8-sinf Ona tili darsligi (2014 PDF)

Summary

Ushbu hujjat 2014-yilda chop etilgan 8-sinf uchun ona tili darsligidir. M. Qodirov va H. Ne'matov muallifligida, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun moʻljallangan darslik oʻzbek tili grammatikasi va adabiy nutqini oʻrgatishga qaratilgan.

Full Transcript

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Uchinchi nashri Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2014 UO‘K: 811.512.133 KBK 81.2O‘zbya721...

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Uchinchi nashri Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2014 UO‘K: 811.512.133 KBK 81.2O‘zbya721 Mualliflar M. Qodirov, H. Ne’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva Mas’ul muharrir Qozoqboy Yo‘ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor Taqrizchilar O. Oxunjonova – Nizomiy nomidagi TDPU, p.f. nomzodi; S. Majidova – XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi. Shartli qisqartmalar A.Qod. — Abdulla Qodiriy P.T. — Parda Tursun A.Q. — Abdulla Qahhor P.Q. — Pirimqul Qodirov A.O. — Abdulla Oriðov R.F. — Rahmat Fayziy As.M. — Asqad Muxtor S.A. — Said Ahmad E.V. — Erkin Vohidov S.Ayn. — Sadriddin Ayniy F.M. — Farhod Musajon S.B. — Safar Barnoyev H.O. — Hamid Olimjon S.S. — Sa’dulla Siyoyev H.N. — Hakim Nazir T.M. — Tohir Malik H.G‘. — Hamid G‘ulom U. — Uyg‘un H. — Hamza X.T. — Xudoyberdi To‘xtaboyev I.R. — Ibrohim Rahim Y.Sh. — Yoqubjon Shukurov J.Abd. — Jonrid Abdullaxonov Z — Zulfiya M. Ism. — Mirzakalon Ismoiliy Z.D. — Zafar Diyor M.O. — Mirkarim Osim O‘.H. — O‘tkir Hoshimov O. — Oybek G‘.G‘. — G‘afur G‘ulom O.Y. — Odil Yoqubov Sh. R. — Sharof Rashidov O.M. — Omon Muxtor Shuh. — Shuhrat Ñh.Ayt. — Chingiz Aytmatov Shartli belgilar: — savol va topshiriqlar — iqtidorli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan mashq va — esga oling topshiriqlar — bilib oling — uyga vazifa «Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi». © M. Qodirov va boshq., 2014 ISBN 978-9943-05-619-0 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2010 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 2 1-SENTABR — MUSTAQILLIK KUNI 3 KIRISH 1 -dars KIRISH SUHBATI. «SO‘ZDAN SO‘ZNING FARQI BOR...» 1-mashq. 1-topshiriq. Hikoyatni o‘qing va undan qanday xulosa chiqa- rilayotganligini ayting. MUKOFOT VA JAZO Qadimda podshohlardan biri davlat ishlarini boshqarayot- gan paytlarida o‘g‘lini yonida olib o‘tirar ekan. Bir kuni podshoh kechasi ko‘rgan tushini munajjimga so‘zlab berib, ta’birini so‘rabdi. Munajjim bilag‘on bo‘lsa-da, dilozor, dag‘al so‘zli ekan. U tushga shunday ta’bir beribdi: — Shohim, sizning barcha yor-u do‘stlaringiz o‘lib ketadi, siz yolg‘iz qolib, ko‘p azob chekasiz. G‘azablangan podshoh munajjimni jazolashni buyuribdi va xuddi shu tushni tadbirkor, mulohazali, oqil vaziriga aytibdi. Dono vazir bu tushga shunday ta’bir beribdi: — Shohim, bu qutlug‘ tush sizga muborak bo‘lsin. Sadaqalar bering, bandilarni zindondan ozod qiling. Tangri sizni barcha yor-u do‘stlaringizdan uzoqroq umr ko‘rish baxtiga muyassar qiladi. Podshoh vazirini zar to‘n bilan taqdirlab, unga ruxsat bergach, o‘g‘liga debdi: — O‘g‘lim, har ikkalasi ham bir fikrni aytdi. — Ammo qay tarzda, — deb e’tiroz bildirdi shahzoda. — Gap xuddi mana shunda-da. Qarang, biri jazolandi, biri esa taqdirlandi, — deb ziyrak o‘g‘lining fikrini ma’qulladi podshoh. («Ibratli hikoyatlar» kitobidan) 2-topshiriq. Shirin va muloyim so‘zlash, so‘z tanlash, o‘ylab gapirish haqida qanday maqol va hikmatli so‘zlarni, rivoyat va hikoyatlarni bi- lasiz? So‘zlab bering. 3-topshiriq. «So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor», «Donoga ishora — nodonga kaltak» maqollarining mazmunini sharhlang. 4 4-topshiriq. Hazrat Alisher Navoiyning «So‘z durrining tafovuti mundin dag‘i (ham) beg‘oyatroq (cheksizroq) va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Adoqki, sharifidin (ta’siridan) o‘lgan badang‘a ruhi pok etar (toza ruh bag‘ishlaydi), kasifidin (kasofatidan) hayotliq tang‘a zahri halok xosiyati (o‘ldiruvchi zahar xosiyatini) zuhur etar (hosil qiladi)» degan fikrini qanday sharhlaysiz? Bilib oling. Inson o‘zining ma’lum bir fikrini turli so‘zlar yoki ishoralar vositasida turlicha ifodalashi mumkin. Bunday o‘zgacha ifodani so‘zlovchining bilim saviyasi, hayotiy tajribasi, so‘z boyligi va nutq paytidagi muhit (sharoit) belgilaydi. 5-topshiriq. Ayni bir fikrni turli shaklda ifodalab ko‘ring. 2-mashq. Hayotiy tajribangiz asosida «Tig‘ yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi» maqoli asosida matn tuzing. 3-mashq. Uyga vazifa. Mustaqillik va istiqlol, kelajak va istiqbol so‘zlarini ishtirok ettirib, Ona-Vatanimizni sharaflovchi matn tuzing. 2 -dars ADABIY NUTQ 4-mashq. Ilmiy matnni o‘qing va tushunganlaringizni so‘zlab bering. Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa-aralashuvning eng asosiy vositasidir. U yozma va og‘zaki nutq jarayonida o‘z ijtimoiy vazifasini bajaradi. Nutqning adabiy va shevalarga xos ko‘rinishlari bor. Adabiy nutq so‘z san’atkorlari — yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishidir. Adabiy nutqda har bir so‘z va qo‘shimchaning talaffuzi, imlosi, qo‘llanilishi, ma’nolari aniq me’yorlar bilan chegaralangan. Bu me’yorlarni buzish qo‘pol xato sanaladi. Odatda, barcha rasmiy yozishmalar, hujjatlar, o‘qitish ishlari, matbuot xabarlari adabiy nutqda amalga oshiriladi. Adabiy nutq me’yorlarini buzish nafaqat savodsizlik va madaniyatsizlik, balki o‘z ona tiliga nisbatan hurmatsizlik belgisidir. Mana shu sababdan, umumta’lim maktablarida «Ona tili» o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, bu fan adabiy nutq me’yorlarini o‘rgatadi, sizda undan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslash- tirilgan, bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib tura- digan ko‘rinishlari — uslublari mavjud. 5 Bular quyidagilar: 1) so‘zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) ilmiy uslub; 5) rasmiy-idoraviy uslub. So‘zlashuv uslubi kishilarning oilada, ko‘cha-ko‘yda fikr almashinuvi jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubidir. So‘zlashuv uslubi, ko‘pincha dialog shaklida bo‘ladi. Publitsistik uslub axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-jurnallar) uslubidir. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo‘lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo‘llanilishi xos bo‘lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yozilgan. Rasmiy-idoraviy uslub o‘ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliðlashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. 5-mashq. Matnlarni o‘qing. Ularning har biri adabiy nutqning qaysi uslubiga xosligini aniqlang. 1. Ma’lumotnoma Azamat Odilovga, uning Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidagi 3-maktabning 8-sinfida o‘qiyotganligi haqida berildi. 2. She’riyat mulkining sultoni, birinchi turkiy «Xamsa» asari- ning muallifi hazrat Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi. 3. Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tug‘ildi. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Besh yoshida uni maktabga berdilar. Savol va topshiriqlar 1. Adabiy nutq me’yorlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Adabiy nutqning uslublari deganda nimani tushunasiz? 3. Adabiy nutqimizning keng qo‘llanuvchi uslublari qaysilar? 6-mashq. Uyga vazifa. Yozma manbalardan ilmiy va rasmiy-idoraviy uslub- dagi matnlarga ikkitadan misol (parcha) topib yozing. 6 O‘TILGANLARNI TAKRORLASH 3-dars MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARI 7-mashq. Quyida barcha (6 ta) mustaqil so‘z turkumlarining har biriga aralash holda 5 tadan misol berilgan. Ularni jadvaldagi turkumlarga ajratib yozib chiqing. Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq, sakkizinchi, hech kim, chopmoq, chiroy, uchala, qani, foydalanmoq, uyqu, chiroyli, bugun, bari, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq, shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov. Fe’l Ot Ot Si fat So n Ravi sh Olmosh........................ 8-mashq. Mustaqil so‘z turkumlariga misollar topish yuzasidan «Topqirlar bellashuvi»ni tashkil qiling. 9-mashq. 1-topshiriq. Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Undagi «insonlik sha’niga isnod», «tiriklikdagi o‘liklik» iboralari ma’nosini ham sharhlang. SHARAFLI BURCH Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan ekan. Yo‘l qabriston oralab o‘tar ekan, qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, o‘tib ketishibdi. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: — Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni 7 ham bilmasalaring? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‘liklikdir. Ota- bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir. Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar. (Qudrat Hikmat) 2-topshiriq. Matndagi mustaqil so‘zlarni turkumlarga ajrating va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda ko‘chirib yozing. 10-mashq. «Kishining eng muhim burchlaridan biri — ota-onaning hur- mati» (Alisher Navoiy) hikmatli so‘zi asosida o‘z mulohazalarin- gizni bayon qiling. Savol va topshiriqlar 1. Ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish nima uchun mustaqil so‘z turkumlari deyiladi? 2. Olmosh qanday xususiyatlari bilan boshqa turkumlardan ajralib turadi? 3. Ot so‘zlar gapda qanday sintaktik vazifalarda keladi? 4. Sifat va son so‘zlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelishi mumkin? Misollar keltiring. 5. Ravishlar gapda, ko‘pincha, qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib keladi? 6. Fe’l so‘zlarining gapdagi asosiy vazifasi nimadan iborat? 7. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘rganish nega fe’l turkumidan boshlanadi? 8. Gapda ot so‘zlarga bog‘lanib keluvchi va ot o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z turkumlari qaysilar? 9. Otlashuv hodisasiga misollar keltira olasizmi? 11-mashq. Uyga vazifa. Yozgi ta’til taassurotlaringiz haqida matn tuzing. Undagi mustaqil so‘zlarning tagiga chizing va turkumini tepasiga yozib ko‘rsating. 4 -dars YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI 12-mashq. Quyida keltirilgan (3 ta) so‘z turkumlariga aralash holda 5 tadan misol berilgan. Ularni jadvalga turkumlarga ajratib yozib chiqing. Nahotki, basharti, qadar, agar, axir, go‘yo, boshqa, hatto, sari, chunki, xuddi, keyin, balki, faqatgina, orqali. Ko‘makchi Bog‘lovchi Yuklama............ 8 13-mashq. Yordamchi so‘z turkumlariga misollar topish bo‘yicha «Guruhlar musobaqasi» o‘yinini o‘tkazing. 14-mashq. Berilgan gaplardagi yordamchi so‘zlarni aniqlang, ularning qaysi so‘z bilan bog‘langani, qanday ma’no ifodalayotgani va gapda qanday vazifa bajarayotganini tushuntiring. 1. Yig‘ilgan xaloyiq suron bilan yangi shahar tomon qo‘zg‘aldi. (O.) 2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, lekin javob kelmadi. (H.G‘.) 3. Bilasizmi, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-a. (O.) 4. Hali xabaring yo‘qmi? Asrora opam kasalxonadalar- ku! (S.A.) 5. Nahot sen uning talanti uchun, shon-shuhrati uchun turmushga chiqqan bo‘lsang? (O.Y.) 6. Shuni unutmaki, tarbiyaning otasi — mehnat. (H.N.) 7. Otlar go‘yo ovchidan qochgan kiyiklar singari qo‘sh oyoqlab shamoldek uchib bormoqda. (Y.Sh.) 15-mashq. Rasmni kuzating. Unda qaysi fasl va nimalar tasvirlangan? So‘zlab bering. So‘ng «O‘zbekistonda kuz» mavzusida matn tuzing. Matnda yordamchi so‘z turkumlari (ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar)dan kengroq foydalanishga harakat qiling. Savol va topshiriqlar 1. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar nima uchun yordamchi so‘z turkumlari deyiladi? Ularning mustaqil so‘z turkumlaridan farqi nimada? 2. Ko‘makchilar necha turli bo‘ladi, ular qanday ma’no va vazifalarda qo‘llanadi? 3. Bog‘lovchilar gapdagi vazifalariga ko‘ra necha turga bo‘linadi? Ular qaysilar? 4. Yuklamalarning qanday ma’no turlari bor? 5. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar gapda boshqa turkumlar o‘rni (vazifasi)da kelishi mumkinmi? 6. Yordamchi so‘z turkumlarining nomlanishi bilan gapdagi vazifalari orasida qanday bog‘liqlikni sezasiz? 9 16-mashq. Uyga vazifa. Shu o‘quv yilida amalga oshiradigan ishlaringiz va niyatlaringiz haqida «Men sakkizinchi sinf o‘quvchisiman» mavzusida insho yozing. Undagi yordamchi so‘zlarni aniqlab, qaysi turkumga oidligini belgilang. 5 -dars UNDOV, TAQLID VA MODAL SO‘ZLAR 17-mashq. Quyida undov, taqlid va modal so‘zlarga oid misollar (beshtadan) aralash holda berilgan. Ularni jadvalga (ajratib) ko‘chiring. Ehtimol, eh, g‘ir-g‘ir, ofarin, taqir-tuqur, shekilli, evoh, yalt-yult, shubhasiz, hoy, duv-duv, beh-beh, albatta, qars- qurs, afsuski. Undov so‘zlar Taqli d so‘zlar Modal so‘zlar............ 18-mashq. Undov, taqlid va modal so‘z turkumlariga oid misollar topish bo‘yicha «Tez va ko‘p topish» o‘yinini o‘tkazing. 19-mashq. Berilgan gaplardagi undov, taqlid va modal so‘zlarni aniqlab, guruhlab yozing. Ularning gapdagi vazifasini sharhlang. 1. Demak, ishlash mumkin. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘- darishga ham to‘g‘ri kelar. (A.Q.) 2. Razm solib qarasam, ko‘l beti g‘uj-g‘uj o‘rdakka to‘lib ketibdi. (S.A.) 3. Akramning xayolini mototsiklning «pat-pat»i buzib yubordi. (O.Y.) 4. Bay-bay-bay, bunaqasini yemaganimga necha yil bo‘ldi ekan... (A.Q.) 5. Kengash yaxshi o‘tgan chamasi, G‘iyosiddinovning vaqti chog‘ edi. (P.Q.) 6. Dildor, nazarimizda, Chorterakning fayzi, jamoli edi. (S.A.) 7. Oshxonaga chiqsak, voy-bo‘y, hovliga bola degani sig‘may ketibdi. (X.T.) 8. Yo‘lkaning oxirida milt-milt yongan shu’la ko‘ri- nardi. (O.Y.) Savol va topshiriqlar 1. Undov, taqlid va modal so‘zlar nega mustaqil yoki yordamchi so‘z turkumlari qatorida sanalmaydi? 2. Undov so‘zlar nutqda qanday vazifalarni bajaradi? 3. Taqlid so‘zlar qanday hosil qilinadi? Ular gapda qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelishi mumkin? 10 4. Taqlid so‘zlardan ko‘proq qaysi turkum so‘zlari yasaladi? 5. Qanday so‘zlar modal so‘zlar deyiladi? 6. Undov, taqlid va modal so‘zlarning gapda ot vazifasida qo‘llanishiga misollar keltira olasizmi? 20-mashq. Uyga vazifa. Kundalik matbuot nashrlaridan undov, taqlid, modal so‘zlar qatnashgan matnlar yoki parchalarni ko‘chirib yozing va ularning gapdagi vazifasini sharhlang. 6 -dars OLMOSHNING MA’NO TURLARI 21-mashq. Quyida olmosh so‘zlar ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 tadan misol berilgan. Ularni ma’no turlari bo‘yicha jadvalga joylashtiring. O‘sha, hamma, qaysi, o‘zim, allakim, hech qaysi, men, barcha, o‘zi, hech qancha, sen, ana, qachon, har kim, o‘zlari, sizlar, hech qayer, biz, qayer, mana shu, qaysidir, hech qachon, qanaqa, ular, bari, o‘zing, nega, ana o‘sha, nimadir, o‘zingiz, allaqancha, hech bir, allaqanday, har qancha, bu. Ki shi li k O‘zli k Ko‘rsati sh So‘roq Belgi lash Bo‘li shsi zli k G u mo n olmoshi olmoshi olmoshi olmoshi olmoshi olmoshi olmoshi............................ 22-mashq. Misollarni ko‘chiring. Olmoshlarni topib, qaysi ma’no turiga mansubligini ayting. 1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o‘xshaydi. (S.A.) 2. O‘z uyim deb so‘zlama, uy ortida kishi bor. 3. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi. 4. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer. (Maqollar) 5. U kishidan bir gap chiqadi. (A.Q.) 6. Hamma gapingiz haq, o‘rtoq Ahmedov. (A.Q.) 7. Unday bo‘lsa, eshon-u Sulton bilan Fuzayl maxsum nega bunday yarashga unamaganlar? (S.A.) 8. Shu xayol, shu tasavvur bilan yigit Darai Nihonga qarab jo‘nadi. (S.A.) 9. Bunga mening insofim yo‘l bermaydi. (S.A.) 10. Shirinso‘z, mehribon xola yana uning yelkasiga qoqib omonlashdi. (Mirmuhsin) 11. U ona bo‘lishdan behad shod. (I. Rahim) 12. Uning qoni to‘kilgan joydan shifobaxsh buloq 11 chiqqan. (I. Rahim) 13. Bu gapni hazilga yo‘yish uchun Sidiqjon ham kuldi. (A.Q.) 14. Sizdan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman. (A.Q.) 15. Siz meni qandaydir sirli odam deb o‘ylayapsiz. (Mirmuhsin) 23-mashq. Mana shu, har kim, hech narsa, allakim, o‘sha-o‘sha olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularni olmoshning qaysi ma’no turiga oidligiga ko‘ra tavsiflang, qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ham ayting. 24-mashq. Uyga vazifa. «Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi» maqoli asosida matn yarating. 7 -dars RAVISHNING MA’NO TURLARI 25-mashq. Quyida ravish so‘zlar ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 tadan misol berilgan. Ularni ma’no turlari bo‘yicha jadvalga joylashtiring. Zo‘rg‘a, kecha, uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda- bunda, g‘oyat, olg‘a, endi, tez, ozgina, yuqoridan, ertalab, ko‘p, to‘satdan, avval, to‘g‘riga, juda, do‘stona. Holat ravi shi Mi qdor-daraja ravi shi O‘ri n ravi shi Payt ravi shi................ 26-mashq. Misollarni ko‘chiring. Ravish so‘zlarni topib, qaysi ma’no turiga oidligi va qanday vazifada kelganini ayting. 1. Xadicha xola bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib kelgan edi. (A.Q.) 2. Xadicha xola xiyla o‘ylanib turdi. (A.Q.) 3. Men darvozaning oldida ancha turib qoldim. (O.Y.) 4. Sidiqjon picha o‘tirdi-yu, endi qaytib ketmoqchi bo‘lib turganida O‘rmonjon kelib qoldi. (A.Q.) 5. Bir zamon eshik «g‘iyq» etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib mo‘raladi. (G‘.Rasulov) 6. Poyezd meni sershovqin stansiyaga tashlab, yana qichqirganicha, oldinga intildi. (S.A.) 7. Kechqurun Sidiqjonni ko‘rgani bolaligidagi o‘rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.) 8. Bu hafta ularning nazarida bir yildan ham uzun tuyuldi. (S.A.) 9. To‘lagan aka indamasdan chiqib ketdi. (A.Q.) 10. U O‘rmonjonga, Bo‘taboyga, Kanizakka ko‘pdan ko‘p salom aytdi. (A.Q.) 12 27- mashq. To‘xtovsiz, do‘stona, qishin-yozin, mardlarcha, inglizcha yasama ravishlari ishtirokida gaplar tuzing. Ravishning qaysi ma’no turiga mansubligini, gapda qanday sintaktik vazifada kelayotganini ayting. 28- mashq. 1- topshiriq. Matnni o‘qib, unda qanday g‘oya ilgari surilayot- ganini ayting. Hikoyadagi ibratdan qanday hikmat yuzaga kelgan? IBRAT O‘RGIMCHAK BILAN IPAK QURTI O‘rgimchak iðak qurtini ko‘rib, uning ustidan kuldi va: — Omonmisan, do‘stim! Sen juda sekin, juda og‘ir ish qilyapsan. Qara, men oz vaqtda kattakon bir to‘rni bir zumda to‘qib tashlayman, — dedi. Ipak qurti o‘rgimchakka dedi: — To‘g‘ri, sen haqsan. Ammo bir zumda qilingan bu uyingdan nochorroq uy bormi? Sening ingichka iðlaring juda zaifdir. Men sekin ishlayman, ammo pishiq ish qilaman. Shu bois iðagimni hamma qadrlaydi. Ipagim oz bo‘lsa ham, senikidan ustun va qimmatdir. (Sharq hikoyasi) HIKMAT Har bir yaxshi va puxta ish kelajakda katta rivojlanishlarga sabab bo‘ladi. O‘rgimchakning shoshib bajargan ishi sifatsiz. Ipak qurtining sekin bajargan ishi pishiq, puxta. Shu bois, u qimmatli. Odamlar ham xuddi o‘rgimchak singari shoshma-shosharlik bilan emas, iðak qurti singari sekin, shoshmasdan, o‘ylab, pishiq, puxta ish qilishi kerak. Ey o‘quvchi! Jamiyatga kerakli bo‘lishni istasang, ishingni puxta qil. Shuni aniq bilginki, jamiyat sen kabi insonlarga muhtojdir. Insoniyat faqat sen kabilarning obdan o‘ylab amalga oshiradigan pishiq, puxta ishlari tufayli yuksaladi. (Muhammad Kamol) 2-topshiriq. Matndagi ravish so‘zlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birgalikda ko‘chirib yozing. Gap bo‘lagi sifatidagi vazifasini aniqlang. 29-mashq. Uyga vazifa. Sal, kecha, hamisha, ilgari ravishlari qatnashgan gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizda ravishlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini belgilang. 13 IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI 8 -dars MA’LUMOTNOMA MATNI VA IJODIY- TAVSIFIY MATN 30-mashq. Ikkala matnni qiyoslab, shakl va mazmundagi o‘xshashlik hamda farqlarni ayting. Buning sababini tushuntiring va berilgan savollarga javob bering. Birinchi matn ALISHER NAVOIY Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. (A. Oriðov) Ha. Bu «zanjirband sher»ning necha asrlardan beri jahonni maftun etib kelayotgan g‘azallari porloq quyosh kabidir. Uning betakror nazmi oldida hatto Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari xira tortdi. «Nizomiy panjasiga panja urib» bunyod qilgan «Xamsa»si «Panj ganj» shuhratiga soya soldi. Forsigo‘ylar uning turkiy tilda yozganligidan shukronalar aytdilar. Ikkinchi matn ALISHER NAVOIY Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak berib turibdi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. 14 Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorli va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». Savol va topshiriqlar 1. Qaysi matnda hissiyot kuchli? 2. Qaysi matnda fikrlar aniq va isbotlar bilan berilgan? 3. Har ikkala matndagi axborot deyarli bir xilmi? 4. Ikki matnni qiyoslab, ular orasidagi asosiy farq nimada ekanligini ayta olasizmi? Bilib oling. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matnda so‘zlarning ko‘chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi, voqea- hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr- mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Ilmiy, publitsistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir. 31-mashq. O‘zingiz o‘qiyotgan sinfxona haqida avval ma’lumotnoma matni, so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing. 32-mashq. O‘zingiz yoqtirgan shoir yoki yozuvchi haqida ma’lumotnoma va ijodiy-tavsifiy matnlar tuzing. Savol va topshiriqlar 1. Ma’lumotnoma matni qanday tuziladi, unda nimalarga e’tibor qaratiladi? 2. Ijodiy-tavsifiy matnning asosiy belgilari haqida gapiring. 3. Insho matnning qaysi turiga kiradi? 33-mashq. Uyga vazifa. Oilangiz a’zolari haqida avval ma’lumotnoma matni, so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing. 15 9 -dars INSHO — IJODIY MEHNATNING OLIY KO‘RINISHI 34-mashq. Matnni o‘qing. Uni og‘zaki hikoya qiling. Matn oxirida berilgan savollarga javob bering. INSHO — IJODIY MEHNAT Insho o‘quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini, shu mavzu bo‘yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn — kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o‘zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero, insho o‘quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko‘zgusidir. Unda o‘quvchining bilimlari, his-tuyg‘ulari, fikrlarini bayon etish ko‘nikma va malakalari o‘z aksini topadi. Inshoning har bir turi o‘z shakliy va mazmuniy xususiyatlariga ega. Savol va topshiriqlar 1. Insho nima? U muallifning qanday xislatlarini namoyon qiladi? 2. Inshoda badiiy asardan va boshqa kitoblardan aynan olingan o‘rinlar qanday berilishi kerak? 3. Ikki o‘quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosi bir xil bo‘lishi mumkinmi? 4. Ikki o‘quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar, o‘xshashliklar bo‘lishi mumkin? 5. Inshoning yozma axborot bilan qanday o‘xshash va farqli tomonlari bor? Bilib oling. Insho — ijodiy mehnatning oliy ko‘rinishi, murakkab aqliy mehnat mahsulidir. U muallifdan o‘z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma’lum mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko‘chirmalarni yig‘ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi. 16 Didaktik maqsadlarga ko‘ra insholar ikki xil bo‘ladi: a) ta’limiy insholar; b) sinov insholari. Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o‘quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi. Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko‘nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so‘ng, choraklar yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. 35-mashq. «Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi» mavzusida kichik insho yozing. 36-mashq. Rassom N. Qo‘ziboyevning «Navoiy va Husayn Boyqaro» deb nomlangan asarini kuzating. Undan foydalanib, shu sarlavha ostida insho yozing. Savol va topshiriqlar 1. Inshoga nega «ijodiy mehnatning oliy ko‘rinishi» deb baho beriladi? 2. Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak? 3. Didaktik maqsadlarga ko‘ra insholar necha xil bo‘ladi? 37-mashq. Uyga vizifa. «Onajonim — mehribonim» mavzusida insho yozing. 1 0-dars INSHO TURLARI Bilib oling. Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi. 2 – Ona tili 17 Insho muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko‘nik- masi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra 3 turli bo‘ladi: 1. Adabiy mavzudagi insholar. 2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar. 3. Erkin mavzudagi insholar. Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o‘qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yozila- digan insholar kiradi. Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o‘tilgan ma’lumotlarga o‘quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo‘shib ifodalanadigan insholar kiradi. Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy- siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir. Savol va topshiriqlar 1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so‘zi qanday ma’noda qo‘llanadi? 2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko‘rinadi? 3. Insho necha turli ko‘rinishda bo‘ladi? 4. Qanday insholarni adabiy mavzudagi insholar deymiz? 5. Adabiy-ijodiy inshoning adabiy inshodan farqi nimada? 6. Erkin mavzudagi insholarga qanday talablar qo‘yiladi? 38-mashq. Adabiyot darslarida yaqin kunlarda o‘tilgan biror badiiy asar bo‘yicha adabiy mavzudagi insho mavzularini tuzing. 39-mashq. O‘zingiz yoqtirgan biror badiiy asar asosida adabiy-ijodiy mav- zudagi insho uchun bir mavzu tanlang. Shu mavzuga murakkab reja tuzing. 40-mashq. «Insho turlari, ularning bir-biridan farqi» mavzusida ilmiy matn tuzing. 41-mashq. Uyga vazifa. Xalq dostonlaridan biriga aloqador bo‘lgan mavzu tanlang, reja tuzib insho yozing. 18 1 1-dars ADABIY VA ADABIY-IJODIY MAVZULARDAGI INSHOLAR Esga oling. Sizga birinchi sinfdan tanish bo‘lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni haqiqiy insho deb bo‘lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o‘quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chega- ralangan bo‘ladi. 42-mashq. Guruhlarga bo‘linib, biror badiiy asar bo‘yicha insho mavzulari tuzing. Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasini shakllantiring. Buning uchun dastlab qanday bilimlar zarurligini esga oling. Bilib oling. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi. 43-mashq. O‘zingiz yoqtirgan biror badiiy asar asosida adabiy-ijodiy insho uchun mavzular tanlang. Shu mavzular bo‘yicha murakkab reja asosida insho yozing. Bilib oling. Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o‘quvchi o‘z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda. 44-mashq. Quyida adabiy va adabiy-ijodiy insholarning mavzulari aralash holda berilgan. Ularni ajratib yozing. 1. «Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri. 2. A. Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi. 3. Men sevgan adib. 4. H. Olimjon — lirik shoir. 5. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taas- surotlarim. 6. A. Qahhor — kichik hikoyalar ustasi. 7. «Mehrobdan chayon» romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 8. Zul- fiya — men sevgan shoira. 45-mashq. Yuqoridagi mavzulardan birini tanlab, murakkab reja tuzing. 19 Savol va topshiriqlar 1. Adabiy mavzudagi inshoda nimalar tahlil qilinadi? Misol keltiring. 2. Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoga qanday yondashiladi? Uning adabiy mavzudagi inshodan farqi nimada? 46-mashq. Uyga vazifa. Adabiyot darslarida yaqin kunlarda o‘tilgan asar asosida adabiy-ijodiy mavzu tanlang. Reja tuzib, insho yozing. 1 2 -dars ERKIN MAVZUDAGI INSHOLAR 47-mashq. Berilgan mavzularda erkin mavzudagi insho yozish uchun qaysi sohalarga oid bilimlar zarurligini ayting va fikringizni sharhlang. 1. Kitob — bilim manbayi. 2. Vatanni sevmoq iymondandir. (Hadisdan) 3. Nima uchun Bobur asarlari menga yoqadi? 4. O‘zbekiston — Vatanim manim. (A.O.) 5. Tanti dehqon – o‘zbegim. (E.V.) 6. Hayotda bo‘lmasa muallim agar. (A.Jomiy) 7. Inson har narsadan ulug‘. Bilib oling. O‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr-mulo- hazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir. Erkin mavzudagi insholarda o‘quvchining bir mavzu bo‘yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi. 48-mashq. Adabiyot, ona tili, tarix, geografiya, biologiya fanlari bilan aloqador erkin insho mavzularini shakllantiring. Ulardan birining mufassal rejasini tuzing. N a m u n a: O‘ZBEKISTON — VATANIM MANIM R e j a: I. K i r i s h. O‘zbekistonning tarixi va istiqboli haqida. II. A s o s i y q i s m: 1. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» 2. O‘zbekiston jahonga yuz tutmoqda. 3. Vatanimning tabiiy boyliklari. 4. Vatanim — rivojlangan sanoat maskani. 5. O‘zbekiston shoirlar va adiblar madhida. III. X u l o s a. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. 20 49-mashq. Berilgan mavzu va reja asosida erkin mavzuda insho yozing. DAVLATIMIZ MADHIYASI R e j a: I. K i r i s h. Madhiyamizni o‘qiganimizda yoki tinglaganimizda ko‘z oldimizda nimalar gavdalanadi? II. A s o s i y q i s m: 1. Madhiyamizda va mening tasavvurimda Vatan. 2. Vatanimning o‘tmishi va buguni. 3. Vatanimning kelajagi. III. X u l o s a. Men o‘z Vatanim bilan faxrlanaman. Savol va topshiriqlar 1. Inshoning qanday turi erkin mavzudagi insho deyiladi? 2. Erkin mavzudagi inshoda muallifning qaysi xislatlari aks etadi? 3. Erkin mavzudagi insholar qaysi soha bilimlariga aloqador bo‘lishi mumkin? 50-mashq. Uyga vazifa. Rasmni kuzating. Undan va davlatlararo zamonaviy aloqalarga oid ma’lumotlardan foydalanib, «Buyuk iðak yo‘li va zamonamiz» mavzusida insho yozing. 1 3-dars INSHOGA EPIGRAF TANLASH 51-mashq. Jadvalni kuzating. Uning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt) keltirildi. Insho mavzulariga mos keluvchi fikr (epigraf)larni tanlang va bir-biriga bog‘lang. T./r. Insho mavzusi T./r. Epi graf 1. Alisher Navoiy — she’riyat 1. Ona, yurting — oltin beshiging, sultoni. Yurting omon — o‘zing omon. (Maqol) 21 2. O‘zbek iston — Vatanim 2. Besh asrk im nazmiy saroyni manim. Titratadi zanjirband bir sher. (A. Ori pov) 3. M ehnat baxt k eltirar. 3. Suv — zar, suvchi — zargar. (Maqol) 4. Suv — hayot manbayi. 4. M ehnat, mehnatning tagi rohat. (Maqol) Bilib oling. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so‘z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi. Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o‘ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo‘lgan matndan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi. Inshoda epigraf bo‘lishini qat’iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko‘rsatadi. 52-mashq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping. 1. Alisher Navoiyning «Topmadim» g‘azali tahlili. 2. Muhammad Yusuf she’rlarida samimiylik va haqqoniylikning tarannum etilishi. 3. A.Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi. 4. «O‘tkan kunlar» romanidagi Zaynab timsoliga tavsif. 53-mashq. «O‘zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «O‘.Hoshimov asarlarini sevib o‘qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mavzularining biriga reja tuzing va epigraf tanlang. Savol va topshiriqlar 1. Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi? 2. Barcha insholarda epigraf bo‘lishi shartmi? 3. Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday tinish belgilari qo‘yiladi? 54-mashq. Uyga vazifa. «Ma’naviyat — qalbim quyoshi», «Men ozod Vatan farzandiman», «Onajonim — mehribonim» mavzularidan birini tanlab uy inshosi yozing. Insho mazmuniga mos keluvchi epigraf qo‘yishga harakat qiling. 14 – 15-darslar YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 22 SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI 1 6-dars SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Bilib oling. Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vosi- talardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Tahlil qilganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va izohlanadi. 1-topshiriq. O‘qing. Ushbu matnda nechta gap borligini ayting. Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.H.) Gap — til birligi. 2-topshiriq. Quyidagi gapda nechta so‘z birikmasi borligini aniqlang. Katta sement ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi. (S. A.) So‘z birikmasi — til birligi. 3-topshiriq. Har bir gapda nechtadan so‘z borligini aniqlang. 1. Tebranib yonayotgan sham zo‘r mo‘jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. (A.Q.) 2. Otni tepmaydi dema, itni qopmaydi dema. (Maqol) 3. Anvar do‘stining gap boshla- ganidan quvonib ketdi. (O‘.H.) 4. Jannat xola shoshib yo‘lakka yugurdi. (S.A.) So‘z — til birligi. 4-topshiriq. Kitob, piyoz, chelak, stul so‘zlaridagi tovushlar miqdorini aniqlang. 23 Tovush — til birligi. 5-topshiriq. Mening kitobim, piyozni archadi, chelakka quydik, stulda o‘tiribdi birikmalaridagi so‘zlar nimalar vositasida bog‘langan? So‘z bi ri kmasi Qo‘shi mchalar N a m u n a: M ening k itobim -ni ng, -i m...... Qo‘shimcha — til birligi. Bilib oling. So‘zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmalari va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar o‘z qurilishi hamda ifoda mazmuniga ko‘ra farqlanadi. So‘z birikmalari hamda gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis deyiladi. Sintaksis so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o‘rganganligi uchun unda: 1) so‘z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo‘- limlar mavjuddir. Gap og‘zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qo‘llanishi haqidagi qoidalar yig‘indisi punktuatsiya deyiladi. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘z (ibora)lari va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya’ni gap qurilishida namoyon qiladi. Savol va topshiriqlar 1. Til birliklarini sanab bering va ularning fikrni shakllantirishdagi vazifasini tushuntiring. 2. So‘z birikmalari va gaplar qanday hosil qilinadi? 3. Tilning qanday bo‘limi sintaksis deyiladi? Uning ichki bo‘limlarini ayting. 4. Tinish belgilari nimaga xizmat qiladi? Punktuatsiya nima? U nega sintaksis bilan birgalikda o‘rganiladi? 55-mashq. Uyga vazifa. Berilgan gapdagi so‘zlarning o‘zagini aniqlang. Bu so‘zlar gapda qanday vositalar orqali bir-biriga bog‘la- nayotganini izohlang. Biz rostgo‘ylik va halollikni hamisha ulug‘laymiz. 24 SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI 1 7-dars SO‘Z BIRIKMASI (Hosil bo‘lishi va grammatik ma’nolari) 56-mashq. Berilgan so‘z birikmalaridagi hokim va tobe so‘zlarni aniqlang. Ularning qaysi turkum so‘zlar bilan ifodalanganini ayting. 1) ishonchli do‘st, oq kabutar, qizargan olma; 2) do‘stona munosabat, g‘oyat qiziqarli, o‘zbekcha nutq; 3) qiyinchilikni yengmoq, kitobni o‘qimoq, daraxtga chiqmoq; 4) hovlining o‘rtasi, qushning qanoti, do‘stimning maktubi. Bilib oling. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘z grammatik va ma’no jihatdan birikib, so‘z birikmasini hosil qiladi. So‘z birikmasi hokim so‘z va tobe so‘zdan tuziladi. Tobe so‘z hokim so‘zni aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladi. Turli turkum so‘zlari hokim so‘z vazifasida kela oladi. So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi. Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi: shaharning ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘ur-chug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, beqiyos o‘lka, katta qishloq. Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o‘qimoq, daftarga yozmoq, tez yugurmoq, ohista gapirmoq, ta’sirli so‘zlamoq, zavq bilan o‘qimoq. O‘zbek tilida so‘z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi. 57-mashq. 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan tobe so‘z qaysi hokim so‘zni kengaytirib u bilan so‘z birikmasi hosil qilishini aniqlang. So‘z birikmalarini ajratib ko‘chiring. Ularning turlarini ayting. 25 NOCHORLIK NIMADAN? Tog‘ qishloqlaridan birini kuchli sel bosibdi. Sel bir xonadonning Hasan va Husan ismli egizaklarini ham oqizib ketibdi. Bu qishloqdan ancha quyidagi bir joyda Hasanni bir cho‘pon, boshqa yerda Husanni bir hunarmand qutqaribdi va o‘zlariga asrandi o‘g‘il, aniqrog‘i, xizmatkor qilib olibdilar. Bolalar qiyinchilik bilan ulg‘ayibdilar. Bo‘sh, kamharakat va qo‘rqoq Hasan tushkunlikka tushibdi va taqdirim shu ekan deb, cho‘ponga xizmatkor bo‘lib qolaveribdi. Husan esa tabiatan tirishqoq va dadil ekan. U qunt bilan ishlabdi, hayotni diqqat bilan o‘rganibdi, oqilona harakat qilibdi, tezda hunarmandlik sirlarini o‘zlashtiribdi, halol ishlab, asta-sekin o‘z ishini tashkil etibdi. Yosh hunarmand o‘z kasbiga, uyiga, bola- chaqasiga, do‘koniga ega bo‘libdi, zavqli mehnat bilan tinch yashay boshlabdi. Kunlardan bir kuni aka-ukalar bir-biri bilan topishibdi. Shunda Hasan taqdiridan, nochorlikdan nolibdi. Ukasi Husan esa qanday qilib baxtli bo‘lgani, o‘z harakatlari, tadbirkorligi haqida so‘zlab beribdi. Shuning uchun ham xalqimiz: «Nochorlik — harakatsizlikdan», — deydi. 2-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z birikmalaridagi tobe so‘zning o‘rni haqida xulosa chiqaring. 58-mashq. Gaplar (maqollar) tarkibidagi so‘z birikmalarini aniqlab, ularni otli so‘z birikmasi hamda fe’lli so‘z birikmasiga ajratib yozing. 1. Yigitning baxtini mehnat ochar. 2. Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan. 3. Bulbul chamanni sevar, odam — Vatanni. 4. Maydonda sinalgan odam — elda aziz. 5. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas. 6. O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. Savol va topshiriqlar 1. So‘zlarning qanday birikuviga so‘z birikmasi deyiladi? 2. So‘z birikmasidagi bosh so‘z va tobe so‘zni misollar asosida tavsiflab bering. Otli so‘z birikmasi va fe’lli so‘z birikmasiga misollar keltiring. Ular nega shunday ataladi? 3. So‘z birikmasida hokim so‘z va tobe so‘zlarning joylashuvi haqida so‘zlang. 59-mashq. Uyga vazifa. Gapdagi so‘z birikmalarini aniqlovchili birikmalar, to‘ldiruvchili birikmalar va holli birikmalar kabi guruhlarga ajratib ko‘chiring. Shaharda ko‘p qavatli baland binolar qurish avj olgan. (A.Q.) 26 1 8 -dars SO‘Z BIRIKMASIDA SO‘ZLARNING O‘ZARO BIRIKISH USULLARI 60-mashq. Berilgan so‘z birikmalari tarkibidagi ajratilgan vositalardan qaysi birlari so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga, qaysi birlari esa lug‘aviy ma’noga qo‘shimcha ma’nolar berishga xizmat qilishini aniqlang. Fikringizni isbotlang. Choynakdan kattaroq, o‘quvchining sovg‘alari, qalam bilan chizmoq, kitobning muqovasi, g‘oliblik uchun kurashish. Esga oling. Kelishik va egalik qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar (ohang ham) so‘z birikmalari tarkibida so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. 61-mashq. Berilgan so‘z birikmalarini quyidagi belgilar asosida uch guruhga ajrating: 1. Tobe so‘z hokim so‘z bilan faqat ohang va ma’nosiga ko‘ra birikkan (egalik, kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar yo‘q). 2. Tobe so‘z hokim so‘z bilan kelishik (qaratqichdan boshqa) qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida birikkan. 3. Tobe so‘z qaratqich kelishigi, hokim so‘z esa egalik qo‘shimchalari yordamida birikkan. Nazirjonning do‘stlari, erta turmoq, bog‘ga kirmoq, uydan chiqmoq, bolalardan biri, katta xona, bemor uchun dori, maktabimizning jamoasi, xonani bezamoq, shaharda yashamoq, oltin uzuk, do‘stlar bilan uchrashuv, o‘quvchiga e’tibor. Bilib oling. So‘z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so‘zning hech qanday qo‘shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko‘ra bog‘lanishi bitishuv deyiladi: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o‘quvchi, mehribon murabbiy. Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi: do‘stlarni hurmat qilmoq, g‘alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g‘amxo‘rlik qilmoq, sharoitga ko‘ra yondashmoq. 27 Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuv deyiladi: kitobning muqovasi, xona- larning kattarog‘i, bizning sinfimiz, sizning ukangiz. 62-mashq. 1-topshiriq. Berilgan so‘z juftlaridan bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan so‘z birikmalari hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing. 1) tilla, tish; 2) masala, yechmoq; 3) o‘rtoqlar, suhbat- lashmoq; 4) halol, yashamoq; 5) shahrimiz, ko‘chalar; 6) Salima, ko‘rishish; 7) qizil, olma. 2-topshiriq. Hosil qilingan so‘z birikmalaringizning hokim so‘zi fe’l yoki ot turkumiga mansubligiga ko‘ra: 1) fe’lli so‘z birikmalari; 2) otli so‘z birikmalari kabi guruhlarga ajrating. 63-mashq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘z birikmalarida aniqlovchi va to‘ldi- ruvchining belgili yoki belgisiz shakllarda kelganligini aniqlang. ONA YURT SOG‘INCHI Vatan nima o‘zi? Vatan — ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko‘milgan qabriston, ota- onangning izlari qolgan ko‘chalar, sening lahjangda so‘zla- shadigan, qosh-u ko‘zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadr- don yer — Vatandir! Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon — Vatandir! O‘z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi-yu yomon bolasini tishida tishlab o‘tadi. Vatan ham o‘shanday bag‘ri keng. Qadamlaringni ko‘ksiga qo‘yib, suyab yashaydi seni. Osmoni ko‘rpang, maysasi dimog‘ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga bo‘lgan muhabbating ham shu ostonada tug‘iladi. (T. Sodiqova) Savol va topshiriqlar 1. So‘z birikmasida so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiluvchi vositalar qaysilar? Misollar bilan izohlang. 2. So‘z birikmasi tarkibidagi hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro birikishi necha usul bilan yuz beradi? Ular qaysilar? 28 3. Bitishuv usuli bilan so‘zlarning birikishiga misollar keltiring. 4. Boshqaruvda so‘zlar o‘zaro nimalar vositasida birikadi? 5. So‘zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz? 64-mashq. Uyga vazifa. Bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan birikkan so‘z birikmalarining har biriga 5 tadan misol yozing. 1 9 -dars TENG BOG‘LANISH VA TOBE BOG‘LANISH 65-mashq. 1-topshiriq. Berilgan juftliklarni qiyoslab, ular orasidagi farqni izohlang. 1) Karimjonning akasi — Karimjon va akasi; 2) aytib chiq- di — aytdi, chiqdi; 3) mening otam — men bilan otam; 4) gazetadagi maqola — gazeta va maqola; 5) onasining qizi — onasi va qizi. 2-topshiriq. Berilgan juftliklardagi so‘zlarning tartibini o‘zgartirib ko‘ring. Qanday xulosaga kelganingizni ayting. Bilib oling. So‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lanish — ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi: opam va kitob, uy va tom kabi. 2) tobe bog‘lanish — bir so‘z (tobe so‘z)ning boshqa bir so‘z (hokim so‘z)ga bo‘ysunishi orqali bog‘lanishi: opamning kitobi, uyning tomi kabi. So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi. So‘z qo‘shilmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida- alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi. So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq. 66-mashq. 1-topshiriq. Berilgan misollarda so‘zlar qanday vositalar bilan o‘zaro birikkanligini aniqlang. 1) Abdusattor, Qahramon, Botir va men; 2) yer-u osmon; 3) oy-u quyosh; 4) Sarvinoz yoki Diyora; 5) ba’zan qor, ba’zan yomg‘ir; 6) na kitob, na daftar; 7) ko‘z hamda quloq. 29 2-topshiriq. Yuqorida berilgan so‘z qo‘shilmalarini qo‘llab, gaplar tuzing. Bilib oling. So‘z qo‘shilmalarida so‘zlar sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog‘lovchilar vositasida birikadi. 67-mashq. So‘z qo‘shilmalarini qo‘llab, 2–3 tadan gap tuzing. So‘z qo‘shilmalari qanday vosita yordamida hosil qilinganligini izohlang. Savol va topshiriqlar 1. So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi deganda nimani tushunasiz? 2. So‘zlarning o‘zaro tobe bog‘lanishini misollar asosida tavsiflang. 3. «So‘z birikmasi» va «so‘z qo‘shilmasi»ning farqi nimada? 68-mashq. Uyga vazifa. Rasmni kuzating, undagi tasvir asosida 5—6 gapdan iborat matn tuzing. Gaplardagi so‘z birikmalarini va so‘z qo‘shil- malarini aniqlang, bog‘lovchi vositalarni izohlang. 20-dars MUSTAHKAMLASH DARSI Mustahkamlash uchun savollar 1. Til birliklari deb nimaga aytiladi? 2. Sintaksis nimani o‘rganadi? 3. Punktuatsiya (tinish belgilari haqidagi qoidalar majmuasi) nega sintaksis bilan birgalikda o‘rganiladi? 4. So‘z birikmalari qanday hosil qilinadi? 5. So‘z birikmasi tarkibida hokim so‘z va tobe so‘zning joylashuvi qanday? Misollar keltiring. 30 6. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro qanday usullar bilan birikadi? 7. So‘zlarning qanday birikuvi bitishuv deyiladi? 8. Boshqaruv munosabati qanday hosil qilinadi? 9. So‘zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz? 10. So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi tobe bog‘lanishdan nimasi bilan farqlanadi? 1-topshiriq. Berilgan gapdagi teng bog‘langan birliklarni va tobe bog‘langan birikmalarni aniqlang. Maktab bog‘ida bodom va o‘rik gulladi. 2-topshiriq. Avval bitishuv, keyin boshqaruv, so‘ngra moslashuv usuli bilan birikkan so‘z birikmalarini ko‘chiring. Raqsga tushish, zavqlanib gapirish, tez yugurish, ibratli tashabbus, o‘quvchilarning barchasi, ayyor tulki, katta tanaffus, kutubxonaga kirish, qizg‘in suhbat, yangi ko‘ylak, haydalgan yer, daftar varag‘i, ukasi uchun olmoq, she’r yodlamoq, shahar ko‘chalari, ko‘klamda unmoq, g‘ishtli imorat, oltin yaproq, qalam bilan yozmoq, so‘qmoq orqali yurmoq. 3-topshiriq. Hokim so‘z bilan tobe so‘zni bog‘lovchi grammatik vositalarning tagiga chizib, juftlab berilgan so‘z birikmalarining ma’nosidagi farqni ayting. Bog‘ga burilish — bog‘ tomonga burilish, she’rni o‘qish — she’r o‘qish, qovunni uzish — qovun uzish, olcha guli — olchaning guli, tarvuz yemoq — tarvuzni yemoq, beda o‘rish — bedani o‘rish, stadionga borish — stadion sari borish, ustoz o‘giti — ustozning o‘giti. 4-topshiriq. «Kim ko‘p so‘z birikmasi hosil qiladi?» o‘yinini tashkil qiling. Uch guruhga bo‘lining. Qur’a tashlab, guruhlar raqamini aniqlang. 1-guruh — moslashuv usuli bilan, 2-guruh — bitishuv usuli bilan, 3-guruh — boshqaruv usuli bilan so‘z birikmalari hosil qilib, sinf doskasiga yozadi. Eng ko‘p misol topgan guruh g‘olib deb e’lon qilinadi. N a m u n a: 1-guruh: 2-guruh: 3-guruh: quyosh nuri katta shahar gulni hidlamoq mehnatning gashti qizargan olma dala sari ketmoq......... 31 5-topshiriq. Uyga vazifa. Tobe so‘zi sifat va ravishlardan iborat bo‘lgan birikmalar hosil qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. N a m u n a : yaxshi ishlamoq. Bolalar hasharda yaxshi ishladilar. 2 1 – 22-darslar YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 2 3-dars MATN MAVZUSI 69-mashq. Quyidagi insho mavzularini qiyoslang. Ularning qaysi biri voqeani kengroq tasvirlashi mumkin? Nima uchun? Ikkinchi mavzuga sarlavha toping va matn tuzing. 1. Yozgi ta’tilda. 2. Ta’til kunlarining birida. 3. Yozgi ta’tilning so‘nggi kunlari. 70-mashq. 1-topshiriq. O‘quvchi tuzgan ertakka sarlavha tanlang. Bu matnni mazmun jihatdan uch qismga qanday bo‘lish mumkin? Ertakda nimalar haqida kengroq, nimalar haqida qisqaroq to‘xtalish kerak edi? Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir Ozodbek degan bola bor ekan. U maktabda hamma fanlardan a’lo baholarga o‘qir ekan. Bir kuni darsda rasm o‘qituvchisi shunday deb so‘z boshlabdi: — Bolalar, bugun «Kimning qushi chiroyli?» mavzusida rasm tanlovi o‘tkazamiz. Har kim o‘zi sevgan qushning rasmini chizsin. Qani, kimning qushi chiroyli ekan? — debdi. Kimdir bulbulning, kimdir laylakning, yana kimdir to‘tining rasmini o‘rinlatib chizibdi. Ozodbek esa humo qushining rasmini chiza boshlabdi. U avvallari ham bu qushning rasmini ko‘p chizgan. U hamma qushlar ichida humoni yaxshi ko‘rar ekan. Chunki humo qushi odamlarga baxt keltirar ekan. Bu qush gerbimizdan joy olib, qanotlarini yozib, uchishga shay bo‘lib turarkan. Ozodbekning humo qushi tanlovda g‘olib bo‘libdi. (G‘ayrat Usmonov, Asaka shahridagi 9-maktab o‘quvchisi) 32 2-topshiriq. Ertakni tuzatib, to‘ldirib ko‘chiring. 71-mashq. 1-topshiriq. Matnga sarlavha tanlang. Unga «Doniyorlarning yangi uyi», «Baland uyda yashash zavqi», «Yana qo‘shni bo‘lib qolgani yaxshi bo‘ldi» sarlavhalaridan qaysi biri ko‘proq to‘g‘ri keladi? Birinchi va oxirg‘i xatboshi (abzas)lardagi gaplarni bog‘layotgan vositalarni aniqlang. Doniyor to‘qqizinchi qavatning ayvonida o‘tirib atrofni tomosha qilardi. Balandda yashash qiziq bo‘lar ekan. U yerdan shaharning talay qismi, hatto olisdagi oppoq tog‘ cho‘qqilari ham ko‘rinardi. Doniyorlarning avvalgi uyi Eski shaharning qoq o‘rtasida edi, desa bo‘ladi. Torgina jin ko‘chada turishardi. Shu paytgacha xuddi quduqqa tushib yashayotganligini sezmas ekan. Mana endi «osmon-u falak»ka chiqib oldi. Balkonda o‘tirib, olis- olislarni tomosha qilish mumkin. Hov, ana savdo markazining muhtasham binosi, orqasida odamlar yashaydigan baland uylar; yonida JAR stadioni. Eski shahar bozorining qubbasi, «Ko‘- kaldosh» madrasasi... Ha, yangi uy Doniyorga yoqdi. Yana bir yaxshi tomoni — mahallalaridan besh-olti xonadon shu uyga ko‘chib kelgan. Ming qilsa ham eski qadrdonlar... Begonalarning orasiga tushib qolsang, til topishib olguncha ancha vaqt o‘tadi. Ayniqsa, Ergashlarning ham shu ko‘p qavatli uyga ko‘chishgani zo‘r bo‘ldi. Ergash — Doniyorning sinfdoshi, yoshlikdan birga o‘sgan sodiq do‘sti. Juda alomat bola, u bilan yurgan odam sira zerikmaydi... (F.M.) 2-topshiriq. Matndan boshqaruv munosabatidagi so‘z birikmalarini ajratib yozing va hokim so‘zlarning turkumini ayting. 72- mashq. Uyga vazifa. Quyidagi matnga sarlavha toping. Uni davom ettira olasizmi? Gaplarni mazmunan bog‘layotgan vositalarni ko‘rsating. Qish. Sovuq shamol esadi. Qor yog‘moqda. Zahro hovliga chiqdi. U bahorda olma ko‘chati ekkan edi. Hozir ko‘chat oppoq qorga burkangan. Ko‘chat ostida chiroyli bir sa’va o‘ziga don axtarar edi. Zahro qushni tomosha qilib turdi. Sa’va «chvi-chvi»lab, olmaning u shoxidan bu shoxiga sakrab o‘tdi. Zahro «Qushning qorni ochganga o‘xshaydi, don topa olmaganidan yig‘layapti» deb o‘yladi-da, yugurib uyiga kirib ketdi... 3 – Ona tili 33 24 -dars SO‘Z BIRIKMASI VA SO‘Z Bilib oling. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z — leksik hodisa, so‘z birikmasi – grammatik hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat «kitob» ma’nosining o‘zi emas, balki «o‘rtog‘imga tegishli kitob» tushunchasi ifodalanadi. 73-mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan birliklarni mashqdan so‘ng berilgan (ma’nosiga ko‘ra ularga teng keladigan) so‘zlar bilan almashtiring. Bunday birikma va so‘z orasidagi ma’noviy munosabatlar haqida xulosa chiqaring. 1. Qanotli do‘stlar haqida film yaratildi. 2. Yurtimiz zangori olov, qora oltin zaxiralariga juda ham boy. 3. Ko‘rgazmada atoqli mo‘yqalam ustalari yaratgan rasmlarni tomosha qildik. 4. Otamning akalari — haydovchi. 5. Echkining bolasi onasining atrofida sakrab o‘ynardi. 6. Maktabimizda taniqli so‘z san’atkori bilan uchra- shuv bo‘ldi. 7. Mamlakatimizda juda katta miqdorda kumush tola yetishtiriladi. 8. Bu yil bahor elchilari erta uchib keldilar. 9. Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo bo‘ylab parvoz qilmoqda. 10. Dehqonlarimiz oq oltin yetishtirishning barcha sirlarini bilishadi. yozuvchi, rassomlar, gaz, neft, qushlar, pilla, samolyotlar, paxta, amakim, uloqcha, qaldirg‘ochlar. 74-mashq. Quyidagi so‘zlarga so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nodoshlar toping. Ular asosida gaplar tuzing. Televizor, maktab, qo‘zi, olqor, ayg‘ir, kitob. N a m u n a: Olqor – yovvoyi tog‘ echkisi. Biz kecha tog‘da olqorlarni ko‘rdik. Kecha biz tog‘da yovvoyi tog‘ echkilarini ko‘rdik. 34 Bilib oling. So‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi. Qiyoslang: nor – erkak tuya, g‘o‘nan – uch yashar ot, ezma – sergap odam. Shuning uchun lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berish uchun so‘z birikmalaridan foydalaniladi. Savol va topshiriqlar 1. So‘z birikmasi hamda so‘zning o‘xshash va farqli xususiyatlari haqida gapiring. 2. Nega so‘zga leksik hodisa sifatida, so‘z birikmasiga grammatik hodisa sifatida qaraymiz? Fikringizni misollar asosida tushuntiring. 3. Ba’zi so‘zlar (masalan, rassom so‘zi) ifodalaydigan ma’noni nega so‘z birikmasi holatidagi birliklar (masalan, mo‘yqalam ustasi) asosida ifodalaymiz? 75-mashq. Uyga vazifa. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan foydalanib, so‘z birikmasi va so‘zning ma’nodoshligiga misollar topib yozing. 2 5 -dars SO‘Z BIRIKMASI VA QO‘SHMA SO‘Z 76-mashq. Berilgan gap juftliklaridagi ajratib ko‘rsatilgan til birliklarini qiyoslab, ularning ma’nolaridagi va yozilishidagi farqlarini aniqlang. 1. Dori bosh og‘rig‘ini darrov qoldirdi. «Boshog‘riqni ko‘pay- tirmang», — dedi rahbarimiz. 2. Qayerdandir oq qushlar uchib keldi. Bola jarohatlangan oqqushni davoladi. 3. Qiziqchi qizil ishton kiygan edi. Qizilishton daraxt po‘stlog‘i orasidagi qurtlarni terib yeydi. 4. Qizilurug‘ kechroq unadi, lekin ko‘p hosil beradi. Qizil urug‘dan ungan ko‘chatlar sog‘lom rivojlandi. 5. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Bilib oling. So‘z birikmasida ham, qo‘shma so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, oq qush – oqqush (har ikkisida ham sifat+ot), suv ilon – suvilon (har ikkisida ham ot+ot). Bu ularning shakliy o‘xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. 35 Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saq- lanmagan bo‘lib, qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida- alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?) o‘qimoq, uydan (qayerdan?) chiqmoq kabi. Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?). So‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi (uyning eshigi, xatni o‘qidim, tez yugurdi), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi (oqko‘ngil, bilakuzuk, Yangiqo‘rg‘on). Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchiligi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan. 77-mashq. So‘z birikmalaridan hosil qilingan qo‘shma so‘zlarga misollar toping. 78-mashq. Gaplardagi so‘z birikmalari va qo‘shma so‘zlarni guruhlab yozing. Ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini tushuntiring. 1. Ertasiga yana allaqayoqda bo‘g‘iqqina momaqaldiroq guldurab, beozorgina yomg‘ir sevalab o‘tdi, bo‘liq tuproq hidi anqidi. (As.M.) 2. Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi, sayoz jilg‘alar esa sershovqin oqadi, oqil va g‘ayratli kishilar kam gapirib, ko‘p ish qiladilar. (R.Usmonov) 3. Norbobo belbog‘ini qaytadan bog‘lab, ikki qo‘li bilan belini siqib qo‘ydi. (Oydin) 4. Anhor bo‘yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, namozshomgullar ko‘rindi. (S.A.) Savol va topshiriqlar 1. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zning o‘zaro o‘xshash jihatlarini misol- lar asosida tushuntiring. 2. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zning farqli xususiyatlarini sharhlab bering. 3. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z qismlarida urg‘uning o‘rni qanday? 79-mashq. Uyga vazifa. «Adabiyot» darsligingizdagi biror badiiy parchadan qo‘shma so‘zlar qatnashgan 3 ta gap topib ko‘chiring. Ulardagi so‘z birikmalarini guruhlab yozing. 36 26 – 27-darslar YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 2 8-dars SO‘Z BIRIKMASI VA TURG‘UN BOG‘LANMA 80-mashq. 1-topshiriq. Juft holda berilgan gaplar tarkibida ajratib ko‘rsatilgan til birliklarining ma’noviy jihatini qiyoslab, ularni so‘z birikmasi yoki turg‘un bog‘lanma (ibora)larga ajrating. 1. Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi. – Qo‘rsligi, bema’ni gaplari, axir uning boshiga yetdi. 2. Shifokor dorini bolaning qulog‘iga quydi. — Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o‘g‘lining qulog‘iga quydi. 3. Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi. — Yakka qolgan Hasanboy vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi. 4. «Qizingizning ko‘zlari yaxshi ko‘radi», — dedi hakim. — «Shahzoda falon mahallada yashovchi kosibning qizini yaxshi ko‘radi», — dedi tabib. (M.O.) 2-topshiriq. Turg‘un bog‘lanma (ibora) va so‘z birikmasi orasidagi o‘xshashlik va farqni tushuntiring. Bilib oling. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushunchani anglatadi. Turg‘un bog‘lanma (ibora)larda esa so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan — yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni anglatadi. Turg‘un bog‘lanma (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’noni ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi — «mag‘rurlangan», yog‘ tushsa yalaguday iborasi — «toza», to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi — «qaysarlik qilmoq» ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi. So‘z birikmalaridagi so‘zlarni, erkin bog‘langani uchun, almashtirish mumkin, turg‘un bog‘lanma (ibora)lardagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’noni ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq (iqror 37 qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq (o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q (hovliqma) kabi. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma gapda o‘xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma’noni ifodalaydi. Qiyoslaymiz: Bu yuk hozircha omborning ichiga sig‘maydi. – Shu kunlarda Feruzaning sevinchi ichiga sig‘maydi. 81-mashq. Berilgan birliklarning har birini so‘z birikmasi va ibora sifatida qo‘llab, ikkitadan gap tuzing. 1) bo‘yniga ilmoq; 2) ko‘zi ochilmoq; 3) to‘nini teskari kiymoq; 4) ustidan chiqmoq; 5) tosh otmoq. 82-mashq. Gaplardagi so‘z birikmalarini aniqlang. (Bunda turg‘un bog‘lanmalarning so‘z birikmasida bir so‘z (bo‘lak) sifatida kelayotganiga ahamiyat bering). 1. Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2. Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan itning boshini siladi. 3. Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. 4. Kim u? Joyimda qoqqan qoziqdek qotib qoldim. 5. Mehmon joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko‘ngli joyiga tushmadi. 6. Og‘ziga tolqon solganday jim o‘tirdi. 7. Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po‘stagimni qoqishgandi. (M. Niyozov) Savol va topshiriqlar 1. So‘z birikmasi bilan turg‘un bog‘lanmaning asosiy farqi nimada? Misollar bilan tushuntiring. 2. Ularning qaysi biri tushuncha, qaysi biri leksik ma’no anglatadi? 3. So‘z birikmasi qismlarining va turg‘un bog‘lanmalarning gap bo‘lagi vazifasidagi xususiyatlari haqida gapiring. 4. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanmaning gapda shaklan teng qo‘llanishiga misollar ayting. 83-mashq. Uyga vazifa. «O‘zbekistonda yil fasllari» mavzusida kichik matn tuzing. Tuzgan matningizdagi 3 ta gapni so‘z birikmalariga ajrating, turg‘un bog‘lanma (ibora)lar bo‘lsa, ularning ma’nosini izohlang. 38 2 9-dars SO‘Z BIRIKMALARI ZANJIRI 84-mashq. Berilgan so‘z birikmalari juftliklarini birlashtiring. 1. Yangi asar, qiziqarli asar. 2. O‘zbek xalqi, qozoq xalqi. 3. Chiroyli bino, baland bino. 4. O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti. 5. Xalqimizning urf-odatlari, xalqimizning an’analari. 6. Mus- taqillik bayrami, Navro‘z bayrami. N a m u n a: Yangi va qiziqarli asar; xalqimizning urf-odatlari va an’analari. 85-mashq. Quyida berilgan gaplarda 6 tadan so‘z birikmasi bor, ularning tobe va hokim so‘zlari grammatik jihatdan shakllangan. Ularni diqqat bilan tahlil qilib, so‘z birikmalari zanjiri nima ekanligi va u qanday hosil bo‘lishini izohlang. 1. O‘z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. 2. Kechqurunlari buvimdan oy yorug‘ida turli rivoyatlar tinglardim. Bilib oling. Ikki va undan ortiq so‘z birikmasi bir so‘z birikmasiga birlashsa, so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi: o‘zbek tili + o‘zbek adabiyoti = o‘zbek tili va adabiyoti; o‘zbek xalqi + qozoq xalqi + turkman xalqi = o‘zbek, qozoq va turkman xalqlari. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Bunda bir so‘z birikmasi tarkibidagi hokim so‘z ikkinchi birikma tarkibida tobe mavqeida bo‘la oladi. Buni quyidagi chizmalarda ko‘ramiz: Paxta gulli chinni piyola Uchta paxta gulli chinni piyola Shimoldan esgan shamol 39 Shimoldan esgan mayin shamol Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol 86-mashq. Berilgan gaplarni so‘z birikmalariga ajrating. So‘z birikmalari zanjirini aniqlang. Bir gapda nechtagacha so‘z birikmalari zanjiri bo‘la olishi haqida xulosa chiqaring. 1. Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. (P.Q) 2. Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to‘ldiradi. (U.) 3. Bu masalalarni tezda yechish kerak. (As.M.) Savol va topshiriqlar 1. «So‘z birikmalari zanjiri» deganda nimani tushunasiz? Fikringizni misollar bilan isbotlang. 2. So‘z birikmalari zanjiri gapning kesimi atrofida birlashgan holatiga misol keltiring. 3. So‘z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatiga misollar keltiring. 87-mashq. Uyga vazifa. Gaplardagi so‘z birikmalari zanjirini chizmalar asosida ko‘rsating. 1. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg‘ib qoldi. (H.N.) 2. Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. (H.N.) 3 0-dars MATNDAGI ASOSIY FIKR 88-mashq. 1-topshiriq. Matnda nima haqida gap boryapti (uning mavzusi nima)? Yozuvchi Said Ahmadning fikricha, keksalar qanday fazilatlarga ega bo‘ladilar? Muallifning asosiy fikri ifodalangan jumlani toping. Bobo eshigi oldidagi supada soatlab o‘tirardi. O‘tgan-ketganga choy tutib, supaga taklif qilardi. Bu bahor u supa yonboshiga kichkinagina gulzor qildi. Chiroyli jo‘yakchalar tortib anvoyi gullar ekdi. Mana, bir tup atirgul 40 g‘unchaga ham kirdi. Ayniqsa, bitta g‘uncha ana ochilaman, mana ochilaman deb turibdi. Cholning ikki ko‘zi shu g‘unchada. Tikilgan qozon qaynamas degandek, uning ochilishi juda qiyin bo‘ldi. Bobo unga tikilaverib ko‘zlari toldi. Bugun ertalab odati bo‘yicha sholchasini sudrab, supaga chiqsa, biram chiroyli bo‘lib ochilibdiki... Chol tishsiz og‘zini ochganicha, unga tikilib qoldi. Sholchani supaga tashlab, gul tepasiga kelib engashdi. Kafti bilan uni beozor ko‘tarib, huzur qilib hidladi. Boboning tabiati ravshan bo‘lib ketdi. 2-topshiriq. Matndagi bitishuv munosabatidagi so‘z birikmalarini aniqlang va ko‘chirib yozing. 89-mashq. Devoriy gazetaga yozilgan maqolani va muharrirning u haqdagi e’tirozli mulohazalarini o‘qing. Maqolada sarlavha talab etgan asosiy fikr ifodalanganmi? Maqolani tahrir qiling, bunda sarlavhani shu holida qoldirishingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin. Maqola matni Muharri r e’ti rozlari Qi zi qarli uchrashuv Uchrashuv ayni qachon uyushti ri ldi ? Yaqinda biz mak tabimizni otaliqqa olgan k ishilarni va sinfdoshimiz Farhodning bobosi — mehnat faxriysini uchrashuvga tak lif etdik. Biz ularga o‘zimiz yasagan narsalar Ko‘rgazmada ni malar namoyi sh k o‘rgazmasini namoyish etdik. eti ldi ? Ular qanday ko‘rsati ldi ? Mehmonlar di qqati ni ni malar tortdi ? Farhodning bobosi bizni maqtadi va shunday dedi: «Si zlarni ng orangi zda dangasalar bo‘lmasli gi kerak. Har qanday narsani o‘z qo‘li ngi z bi lan yasay oli shi ngi z lozi m». She’rlar o‘qiganimizda va qo‘shiq Demak, bu uchrashuvda hamma k uylaganimizda hamma shovqin soldi. narsa ham qi zi qarli bo‘lavermagan. Vaqt juda sek in o‘tib, zerik arli holat yuz Bu haqda yoki boshqacha yozi sh, berdi. Uyga tezroq tarqalishni istadik. yoki butunlay yozmasli k kerak edi. Nihoyat, ruxsat etildi va biz yengil tortib Axi r, maqola «Qi zi qarli uchrashuv» uyga tarqaldik. deb atalgan-ku!.. 41 90-mashq. 1-topshiriq. She’rni o‘qing. Unda bolalarning qanday kamchiligi kulgi ostiga olingan? Bolalar nega uyaldi? Mulohazalaringizni bayon qiluvchi matn tuzing. Hasharga borganda Chorlab bizni hasharga Dovuchcha teramiz deb, Ketgan edi xolamiz, O‘rikka tirmashdik tez. Maslahat qildik shunda: — Boramizmi? Keyin ishkom oralab, — Boramiz! Quvlashmachoq o‘ynadik. Esdan chiqdi yumush ham, Ketmon oldim qo‘lga men, Irg‘ishladik — quvnadik. Nodir esa belkurak. Endi bog‘da kechgacha — Oshga! — Rosa ishlasak kerak. Deya bir mahal Ovoz berdi xolamiz. Yo‘q, Uyat! Ovqat yeyishga Yanglishgan ekanman. Endi qanday boramiz? Bog‘ga yetib borgan kez, (S. Inoyatov) 2-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni unga bog‘lanib kelgan so‘zlar bilan birga (so‘z birikmasi holida) ko‘chiring. 91-mashq. Uyga vazifa. Maktab devoriy gazetasiga ona tili va adabiyot to‘garagining mashg‘ulotlari haqida xabar-maqola yozing. Unda asosiy fikrni beruvchi jumlani ajratib ko‘rsating. 3 1 -dars SO‘Z BIRIKMASI VA GAP 92-mashq. Berilgan so‘z birikmalari va gaplarni qiyoslang, so‘z birikmasi va gap orasidagi farqlarni aniqlang. Kesim ulardan qay biriga xos? 1. Qiziqarli mashg‘ulot — Mashg‘ulot qiziqarlidir. 2. Oydin kecha — Kecha oydindir. 3. Maqolani o‘qimoq — Maqolani o‘qidim. 4. Qattiq sovuq — Sovuq qattiq. 5. O‘qishli asar — Asar o‘qishli. 93-mashq. Berilgan so‘z juftliklaridan so‘z birikmalari hosil qiling, ularni qo‘llab, gaplar tuzing. 42 1) berilgan, topshiriq; 2) vazifa, bajarmoq; 3) samarali, ishlamoq; 4) maktab, kelmoq. N a m u n a: Maktabga kelmoq. — Maktabga kelishdan maqsad o‘qishdir. — Maktabga keldik... Bilib oling. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa, belgi, harakat yoki holatni aniqlashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmini ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir. U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi. 94- mashq. Berilgan so‘z birikmalarini va gap juftliklaridagi gap kesimini aniqlang va uning kesimni ifodalovchi qanday vositalar bilan shakllanib kelganligini tushuntiring. 1. Chiroyli gul. Gul chiroyli (chiroylidir, chiroyli edi). 2. Muhandis akam. Akam muhandisdir (muhandis edi, muhandis bo‘ladi). 3. Shirin qovun. Bu qovun shirin (shirindir, shirin edi). 4. G‘azalni yodlash (yodlamoq). G‘azalni yodlaymiz (yodlang, yodladim). 5. Ko‘chat o‘tqazish. Ko‘chat o‘tqazing (o‘tqazdik, o‘tqazamiz). 95-mashq. Kesimlik qo‘shimchalari bilan kelgan quyidagi so‘zlarga so‘roq be- rib, ularni kengaytiring. Yozdik, oling, qurdilar, g‘oliblardansiz. N a m u n a: yozdik (kimlar? nimani? nimaga? nima bilan? nimada? nimadan?) Biz yozdik. Biz gapni ko‘chirib yozdik. Biz sinf doskasiga yozdik. Biz bo‘rda (bo‘r bilan) yozdik. Biz kitobdan yozdik. Biz gapni sinf doskasiga bo‘rda (bo‘r bilan) ko‘chirib yozdik. Savol va topshiriqlar 1. So‘z birikmasi va gap orasidagi asosiy farq nimada? 2. «Kesim – gapning markazi» deyilishining sababini aytib bera olasizmi? 3. So‘z birikmasining tushuncha, gapning fikr ifodalashiga misollar keltiring. 96-mashq. Uyga vazifa. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi gapidagi so‘z birikmalarini aniqlang va birikish usuli bo‘yicha sharhlang. 43 3 2-dars SO‘Z BIRIKMALARINI TAHLIL QILISH Tahlil tartibi 1. Berilgan gapdagi so‘z birikmalarini aniqlab yozib chiqish. 2. Har bir so‘z birikmasini alohida-alohida tahlil qilish: a) hokim so‘z bilan tobe so‘zning birikish turini ko‘rsatish; b) hokim so‘z va tobe so‘zni aniqlash; d) hokim so‘z va tobe so‘zni bog‘lovchi grammatik vositani ko‘rsatish; e) hokim so‘z va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash. f) so‘z birikmasining hokim so‘ziga ko‘ra turini izohlash (otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi). Tahlil namunasi Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. (As.M.) Gapda 4 ta so‘z birikmasi mavjud: yaxshi tasvirlab berdi, miqyosini tasvirlab berdi, ishlarning miqyosi, sahrodagi ishlar. 1) yaxshi tasvirlab berdi — bitishuv; hokim so‘z — tasvirlab berdi, tobe so‘z — yaxshi; ohang va ma’no vositasida birikkan; sifat (ravish vazifasida) + fe’l; 2) miqyosini tasvirlab berdi — boshqaruv; hokim so‘z — tasvirlab berdi, tobe so‘z — miqyosini; tushum kelishigi qo‘shimchasi (-ni) vositasida birikkan; ot + fe’l; fe’lli so‘z birikmasi; 3) ishlarning miqyosi — moslashuv; hokim so‘z — miqyos, tobe so‘z — ishlarning; qaratqich kelishigi (-ning) va egalik (-i) qo‘shimchalari vositasida birikkan; ot + ot; otli so‘z birikmasi; 4) sahrodagi ishlar — bitishuv; hokim so‘z — ishlar, tobe so‘z — sahrodagi; ohang va ma’no vositasida birikkan; sifat + ot; otli so‘z birikmasi. Topshiriq. Quyidagi gaplarni so‘z birikmalari bo‘yicha sintaktik tahlil qiling. 1. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpar- dani xomushgina silkitardi. (O‘.H.) 2. Ahmadjon aka o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi. (Y. Sh.) 3. Quyosh yo‘lini hech qanday kuch to‘sa olmaganidek, bizning haq yo‘limizni ham hech qanday kuch to‘solmaydi. (Y.Sh.) 44 GAP 33- va 34-darslar YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 3 5-dars GAP HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 1-topshiriq. Toshkent, kel, aka, kecha so‘zlarini bir-biriga bog‘lab muayyan bir fikrni ifodalang. Nima hosil bo‘ladi? Fikr ifodalash uchun o‘sha so‘zlarni qanday grammatik shakllarga kiritdingiz va ularning o‘rnini qay tarzda almashtirdingiz? Tuzilgan gapdan kel(moq) fe’lini olib tashlasangiz ham fikr ifodalanadimi? 2-topshiriq. Qanday gaplar darak, so‘roq va buyruq gaplar deyilishini eslang. Bulardan undov gaplar qaysi xususiyati bilan ajralib turadi? Berilgan gaplarni o‘qing va mana shunday turlarga ajrating. Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yilgan? 1. Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Mening borishimdan nima foyda?! (A.Q.) 2. Dadam ishdan kech keldi, oyim betob yotibdi, degin! (A.Q.) 3. Sergey otdan sakrab tushib, cholga qo‘l uzatdi. (H.G‘.) 4. Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysizmi? (A.Q.) 5. Darig‘ tutmay nigorim bo‘lsa imkon bir kelib ketsin. (H.) Bilib oling. Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo‘laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so‘z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma’nolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi. 45 97-mashq. Matnni o‘qib, uni gaplarga ajrating, so‘ng bosh harflarni tiklab, zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chirib yozing. Nima bo‘ldi qizim nega yig‘layapsan Gulchehra boshini ko‘tardi ro‘parasida nuroniy bir mo‘ysafid unga dardli tikilib turardi birov xafa qildimi yo‘q dedi Gulchehra va uyalganidan qizarib ketdi dadil bo‘ling dedi mo‘ysafid yig‘i hech mahal odamga yordam bergan emas qancha sovuqqonlik qilsangiz shuncha yutasiz asab yig‘i ojizlarning udumi tramvay keldi Gulchehra mo‘ysafidga nima deb javob qilishini bilmay o‘zini tramvayga otdi. 98-mashq. Berilgan so‘zlardan turli gaplar tuzishga harakat qiling. Bunda kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalaridan tashqari, ko‘makchilardan ham foydalaning. So‘zlarni qanday grammatik vositalar bilan o‘zgar- tirganingizni ayting. 1. Tabrik, bugun, biz, bayram, o‘qituvchi. 2. Ular, biz, nur, bahramand bo‘l(moq), yasha(moq). 3. Manfaatdor, biz, butun, tinchlik, barqaror, dunyo, qaror topmoq. Bilib oling. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi. Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik, egalik, son, zamon va shaxs-son qo‘shimchalari, shuningdek, ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham o‘zaro bog‘lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. (Qo‘shiq) Bu gapda oq va paxtalar so‘zlari bir-biri bilan so‘z tartibi orqali bog‘langan. Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so‘z (Kuz. Tong.) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr — maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala. G‘arbiy chegaralardan biri. Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba’zan uch xil mazmun ifodalash mumkin: Buvijonim keldilar. — Buvijonim keldilar! — Buvijonim keldilar? 46 Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo so‘roq, yoki undov belgisi qo‘yiladi. 99-mashq. Gaplarni tinish belgilariga mos ohang bilan o‘qing. Mazmundagi farqini ayting. 1. Dam olish kuni tog‘ sayriga boramiz. Dam olish kuni tog‘ sayriga boramiz? Dam olish kuni tog‘ sayriga boramiz! 2. Qor yog‘yapti. Qor yog‘yapti? Qor yog‘yapti! 100-mashq. Siz ahmoq odam emassiz, kechirasiz va Siz ahmoq, odam emas- siz, kechirasiz gaplarini to‘g‘ri ohang bilan o‘qib, fikrdagi farqni sharhlang. Savol va topshiriqlar 1. Gap nima? Gapning so‘z birikmasidan farqi nimada? 2. Gapning qurilishi va grammatik ma’nolari haqida nimalarni bilasiz? 3. Gapning grammatik asosi deganda nimani tushunasiz? 4. So‘zlovchining maqsadiga ko‘ra gaplar necha xil? 5. Qanday gaplar undov gaplar deyiladi? 6. Og‘zaki nutqda ohang, yozma nutqda tinish belgilarining ahamiyati haqida so‘zlang. 101-mashq. Uyga vazifa. Berilgan gaplardagi so‘z birikmalarini aniqlang va ularning o‘zaro bog‘lanishi xususiyatini sharhlang. 1. Shu paytda mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqil- latdi. (S.A.) 2. Tongda hammayoqdan bulbullarning xush ovozi eshitildi. (H.N.) 3 6-dars GAPNING IFODA MAQSADIGA KO‘RA TURLARI 1-topshiriq. Berilgan gaplarni darak, so‘roq, buyruq va istak mazmunlarining ifodalashiga ko‘ra guruhlab yozing. Darak, so‘roq, buyruq yoki istak mazmunini gaplarda qanday vositalar yuzaga keltirayotganini ayting. 1. Mana senga qog‘oz bilan qalam, shunga sen bitta e’lon yozasan. (M.Ism.) 2. Tog‘ qushlarining sayrashi qo‘ylarning ma’ragan ovozlariga jo‘r bo‘lmoqda. (I.R.) 3. Shohim, Alisherga 47 ozor bermang, u buyuk odam! (U.) 4. Xo‘sh, sen o‘tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak? (A.Q.) 5. Akalari ham, Oyqizning o‘zi ham shu uyda o‘sgan. (Sh.R.) 6. Qani hamma xotin ham sizday bo‘lsa... (A.Q.) 7. Shu choqqacha qaysi burchakda mog‘or bosib yotgan edingiz? (A.Q.) 8. Qani til bo‘lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! (O.) Bilib oling. Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So‘zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o‘ziga noma’lum bo‘lgan narsa va voqea-hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo‘yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko‘ra turlicha quriladi: o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo‘lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi. Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo‘linadi. Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida bo‘lishi mumkin. 2-topshiriq. Namoyish qilindi, tomosha qildingizmi, o‘qib chiqing, bilsa edi fe’l shakllarini kesim vazifasida qo‘llab, gaplar tuzing va ular gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kirishini ayting. 102-mashq. Rasm asosida dialogli matn yarating, so‘ng undagi gaplarni darak, so‘roq, buyruq va istak gaplarga ajrating. 48 Savol va topshiriqlar 1. So‘zlovchining nutqidagi gaplar mazmun va maqsadiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 2. Darak mazmunidagi gaplar qanday xususiyatlarga ega? Fikringizni misollar bilan isbotlang. 3. Gapda so‘roq mazmunini nimalar yuzaga keltiradi? 4. Buyruq va istak gaplarning bir-biridan farqi nimada? Misollar keltiring. 103-mashq. Uyga vazifa. Kela qolsa edi, yugurasizmi, chopib ketdi, ko‘rib keling so‘z shakllarini kesim vazifasida qo‘llab gaplar tuzing. Ularning mazmunidagi farqlarini ayting. 3 7-dars GAPNING HIS-HAYAJONNING ISHTIROKIGA KO‘RA TURLARI 1-topshiriq. Chap va o‘ng tomondagi gaplarni, gap oxiridagi tinish belgilariga e’tibor bergan holda, to‘g‘ri ohang bilan o‘qing va mazmunini qiyoslang. Qaysi qatordagi gaplarda his-hayajon mavjud? 2-topshiriq. Chap tomondagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ayting. Ertaga maktabimizga Ertaga maktabimizga shoirlar keladi. shoirlar keladi! Qachon chiqasiz Qachon chiqasiz deyapman? deyapman?! Meni xafa qilgingiz Meni xafa qilgingiz kelmasa, u yerga bormang. kelmasa, u yerga bormang! Ko‘z yoshlarini, koshki, Ko‘z yoshlarini, koshki, to‘xtata bilsa. to‘xtata bilsa! Bilib oling. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) his-hayajonsiz gaplar; 2) his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so‘roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi. Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, 49 qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli his- siyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o‘rgilsin! (A.Q.) O‘z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? (A.Q.) Qadamlaringizga hasanot! (A.Q.) Salomlashish-so‘rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog‘langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To‘y muborak! Xayr, do‘stim!) va undov gaplar hisoblanadi. Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi: Aytsangiz-chi, nima dedi?! 104-mashq. Gaplarni to‘g‘ri ohang bilan o‘qing, so‘ng ular ichidan undov gaplarni ajratib ko‘chiring. Ularda qanday mazmun ifodalanganini qavs ichida ko‘rsating. 1. Qulog‘im sizlarda, mehmonlar! – dedi u tik turgancha. (J.Abd.) 2. Ilm, fan va fikr olami nihoyatda keng va chuqur. (O.) 3. Balli, Ra’no, ana jinnilik! — dedi dadasi, — atlas ko‘ylak hayf senga, bo‘zdan boshqasi, albatta, hayf! (A.Qod.) 4. Zap bitibdi-da, jonivor! (H.G‘.) 5. Ha, ho‘kiz uylaringga eltib berilsinmi?! Axir borilsin, arz qilinsin-da!!! (A.Q.) 6. Gulla, yashna Mustaqil O‘zbekiston! (O.) 7. Sen qanaqa cho‘qqiga intilgan eding?! (A.Q.) 8. O‘n yil! O‘n yildan beri kasal ekanmi?! (A.Q.) 9. Siz yo‘qmidingiz? Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin! (A.Q.) 10. Bu joylar menga yoqadi, juda-juda! (J.Abd.) 11. Sen chala qolgan yerlaringgagina achinyapsan, — dedi Bektemirjon, hammasiga! (J.Abd.) Savol va topshiriqlar 1. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra gaplar necha turli bo‘ladi? 2. Undov gaplar qanday hosil qilinadi? 3. Undov gaplar oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi? 105-mashq. Uyga vazifa. She’riy asarlardan undov gaplarga 4–5 ta misol topib yozing. 3 8-dars GAPNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI 1-topshiriq. Chap va o‘ng tomondagi gaplarni o‘qing. Qaysi tomondagi gaplar ikkitadan, qaysi tomondagi gaplar bittadan nisbiy tugal fikrni ifodalayotganini ayting. 50 1. Bahor keldi. 1. Bahor keldi va dala ishlari Dala ishlari boshlandi. boshlandi. 2. Osmonni qora bulut qopladi. 2. Osmonni qora bulut qopladi, Yomg‘ir yog‘madi. lekin yomg‘ir yog‘madi. 3. Bir nima demoqchi bo‘ldi. 3. Bir nima demoqchi Tili og‘ziga tiqilib qoldi. bo‘ldi-yu, tili og‘ziga tiqilib 4. U meni ko‘rdi. qoldi. Yugurib keldi. 4. U meni ko‘rdi va yugurib keldi. 5. Ertaga jo‘namasligi aniq 5. Ertaga jo‘namasligi aniq bo‘lib bo‘lib qoldi. qoldi, chunki o‘z qishlog‘iga O‘z qishlog‘iga shu shu holda bora olmaydi. holda bora olmaydi. 2-topshiriq. Yuqoridagi misollarni kuzatib, o‘ng tomondagi ikkitadan gapning bir-biri bilan bog‘lanib, bir nisbiy tugal fikrni anglatadigan gapga aylanishi nimalar vositasida sodir bo‘lganini ayting. Bilib oling. Nutqimizdagi gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan, ba’zan esa ikkitadan ortiq grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo‘linadi: 1) sodda gaplar; 2) qo‘shma gaplar. Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni (ba’zan unga qo‘shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza o‘qidi. Shahnoza kitobni o‘qidi. Shahnoza shu kitobni o‘qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o‘qidi kabi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo‘shma gap deyiladi: Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. (I.R.) Bilimli o‘zar, bilimsiz to‘zar. (Maqol) Odam borki, odamlarning naqshidir. (Navoiy) 106-mashq. Quyidagi gaplarni tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chiring. 1. Qimirlagan qir oshar. (Maqol) 2. Ahillik bor yerda temir ham suvga cho‘kmaydi. (Shuh.) 3. Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. (Maqol) 4. Nizomjon konvertni dadasining qo‘liga berdi-yu, g‘izillaganicha chiqib ketdi. (S.A.) 5. Go‘yo hayot tamomila uxlaganday, hammayoq jimjit edi. (P.Q.) 6. Xalil ota halol va 51 mehnatsevar kishiga xos izzat-obro‘sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. (Sh.R.) Savollar 1. Gaplar grammatik asosining nechtaligiga ko‘ra necha turli bo‘ladi? 2. Qanday gaplar sodda gaplar deyiladi? 3. Qo‘shma gaplar sodda gaplardan nimasi bilan farqlanadi? 107-mashq. Uyga vazifa. Kundalik matbuot nashrlaridan sodda va qo‘shma gaplarga 3 tadan misol topib yozing va ularni gap bo‘laklari jihatidan tahlil qiling. 3 9-dars MUSTAHKAMLASH DARSI Savol va topshiriqlar 1. Gap nimaligini ta’riflab bering. U boshqa til birliklaridan qanday farq qiladi? 2. «Gapning grammatik asosi» deganda nimani tushunasiz? 3. Ifoda maqsadiga ko‘ra gapning qanday turlari bor? 4. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra gaplar necha xil bo‘ladi? 5. Qanday gapl

Use Quizgecko on...
Browser
Browser