4 Ilmiy Ishning Tuzilmaviy Xususiyatlari va Rasmiylashtirish Qoidalari PDF

Document Details

RighteousDialect4394

Uploaded by RighteousDialect4394

Uzbekistan State World Languages University

Tags

uzbek linguistics academic writing research paper composition

Summary

This document outlines the structure and formatting rules for academic papers. It details the components of an academic paper, including the introduction, body, and conclusion. It also covers referencing methods and citation styles.

Full Transcript

Mavzu: 4 Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari va rasmiylashtirish qoidalari. Reja: 1. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari 2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari 3. Havolalarni berish tartibi va namunalari 1. Ilmiy ishlarni...

Mavzu: 4 Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari va rasmiylashtirish qoidalari. Reja: 1. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari 2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari 3. Havolalarni berish tartibi va namunalari 1. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig‘i bilan belgilanadi va matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot, izlanish jarayonini quyidagi tartibda borishini ko‘rsatib o‘tish mumkin:  Talqiqot mavzusi va sarlavhasini aniqlash  tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obyekti, predmeti va uslubini asoslab berish;  tadqiqot jarayonini tasvirlash;  xulosalar chiqarish va umumlashtirish Bularning barchasi ilmiy ishlarning kompozitsiya va rubrikasini belgilab beradi. Biroq ular fan sohasi, janriga va muallif uslubiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Kompozitsiya – asarning tuzilmasi, qismlarining mutanosibligi va o‘zaro joylashuvi bo‘lib, u ikki o‘zaro bog‘liq qismdan, ya’ni tasviriy - obzor qismi va asosiy - tadqiqot qismlaridan iborat. Kompozitsiyani tanlash, uni detallashtirish, avvalo, hal qilinayotgan ilmiy vazifaning turi, tanlangan uslub, fan sohasi, janr va muallifning individual uslubiga bog‘liq. Rubrikatsiya – kompozitsion tuzilmaning tashqi ifodasi bo‘lib, ilmiy tadqiqotning mantiqiy qismini tashkil etadi. Rubrikatsiya matnni tarkibiy qismlarga bo‘lish, bitta qismni boshqasidan grafik tarzda ajratish hamda nomlar, raqamlarni qo‘llash jihatlariga ega. Har qanday ilmiy-ijodiy ishda (ilmiy maqola, ilmiy ma’ruza, BMI, dissertatsiyalar) tadqiq manbai va predmeti aniqlanib, tadqiqot, uning asosiy bosqich va xatto, xulosalari olim miyasida pishib yetilgach, ilmiy ishga sarlavha tanlanadi. Sarlavha ishda nima va qanday o‘rganilayotgani haqida aniq ma’lumot berishi lozim. Shu nuqtai nazardan bir necha ilmiy ish sarlavhasini ko‘rib o‘tamiz. 1- guruh: a) Ingliz tilidagi frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari b) Ingliz xalq topishmoklarining leksik-semantik xususiyatlari v) Ingliz tili harbiy terminalogiyasining sinxronik tadqiqi 2- guruh: a) Ingliz tilida "do‘stlik" kontseptining leksek-semantik maydoni b) Ingliz tilida artikllarning semantik xususiyatlari Sarlavhalardan ko‘rinib turibdiki, bu ilmiy tadqiqot ishlarida bosh tadqiq manbai "til", aniqrog‘i, "ingliz tili"dir. Sarlavhalardagi "frazelogik birliklar" (Іa), "xalq topishmoqlari" (1b), "harbiy terminalogiya" (1v), "do‘stlik" kontsepti (2a), "noaniq artikl" (2b) kabi izohlar umumiy tadqiq manbayining alohida birliklarini ifodalab, uni toraytiradi, muayyanlashtiradi. Sarlavhadagi "lisoniy xususiyatlar", "leksik-semantik xususiyatlar", "sinxronik tadqiq", "leksek-semantik maydoni", "semantik xususiyatlari", tadqiqot predmetiga, tadqiq usuliga ishora qilib turadi. 1-guruh sarlavhalaridan ko‘rinib turibdiki, ular tildagi bir narsani (tilimizning ma’lum bir bo‘lakchasini) tavsiflashga bagishlangan. 2-guruh mavzulari esa til tizimida (yoki uning mahlum bir bo‘g‘inida) biror hodisa-qonuniyatning voqelanishi tavsifiga bagishlangan. Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo‘lsa, shuncha yaxshi. Aksincha, uzundan-uzoq va o‘ta keng miqyosli sarlavha noqulay va ishning g‘o‘rligi nishonalaridan biridir. Sarlavhada ortiqcha so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Chunonchi, "Ingliz tili mashg‘ulotlarida bolalarni savol-javobga o‘rgatishning nazariy-metodik asoslari (ta’lim-tarbiya uzbek tilida olib boriladigan bolalar bog‘chalari misolida)". Bu nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi 19 ta so‘z bilan ifodalangan. Vaholanki. shu mazmunni "O‘zbekzabon bog‘chalarda bolalarni ingliz tilida savol-javobga o‘rgatish" sifatida atigi 8ta so‘z bilan ifodalash mumkin. Shuning uchun har bir ilmiy tadqiqot mavzusi ilmiy jamoatchilik orasida (dastlab, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbari orasida, so‘ngra kafedra, laboratoriya yig‘ilishida, muassasa ilmiy kengashida, dissertatsiya mavzulari esa yana mintaqa va respublika muvofiqlashtiruvchi kengashlarida) muhokama etilib, ma’qullanishi talab etiladi. Ilmiy ishlar, odatda, kirish, asosiy qism va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Kirish - mazkur ishda o‘rganilayotgan muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotning obzoridir, kitobxon masalaning qaysi tomonlari tadqiq etilganligi, qay jabhalari o‘rganilganligi, nima o‘rganilmay qolganligini va bu o‘rganilmagandan mazkur tadqiqotchi nimani o‘rganmoqchi bo‘lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozirda o‘rganishga qaror qilib, zarur deb to‘ganini aniqlay oladigan tarzda tuziladi. Bu savollarga javoblar mavzuni tanlashni asoslab beradi va shu bilan bir qatorda uning dolzarbligini ham isbotlaydi. Kirishda tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlanadi, material tahlilda tadqiq etilgan uslubni ko‘rsatish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari til materialining umumiy xarakteri - uning manbalari, tanlash tamoyillari, o‘rganilganlik darajasini ko‘rsatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘zboshi ham kirish, muqaddima bo‘lib, u, odatda, o‘quv-uslubiy ishlarda yoziladi. Unda darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, risolaning yozilish maqsadi va tuzilish tartibi haqida qisqa ma’lumot beriladi, materialning asosiy mazmuni va boshqa turdosh adabiyotlardan farqli jihatlari ifodalanadi. So‘zboshida o‘quv fanining ahamiyati, uning boshqa fanlar orasidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlar ham berilishi mumkin. Asosiy qismda nazariy ma’lumotlar, o‘rganilayotgan masalalarga muallif nuqtai nazari beriladi. Tadqiqot predmeti maksimal darajadagi to‘liq tavsiflanadi. Tadqiqot ishida ilgari surilatgan fikr, mulohaza, dalillar orqali taqdim etilgan nazariya muallif nuqtai nazari, til materiallarini taqdim qilish uslubi, tahlil orqali talqin etiladi. Asosiy qismda nazariy asoslarni bayon etish va isbotlash qoida va ta’riflar, misollar va dalillar vositasida beriladi. O‘rganilayotgan masalaning asosiy jihatlari boblar va bo‘limlarga bo‘lingan holda bayon etiladi, bunda har bir bob va bo‘limlarning ichki qismlari mazmun izchilligi va o‘zaro uzviylik asosida bog‘lanib, yaxlit tugallangan ishni tashkil etadi. Asosiy qismda, odatda, asosiy nazariy holatlar bayon etiladi. Ularda o‘rganilayotgan masalalarga muallif nuqtai nazari aks etadi. Bundan tashqari tadqiqot predmetini maksimal darajadagi to‘liq tavsifi va tasviri beriladi. Tadqiqotning xarakteri va maqsadlariga bog‘liq tarzda tadqiqot materiali asosiy qism doirasida turli rol o‘ynashi va turli o‘rin egallashi mumkin. Aksariyat hollarda olim muayyan ilmiy asarni yaratganda qandaydir yetarli darajada ishlab chiqilgan nazariyaga tayanadi. Bunday holatlarda mazkur masala birlamchi tavsifga ega bo‘lgan manbalarni so‘zma-so‘z bayon etmasdan, ularga xavola qilish yetarlidir, ayniqsa, agarda mazkur nazariya barchaga ma'lum bo‘lsa. Mazkur turdagi ishlarda mulohaza, dalil, formulirovka bilan taqdim etilgan nazariya kam bo‘lishi mumkin, u muallif nuqtai nazari, til materialini tanlash yo‘nalishi, tahlil uslubi va talqini orqali o‘z ifodasini to‘adi. Muallifning yondashuvi qay darajada yangiroq va original, uning nuqtai nazari qay darajada an’anaviy bo‘lmasa, ishning asosiy qismida nazariy asoslarni bayon etish va isbot etish ko‘‘roq hajmni egallaydi. Bunda hatto muallif tayyor nazariyaga tayansa-da, u mazkur nuqtai nazar uchun barcha mas’uliyatni, bu nazariyaning barcha kuchli va kuchsiz tomonlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Tadqiqot asosiy qismining juda ham ahamiyatli kom’onenti til materialining tasviridir. Agarda to‘‘langan til dalillarini tadqiq etish jarayonida tadqiqotchi nuqtai nazarida bo‘lgan barcha obyektlar tahlilga tortilsa, ilmiy matnda ularni tasvirlashda qat’iy va aniq tan- lovga asoslanish lozim. Til materialini taqdim etish tartibga solin- gan bo‘lishi, uning joylashuvi to‘liq tahlilda aniqlangan xususiyat va qonun-qoidalarni ko‘rgazmali va ishonchli ko‘rsatilishi kerak. Ilmiy matnda til materiali tavsiflashda uni tartibga solish uslubi- ni tanlash til materiali xarakteri va matnni tuzilmasi mantig‘i, mualliflik talqin mantig‘i bilan shartlanadi. Bu ikki omillarning o‘zaro ta'siri muallif tomonidan obyektlarning tavsifida ma’lum tizimni yaratishda o‘z aksini topadi. Masalan, barcha til obyektlarining ommasini sinf, guruhlarga ajratish, bu tasnif aniqlangan belgi va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Taqdim etilgan tasnifni tushuntirish va asoslab berish, tadqiqotning konse’tual-nazariy va tahliliy-amaliy aspekti o‘rtasidagi aloqani aniq ko‘rish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari bunday tavsif jarayonida til materiali tahlili metodikasi namoyish etiladi. Til materialini taqdim etishning bunday uslubi tavsif va uning asosida qilingan xulosalarning ishonchliligining zaruriy darajasini ta'minlab beradi. Jonli til tavsifning har qanday eng o‘timal bo‘lgan tizimidan ko‘ra xilma- xilroq va ziddiyatliroqdir, uni tushuntirib beruvchi nazariyadan doimo boyroq va turliroqdir. Aynan shuning uchun tadqiqotchi o‘z g‘oyalariga qanchalik qiziqmagan bo‘lsa-da, uning konsepsiyasi voqelikning tadqiq etilayotgan hodisalarini tushuntirish va izohlab berishning qanchalik kuchli qobiliyatiga ega bo‘lmasin, u o‘ziga uning imkoniyat chegaralarini yaxshi belgilab olishi lozim. Agarda tadqiqot jarayonida tadqiqotchi taklif qilgan talqinga mos kelmaydigan dalillar paydo bo‘lsa, shu payt ularni izohlab tushuntirib bera olmasa-da, mazkur tadqiqotchi ularning mavjudligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Ko‘rsatilgan tuzilmaviy ma'no komponentlardan tashqari asosiy qismda tarixiy eksskurslar, mavzudan chekinish, turli xil izoh va tushuntirishlar berilishi mumkin. Xulosa qismi olingan natijalar asosida kelingan eng muhim xulosalar, muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘ladi. Xulosaning asosi bu natijalar, ya'ni muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidir. Tadqiqotning butun asosiy qismi aynan shunga bag‘ishlangan bo‘lsa, nima maqsadda tadqiqot jarayonida olingan natijalarni qayta bayon etish lozim? Xulosalarni ifodalash yuqorida tasvirlanganni oddiy takrorlash emas. Olimning asosiy qismdagi bosh vazifasi - imkon qadar tadqiqot jarayonini ishonchli taqdim etib, u yoki bu natijalarga olib keluvchi fikrning uslubi va mantig‘ini tushuntirib berishdir. Asosiy qismni yozishdagi bunday yondashuvning zaruriyati ikki sabab bilan shartlangan: 1) muallif qo‘llayotgan tafakkur jarayoni va uslublari, yangi axborotni olish jarayoni aksariyat holda fan uchun tadqiqotning bevosita yakuniy natijalaridan ko‘ra qiziqroq; 2) olim fikrlash jarayonini tavsiflab, olingan natijalarning ishonchliligini tasdiqlaydi. Ularni tekshirib ko‘rish, tahlil qilib borish har qanday qiziqqan kitobxonga butun tadqiqot yo‘lini kuzatish va shu orqali bahzan muallif nazaridan ham chetda qolgan ba'zi bir narsalarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Xulosalarni ifodalash - bu natijalarni ifodalashdir. Bundan tashqari xulosalar bu asosiy qismga taqqoslagan holdagi natijalarni tav- siflashdagi yangi nuqtai nazardir. Ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda umumlashtirilib anglaniladi. Bundan tashqari fanda olingan boshqa natijalar bilan ham taqqoslanadi. Bu xulosalarni ifodalashda asosiy qismda taqdim etilmagan yangi material birdaniga paydo bo‘lib qoladi degani emas. Aksincha, xulosalar mazkur tadqiqotda mazkur muallif tomonidan to‘ilgan barcha yangiliklar mujassamlashgan holda aks etadi va bu mujassamlikda ilmiy tadqiqot ishining zaruriy tuzilmaviy kom’onenti sifatidagi xulosalarning mohiyati mavjuddir. Natijalardan tashqari xulosada mazkur ishda erishilgan yutuqlar tufayli keyingi tadqiqotlarning as’ekt va yo‘nalishlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni, amalga oshirilgan tadqiqotlarning istiqbollari aniqlanishi, olingan natijalarni qo‘llanish sohasi tavsiflanishi mumkin. 2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari Tadqiqotchining o‘z ilmiy tadqiqotlari natijasini rasmiylashtirishdagi muhim vazifalaridan biri shaklni mazmunga muvofiqligini ta’minlash. Ilmiy matnning shaklini aniqlash ishning rejasini tuzish, rubrikatsiya, illyustrativ materialning hajmi va xarakterini aniqlash, manbalarni tasniflash bilan bog‘liq. Bu tadqiqotning har bir bosqichida ilmiy asarning o‘timal shaklini izlashni nazarda tutadi. Albatta, eng asosiysi, sarlavhadan boshlab muallif haqidagi ma’lumotgacha ilmiy axborotni xatosiz, aniq, imkon qadar tushunarli shaklda yetkazib berish. Ilmiy ishni rasmiylashtirish me'yoriy talablarga javob berishi lozim, bunda ma’lumotnoma bibliografik apparatni rasmiylashtirish, iqtibos va havolalarni berish, qisqartmalarni o‘rinli qo‘llash, illyustratsiyalarni tanlash, raqamli belgilarni to‘g‘ri qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda, eng avvalo, ilmiy ishga sarlavha qo‘yish masalasiga ehtibor qaratishi kerak. Bibliografik apparat - bu ishda xavola qilinayotgan, iqtibos berilayotgan yoki boshqacha bir shaklda qo‘llanilgan hujjatlar haqida matndan tashqari va matn ichida berilgan bibliografik ma'lumotlar majmuasidir. Bibliografik havolalar, ro‘yxatlar, ilmiy ish ma’lumotnoma apparatining majburiy tarkibiy qismidir. Ular ilmiy tadqiqotning manbashunoslik bazasini aniqlab, yangi ishning dastlabkilar bilan aloqasini ko‘rsatish, ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish imkoniyatini beradi. Material yoki alohida natijalarni o‘zlashtirgan muallif manba va lining muallifiga xavola keltirishi lozim. Ro‘yxat ko‘rinishida bibliografik axborot taqdim etilganda ro‘yxatlardagi kitoblar nomining ketma-ketligida bir xillikka rioya qilish lozim. Ketma-ketlik tartibi alifbo, xronologik, raqamli, mavzuli bo‘lishi mumkin. Mavzu guruhlari orasida kitob nomlarining alifbo yoki xronologik joylashuvtartibiga rioya qilinishi lozim. Bu qoidalardan har qanday chekinishlar oldindan aytib o‘tilishi lozim. Iqtibos (sitata) – muallif ilgari surgan holatlarini asoslab berish uchun biron-bir matndan olinadigan aniq, so‘zma-so‘z keltirilgan jumla, ko‘chirma gap bo‘lib, u o‘zlashtirma shaklda ham berilishi mumkin. Iqtibos haddan ziyod katta va kichkina ham bo‘lmasligi lozim. U bevosita va vositali bo‘lishi mumkin. Bevosita iqtibos asl manbadan so‘zma-so‘z olingan bo‘ladi, bunda manbada berilgan shakli va mualliflik yozuvi xususiyatlari saqlanib qoladi. Vositali iqtibos esa boshqa bir manbadagi havola orqali beriladi. Iqtibos - muallif ilgari surgan holatlarini asoslab berish uchun biron-bir matndan olinadigan aniq, so‘zma-so‘z keltirilgan jumladir. Iqtibos haddan ziyod katta va kichkina ham bo‘lmasligi lozim. U bevosita iqtibos va vositali iqtibos bo‘lishi mumkin. Bevosita iqtibos iqtibos qilinayotgan manba bo‘yicha so‘zma- so‘z jumlalar shaklida keltirilib, qo‘shtirnoqqa olinadi, bunda manbada berilgan shakli va mualliflikyozuvi xususiyalari saqlanib qoladi. So‘z, ga’, abzaslarni qoldirib ketish iqtibos qilinayotgan matn ma’nosini o‘zgartirilmagan holda beriladi va ko‘‘ nuqta bilan belgilanadi. Vositali iqtibos (boshqa muallifning fikrlarini o‘z so‘zi bilan bayon etish, gapirib berish)da o‘zga fikrni bayon etishda aniq, baholaganda xolis bo‘lib muvofiq havolalar berish lozim. Havola - muallif, tadqiqotchi keltirgan iqtibos olingan manba haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, u asosiy matnning ichida yoki matndan chiqarilgan holda, sahifa tagida keltirib o‘tiladi. Havolalarda ishda foydalanilgan fikr kimga qarashli ekanligi, asar nomi, chop etilgan joyi, yili va iqtibos yoki shu fikr olingan sahifa aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu ko‘chirmakashlik – plageatlik hisoblanadi. Havolalarni berish tartibi va namunalari. Havolalar matn ichida va har bir sahifa oxirida berilishi mumkin. Havolalar matn ichida berilganda katta qavs ichida arab raqamlari bilan [ 1, 3] yoki [4, s. 144]: [ 1; 3] shakllarida beriladi. Birinchi holatda [1, 3] shaklida 1 yoki 4 raqamlari ilmiy manbani, 3 yoki 144 raqamlari esa uning beti, sahifasini bildiradi. [1; 3] shaklida esa har ikkisi ham ilmiy manbani bildiradi. Matn ichida berilgan havolalar ilmiy ish (maqola, lissertatsiya, monografiya) oxirida matn ichidagi tartibni saqlagan holda “Foydalanilgan adabiyotlar” ro‘yxatida beriladi. Havolalar sahifa oxirida berilganda esa, iqtibos matn va sahifa oxirida bir xilda raqamlanadi: iqtibos1 kabi. Bunda bevosita havola quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi: 1. Qodirov A.I. Asar nomi. – T.: “Sharq”, 2018. – 123-b. 2. Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta’limi”, 2015, 2-son. – T., 2015. – 26-b. Eslatma: Mualliflar ismi-sharifi matn ichida A.I.Qodirov shaklida qayd etiladi. Havola vositali, yahni boshqa bir asar orqali berilganda esa quyidagicha rasmiylashtiriladi: Qarang: Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta’limi”, 2015, 2- son. – T., 2015. – 26-b. Ilovalar – bu qo‘shimcha izoh bo‘lib, asosiy materialni to‘ldirishga yoki uni tasvirlashga xizmat qiladi. Ilovalar tarkibiga jadvallar, sxemalar, rasmlar, xaritalar, ko‘shimchalar, lug‘atlar, ro‘yxatlar, tasvirlar va boshqalar kiradi. Alohida masalalar bo‘yicha ilovalar matnning tegishli qismlarida, ishning umumiy mazmuniga yoki uning alohida bo‘limlariga oid ilovalar ish oxirida joylashtiriladi. Barcha ilovalar jamlangan va raqamlangan bo‘ladi. Shartli belgilar ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka, biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi yo‘nalishini bildirish uchun muayyan asar tuzilmasidagina qo‘llanadigan shartli belgilardir. Masalan, maktab darsliklarida qoida-ta’riflar, mashq-topshiriqlar, savol-javoblar, uy vazifalari, adabiy o‘qish materiallari uchun alohida shartli belgilar qabul qilingan bo‘ladi. Ular haqida darslik rubrikasida ma’lumot berilgan bo‘ladi. Qisqartmalar – so‘zning qismini yoki o‘zini to‘liqligicha qisqartirib berish shaklidir. Qisqartmalarning 2 xil turi bor: me’yoriy hujjatlarda keltirilgan ommalashgan qisqartmalar va mazkur tadqiqot ishida muallif tomonidan qo‘llanib, tavsiya etilgan qisqartmalar. Mualliflik qisqartmalari dastlab ishda to‘liq shaklda beriladi va qavs ichida keyingi o‘rinlarda qisqartirib berilish shakli qayd qilib o‘tilgandan so‘nggina qo‘llanilishi mumkin. Illyustratsiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. Ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo‘lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. Ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. Raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so‘z raqam, algebraik shakllarda berilishi mumkin. Adabiyotlar ro‘yxati (bibliografiya) – ilmiy ishda yoki o‘quv adabiyotida foydalanilgan asarlar ro‘yxatini, shuningdek, ushbu fan bo‘yicha o‘rganishga tavsiya etilgan asarlar, tadqiqot ishlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bo‘limdir. Adabiyotlar asosiy va qo‘shimcha adabitlar qismlariga bo‘linadi va ishning oxirida maxsus ro‘yxat ko‘rinishida beriladi. Qo‘shimcha adabiyotlar fan mazmuni va o‘quvchilar yoshini hisobga olgan holda tanlanadi. 1 MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARIY Adabiyotlar ro‘yxati – maqolada, asarda foydalanilgan va muayyan tartibda berilgan adabiyotlar ro‘yxati. Asosiy matn – qoidalar fan bo‘yicha muallif tomonidan dasturga qathiyan mos ravishda ilmiy jihatdan saralab olingan va tizimlashtirilgan o‘quv materiali. Havolalar – muallif, tadqiqotchi keltirgan iqtibos olingan manba haqidagi ma’lumot. Illyustratsiya – matndagi tasvir, rasm. Iqtibos – biron-bir matndan olinadigan aniq, so‘zma-so‘z keltirilgan jumla, ko‘chirma gap bo‘lib, u o‘zlashtirma shaklda ham berilishi mumkin. Komponent – (lot. componens, componentis — tashkil etuvchi; tarkibiy qism) biror narsaning tarkibiy qismi. Matn – Tekst, nutqning yozuvdagi ifodasi: 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rahem, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Mundarija – (arab. - mazmun, maʼno; tarkib) kitob yoki qo‘lyozmaning boshida yoki oxirida uning fasl va bo‘limlarini, odatda betlari bilan ko‘rsatuvchi ro‘yxat Obzor – (rus. obzor < obozret — “ko‘z tashlamoq, ko‘rib chiqmoq; tekshirmoq, tahlil qilmoq”) ko‘rinish, umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumot. Qisqartmalar – so‘zning qismini yoki o‘zini to‘liqligicha matnning hajmini kamaytirish maqsadida qisqartirib berish shakli.

Use Quizgecko on...
Browser
Browser