondoshlarining kulfatlaridan, qilayotgan yomonliklaridan afsus chekayotgani, natijada ko‘ngilda dog‘, ya’ni og‘riq paydo bo‘layotganini ta’kidlaydi. 9.(Q – 2,8). Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: “Rasululloh (s.a.v.): “Mo‘min kishi o‘zini bir inga ikki marta chaqtirmaydi”, – dedilar. Ushbu hadisning xulosasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Inson nima qilsa ham, o‘z yo‘lidan qaytmasligi kerakligi aytib o‘tilgan. B) Inson oldida hamisha ikki yo‘l bo‘lishi aytib o‘tilgan. C) Inson doim yaxshilik va yomonlik orasidan yurishi kerakligi bayon qilingan. D) Inson bir marta qilgan xatosini qaytib takrorlamasligi kerakligi aytilgan. 10. (Q – 2,8). Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.): “Hayo qayerda bo‘lmasin kishini bezaydi, chirkin so‘z har qayerda kishini jirkanch ko‘rsatadi”, – dedilar. Ushbu hadisning xulosasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Soxtakorlar niqobini uzoq muddat taqib yura olmasligi, siri fosh bo‘lishi bayon qilingan. B) Samimiy so‘zlar hayo egalarining bezagidir deyilmoqda. C) Hamisha chiroyli xulq bilan so‘zlashga, behayo so‘zlamaslikka da’vat mavjud. D) Qo‘pol gapiruvchilarning ko‘ngilni uzib olishlari haqidagi fikrlar mavjud. 11.(Q – 2,8). Oybekning “Navoiy” romani voqealari yuzasidan bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Husayn Boyqaro Hirotga qayta hujum qilishdan avval Bobo Xokiy bilan uchrashib, uning duosini oladi. B) Navoiy hazil-mutoyibani xushlamaydigan, o‘ta qisqa gapiradigan va mulohazakor bo‘lganligi sabab, kishi tomonidan berilgan savollarga joiz deb bilsagina javob qaytarar, savol ma’qul kelmasa, kulibgina qo‘yar edi. C) Mirzo Yodgor Husayn Boyqaro bilan birinchi jangda mutlaq g‘alaba qozonib Hirotni qo‘lga kiritadi va o‘zini hukmdor deb e’lon qiladi. D) Boboali Alisher Navoiydan juda ko‘p yaxshiliklar ko‘rgani uchun doim shoirning iltimoslarini yo‘q demay bajaradigan sadoqatli shogird edi. 12.(Q – 2,8). Oybekning “Navoiy” romani asari qahramoni Muhammad Sayid obrazi yuzasidan bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) Alisher Navoiyga hamisha hasad bilan qaraydigan, uning muvaffaqiyatlariga xalal berishga urinadigan obraz. B) Ichkilikka berilgan, mamlakat ishlariga aralashishni unchalik yoqtirmaydigan, lekin shoirlikdan yaxshigina xabardor bo‘lgan obraz. C) Bir vaqtlar ko‘rsatgan xizmatlar uchun o‘zini hukmdor oldida juda erka tutadigan, ba’zi holatlarda podshohga qarshi chiqishga ham urinadigan qahramon. D) Hukmdor tomonidan “pahlavoni olam” unvoni bilan taqdirlangan, shu bilan birgalikda she’riyat va musiqadan ham yaxshi xabardor bo‘lgan obraz. 13.(Q – 2,8). Oybekning “Navoiy” romani voqealari yuzasidan bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Navoiy Xo‘ja Afzalni o‘ziga yaqin sirdosh bilib bosh vazir lavozimiga tayin etadi. B) Alisher Navoiy o‘zi xohlamasa-da, muhrdorlik lavozimini qabul qiladi. C) Husayn Boyqaro Mirzo Yodgorni mamlakatdan surgun qilish haqida qaror qabul qiladi. D) Bobo Xokiyga hurmat ko‘rsatish maqsadida Navoiy uni saroyga yaqin joyga ko‘chirib keladi. 14.(Q – 2,8). Oybekning “Navoiy” romani yuzasidan bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Majididdin hamisha oddiy fuqarolar tarafini oladigan, adolatsiz amaldorlarni yomon ko‘rar edi. B) Husayn Boyqaro ota-bobolari kabi jang-u jadallarni yoqtiradigan, turli bazmlarni xushlamaydigan obraz edi. C) Alisher Navoiy fuqarolar qanchalik ko‘p bo‘lmasin barchasini qabul qilar, ularning dardini eshitar edi. D) Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlik tufayli barcha odamlar o‘z ona tilini mukammal o‘rganishga bel bog‘lagan edi. 15.(M – 4). Ushbu parcha haqidagi TO‘G‘RI hukmni aniqlang. Boshima yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yomon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. A) Birinchi baytda oshiqning Farhod singari Besutun tog‘iga borish istagida ekanligi ifodalangan. B) Ikkinchi bayt oshiq chekkan g‘amlar Farrhodning dard-alamlaridan ham ortiqroq ekanligi ifodalangan. C) Birinchi baytda oshiq o‘zining muhabbatini isbotlash maqsadida Farhod qazigan Besutun tog‘idan mingtasini qazishga tayyor ekanligi ifodalangan. D) Ikkinchi baytda Farhodning ishq yo‘lidagi adolatsizliklari tufayli ma’shuqa g‘azabiga duchor bo‘lgani bayon qilingan.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser