TILSHUNOSLIK FANINING O'RGANILISH SOHASI VA MAVZUSI PDF

Summary

This document discusses the subject and scope of linguistics, exploring its relationship with other disciplines like philosophy and sociology. It highlights the importance of language in human thought and communication, emphasizing its role as a socio-cultural phenomenon.

Full Transcript

*I BOB* TILSHUNOSLIK FANINING O'RGANILISH SOHASI\ VA MAVZUSI Tilshunoslik tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o'mi, ichki tuzilishi - tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o'rganadigan-...

*I BOB* TILSHUNOSLIK FANINING O'RGANILISH SOHASI\ VA MAVZUSI Tilshunoslik tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o'mi, ichki tuzilishi - tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o'rganadigan- fandir. Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o\'rganadi. Ma\'lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmining mavzusidir. Shu tufayli mantiqchilar tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikming tilda aks etishini o'rganmasliklari mumkin emas. Undan tashqari, til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog'langan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Mantiq tilni ana shu yo'nalishda o'rganadi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o'rganiladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo'lgan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. Shunga ko'ra, tarixchilar til tarixiga, tilshunoslar esa o'z navbatida tarix faniga murojaat qilmay ilojlari yo'q. Demak, tilshunoslar tilga oid masalalami hal qilishda etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika va boshqa fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. Shunday qilib, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlar uchun ham o'rganish sohasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu sohadan har bir fan o'z mavzusini ajratib oladi. O'rganilish sohasini ajratib olish nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki turga: *mikrolingvistika* fkichik tilshunoslik) va *makrolingvistika* (katta tilshunoslik)ga ajratiladi. *Mikrolingvistika -* tilning faqat ichki, ya'ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini, *makrolingvistika* esa, tilni boshqa fanlar bilan qo'shilib o'rganadi. *Makrolingvistika* - tilning paydo bo'lishi va uning taraqqiyot qonunlari, tilning ijtimoiy mohiyatini: uning tafakkur bilan munosabatini, til va boshqa signal sistemalari orasidagi o'xshashlik va farqlami, tilning tarqalishi - idialekt (shaxsiy sheva), yangi til masalalari kabi muammolami o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda til nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Xususan: - *«Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Sossyur).* - *«Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo jgan mexanik harakatidir».* - *«Til fikrni ifoda qilishga modjallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse),* degan fikrlar mavjud. Bu fikrlaming birortasi, ular garchi bir-birini to'ldirsa ham, tilning to'liq ta'rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o'rni naqadar muhim ekanini ko'rsatib, *«til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir»,* deb ta'riflaydilar. Til yakkayu yagona aloqa vositasi emas. Aloqa boshqa vositalar orqali ham o'matilishi mumkin. Masalan, Morze alfaviti, imo-ishoralar, Afrikada uzoq masofaga axborot berish uchun qo'llaniladigan nog'ora tovushlari, Kanar orollarida ishlatiladigan «Hushtak-tili» shular jumlasidandir. Lekin bular tilga nisbatan yordamchi, ikkinchi darajali vositalardir. Til va boshqa aloqa vositalari orasida o'xshashlik va farqlar mavjud. Bu vositalami bir- biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar: - *fikr va hissiyotlarni ifodalaydi;* - *ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi;* - *moddiy (tovush to jqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi);* - *obyektiv borliqni aks ettiradi.* Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo'ladi: 1. Til fikr va hissiyotlami ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo'llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko'lami cheklangan, masalan, ko'cha harakati belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. 2. Til quruq axborotning o\'zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy holotini aks ettiradi. 3. Tildan boshqa barcha signal sistemalari sun\'iydir.^1^ Ular odamlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Sun'iy vositalaming yaratilishida odamlaming hammasi emas, balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh ishtirok etadi. Til esa odamlaming istak-xohishlariga bog'liq bo'lmaydi, uni jamiyat a'zolari o'z ixtiyorlari bilan o\'zgartira olmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ulaming ehtiyojlarini to'la-to'kis bajaradi, garchand til o'zgaruvchan hodisa bo'lsa-da, u faqat o'zining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga shuni ham qayd qihsh kerakki, jamiyat bo'lmasa, til bo'lmaydi; jamiyat tilni kundalik hayotida qo'llamasa, u (til). rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir- birini taqozo etadi. Boshqa signal tizimlari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo'shimcha vosita sifatida namoyon bo'ladi, tilni to'ldiradi. Shunday qilib, til o'ziga xos semiologik sistema (ya'ni, ishoralar sistemasi) bo'lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta'minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy meros va an\'analami yetkazuvchi vosita xizmatini o'taydi. Til - ijtimoiy hodisa Tilning paydo bo'lishi va uning taraqqiyot yo'lini o\'rganish tilning qanday hodisa ekanligini tasawur qilish imkonini beradi. Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o'rtasida kurash boradi. Quyida shular to'g'risida fikr yuritamiz. Shulardan biri XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Shleyxer u yoki bu hodisaning tabiiy yoki ijtimoiyligini xalqning irodasi shu hodisaga ta'sir ko'rsata olish-olmasligi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog\'liq bo'lmaydi, u o'z qonunlari asosida rivojlanadi, demak, til tabiiy Hayvonot dunyosi va, shu jumladan, parrandalar «tili» bundan mustasnodir.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser