Tarixdagi daxshatli odatlar PDF
Document Details
Uploaded by AmenableSugilite7837
2024
Adham Mavlonov, Safoxon Mirzohidov
Tags
Summary
Bu kitobda insoniyat tarixidagi turli madaniyat va jamiyatlarda paydo bo'lgan noodatiy va ba'zan qo'rqinchli odatlar batafsil tahlil qilinadi. Mumiyolash, diniy urf-odatlar, inson qurbonliklari, go'zallik me'yorlariga oid odatlar va oziq-ovqat odatlari haqida ma'lumotlar beriladi.
Full Transcript
Adham Mavlonov Safoxon Mirzohidov Tarixdagi g’ayrioddiy va daxshatli marosimlar 1-kitob 2024 Reja: Annotatsiya Kirish I bo‘lim. O‘lim va marosimlar 1.1. Mumiyolash amaliyoti 1.2. G’ayrioddiy qabr marosimlari II bo‘lim. Ijtimoiy va madaniy odatlar 2.1. Inso...
Adham Mavlonov Safoxon Mirzohidov Tarixdagi g’ayrioddiy va daxshatli marosimlar 1-kitob 2024 Reja: Annotatsiya Kirish I bo‘lim. O‘lim va marosimlar 1.1. Mumiyolash amaliyoti 1.2. G’ayrioddiy qabr marosimlari II bo‘lim. Ijtimoiy va madaniy odatlar 2.1. Inson qurbonliklari 2.2. Hitobashira qurbonligi III bo‘lim. Go‘zallik va estetika 3.1. Oyoq bog’lash odati 3.2. Tanani tatuirovka qilish va shramlashtirish IV bo’lim. Oziq-ovqat va ichimliklar 4.1. Kannibalizm 4.2. G’ayrioddiy taomlar Xulosa Annotatsiya Insoniyat tarixi davomida turli madaniyat va jamiyatlarda shakllangan xilma- xil odatlar zamonaviy odamlar uchun g’ayrioddiy va hattoki daxshatli tuyulishi mumkin. Ushbu kitobda siz insoniyat tarixidagi noodatiy odatlar bilan tanishasiz va ularning kelib chiqishi va bugungi kundagi holati haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Kitobda mumiyolash amaliyoti va daxshatli qabr marosimlari kabi o‘lim va marosimlarga oid urf-odatlardan boshlab, qadimgi Mayya va Astek madaniyatlarida keng tarqalgan inson qurbonliklari va Yaponiya Ayoz marosimlari kabi ijtimoiy va madaniy odatlarga qadar ko‘plab mavzular yoritilgan. Shuningdek, go‘zallik va estetika bo‘limida Xitoyning qadimgi oyoq bog’lash odati va tana tatuirovkalari haqida so‘z yuritiladi. Oxirgi bo‘limda esa kannibalizm va g’ayrioddiy taomlar kabi oziq-ovqat va ichimliklar bilan bog’liq odatlar haqida ma’lumot beriladi. Bu kitob o‘quvchilarni insoniyat tarixidagi eng daxshatli va hayratlanarli odatlar haqida yangi bilimlar bilan tanishtiradi. Kitobning oxirgi qismida xulosa qilingan bo‘lib, unda insoniyat tarixi davomida shakllangan turli xil odatlar haqida umumiy fikr bildiriladi. Kitob o‘quvchilarga insoniyatning madaniy merosini yanada teran anglashga yordam beradi Kirish Insoniyat tarixi davomida turli madaniyat va jamiyatlarda xilma-xil odatlar shakllangan. Ba'zi odatlar zamonaviy inson uchun g’ayrioddiy va hattoki daxshatli bo‘lib tuyulishi mumkin. Bu kitobda siz tarixiy odatlar bilan tanishasiz va ularning qayerdan kelib chiqqanini va qanday qilib bugungi kungacha saqlanib qolganini bilib olasiz. Bu odatlar faqat tarixiy qiziqish emas, balki insoniyatning madaniy va ijtimoiy rivojlanish jarayonini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Insoniyat tarixi murakkab va turli xil hodisalar bilan to‘la. Har bir jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos odatlari va urf-odatlari mavjud. Bu odatlar ko‘pincha zamonaviy odamlar uchun tushunarsiz va g’ayrioddiy bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq, ular o‘z davrining muhim qismi bo‘lib, jamiyatning turli jihatlarini aks ettiradi. Ushbu kitobda siz turli madaniyatlar va jamiyatlar tomonidan qabul qilingan va amalda bo‘lgan eng g’ayrioddiy va ba'zan daxshatli odatlar haqida bilib olasiz. Bu odatlar insoniyatning madaniy merosining ajralmas qismidir va ular haqida bilish bizga o‘tmishdagi jamiyatlar va ularning hayoti haqida ko‘proq ma'lumot beradi. Masalan, mumiyolash amaliyoti qadimgi Misrda keng tarqalgan edi. Misrliklar marhumlarni mumiyolash orqali abadiylashtirishga intilganlar. Ushbu kitobda odatning kelib chiqishi, uning rivojlanishi va mumiyolash jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Misr mumiyolari nafaqat arxeologlar va tarixchilar uchun, balki keng jamoatchilik uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Mumiyolash amaliyoti qadimgi Misr jamiyatining diniy e'tiqodlari va o‘limdan keyingi hayotga bo‘lgan qarashlarini aks ettiradi. Misrliklar uchun mumiyolash faqatgina amaliyot emas, balki diniy marosim ham edi. Ushbu marosim orqali ular marhumlar xotirasini abadiylashtirishga va ularni xudolarning inoyatiga sazovor qilishga intilganlar. Ba'zi madaniyatlarda o‘lim marosimlari juda murakkab va daxshatli bo‘lgan. Masalan, Vikinglar o‘liklarni kema bilan suvga qo‘yishgan, bu esa ularning o‘lganlaridan keyin ham sayohat qilishlariga ishora qilgan. Bu marosim Vikinglar jamiyatidagi urf-odatlar va e'tiqodlar haqida ko‘p narsani o‘rgatadi. Vikinglar uchun o‘lim marosimlari faqatgina o‘limning ifodasi emas, balki ularning hayotga va o‘limdan keyingi hayotga bo‘lgan qarashlarining ifodasi edi. Vikinglar jamiyatidagi o‘lim marosimlari ularning diniy e'tiqodlari va ijtimoiy tuzilmalarini aks ettiradi. Bu marosimlar orqali Vikinglar o‘zlarining o‘lganlaridan keyingi hayotga bo‘lgan ishonchlarini va ularning jamiyatdagi ahamiyatini ko‘rsatganlar. Insoniyat tarixida keng tarqalgan va ba'zan daxshatli bo‘lgan ijtimoiy va madaniy odatlar haqida ham ko‘p ma’lumotlar mavjud. Xususan, Qadimgi Mayya va Astek madaniyatlarida inson qurbonliklari keng tarqalgan edi. Qadimgi Maya va Astek jamiyatlarida inson qurbonliklari diniy marosimlarning ajralmas qismi bo‘lgan. Ushbu qurbonliklar ularning xudolariga nisbatan hurmat va e'tiqod ifodasi bo‘lib, ularning jamiyatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kitobda bu odatning kelib chiqishi, rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Insoniyat madaniyatining bir qismi bo’lgan Yaponiyada Hitobashira marosimlari juda qo‘rqinchli tuyuladi. Ushbu marosimlar tabiat kuchlariga etiqod qilish bilan bog’liq. Hitobashira marosimlari orqali yaponlar tabiatning ofatlariga va favqulodda sharoitlariga moslashishga intilganlar. Kitobda ushbu marosimlarning kelib chiqishi va bugungi kundagi ta’siri haqida ham batafsil ma'lumot beriladi. Bu odatlar yapon jamiyatidagi ijtimoiy va madaniy ahamiyatni ko‘rsatadi. Yapon jamiyatidagi qurbonlik marosimlari ularning ijtimoiy tuzilmalarini va diniy e'tiqodlarini aks ettiradi. Ushbu marosimlar orqali yaponlar o‘zlarining tabiatga bo‘lgan munosabatlarini va mavsumiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishlarini ko‘rsatadilar. Go‘zallik va estetika insoniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, har bir madaniyat va jamiyatda o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Xitoyning qadimgi davrida ayollar oyoqlarini kichikroq qilish uchun bog’lashgan. Bu odat go‘zallik standarti sifatida qabul qilingan bo‘lsa-da, ayollar uchun katta azob-uqubatlarni keltirib chiqargan. Oyoq bog’lash odati Xitoy jamiyatida ayollarning mavqeyini va go‘zallik me'yorlarini qanday belgilanganini ko‘rsatadi. Kitobda ushbu odatning tarixiy ildizlari va uning jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma'lumot beriladi. Insoniyatning ba'zi madaniyatlarda tana tatuirovkalari va shramlashtirish odatlari keng tarqalgan. Bu odatlar go‘zallik, kuch-qudrat yoki ijtimoiy mavqe belgisi sifatida qabul qilingan. Tatuirovka va shramlashtirish odatlari turli jamiyatlarda turli ma'nolarni ifodalaydi. Oziq-ovqat va ichimliklar bo‘limi esa insoniyat tarixidagi eng g’ayrioddiy va ba'zan daxshatli taomlar va ichimliklar haqida hikoya qiladi. Tarixning turli davrlarida va joylarida kannibalizm odatlari mavjud bo‘lgan. Kitobda ushbu odatning kelib chiqishi va turli madaniyatlardagi shakllari haqida ma'lumot beriladi. Ba'zi xalqlar g’ayrioddiy va hatto daxshatli taomlarni iste'mol qilishgan. Masalan, qadimgi Rimda oshqovoq va maymun miyasi kabi taomlar tayyorlangan. Bu taomlarning tayyorlanishi va iste'mol qilinishi orqali qadimgi jamiyatlarning oziq-ovqat madaniyati haqida ko‘p narsalarni bilib olish mumkin. I bo’lim. O’lim va Marosimlar 1.1. Mumiyolash amaliyoti Tarix bizni zo‘ravonlik bilan hamma narsaga erishishga emas, balki o‘zaro murosa va boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Tarixni sana va nomlar uchun emas, balki ajdodlarning bebaho yaratuvchanlik tajribasi uchun o‘rganish kerak.1 O‘lim bilan bog’liq marosimlar insoniyat urf odatlaridagi eng chuqur va ta’sirchan mavzulardan biridir. Har bir jamiyat va madaniyatning o‘limga bo‘lgan munosabati va o‘lim marosimlari o‘ziga xos bo‘lib, ularning diniy e’tiqodlari, ijtimoiy tuzilmalar va madaniy qadriyatlari haqida ko‘p ma’lumotlar bera oladi. Ushbu bo‘limda biz o‘lim bilan bog’liq marosimlar haqida eng qiziqarli va g’ayrioddiy odatlar bilan tanishamiz. "Mumiya" termini fors tilidagi "mummia" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z qatron yoki bitumni anglatadi. XII asr arab tabibi Abd al-Latif bu moddani "tog’ orqali suvga sizib o‘tuvchi va suvning tagida to‘planadigan mineral" deb tasvirlaydi. Ko‘pgina sayohatchilar Forsga borib, uning mo‘’jizaviy xususiyatlari haqida yozishgan. Forsliklar bu moddani oltindan ham qadrliroq deb bilishgan, chunki uning shifobaxsh kuchiga ishonishgan2. Bu modda yaralarni darhol davolaydi, suyak sinishlarini esa bir necha daqiqada tuzatadi, deb hisoblashgan. O‘rta asrlarda fors sayohatchilari bu terminni qadimgi misrliklarning balzamlangan jasadlarini tasvirlashda qo‘llay boshlashdi. Haqiqatan ham, jasadlarni o‘rab turgan va ularning ustini qoplagan qora rangli qatronlar qimmatli fors mineral qatroniga tashqi ko‘rinishidan o‘xshash edi. Shu sababli, ma’lum bir vaqt davomida 1 A. Sagdullayev, V. Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi. -T.:Respublika ta’lim markazi. 2022. -B.5. 2 А. О. Китова. МУМИФИКАЦИЯ В ДРЕВНЕМ ЕГИПТЕ: ИСТОРИЯ ИЗУЧЕНИЯ, СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ. Электронный журнал. Выпуск 4, 2016.C-31. "mummia" termini qadimgi misrliklar tomonidan balzamlashtirishda ishlatilgan qatronlarni anglatgan. O‘sha vaqtda Yevropada mo‘jizaviy fors dorisiga talab oshib borar edi, ammo Forsda bu modda juda kam miqdorda qazib olinardi. Asta-sekin, Misr Yevropaning "mummia" uchun asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib qoldi va avval minerallarga va qatronlarga nisbatan qo‘llanilgan termin mumiyalangan jasadlarga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu haqda birinchi eslatmalardan biri 1657 yil tibbiyot lug’atida keltirilgan: "Mumiya qatronlarga o‘xshaydi, dorixonada sotiladi; aytishlaricha, uni eski qabrlaridan olishadi". Qadimgi Misrda mumiyolash amaliyoti nafaqat diniy e'tiqodlar, balki ijtimoiy va madaniy hayotning muhim qismi bo‘lib, uning kelib chiqishi va rivojlanishi ming yilliklar davomida shakllangan. Misrda mumiyolash amaliyoti qanday boshlanganligi va uning qanday rivojlanganligi haqida to‘liqroq tushuncha hosil qilish uchun, biz qadimgi misrliklarning dunyoqarashi va diniy e'tiqodlariga nazar tashlashimiz kerak. Misrliklar o‘limni hayotning davomiyligi sifatida ko‘rishgan. Ular hayotdan keyin yangi bir dunyoga o‘tishga ishonishgan va bu dunyo uchun tananing saqlanishi muhim hisoblangan. Shu sababli, o‘lik tanani abadiy saqlab qolish uchun mumiyolash amaliyoti rivojlandi. Misrliklar o‘limdan keyingi hayotda tananing saqlanishi, ruhning tinchligi va abadiyligi uchun zarur deb bilishgan.3 Mumiyolash amaliyotining ilk bosqichlari Misrning qadimgi tarixida, mil avv. 3500-yillarga borib taqaladi. Dastlab, tabiiy mumiyolash sodir bo‘lgan. Misrning issiq va quruq iqlimi tabiiy mumiyolash jarayonini tezlashtirgan. Tanalar qumda ko‘milganida, ular tez qurib, tabiiy ravishda mumiyolangan. Keyinchalik, misrliklar bu tabiiy jarayonni sun'iy ravishda amalga oshirishni o‘rgandilar. 3 Aufderheide A.C. The Scientific Study of Mummies (Cambridge, 2003).– P.10 https://www.reddit.com/r/ancientegypt/ Mumiyolash jarayoni murakkab va ko‘p bosqichli amaliyot edi. Misrlik mumiyolash ustalari, ya'ni "mumiya san'atkorlari", o‘lik tanani mumiyolash uchun maxsus texnikalardan foydalanganlar. Bu jarayon bir necha hafta davom etgan va bir necha bosqichni o‘z ichiga olgan: Ichki organlarni olib tashlash: Dastlab, o‘likning ichki organlari, jumladan miya, jigar, o‘pka, oshqozon va ichaklar olib tashlangan. Miya burun orqali maxsus asboblar yordamida surib olingan. Tanani quruq tuzlar bilan qoplash: Tana quruq tuzlar, ya'ni natriy bilan qoplangan va 40 kun davomida quritilgan. Natriy tuzi tanadagi namlikni chiqarib, uni mumiyolashga yordam bergan. Tanani qatronlar bilan qoplash: Quritilgan tana qatron va balzamlar bilan qoplangan. Bu jarayon tana to’qimalarini saqlash va bakteriyalardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan. Matolar bilan o‘rash: Tana maxsus matolar bilan o‘ralgan. Har bir qatlam qatron va balzam bilan yog’langan. Bu jarayon tanaga kislorod kirishidan saqlash va uni abadiylashtirishga yordam bergan. Duolar qilish: Tana maxsus sandiq yoki sarkofag ichiga joylashtirilgan va murakkab marosimlar o‘tkazilgan. Ushbu marosimlar orqali tananing abadiy saqlanishi va o‘limdan keyingi hayotda xudolarning inoyatiga sazovor bo‘lishi uchun ibodat qilingan4. https://www.reddit.com/r/ancientegypt/ Shunday qilib, Mumiyolash amaliyoti qadimgi Misr jamiyatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu amaliyot nafaqat o‘lik tanani saqlash, balki ularning ruhini abadiy hayotga yo‘llash maqsadida amalga oshirilgan. Mumiyolash orqali misrliklar marhumlarga hurmat ko‘rsatgan va ularning o‘limdan keyingi hayotda xudolar oldida yaxshi holatda tirilishlariga ishonishgan. Misr mumiyolari nafaqat tarixiy va arxeologik qiziqish uyg’otadi, balki qadimgi Misr jamiyatining diniy e'tiqodlari va madaniy qadriyatlarini tushunishga yordam beradi. Mumiyolash amaliyoti misrliklarning hayot va o‘limga bo‘lgan e’tiqodiy qarashlarini va ularning dunyoqarashini o’zida aks ettiradi. 4 Brier B. Egyptian Mummies: Unraveling the Secrets of an Ancient Art (London, 1996) – P.145 1.2 G’ayrioddiy qabr marosimlari Insoniyat tarixi davomida har bir madaniyat va jamiyat o‘limni va marhumlarni qanday xotirlash haqida o‘ziga xos marosimlarni shakllantirgan. Ushbu marosimlar nafaqat diniy e'tiqodlar va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog’liq, balki jamiyatning hayot va o‘limga bo‘lgan umumiy qarashlarini ham aks ettiradi. Ba'zi madaniyatlarda o‘lim marosimlari juda murakkab va g’ayrioddiy ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu marosimlar orqali o‘liklarning keyingi hayotda tinch yashashi va ularga hurmat ko‘rsatish maqsad qilingan. Ba'zi madaniyatlarda o‘lim bilan bog’liq marosimlari juda murakkab va g’ayrioddiy bo‘lgan. Shunday marosimlardan biri Vikinglarning o’lim bilan bog’liq marosimlaridir. Vikinglar bu – skandinaviyalik harbiy drujinalari(ko’ngilli jangchilar guruhi) bo’lib, dengiz orqali Yevropa mamlakatlariga ko’plab hujumlar uyushtirgan. Skandinaviya yerlarida qabilalalar yashar, ularni o’z yo’lboshchilari – konunglar yoki yarllar boshqarardi va hudud o’rmonlar va tog’lardan iborat bo’lganligi uchun aholi kam mahsulot yetishtirar edi. Shuning uchun skandinavlar – hozirgi islnadlar, norveglar, daniyaliklar va shvedlarning ajdodlari, savdo-sotiqda uquvsizliklari uchun o’lja tufayli dengiz bo’ylab suzib boy mamlakatlar qirg’oqlariga kelib bu hududdagi boyliklarni talashar edi.5 Ularni Fransiya va Italiyada normanlar nomi bilan, Angliyada daniyaliklar, Germaniyada askemanlar, Sharqiy slavyanlar, finlar va Shimoli-sharqiy Yevropa hududlarida ruslar, Vizantiyada esa – varanglar deb atashardi. Vikinglar qo’rqmas jangchilar bo’lishgan. Ularning ishonchiga ko’ra, jangchilar faqatgina jangda halok bo’lgangina Valxalla6da – skandinavlarning qadimiy e’tiqodiga asosan, bosh xudo Odinning oltin jangchilari qatorida bo’lishlari mumkin edi. Shuning uchun ham vikinglar hech qachon asir tushishmagan va qiyin ahvolda bo’lsa ham chekinishmagan, iloji boricha jangda 5 A.A. Mavlanov. S. Mirzohidov. Vikinglar istilolari tarixi(VIII asr oxiri XI asr o'rtalari). "Yangi O'zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanga innovatsion yondashuvlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. 2023-yil 3-iyun. Namangan. – B. 145. 6 Skandinav afsonlariga ko’ra Xudolar saltanati ko’proq dushmanni o’ldirishga harakat qilgan. Ushbu g’oya bir so’z bilan aytganda o’limni yana ham aniqroq ilib aytganda jangda halok bo’lishni muqaddaslashtirgan. https://www.dailymail.co.uk/ Vikinglar o’lgan jasadlarni kema bilan suvga qo‘yishgan yoki ayrim jasadlarni kema bilan birgalikda qabrga qo’yishgan, bu esa ularning o‘lganlaridan keyin ham sayohat qilishlariga ishora qilgan7. Ba'zida jasad bo'lgan kemalarga keyingi hayotga sayohatni tezlashtirish uchun dafn marosimi so’ngida o't qo’yishgan. Ba'zida vikinglar otlari, itlari, ho'kizlari va hatto xizmatkorlari bilan dafn etilgan. Buni huddi qadimgi skiflarning dafn qilish bilan bog’liq qarashlariga o’xshatishimiz mumkin. Britaniya orollarida vikinglar dafn qilingan joyni belgilash uchun har hil naqshlar bilan o'yib bezatilgan qabr toshlaridan foydalanish amaliyotini qabul qildilar. 7 Viking Burials: Facts and Information - Primary Facts https://www.quora.com/ Ushbu qabrtoshlar ko'pincha hayvonlarning tasvirlarini o'z ichiga olgan va yorqin ranglarda bo'yalgan. Vikinglarda o’lim yuz bergandan kunga yeti kun bo’lgach, dafn marosimi bo’lib o’tgan, ushbu marosimda ko’p miqdorda mast qiluvchi ichimliklar ichilgan. Bu marosim bilan marhumning yerdagi sayohati yakunlangan. Dafn marosimi tugagandan keyingina merosxo‘rlar merosga da’vo qilishlari mumkin bo’lgan, agar marhum oila boshlig’i bo‘lsa, oilada hokimiyat marhumning ayoliga yoki katta farzandiga o’tgan8. Bugungi kunda vikinglarning dafn marosimlarini tadqiq qilish maqsadida bir nechta Viking qabrlari qazilganda tobut o’rinda ishlatilgan kema qoldiqlari juda yaxshi saqlanib qolgan na’munalar topildi. Topilmalar eshkak va yelkanlar bilan jihozlangan katta qayiqlar edi. Marhumlarni solib dafn etilishdan oldin bunday kemalar xizmat ko'rsatgan va o'z maqsadlari uchun ishlatilgan, bu tadqiqotchilarga o'sha paytdagi Vikinglar kemalarini qanday qurilgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Hozirda bu 8 Погребение викингов — Википедия (wikipedia.org) dafn qayiqlari Skandinaviyadagi turli muzeylarda saqlanmoqda9. Artefaktlar kuzatuvchilarni Vikinglar davri bilan tanishishga yaqindan yordam beradi. 9 The 3 Best Viking Museums in Scandinavia (turbopages.org) II bo‘lim. Ijtimoiy va madaniy odatlar 2.1. Inson qurbonliklari Har bir jamiyatning o‘ziga xos odatlari, urf-odatlari va diniy e'tiqodlari bor, ular odamlarning kundalik hayotida, ijtimoiy munosabatlarda va madaniy rivojlanishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu odatlar orqali jamiyatning ma'naviy qadriyatlari, ijtimoiy tuzilishi va madaniy merosi avloddan-avlodga o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, qadimgi sivilizatsiyalarning ijtimoiy va madaniy odat hamda marosimlarini o‘rganish ularning dunyoqarashi, turmush tarzi va rivojlanish darajasini tushunishga yordam beradi. Qadimgi Mayya va Astek madaniyatlari o‘zlarining boy madaniyati, rivojlangan ijtimoiy tuzilishi va murakkab diniy e'tiqodlari bilan ajralib turadi. Ushbu madaniyatlarning ijtimoiy va madaniy odatlari hamda marosimlari zamonaviy olimlar va tadqiqotchilar uchun qiziqarli mavzu bo‘lib, ularning qadimgi dunyoqarashi va hayot tarzi haqida ko‘plab ma'lumotlar beradi. Ayniqsa, bu madaniyatlarda keng tarqalgan insonlarni qurbon qilish marosimlari ularning diniy e’tiqodlari va ijtimoiy strukturalarini tushunishda asosiy rol o‘ynaydi Insonlarni qurbon qilish marosimlari Mayya va Astek madaniyatlarida xudolarni tinchlantirish va ularning mehrini qozonish uchun qilingan diniy amallardan biri bo‘lsa, boshqa tomondan, bu odat ijtimoiy tartibni saqlash, siyosiy qudratni namoyish etish va harbiy muvaffaqiyatlarni ta'kidlash maqsadida ham amalga oshirilgan. Bu marosimlar orqali jamiyatdagi ierarxiya va hokimiyat munosabatlari mustahkamlangan, shu bilan birga, xalqning diniy va ma'naviy birligi ta'minlangan. https://www.history.com/ Mayya sivilizatsiyasi miloddan avvalgi II ming yillikdan milodiy II ming yillik o‘rtalarigacha Markaziy Amerikaning janubi-sharqida, mayya xalqlari tomonidan yaratilgan sivilizatsiya edi. Mayya areali hozirgi bir qator davlatlar hududini qamrab olgan: Meksikaning janubi (Yukatan, Kampeche, Kintana-Roo, Tabasko, Chiapas shtatlari), Gvatemala, Beliz, Gonduras va Salvadorning g’arbiy qismi. Ikki asosiy hudud ajratiladi: tog’li (Meksikaning Chiapas shtati va Gvatemala tog’li hududlari); janubiy va shimoliy pasttekisliklar - Yukatan yarim orolida nam tropik va subtropik o‘rmonlar zonasida joylashgan10. Janubiy pasttekisliklar 4 tarixiy- geografik hududga bo‘linadi (asosiy shaharlar bilan): Peten (Vashakton, Kalakmul, Karakol, Nakbe, Naranjo, Tik’al, El-Mirador), Peteshbatun (Aguateka, Altar-de- Sakrifisios, Dos-Pilas, Seibal), G’arbiy (Bonampak, Palenke, Piedras-Negras, Tonina, Yashchilan), Janubi-Sharqiy (Kirigua, Kopan)11. Shimoliy pasttekisliklar 6 hududga bo‘linadi: Rio-Bek (shaharlar Rio-Bek, Bekan), Chenes (Santa-Rosa- Shtampak, Etsna), Puuk (Kabax, Oshkintok, Ushmal, Shkalumkin), Shimoli- 10 Кнорозов Ю. В. Письменность индейцев майя. М.; Л., 1963.C-3. 11 https://old.bigenc.ru/ G’arbiy Yukatan (Mayyapan, Tixo, Tsibilchalton, Shtobo), Shimoli-Markaziy Yukatan (Isamal, Chichen-Itza, Ek-Balam), Kintana-Roo (Koba, Tulum, Tsiban’che). Tog’li hududning eng muhim shaharlar: Abax-Takalik, Ishimche, Kaminakxuyyu, Mishko-Vyexo, Sakuleu, Utatlan, Chalchuyapa, El-Baul. Mayyaning tarixi (arxaik davr) miloddan avvalgi IX ming yillikdan miloddan avvalgi II ming yillik oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Qadimgi Mayya madaniyati murakkab va qiziqarli marosimlar bilan ajralib turadi. Ularning asosiy maqsadi, boshqa barcha dinlarda bo'lgani kabi, xudolarni rozi qilish va ulardan turli xil imtiyozlar olish bo’lgan. Marosimlarga xushbo'y qatronlar bilan tutatqilar tutatish, turli qurbonliklar qilish, ibodatlar majmui, diniy raqslar ijro etish va diniy qo'shiqlar kuylash, mabudlarga atab ro'za tutish kabi diniy amallar kiritilgan edi. Odatda qurbonlik ko'k yoki ko'k bo'yoq bilan bo’yalgan narsalar bilan amalga oshiriladi. Juda keng tarqalgan qurbonlik marosimlari bu hayvonlar va qushlarni qurbon qilishdan iborat bo’lgan bo’\lib ushbu marosimlarda quyidagi hayvonlar va qushlar qurbonlik qilingan: itlar, kiyiklar, yovvoyi cho'chqalar, iguanalar, yaguarlar, kurkalar, toshbaqalar va boshqalar. Qurbonlarning tanalaridan yuraklari ajratib olingan so’ngra yondirib yuborilgan. Qurbonning yuragi suyak arralari, o'simlik tikanlari, chaqmoq toshdan tayyorlangan pichoqlar yordamida olingan. Qurbonning qonini oqizish ham maxsus qurbonlik marosimlaridan biri bo’lib ushbu arosimni amalga oshirishda suyak hamda nefritdan yasalgan maxsus teshuvchi qurollardan foydalanilgan bo’lib, ko'pincha qurbonlarning quloqlari, peshonalari va tirsaklar kesilgan, yonoqlarii, pastki lablari, burunlari, qo'llari va oyoqlari teshilgan. https://www.historyhit.com/ Qadimgi mayyalarda hayvon kabi insonlarni ham o’z hudolariga qurbonlik qila boshlangan. Vaqtlar o’tib esa qurbonlik amaliyotida qurbon sifatida faqatgina odamlardan foydalaniladigan bo’ldi. Ushbu qurbonlik amaliyotlari Xudo doimo faqat inson qoni bilan oziqlanishi kerak, aks holda u o'ladi, degan toltek xalqlarining e’tiqodiy g'oyalari orqali muqaddaslashtirildi. Insonlar usdtida o’tkaziladigan qurbonliklarning odatiy ko’rinishi qurbonni yurakni olib tashlash uchun ko'krak qafasini ochish edi. Avvalo qurbon o’ldiriladi, so’ngra qurbon tanasi shilib olinadi keyin ruhoniy qurbonning terisini kiyib, tantanali raqsga tushishgan. Mayyalar uchun zodagonni qurbon qilish eng katta orzu edi, chunki bu xudoga eng yoqadigan narsa hisoblangan12. Aslzodalarni dafn qilishda ularning xotinlari va ularga tegishli bo'lgan qullar ham qurbonlik qilingan. Bu mayya diniy marosimlarining qanchalik murakkab va dahshatli ekanligini ko'rsatadi. 12 O’sha kitob. B-289. Asteklar imperiyasi (taxminan 1345-1521) Shimoliy Mesoamerikaning katta qismini qamrab olgan. Astek jangchilari o'zlarining qo'shni shtatlarida hukmronlik qilishlari va Montezuma kabi hukmdorlarga Meksika bo'ylab Astek ideallari va dinini o'rnatishga ruxsat berishlari mumkin edi.13 Qishloq xo'jaligi va savdo-sotiqda yuksak yutuqlarga erishgan, buyuk Mesoamerikan sivilizatsiyalarining oxirgisi ham o'zining san'ati va me'morchiligi bilan ajralib turardi. Qadimgi Astek xalqi qurbonlik qilish ularning ko'p xudolarini tinchlantirishiga ishonishgan. Bu marosim inson qurbonliklarini o'z ichiga olgan va bu Astek xalqi bilan bog'liq eng noyob omillardan biridir. Hayvonlarni qurbon qilish odatiy amaliyot edi, buning uchun Asteklar itlar, burgutlar, yaguarlar va kiyiklarni o'ldirishgan.14 Oby'ektlar ham sindirilgan va xudolarga qurbonlik qilingan. O'zini qurbon qilish ham keng tarqalgan bo'lib, Astek xalqi tillari, quloqlari yoki jinsiya’zolaridan qon chiqarib, magey tikanlari bilan xudolarga va shaxsan o'zlariga tavba qilishgan. Atsteklar inson qurbonligining mantiqiy asosi, birinchi navbatda, omon qolish masalasiga asoslangan edi. Atstek kosmologiyasiga ko'ra, quyosh xudosi Huitzilopochtli zulmatga qarshi doimiy urush olib borgan va agar zulmat g'alaba qozonsa, dunyo tugaydi. 13 Aztec Civilization - World History Encyclopedia/by Mark Cartwright published on 26 February 2014 14 Aztec Human Sacrifices | Aztec Sacrifices (legendsandchronicles.com) https://www.pinterest.com/pin/699183910872457112/ Quyoshning osmon bo'ylab harakatlanishi va o'z hayotlarini saqlab qolish uchun Atsteklar Huitzilopochtlini inson qalbi va qoni bilan boqishlari kerak edi.15 Ular qurbon bo'lishi kerak bo'lgan odamni birinchi navbatda olib ketishadi. Ular uni juda nozik bezatilgan holatda ko'chalar va maydonlar bo'ylab olib yurishadi, buyuk bayramlar bilan quvonishadi. Xudosi bo'lgan joyga ketayotganligi uchun ko'pchilik unga o'z ehtiyojlarini aytib beradi. Bu odat asteklarning etiqodiga ko’ra qurbonlik qabul qilingandan so’ng Xudo qurbonning so’zlarini tinglaydi va ortda qolganlarga yordam berishiga ishonishadi. Ular qurbon qilinadigan insonni qatl joyiga olib borishadi, u yerda ular raqsga tushishadi va hursandchilik bilan davom etadilar, qurbonlik qilinayotgan odam esa raqsga tushadi va qolganlari kabi davom etadi. Nihoyat oralaridan kimdir qurbonlik piramidasiga qurbonni yalong’och holatda olib boradi. Qurbonlik stoliga yotqizilgandan so’ng qurbonni qo’l oyoqlari tortib, maxkamlab bog’lanadi. Keyin hamma qo'shiq aytishni va raqsga tushishni boshlaydi.16 Tez oradada ruhoniy kelib o’zining qurbonlik qiluvchi, po’latdek o’tkir 15 https://www.history.com/news/aztec-human-sacrifice-religion 16 Karel C. Innemée.THE VALUE OF A HUMAN LIFE pichog’i bilan qurbon tanasining ko’krak qafas qismini yoradi va yurakni kesib olishadi. So’ngra yurak qoni bilan tosh va yog’och butlarning og’zi namlanadi. Qolgan jasad esa yoqib, kuli saqlanadi. Bu Asteklar diniy marosimlarining qanchalik murakkab va dahshatli ekanligini ko'rsatadi. https://sciencephotogallery.com/ 2.2. Hitobashira qurbonligi Qadimgi Yaponiya dunyo madaniyatiga o‘ziga xos hissasini qo‘shgan bo‘lib, bu hissalar Shinto dini va uning arxitekturasi, haniva figurasi kabi o‘ziga xos san'at obidalari, dunyodagi eng qadimgi sopol idishlar, o‘z davrida qurilgan eng katta yog’och binolar va dunyodagi birinchi roman kabi ko‘plab adabiy klassiklarni o‘z ichiga oladi.17 Yaponiya Xitoy va Koreya tomonidan sezilarli darajada ta'sirlangan bo‘lsa-da, orollar hech qachon xorijiy siyosiy nazorat ostida bo‘lmagan va shuning uchun o‘zlariga ma'qul bo‘lgan g’oyalarni tanlash, ularni o‘z xohishiga ko‘ra moslashtirish va o‘zining mahalliy madaniy amaliyotlarini davom ettirish Ritual Killing and Human Sacrifice in Antiquity.Palma26/PAPERS ON ARCHAEOLOGY OF THE LEIDEN MUSEUM OF ANTIQUITIES.2022.P-122. 17 Ancient Japan - World History Encyclopedia erkinligiga ega edi. Shu bilan ular o‘ziga xos boshqaruv, din va san'atga yondashuv yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. "Hitobashira" (人柱) - bu Yapon tilida "inson ustuni" degan ma'noni anglatadi. Ushbu atama qadimgi Yaponiya arxitekturasi va muhandislik amaliyotida qo'llanilgan.18 Hitobashira amaliyoti eski afsonalar va e'tiqodlarga asoslangan bo'lib, ba'zi hollarda katta ko'priklar, qal'alar va boshqa inshootlar qurilishida barqarorlik va mustahkamlikni ta'minlash uchun odamlarni qurbonlik qilishni anglatadi. Ular binoning poydevoriga yoki boshqa muhim qismlariga ko‘milgan bo‘lardi. Qurbon qilingan odamlarning ruhlari inshootlarni himoya qilishi va mustahkamlashi kutilgan. 18 Blood and Mortar: The Killer Architecture of Hitobashira - Historic Mysteries https://thesengokuarchives.com/2021/09/08/sengoku-hauntings-hitobashira/ Hitobashira odatining boshlanishi Kitakava va Mamuta daryolarining Imperator Nintoku hukmronligining o'n birinchi yilida (milodiy 323-yilda) toshib ketishi bilan boshlanadi. To'fon bilan kurashish xalqning qo‘lidan kelmas edi. Shu orada Imperator o'zining ulug'vor tushida ilohiy vahiy oladi, unga ko'ra Musashi viloyatida Kovakubi ismli bir kishi va Kavachi viloyatida Koromono-ko ismli yana bir kishi borligi, va agar ular mos ravishda ikki daryo xudolariga qurbon qilingan taqdirda, ish osonlik bilan amalga oshirilishi mumkinligi aytilgan edi.19 Shundan so'ng, bu ikki kishini qidirish boshlandi va ular qo‘lga olindi. Ushbu ikki kishi qo'lga olindi va ular daryo xudolariga qurbon qilish uchun tayyorlandi. O'sha paytda, xalq o'z hukmdorining buyrug'iga itoat etishga majbur edi va ular imperatorning vahiylarini amalga oshirish uchun bu odamlarga achinishmasdi. Musashi viloyatidagi Kovakubi va Kavachi viloyatidagi Koromono-ko ikkalasi ham maxsus marosim bilan daryo bo'yiga olib borildi. Bu marosimlarda ilohiylik va jiddiylik mavjud edi, chunki ular daryolarni tinchlantirish va xalqni tabiiy ofatdan qutqarish uchun amalga oshirilardi. Qurbonliklar amalga oshirilgach, daryolar asta- sekin tinchlandi va toshqinlar to'xtadi. Xalq bu mo'jizaga ishonch bilan qaradi va imperatorning ilohiy vahiylariga bo'lgan ishonchi yanada kuchaydi. Shu tariqa, imperator Nintoku hukmronligi davrida bu hodisa yodda qolarli voqealardan biri sifatida tarixda saqlanib qoldi. Bu voqea, qadimgi Yaponiyada din va e'tiqodlarning qanchalik chuqur va kuchli bo'lganligini ko'rsatadi. Hitobashira kabi amaliyotlar va qurbonlik marosimlari orqali ular tabiat kuchlarini nazorat qilishga va xalqni ofatlardan himoya qilishga urinardi. Ushbu an'analar va urf-odatlar Yaponiyaning boy madaniy merosining bir qismi bo'lib, hozirgi kunda ham tarix va adabiyotlarda o'rganiladi. III bo’lim 19 HUMAN SACRIFICES IN JAPAN. BY NORITAKE TSUDA.( Human Sacrifices in Japan. The Open Court. 1918 ) Go’zallik va estetika 3.1. Oyoq bog’lash odati Xitoyning qadimiy madaniyati o‘zining boy va murakkab tarixi bilan ajralib turadi. Ushbu madaniyatning ko‘plab jihatlari butun dunyo bo‘ylab ma’lum bo‘lsa- da, ba’zilari hali ham sirli va tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Shunday odatlardan biri oyoq bog’lash amaliyotidir. Bu amaliyot Xitoyda asrlar davomida go‘zallik va nafislik timsoli sifatida qabul qilingan, ammo uning orqasida katta azob-uqubatlar va ijtimoiy cheklovlar yashiringan. Oyoq bog’lash amaliyoti Xitoyda o‘n asr davomida davom etgan va ko‘plab ayollar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ushbu odatning kelib chiqishi X asrga borib taqaladi va Song sulolasi davrida boshlangan deb hisoblanadi.20 Bu davrda kichik oyoqlar go‘zallik, nafislik va ijtimoiy maqom belgisi sifatida qaralgan. Oyoq bog’lash odatda qizlar 4-6 yoshda bo‘lganida boshlanardi. Bu yoshda suyaklar hali moslashuvchan bo‘ladi, bu esa oyoqlarni kerakli shaklga keltirishni osonlashtiradi. Oyoqlar dastlab tuzli suvda yuvilib, so‘ngra barmoqlar bukilib, kaft tomonida bog’lanardi. Keyin esa oyoq tasmalar bilan mahkam bog’lanib, oyoqlarni o‘sishi cheklanar edi. Bu jarayon natijasida oyoqlar kichik, uchli shaklga kelar edi va "lotus oyoqlari" deb 20 Cinderella's Sisters: A Revisionist History of Footbinding. Berkeley and Los Angeles: University of California Press. 2005. P- 70. atalardi. Hattoki ayollar ushbu amaliyotni erta farzand ko’rish(homiladorlik) davrida ham amalga oshirilgan.21 Natija juda katta ayanchli oqibatlar va azob uqubatlarga bardosh berish ayollardan talab qilingan. Oyoq bog’lash amaliyoti Xitoy jamiyatida katta madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Kichik oyoqlar yuqori tabaqa ayollarining go‘zallik va boylik belgisi sifatida qaralgan. Bu amaliyot ayollar uchun yaxshi turmush o‘rtog’ini topishda va ijtimoiy maqomni saqlab qolishda muhim omil bo‘lgan. Agar qizning "lotus oyoqlari" bo‘lsa, u aristokratik oiladan chiqqan deb hisoblangan, chunki dehqonlarga butun kun ishlash kerak edi va bunday oyoqlar bilan uzoq yurish imkonsiz edi, bu ularga katta azob keltirardi. Shu tariqa, qizning asosiy mashg’uloti uyda o‘tirish edi va oyoqlari kuchli deformatsiyaga uchragan hollarda, ular faqat xizmatkorlar yordamida harakatlanishardi. 21 Howard S.Levy. Chinese footbinding: the history of a curious erotic custom.1 Bell publishing company. New York. 1923.P-23 https://link.springer.com/article/10.1007/s12520-020-01241-9 Erkaklar uchun go‘zallikning ideal qiyofasi kichkina oyoqli qiz edi. Nikoh tuzishda asosiy mezonlardan biri kelinning oyoq o‘lchami bo‘lgan. Onalar qizlarining oyoqlarini bog’lashda, ularni istiqbolli turmush qurish uchun chidashga chaqirishgan. Shuningdek, bu keyingi davrlarda ayollarni uyda o‘tirib bolalar bilan shug’ullanishga majbur qilishning yaxshi usuli bo‘lganini ham rad etmaslik kerak. Bunday o‘lchamdagi oyoq bilan yurish nafisroq deb hisoblangan. Kichik oyoq o‘lchami ayolning erkakdan farqli belgisidir; oddiy oyoq o‘lchamiga ega bo‘lgan ayol erkakka o‘xshar edi. Og’riqni boshdan kechirgan qiz itoatkorroq (hukmron va kuchli emas) bo‘lib ulg’ayar va o‘z eriga bo‘ysunar edi. 22 Kichkina oyoqli qiz tozaroq deb hisoblangan, chunki u oyoqlarini tez-tez yuvadi deb o‘ylashgan, garchi amalda bu har doim ham shunday bo‘lmagan: kimdir haftasiga bir marta, kimdir esa yilda bir marta yuvardi. Ba'zan G'arb kuzatuvchilari oyoq bog’lashning jinsiy jozibasini qayd etishgan. 1928-yilda nemis olimi H. Laderland bu zararli amaliyotning asosiy ma'nosi erkakning shahvatini qo‘zg’atish ekanligini yozgan. Unga ko‘ra, oyoqlar haddan tashqari kichik darajada bog’langanida, tizzadan to‘piqqacha bo‘lgan qismning o‘sishi to‘xtar edi, natijada yurishda og’irlik sonlar va dumba ustiga tushar edi. Ayol yurganda, vaginaning tashqi qatlamlari bir-biriga ishqalanar edi. 23 Laderlandning ta'kidlashicha, oyoqlari bog’langan ayol jinsiy aloqa paytida dumba qismini kuchliroq birlashtira olgan va shu sababli tabiiy oyoqli ayollarga qaraganda ko‘proq jinsiy istakka ega bo‘lgan. Uning tezisi kichik oyoqli ayol yotoq sherigi sifatida qidirib topilganini qo‘llab-quvvatlardi, chunki u erkakka bokiralik hissini bera olgan (erkaka’zosiga qila oladigan bosim tufayli). Lotus oyoqlari jinsiy yorqinlikni rivojlantirib qolmasdan ayrim hollarda ayollarning harakatchanligini cheklab qo'ygan va umrbod nogironlikka olib kelgan.24 Ammo ushbu daxshatli amaliyot boshqalarda davom ettirilavergan. 22 Сидихменов В. Я. Китай: страницы прошлого. – Смоленск: Русич, 2000. – C-463. 23 Howard S.Levy. Chinese footbinding: the history of a curious erotic custom.1 Bell publishing company. New York. 1923.P-130. 24 Harms of the practice of foot binding in China https://en.ac-illust.com/ Garchi bu vahshiy odat Xitoyda juda mashhur va sevimli bo'lsa-da, har doim uni tushunmaganlar - "lotus oyog'lari"ga qarshilar bor edi. 1663 yilda oyoqlarni bog'lashni taqiqlovchi qonun qabul qilingan edi, ammo bu qonun faqat manjur qizlarga nisbatan kuchga ega edi. Yozuvchilar ham o'z asarlarida bu odatga bo'lgan noroziliklarini ifoda etishga harakat qilganlar. Li Ju Jen, Yuan Mey, Yu Jengse oyoqlarni deformatsiya qilish va lotus oyoqlari go'zalligini vahshiy an'ana deb bilishgan.25 Ilk taqiqlovchi qonundan so’ng qator qonunlar chiqara boshlandi. 1853- yilda taypin hukumati o‘z nazorati ostidagi hududlarda oyoqlarni bog’lashni qat'iyan taqiqladi. Bu qaror orqali taypinlar qadimgi vahshiy odatlarga qarshi kurash olib borishga harakat qilishdi va jamiyatda yangi, insonparvar qadriyatlarni targ’ib qildilar. 1874-yilda «Osmon oyog’ jamiyati» tashkil etildi. Bu jamiyat o‘z nomini tabiiy o‘lchamdagi, Xudo tomonidan yaratilgan va odamlar tomonidan zamonaviy estetik ideallarga moslashtirilmagan oyoq tushunchasidan olgan. Jamiyatning maqsadi ayollarning tabiiy go‘zalligini tiklash va oyoqlarni bog’lash amaliyotiga barham berish edi. Ushbu jamiyata’zolari faol ravishda targ’ibot ishlari olib borishar va odamlarni bu zararli odatdan voz kechishga undashar edi. 1883- Верисова А.Д. Традиции древнего Китая: лотосовые ножки // Современные научные исследования и инновации. 2015. 25 № 9. Ч. 2 yilda taniqli islohotchi Kan Yuvey tomonidan «Oyoqlarni ozod qilish jamiyati» tashkil etildi.26 Bu jamiyat oyoqlarni bog’lash amaliyotini butunlay yo‘q qilishga intildi. Kan Yuvey va uning izdoshlari ayollarni hurmat qilish va ularning tabiiy go‘zalligini qadrlash kerakligini ta'kidladilar. Ular tomonidan o‘tkazilgan kampaniyalar va ma'ruzalar ko‘plab odamlarning fikrini o‘zgartirdi va jamiyatda bu odatni to‘xtatishga katta hissa qo‘shdi. Bu harakatlar orqali jamiyatning ko'plaba’zolari oyoqlarni tabiiy holatida saqlashning ahamiyatini tushunib yetdilar va ayollar huquqlarini himoya qilishga intildilar. Oyoqlarni bog'lash amaliyotiga qarshi kurash, Xitoy jamiyatida inson huquqlari va tenglik borasidagi taraqqiyotning muhim bosqichlaridan biri bo'ldi. Shu tariqa, bu tarixiy jarayon Xitoy madaniyatida nafaqat go'zallik tushunchasini, balki inson qadr-qimmatini ham qayta ko'rib chiqishga olib keldi. 3.2 Tanani tatuirovka qilish va shramlashtirish Tatuirovka va shramlashtirish san’ati qadim zamonlardan buyon odamlarning o'zlarini ifoda etish vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Ularning ko'plab madaniyatlarda muhim o'rin egallashi, bu amaliyotlarning nafaqat estetika, balki ma'naviy va madaniy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Tatuirovka tanaga rasm yoki naqsh tushirish jarayonini o'z ichiga oladi, bunda maxsus ignalar yordamida teri ostiga bo'yoq yuboriladi. Bu jarayon azaldan turli xalqaro jamiyatlarda ramz, qahramonlik belgisi yoki shaxsiy tarixni ifodalash vositasi sifatida ishlatilgan. Shramlashtirish esa, tanani bilvosita o'zgartirish orqali san’at asariga aylantirish jarayonidir. Bu jarayonda teriga maxsus asboblar yordamida shikast yetkaziladi va shifo berish jarayonida yara izlari hosil bo’ladi. Shramlashtirish ham ko'plab madaniyatlarda diniy, ruhiy yoki jamoaviy marosimlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu amaliyotlar insonning ichki hissiyotlarini, dunyoqarashini yoki jamiyatdagi o'rnini ifodalash uchun xizmat qiladi. 26 Усов В.Н. Последний император Китая. Пу И.-М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2003.-C-415. https://zombayo.eu/ Dastlabki tatuirovkalar eramizdan avvalgi 3370-3100 -yillarga borib taqaladi. Bu davrda qadimgi mumiyolashgan terida tatuirovka izlari topilgan. Hatto, ayrim madaniyatlarda tatuirovka qilish eramizdan avvalgi 2100-yilda boshlangan deb ishoniladi.27 Dastlabki tatuirovka izlari Xitoy, Sudan, Rossiya, Grenlandiya, Filippin va boshqa joylarda aniqlangan. Tatuirovka qilishning eng qadimgi dalillaridan biri Otzi muz odamidan kelib chiqadi.28 Uning tanasida jami 61 ta 27 Complete History of Tattoos – Illustrated Guide - TattoosWizard 28 O'tzi, shuningdek, "Muz odam" deb ham ataladi, eramizdan avvalgi 3350-3105-yillarda yashagan erkak kishining tabiiy mumiyosi hisoblanadi. O'tzi qoldiqlari 1991 yil 19-sentabrda Otxal Alp tog'larida, Avstriya-Italiya chegarasida topilgan (shuning uchun unga "O'tzi" laqabi berilgan, nemischa: [œtsi]). U Evropaning eng qadimgi tabiiy inson mumiyosi bo'lib, Xalkolit (mis tatuirovka mavjud bo'lib, ularning ko'pchiligi oyoqlarida joylashgan. 29 Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu tatuirovkalar cho'g' yoki o'choq kulidan foydalangan holda qilingan. Ko'plab tatuirovkalar qadimiy an'analardan kelib chiqqan bo'lib, bu an'analar mamlakatdan mamlakatga farq qiladi. Biroq, umuman olganda, Charlz Darvin bir vaqtlar aytganidek, dunyodagi deyarli har bir mamlakatning merosida tatuirovka an'analari mavjud.30 Bu an'analar ko'pincha diniy, ruhiy yoki jamoaviy marosimlar bilan bog'liq bo'lib, tatuirovka san'ati insoniyat tarixida muhim o'rin tutgan. Tatuirovkalar nafaqat shaxsiy ifoda vositasi, balki madaniy identifikatsiya va jamiyatda o'z o'rnini topishning bir usuli sifatida ham xizmat qilgan. davri) davridagi Yevropaliklar haqida mislsiz ma'lumotlarni taqdim etadi. 29 Deem, James (2008), Bodies from the Ice. Boston: Houghton Mifflin, p. 64 Чарльз Дарвин: «Ни одна цивилизация в своем... | Интересный контент в группе Краше всех. Всё для Девушек и 30 Женщин (ok.ru) https://archaeology.org/ Xitoy tilida tatuirovka qilish uchun ishlatiladigan so'z "Ci Shen" yoki "Ven Shen" bo'lib, bu "tanani teshish / naqshlash" degan ma'noni anglatadi. Ushbu san'at Xitoyda Han sulolasi davridan beri ma'lum (miloddan avvalgi 206 yil - milodiy 220 yil), ammo asrlar davomida "vahshiyona" deb hisoblangan. Haqiqatan ham, Ci Shenni xitoy xalqi bilan bog'lash adolatsizlikdir, chunki tatuirovkalar ozchiliklarga (hukmron Han sulolasi o'zlarini yagona "haqiqiy" xitoy xalqi deb hisoblagan) va jinoyatchilarga ajratilgan edi. Jinoiy harakatlar uchun jazo sifatida jinoyatchilar yuzlariga tatuirovka bilan tamg'alanadi, deb ishoniladi. Bu boshqalarga ishonib bo'lmaydigan yoqimsiz xarakter ekanligi haqida ogohlantirish hisoblangan. 31 Qadimgi Xitoy adabiyotida tatuirovka qilingan guruhboz jinoyatchilar va xalq qahramonlari haqida gap boradi. 31 Chinese Ci Shen and Paiwan Tattoos | by Maja Djordjevic | Medium https://www.shutterstock.com/ "Irezumi" (入れ墨) - bu yapon tilidagi "tattoo" degan ma'noni ifodalovchi so'z. U yapon tattoo san'ati uchun mo'ljallangan xususiy usulni ifodalaydi, ammo shuningdek Ainu xalqining va Ryukyu tomonidan kelgan tattoo san'atlari uchun ham ishlatiladi.32 Yaponiyada tatuirovkalar Jomon davriga (miloddan avvalgi 10,000 yildan 300 yilgacha) kuzatish mumkin, bu erda loydan yasalgan haykalchalar va sopol idishlardagi tatuirovkalar uning dastlabki mavjudligini ko'rsatadi. Ehtimol, bu tatuirovkalar dekorativ va ma'naviy ahamiyatga ega bo’lgan bo’lishi mumkin. Tatuirovka ma'naviyat va din bilan chambarchas bog'liq edi. Yaponiyadagi ko'plab mahalliy Ainu xalqi tatuirovkalarni ruhiy ifoda shakli sifatida ishlatishgan va ular himoya ramzlari sifatida xizmat qilgan deb ishonishganlar. Edo davrida (XVII-XIX asrlar) tatuirovka boshqa rol o'ynadi va stigmatizatsiya qilinib, jazo sifatida qo'llanila boshlandi. 33 Jinoyatchilar va jamiyatdan chetlatilganlar ko'pincha jazo va ijtimoiy stigmatizatsiya shakli sifatida tatuirovka bilan tamg'alangan. "Irezumi" deb nomlangan bu amaliyot mahkumlarning peshonasi yoki qo'llarini belgilashni o'z ichiga olgan. 32 Fellman, Sandi. The Japanese Tattoo. New York: Abbeville Press, 1986 33 Mitchell, Jon, "Loved abroad, hated at home: the art of Japanese attooing", Japan Times, 4 March 2014, p. 10 https://www.historydefined.net/ Polineziya tatuirovkalari haqida gapirganda, asosan Samoa, Markiz, Taiti, Tonga, Kuk oroli, Gavayi va Maori an'analariga e'tibor qaratamiz. Polineziyada 10,000 dan ortiq orol mavjud, va har bir orol madaniyati o'zining jonli tatuirovka an'analariga ega.34 Ushbu an'analarning barchasidan, kolonializmning yagona hayotga qolgan insoni sifatida, Samoa tatuirovkasi eng mashhuridir. Tatuirovka asboblari cho'chqa va akula tishlaridan qilingan. Ko'pincha marosimlarda , unda yangi boshliqning yuqori lavozimga ko'tarilganligini nishonlash uchun tatuirovka qilingan. Agar kimdir bu jarayonning og'rig'iga dosh bera olmasa, u uyat belgisini ko'taradi. Samoa tatuirovkalari odatda batafsil geometrik naqshlar va belgilar bilan murakkab hisoblanadi. Dizaynlar ko'pincha Samoa madaniyatining jihatlarini, jumladan tabiat, oila va shaxsiy yutuqlarni aks ettirgan.Polineziyaning barcha an'analarida tatuirovka asosan erkaklar ishi bo'lgan, ammo ayollar ham bazan tatuirovka qilishgan.35 To'liq yoki yarim tana dizaynlarining o'rniga, Polineziya ayollari uchun tatuirovkalar shunchalik nozik va murakkab bo’lganki ularning ko'pchiligi qo'llardagi dantelli qo'lqoplarga, oyoqlaridagi chiroyli paypoqlarga o'xshaydi. 34 10,000 Islands: A Brief History of Traditional Polynesian Tattoos | by Rosie Saunders | Medium 35 History of Tatoo in Polynesia & Samoa https://keolamagazine.com/art/ Qadimgi Misr madaniyati boy va xilma-xil bo'lib, uning turli jihatlari o'rganilgan sayin, bizni hayratda qoldiradigan ko'plab yangi ma'lumotlar paydo bo'ladi. Shulardan biri tatuirovka san'ati hisoblanadi. Misrliklar tatuirovkani diniy, tibbiy va estetik maqsadlarda qo'llaganlar.36 Mutaxassislar, qadimgi Misrda tatuirovkalarni asosan ayollar ustida amalga oshirilgan amallar sifatida qabul qilishadi. Qizig'i shundaki, Misr ayollari tatuirovkalarini boshqa madaniyatlardan farqli o'laroq talqin qilishda qiziqarli farq saqlanib qolmoqda. Misrlik ayollarning tatuirovkalari, agar ular shunchaki e'tiborga olinmasa ham, quyi sinfning ramzi sifatida qabul qilingan. Tatuirovkalar misr ayollari uchun boshqa imkoniyatlarni hisobga olmagan holda raqsga tushadigan qiz yoki fohishaning belgisi hisoblangan.37 Shu tariqa bu tana ustida kechadigan jarayon qadimgi Misrda insonlarning o’z tanasiga e’tiborini qaydarajada ekanligini bildiradi. 36 David, R. Religion and Magic in Ancient Egypt. Penguin Books, 2003. 37 Tattoos in Ancient Egypt - World History Encyclopedia https://brewminate.com/ IV bo’lim Oziq-ovqat va ichimliklar 4.1. Kannibalizm Kannibalizm (fransuzcha "cannibale", ispancha "caníbal" — odamxoʻr) — hayvonlarda oʻz turidagi boshqa jonivorlarni yeb qoʻyish, ya'ni ichki tur o'rtasidagi yirtqichlik. Turli xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning ko'p turlarida kuzatilgan.38 Ba'zan (masalan, ko'plab yirtqich baliqlar, amfibiyalar va sudraluvchilarning turlarida) kannibalizm ovqat obyektini tanlashda past tanlash darajasi natijasida yuzaga keladi (ular har qanday mos hajmdagi o'ljani yeyishadi). Kannibalizm ko'pincha noqulay tashqi sharoitlarda kuzatiladi (aholi zich joylashgan populyatsiyalarda, ozuqa yetishmasligi va hokazo). Masalan, qattiq qish sharoitida yirtqich sutemizuvchilar (masalan, bo'rilar, silovsinlar) o'z turlaridagi kuchsizroq jonivorlarni yeb qo'yishi mumkin, bu populyatsiyaning soni va zichligini kamaytirishga yordam beradi. Tarix odamlar orasidaham kannibalizm ro’y berganligidan darak beradi. Odamlar orasida kannibalizm tarixiy yoki urf-odatlarga bog'liq bo'lishi mumkin. Ba'zi qabilalarda bu diniy marosimning bir qismi bo'lgan. Inson jamiyatida — odamxo'rlik (antropofagiya). Kannibalizmning maishiy va marosim turlari mavjud. Maishiy kannibalizm ocharchilik paytlarida epizodik ravishda uchraydi, bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu oqsilli oziq-ovqat miqdori past bo'lgan jamiyatlarda ham amal qilgan (masalan, tropik o'rmon xalqlarida). Marosimiy kannibalizm inson qurbonligini berish marosimiga yaqin turadi. Kannibalizm qurbonlari asosan harbiy asirlar bo'lgan (ekzokannibalizm). Marosimiy kannibalizmning alohida turi — dafn marosimining bir qismi sifatida o'lgan qarindoshlarning tanalarini yeyish (endokannibalizm).39 Ko'pgina antropologlar kannibalizmni muntazam amaliyot sifatida qabul qilish to'g'risidagi xabarlarni shubha ostiga olib, ularni YYevropa sayohatchilari tomonidan yaratilgan "yovvoyi kannibal" haqida afsona deb hisoblaydilar. 38 КАННИБАЛИЗМ Большая российская энциклопедия - электронная версия (bigenc.ru) 39 Arens W. The man-eating myth: anthropology & anthropophagy. N. Y., 1979.P-34 https://people.howstuffworks.com/ Kannibalizmnining bugungacha uch turi mavjud bo’lib: 1. Survival kannibalizm: Omon qolish uchun sodir bo'ladigan kannibalizm. Bu ko'pincha ochlik yoki qiyin sharoitlarda sodir bo'ladi. 2. Ritual kannibalizm: Diniy yoki marosimiy sabablar bilan amalga oshiriladigan kannibalizm. Ba'zi madaniyatlarda o'lganlarning tanalarini yeyish orqali ularga hurmat ko'rsatish yoki ularning kuchini olish mumkin, deb ishonilgan. 3. Patologik kannibalizm: Ruhiy kasallik yoki zo'ravonlik sababli sodir bo'ladigan kannibalizm. Bu holatlar ko'pincha jinoyatchilik yoki qotillik bilan bog'liq. Omon qolish uchun kannibalizm o'rgatilgan emas, balki tug'ma xususiyatga ega. G'arb madaniyati vakillarining ongida bu eng oson kechiriladigan kannibalizm turi sanaladi.40 Shuningdek, bu hodisa madaniyatli jamiyat e'tirof etishni qulay his qiladiganidan ko'ra ko'proq sodir bo'lgan. Omon qolish uchun kannibalizm odatda juda qiyin sharoitlarda yuzaga keladi. Tarix davomida bir necha mashhur hodisalar kuzatilgan, masalan: 40 Survival Cannibalism | HowStuffWorks. By: Josh Clark Donner ekspeditsiyasi (1846–1847): Qo'shma Shtatlar tarixidagi eng mashhur omon qolish uchun kannibalizm hodisasidir.41 Sierra Nevadada qattiq qish sharoitida qolgan Donner partiyasia’zolari ochlikdan qutulish uchun kannibalizmga murojaat qilishgan. Andesdagi samolyot halokati (1972): Urugvaylik rugby jamoasia’zolari And tog'larida halokatga uchragan.42 Ular tirik qolish uchun halok bo'lgan yo'lovchilarning jasadlarini yegan. Jamestovn qishloq aholisi (1609–1610): Jamestonn, Virjiniyada yashagan dastlabki kolonistlar qattiq ocharchilik paytida omon qolish uchun kannibalizmga murojaat qilishgan.43 https://www.salon.com/ Ritual kannibalizm odamlarning diniy, marosimiy yoki madaniy sabablarga ko'ra boshqa odamlarning tanasini yeyishi hodisasidir. 44 Bu turdagi kannibalizm 41 Stewart, George R. Ordeal by Hunger: The Story of the Donner Party. Reissue edition. Houghton Mifflin Company, 1992.P- 115. 42 Werther, Scott P. Alive! : airplane crash in the Andes mountains. New York : Children's Press.2003 43 Cannibalism at Jamestown - Pacific Standard (psmag.com) 44 Ритуальный каннибализм (spbgorritual.ru) qadimgi va hozirgi jamiyatlarda turli shakllarda namoyon bo'lgan. Ritual kannibalizmning sabablari quyidagilar: 1. Diniy E'tiqodlar: Ba'zi jamiyatlar o'liklarni yeyish orqali ularning ruhlarini o'zlashtirishga va ularga hurmat ko'rsatishga ishonishgan. 2. Jangchilarning kuchini o'zlashtirish: Dushman jangchilarning tanalarini yeyish orqali ularning kuchi va qobiliyatlarini olishga ishonilgan. 3. Dafn Marosimlari: Ba'zi madaniyatlarda o'lgan qarindoshlarni yeyish ularga nisbatan hurmatning bir ko'rinishi bo'lgan va ularning ruhini jamiyatda saqlashga yordam berishi mumkin, deb ishonilgan. 4. Jamiyatdagi Uyushish: Ba'zi marosimiy kannibalizm amaliyotlari jamiyatni uyushishiga yordam bergan, yangia’zolarni qabul qilish yoki ijtimoiy birlikni mustahkamlash uchun ishlatilgan. https://www.anthroencyclopedia.com/ Yuqoridagi kannibalizm odatlarini tarix tasdiqlaydi. Masalan: Astek madaniyatida odam qurbonligi keng tarqalgan bo'lib, ba'zan qurbon qilinganlarning go'shti diniy marosimlarda iste'mol qilingan.45 Fiji orollaridagi ba'zi qabilalar o'z dushmanlarini yeb, ularning kuchini olishga ishonishgan. 46 45 II bo’limga qarang 46 8 Ancient Cultures Practicing Cannibalism Through the Ages | Ancient Origins (ancient-origins.net) Papua Yangi Gvineya hududlarida ba'zi qabilalar endokannibalizm amaliyotini bajarishgan, ya'ni o'lgan qarindoshlarning tanalarini yeyish orqali ularni hurmat qilishgan.47 Patologik kannibalizm insonlar orasida ruhiy kasallik yoki jinoyat sababli sodir bo'ladigan kannibalizm hodisasidir.48 Bu turdagi kannibalizm odatda jiddiy psixologik muammolar, travmalar yoki boshqa shaxsiy muammolar bilan bog'liq. Quyida patologik kannibalizm haqida batafsil ma'lumot berilgan: 1. Ruhiy Kasalliklar: Patologik kannibalizm ko'pincha ruhiy kasalliklar bilan bog'liq bo'lib, bu odamlarni g'ayritabiiy xatti-harakatlarga olib keladi. Schizofreniya, psixopatiya yoki boshqa og'ir ruhiy kasalliklar bilan og'rigan odamlar kannibalizmga moyil bo'lishi mumkin. 2. Travmalar: Bolalikda yoki kattalikda og'ir travmalarni boshdan kechirgan shaxslar ba'zan patologik kannibalizm holatlariga duch kelishi mumkin. 3. Zo'ravonlik va Jinoyatchilik: Ba'zi jinoyatchilar, xususan seriyali qotillar, o'z qurbonlarini yeb qo'yish orqali o'z jinoyatlarini yanada qo'rqinchliroq qilishga intilishadi. Quyida patologik kannibalizm orqali jamoatchilik e’tiborini qaratganlardan ayrim misollar berilgan: Jeffrey Dahmer: Jeffrey Dahmer 1978-1991 yillarda 17 erkak va o'smirni o'ldirib, ularning ba'zilarini yegan.49 U ruhiy kasalliklardan aziyat chekkan va o'z jinoyatlarining dahshatini oshirish uchun kannibalizmga murojaat qilgan. Albert Fish: Albert Fish 1920-1930 yillarda AQShda bir nechta bolani o'ldirgan va ularning ba'zilarini yegan.50 U zo'ravonlik va patologik kannibalizmning dahshatli misoli hisoblanadi. 47 The Guardian on Papua New Guinea Cannibalism: People Were Eaten 'Out of Respect' (informationliberation.com) 48 Scientists Study 5 Cases of Pathological Cannibalism. Narcissism Partly Explains Heinous Act. | Live Science 49. Jack Rosewood. Jeffrey Dahmer: A Terrifying True Story of Rape, Murder and Cannibalism (The Serial Killer Books Book1) ISBN # B06XWFN7Z9 50 Albert Fish (Serial Killer Biography) - Practical Psychology (practicalpie.com) Armin Meives: 2001 yilda Germaniyada Armin Meives o'z ixtiyori bilan o'zini yeyishga rozi bo'lgan odamni o'ldirgan va yegan.51 Bu hodisa internet orqali tanishgan ikki odam o'rtasida sodir bo'lgan va keng jamoatchilik e'tiborini tortgan. Kannibalizm, insoniyat tarixi va tabiiy dunyo ichida murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lib, u turli madaniyatlar va davrlarda turli maqsadlar uchun namoyon bo'lgan. Kannibalizmning turlari, sabablari va oqibatlarini o'rganish inson tabiati, omon qolish instinkti va madaniy urf-odatlar haqida chuqur tushuncha beradi. 4.2. G’ayrioddiy taomlar Insoniyat tarixi davomida turli xalqlar o‘ziga xos va a'ayrioddiy taomlarni iste'mol qilishgan. Har bir madaniyatning oshxonasi o‘ziga xosligi, ingredientlari va taomlari bilan ajralib turadi. Ba'zilar uchun bunday taomlar kundalik hayotning bir qismi bo‘lsa, boshqalar uchun ular ekzotik va hatto daxshatli ko‘rinishi mumkin. Oziq-ovqat tanlovi ko‘pincha madaniy, geografik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Masalan, turli hududlarda mavjud bo‘lgan mahsulotlar va tabiat resurslari taom tayyorlash usullariga ta'sir qilgan. Shuningdek, diniy va marosim an'analari ham oziq-ovqat tanloviga katta ta'sir ko‘rsatgan. Qadimgi Rim imperiyasi nafaqat o‘zining qudrati va boyligi, balki oshxona san'ati bilan ham mashhur edi. Rimliklar o‘zlarining murakkab va boy taomlari bilan tanilgan. Oshpazlik san'ati ularning ijtimoiy hayotining muhim qismi bo‘lgan va har bir taom o‘ziga xoslik va lazzat bilan ajralib turishi kerak edi. Shunday ekzotik taomlardan biri maymun miyasi edi.52 Maymun miyasi tayyorlash jarayoni murakkab va vaqt talab qiluvchi bo‘lgan. Bu taomni tayyorlash uchun quyidagi uslublar qo‘llanilgan: 51 Armin Meiwes - Wikipedia 52 Andrews, E. (2014). Ancient Roman Cuisine: The Most Outrageous Foods Ancient Romans Ate. Maymunning Tanlanishi: Eng avvalo, tayyorlash uchun mos maymun tanlanardi.53 Rimliklar ko‘pincha yosh va sog‘lom maymunlarni tanlashgan. Bosqichma-bosqich Tayyorlash: Maymun boshini tayyorlash jarayoni alohida e'tibor talab qilardi. Boshning terisi muloyimlik bilan ajratib olinardi, so‘ngra miya ehtiyotkorlik bilan chiqarilardi. Miyaning Tozalash: Miyani tayyorlashdan oldin u yaxshilab tozalanishi kerak edi. Bu jarayon qonga aralashgan va boshqa ortiqcha qismlardan tozalanishini o‘z ichiga olardi. Tayyorlash va Ziravorlash: Miyani qaynatib yoki bug‘da pishirish mumkin edi. Ziravorlar va turli xil qo‘shimchalar, masalan, sarimsoq, piyoz, maydanoz va boshqa o‘simliklar qo‘shilardi. Ba'zi hollarda, miya qovurilgan yoki pishirilgan holatda ham tayyorlanardi. Taomning Taqdimoti: Tayyor bo‘lgan miya o‘ziga xos uslubda taqdim etilar edi. Ko‘pincha, miya alohida idishda yoki maymunning bosh suyakida taqdim qilinardi, bu esa taomni yanada ekzotik va daxshatli ko‘rsatardi. 53 Wilkins, J., & Hill, S. (2006). Food in the Ancient World. Blackwell Publishing. ISBN: 978- 0631235512 https://romanempiretimes.com/ Qadimgi Xitoyda oziq-ovqat madaniyati juda boy va xilma-xil bo‘lgan. Turli xilg’ayrioddiy taomlar, shu jumladan qushlar uyasidan tayyorlangan sho‘rva va kapalak lichinkalari, qadimgi xitoyliklarning kundalik va marosimiy hayotida muhim rol o‘ynagan. Qushlar uyasidan tayyorlangan sho‘rva Xitoyning ming yillik gastronomik an'analari orasida eng mashhur va qadrlangan taomlardan biri hisoblanadi.54 Ushbu taom asosan Edible-nest Swiftlet deb nomlangan qushning uyasidan tayyorlanadi.55 Bu qushlar uyasini asosan o‘zlarining tupugidan qurishadi, bu esa sho‘rvaga o‘ziga xos va boy lazzat beradi. Qushlar uyasi sho‘rvasi ilk bor Min sulolasi davrida (1368-1644) mashhur bo‘lib, imperatorlik saroylarida yuqori baholangan delikates hisoblangan. 54 Anderson, E. N. (1988). The Food of China. Yale University Press. ISBN: 978- 0300047394 55 Chinese Bird's Nest Soup Delicacy: Facts, Benefits, Price & Recipe | Travel Food Atlas https://roundglasssustain.com/ Qushlar uyasidan tayyorlangan sho‘rva quyidagi bosqichdan o’tadi: Qushlar Uyalarini Tayyorlash: Avvalo, qushlar uyalarini ehtiyotkorlik bilan yig‘ib olinadi va tozalanadi.56 Tozalash jarayonida uyalar suvda bir necha marta yuviladi va undagi iflosliklar va begona moddalardan tozalanadi. Uyalarni Blanchlash: Tozalangan uyalar qaynoq suvda blanchlanadi, bu esa ularning yumshoq va qaymoqli tuzilishini ta'minlaydi.57 Sho‘rva Tayyorlash: Blanchlangan uyalar tovuq yoki go‘sht suvi bilan birga qaynatiladi. Sho‘rva tarkibiga goho ginseng, qimmatbaho ziravorlar va dorivor o‘simliklar ham qo‘shiladi.58 Bu sho‘rvaning nafaqat ta'mini, balki sog‘liq uchun foydasini ham oshiradi. 56 Yu, J. (2015). The Banquet: Dining in Chinese Literature and Society. University of Hawai'i Press. ISBN: 978-0824837895 57 Yu, J. (2015). The Banquet: Dining in Chinese Literature and Society. University of Hawai'i Press. ISBN: 978-0824837895 58 Anderson, E. N. (1988). The Food of China. Yale University Press. ISBN: 978-0300047394 Pishirish: Sho‘rva past olovda bir necha soat davomida qaynatiladi, bu esa ingredientlarning barcha lazzatlari va xususiyatlarini birlashtiradi. Taqdimoti: Sho‘rva issiq holda, odatda kichik idishlarda tortiladi. Bu taom nafaqat ajoyib ta'mga ega, balki Xitoy an'analarida sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. Bug’ayrioddiy taomlar o‘z davrining oshpazlik san'ati va madaniy merosi bilan bog‘liq bo‘lib, zamonaviy dunyo uchun ham qiziqarli va ta'sirchan misollarni taqdim etadi. Ular insoniyatning o‘ziga xosligi va ijodkorligini aks ettirib, har bir xalqning o‘ziga xosligini va taom tayyorlashdagi yondashuvlarini yoritadi. Ushbu taomlar orqali biz tarixiy jarayonlar, madaniy aloqalar va gastronomik tajribalar haqida ko‘proq bilib olishimiz mumkin. Xulosa Insoniyatning tarixi davomida turli madaniyatlar va jamiyatlar o‘ziga xos va ba'zan daxshatli odatlarni rivojlantirgan. Ushbu kitobda ana shunday odatlarning ba'zilari ko‘rib chiqildi, ularning ma'nosi va tarixiy konteksti o‘rganildi. Rejaga ko‘ra, o‘lim va marosimlar, ijtimoiy va madaniy odatlar, go‘zallik va estetika hamda oziq-ovqat va ichimliklar sohasidagig’ayrioddiy amaliyotlar tahlil qilindi.Mumiyolash amaliyoti va daxshatli qabr marosimlari orqali biz qadimgi jamiyatlarning o‘limga va oxiratga bo‘lgan munosabatlarini o‘rgandik. Mumiyolash amaliyoti, o‘lganlarning jasadlarini saqlash uchun qo‘llanilgan murakkab jarayonlar haqida ma'lumot beradi. Daxshatli qabr marosimlari esa o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab va ba'zan dahshatli marosimlarni yoritib berdi. Inson qurbonliklari va hitobashira qurbonligi kabi odatlar, qadimgi jamiyatlarda diniy va ijtimoiy maqsadlar uchun amalga oshirilgan. Inson qurbonliklari ko‘pincha ilohiy kuchlar bilan aloqa qilish yoki tabiiy ofatlardan saqlanish uchun amalga oshirilgan. Hitobashira qurbonligi esa arxitektura va qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar haqida ma'lumot beradi. Oyoq bog‘lash odati va tanani tatuirovka qilish va shramlashtirish amaliyotlari, go‘zallik standartlari va estetik ideallarning turli madaniyatlardagi ifodalarini ko‘rsatadi. Oyoq bog‘lash odati qadimgi Xitoyda keng tarqalgan bo‘lib, u go‘zallik va ijtimoiy maqom belgisi sifatida qabul qilingan. Tanani tatuirovka qilish va shramlashtirish esa turli xalqlarda shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Kannibalizm vag’ayrioddiy taomlar qadimgi va zamonaviy jamiyatlarda oziq-ovqatning turli ko‘rinishlari va ular bilan bog‘liq an'analari haqida ma'lumot beradi. Kannibalizm odati turli madaniyatlarda diniy, marosimiy yoki zarurat tufayli amalga oshirilgan.g’ayrioddiy taomlar, masalan, maymun miyasi, qushlar uyasidan tayyorlangan sho‘rva va kapalak lichinkalari esa ekzotik va ba'zan dahshatli bo‘lib, bu taomlarning o‘ziga xos va boy tarixi bor. Ushbu kitob insoniyat tarixidagi engg’ayrioddiy va daxshatli odatlar haqida chuqurroq tushuncha beradi. Har bir bo‘lim turli xalqlarning an'analari, ularning ma'nosi va tarixiy konteksti haqida ma'lumot berib, bizni o‘z tariximiz va madaniyatimizni yanada chuqurroq anglashga undaydi. Odatlar va amaliyotlarning xilma-xilligi insoniyatning ijodkorligi va turli madaniyatlarning boyligini aks ettiradi. Bu kitob orqali biz insoniyat tarixidagi murakkab va ba'zang’alati bo‘lgan odatlar haqida ko‘proq bilib olamiz va ular orqali madaniyatlarning o‘ziga xosligini tushunamiz. Foydalanilgan Adabiyotlar: 1. A. Sagdullayev, V. Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi. -T.:Respublika ta’lim markazi.-2022-B.5. 2. А. О. Китова. МУМИФИКАЦИЯ В ДРЕВНЕМ ЕГИПТЕ: ИСТОРИЯ 3. ИЗУЧЕНИЯ, СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ. Электронный журнал. Выпуск 4, 2016.C-31. 4. Цит по: Brier 1996: 150 5. Aufderheide A.C. The Scientific Study of Mummies (Cambridge, 2003).P.10 6. Brier B. Egyptian Mummies: Unraveling the Secrets of an Ancient Art (London, 1996).P.145 7. A.A. Mavlanov. S. Mirzohidov. Vikinglar istilolari tarixi(VIII asr oxiri XI asr o'rtalari). "Yangi O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanga innovatsion yondashuvlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. 2023-yil 3-iyun. Namangan. B-145. 8. Кнорозов Ю. В. Письменность индейцев майя. М.; Л., 1963.C-3. 9. Кинжалов Р. В.Культура древних майя. Л., 1971.C-288. 10. O’sha kitob. B-289. 11. https://www.history.com/news/aztec-human-sacrifice-religion 12. Karel C. Innemée.THE VALUE OF A HUMAN LIFE 13. Ritual Killing and Human Sacrifice in Antiquity.Palma26/PAPERS ON ARCHAEOLOGY OF THE LEIDEN MUSEUM OF ANTIQUITIES.2022.P-122. 14. Cinderella's Sisters: A Revisionist History of Footbinding. Berkeley and Los Angeles: University of California Press. 2005. P-70. 15. Howard S.Levy. Chinese footbinding: the history of a curious erotic custom.1 Bell publishing company. New York. 1923.P-23 16. Сидихменов В. Я. Китай: страницы прошлого. – Смоленск: Русич, 2000. – C-463. 17. Howard S.Levy. Chinese footbinding: the history of a curious erotic custom.1 Bell publishing company. New York. 1923.P-130. 18. Верисова А.Д. Традиции древнего Китая: лотосовые ножки // Современные научные исследования и инновации. 2015. № 9. Ч. 2 19. Усов В.Н. Последний император Китая. Пу И.-М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2003.-C-415. 20. Deem, James (2008), Bodies from the Ice. Boston: Houghton Mifflin, p. 64 21. Fellman, Sandi. The Japanese Tattoo. New York: Abbeville Press, 1986 22. Mitchell, Jon, "Loved abroad, hated at home: the art of Japanese attooing", Japan Times, 4 March 2014, p. 23. David, R. Religion and Magic in Ancient Egypt. Penguin Books, 2003. 24. Arens W. The man-eating myth: anthropology & anthropophagy. N. Y., 1979.P-34 25. Stewart, George R. Ordeal by Hunger: The Story of the Donner Party. Reissue edition. Houghton Mifflin Company, 1992.P-115. 26. Werther, Scott P. Alive! : airplane crash in the Andes mountains. New York : Children's Press.2003 27. Jack Rosewood. Jeffrey Dahmer: A Terrifying True Story of Rape, Murder and Cannibalism (The Serial Killer Books Book1) ISBN # B06XWFN7Z9 28. Andrews, E. (2014). Ancient Roman Cuisine: The Most Outrageous Foods Ancient Romans Ate. 29. Wilkins, J., & Hill, S. (2006). Food in the Ancient World. Blackwell Publishing. ISBN: 978-0631235512 30. Anderson, E. N. (1988). The Food of China. Yale University Press. ISBN: 978-0300047394 31. Yu, J. (2015). The Banquet: Dining in Chinese Literature and Society. University of Hawai'i Press. ISBN: 978-0824837895 32. Yu, J. (2015). The Banquet: Dining in Chinese Literature and Society. University of Hawai'i Press. ISBN: 978-0824837895 33. Anderson, E. N. (1988). The Food of China. Yale University Press. ISBN: 978-0300047394 Foydalanilgan havolalar: 1. Viking Burials: Facts and Information - Primary Facts 2. Погребение викингов — Википедия (wikipedia.org) 3. The 3 Best Viking Museums in Scandinavia (turbopages.org) 4. Aztec Civilization - World History Encyclopedia/by Mark Cartwright published on 26 February 2014 5. Aztec Human Sacrifices | Aztec Sacrifices (legendsandchronicles.com) 6. https://old.bigenc.ru 7. Ancient Japan - World History Encyclopedia 8. Blood and Mortar: The Killer Architecture of Hitobashira - Historic Mysteries 9. Human Sacrifices in Japan. The Open Court. 1918 10. Harms of the practice of foot binding in China 11. Complete History of Tattoos – Illustrated Guide - TattoosWizard 12. Чарльз Дарвин: «Ни одна цивилизация в своем... | Интересный контент в группе Краше всех. Всё для Девушек и Женщин (ok.ru) 13. Chinese Ci Shen and Paiwan Tattoos | by Maja Djordjevic | Medium 14. 10,000 Islands: A Brief History of Traditional Polynesian Tattoos | by Rosie Saunders | Medium 15. History of Tatoo in Polynesia & Samoa 16. Tattoos in Ancient Egypt - World History Encyclopedia 17. КАННИБАЛИЗМ Большая российская энциклопедия - электронная версия (bigenc.ru) 18. Survival Cannibalism | HowStuffWorks. By: Josh Clark 19. Cannibalism at Jamestown - Pacific Standard (psmag.com) 20. Ритуальный каннибализм (spbgorritual.ru) 21. 8 Ancient Cultures Practicing Cannibalism Through the Ages | Ancient Origins (ancient-origins.net) 22. The Guardian on Papua New Guinea Cannibalism: People Were Eaten 'Out of Respect' (informationliberation.com) 23. Scientists Study 5 Cases of Pathological Cannibalism. Narcissism Partly Explains Heinous Act. | Live Science 24. Albert Fish (Serial Killer Biography) - Practical Psychology (practicalpie.com) 25. Armin Meiwes - Wikipedia 26. Chinese Bird's Nest Soup Delicacy: Facts, Benefits, Price & Recipe | Travel Food Atlas