O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI PDF

Summary

This textbook, "O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI", published in 2022 by "Lesson Press", is designed for undergraduate students of Uzbekistan's recent history. It explores the country's historical path since 1991, analyzes socio-economic reforms, and examines Uzbekistan's role in global and regional integration. The textbook emphasizes the use of both written and material historical sources to understand the nation's past.

Full Transcript

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI (O’QUV QO’LLANMA) “Lesson Press” TOSHKENT-2022 UO’K: 94(5)(075.8) KBK: 63.3(5Oʻzb) O.Ostonov O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI. (O’quv qo’llanma) T.: “Lesson Press” nashriyoti, 2022., 245 b. Ushbu o’quv qo’llanma O‘zbeki...

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI (O’QUV QO’LLANMA) “Lesson Press” TOSHKENT-2022 UO’K: 94(5)(075.8) KBK: 63.3(5Oʻzb) O.Ostonov O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI. (O’quv qo’llanma) T.: “Lesson Press” nashriyoti, 2022., 245 b. Ushbu o’quv qo’llanma O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan bakalavr talabalariga mashg’ulotlari uchun yordam tariqasida foydalanish uchun tayyorlangan. Tuzuvchi: O.Ostonov, t.f.n., dosent O’quv qullanmada O‘zbekistonning eng yangi tarixi biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazishning nazariy va amaliy jihatlari va uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan. Mazkur o’quv qullanmada Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Taqrizchilar: O. Nosirov. , t.f.n., dosent X. Xushvaqtov. , t.f.n., dosent Mazkur o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi № 500-sonli buyryg’i bilan nashrga tavsiya etilgan ISBN: 978-9943-8475-3-8 © “Lesson Press” MCHJ nashriyoti, 2022 y. ANNOTATSIYA O’quv qullanmada O‘zbekistonning eng yangi tarixi biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda jamiyatni ijtimoiy- iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazishning nazariy va amaliy jihatlari va uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan. Mazkur o’quv qullanmada Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy- nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. АННОТАЦИЯ В учебнике нам важно понять суть и содержание новейшей истории Узбекистана, прежде всего исторический путь нашей страны после 1991 года. Важно понимать, как проходил этот процесс, с какими проблемами столкнулась наша страна накануне независимости и в первые годы ее существования. Понимание концептуальных основ узбекской модели социально- экономических реформ при изучении новейшей истории Узбекистана, теоретическая передача точного и правдивого анализа вопросов, связанных с участием государства в глобальных и региональных интеграционных процессах, а также практических аспектов и особенностей его организация. В этом учебнике за годы независимости историческая наука в Узбекистане претерпела изменения в связи с отказом от идеологии прежнего диктаторского режима и новых подходов. Развитие науки и социально-экономическое развитие - это обязанность узбекских историков вывести историческую науку на более высокий научно- теоретический уровень, а также осваивать новые научные направления, основанные на достижениях мировой практики. 3 ANNOTATION In the textbook, it is important for us to understand the essence and content of the recent history of Uzbekistan, first of all, the historical path of our country after 1991. It is important to understand how this process went, what problems our country faced on the eve of independence and in its early years. Understanding the conceptual basis of the Uzbek model of socio-economic reform in the study of the recent history of Uzbekistan, the theoretical transmission of accurate and truthful analysis of issues related to the state's participation in global and regional integration processes and practical aspects and features of its organization. In this textbook, during the years of independence, the science of history in Uzbekistan has undergone changes due to the abandonment of the ideology of the former dictatorial regime and new approaches. The development of science and socio-economic development is the responsibility of Uzbek historians to bring the science of history to a higher scientific and theoretical level, as well as to master new scientific directions, based on the achievements of world practice. 4 1-MAVZU: KIRISH.“O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O’QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI. Darsning o‘quv maqsadi: O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida biiimlar tizimini shakllantirish. Tayanch iboralar: tarix, O‘zbekiston, fan, predmet, obyekt, nazariy- metodologik asoslar, tamoyillar,holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, o‘tmish, Movarounnahr, Turkiston, Gerodot, xitoy yilnomalari, Kvint Kursiy Ruf, Strabon, madaniyat, til, urf-odatlar, tarixiy o‘tmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya, arxeologiya, numizmatika, paleograflya, etnografiya, sharq va g‘arb, shaharsozlik, “Avesta”, Bexistun yozuvlari, “Temur tuzuklari”, Beruniy, Forobiy, madaniy meros, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alisher Navoiy, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik. Reja: 1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari. 2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari 3. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. 4. Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati. 5. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va roli. Asosiy qism Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‘tmish tarixini bilishni istaydi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va 5 sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‘zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassam tarix, adabiyot, san’at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi ko‘hna shaharlarimiz bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o‘tgan “Buyuk Ipak yoii” Sharq va G‘arbdagi mamlakatlar va xalqlami bir-biri bilan bog‘lab, ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan. 6 Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz o‘tmishini “O‘zbekiston tarixi” fani o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari mavjud bo‘lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi, bu aholining qo‘shni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va tadqiq etish shular jumlasidandir. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularga qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor- qo‘rg‘onlar qoldiqlari, kundalik turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangovor qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatib, insonlar haqida, ularning uzoq o‘tmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma’lum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, 7 ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko‘rsatgan qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini ko‘tarishda jon fido qilgan o‘g‘lonlarini, qatag‘on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tomon borganligini o‘rgatadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar yig‘indisi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat: 1.Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea- hodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aloqada, deb o‘rganish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‘rganish jarayonida bo‘lib o‘tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha voqea- hodisalarni hech bir o‘zgartirishlarsiz, qanday bo‘lsa, o‘sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir. Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. “O‘zbek olimlarining kuch-g‘ayrati bilan, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning ko‘pdan ko"p g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etiladi. Shuni esda tutish muhimki, o‘tmishimizni “oqlash” vazifasi umuman olganda bajarib boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir”. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda o‘rganishdir. Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bodadigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli 8 taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bogdab o‘rganishdangina mazkur voqea- hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bodadi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‘lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‘zagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o‘tmishga qadar Okrta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi. Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bodib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‘rinishda sodir bodganligini, bu voqea-hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib odganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bodsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo boddi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‘tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘mi, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur. Tarixiylik uslubi xalqning odmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida odmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. Odmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal o‘rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz. To‘rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqa- kambag‘allar, yo‘qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bodib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. 9 Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yodboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yoddan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir. Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‘rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar, din, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak. Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik tamoyillardan tashqari faktlami taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur. Vatanimiz tarixini mukammal o‘rganish, tadqiq qilishda uni to’g‘ri davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir. Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga bo’ldilar. 1. Ibti doiy jamoa tuzumi davri. 2. Quldorlik tuzumi davri. 3. Feodalizm tuzumi davri. 4. Kapitalizm tuzumi davri. 5. Sotsializm va Kommunizm davriga bodindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta “Kommunizm” ga olib boradi degan g‘oyani ilgari surush va o‘tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga kelib insoniyat bu g‘oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda “sinfiy qadriyatlar” dan “milliy va umuminsoniy qadriyatlar” ning ustunligi e’tirof etildi. Vatanimizning, o‘zbek xalqining boy, serko‘lam, betakror tarixi, uning o‘ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo’lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lish joizdir. 1. Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr noto‘g‘riligini XX asrda ko‘plab xalqlar taqdirida sinab ko’rildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib keldi 2. O‘rta asrlar davri. 3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 4. Sovetlar istibdodi davri. 10 5. Milliy istiqlol davri. O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi: 1. Ibtidoiy to‘da davri. 2. Urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri. 3. Ilk o‘rta asrlar davri. 4. O‘rta asrlar davri. 5. Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri. 6. Sovetlar davri. 7. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. 8. “Turon tarixi” jurnalida A. Asqarov yuqoridagi 7 davrni ko‘rsatib o‘tadi. 3.O‘zbekiston tarixini o‘rganishda asosan moddiy va yozma manbalardan foydalanamiz. Ularni davrlashtirish nuqtai nazaridan quyidagi manbalarga ajratish mumkin. a) Eng qadimgi davrni arxeologik ashyolar yordamida; b) “Avesto”, Bexistun yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari asosida; c) Ilk o‘rta asrlarni yunon-rim, so‘g‘d, xorazm va fors tili yozma manbalari asosida; d) Mustamlakachilik davrini esa forsiy, turkiy, rus va xorijiy mamlakatlar ilmiy asarlari yordamida; e) d) Mustaqillik davri esa Vatanamiz va xorijda chop etilgan O‘zbekiston tarixiga oid asarlar yordamida yoritiladi. Demak, qadimgi ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, kundalik turmushda ishlatgan jihozlari, tanga pullar, harbiy qurol-yarog‘lar, uy-joy xarobalari, qal’alar, shaharlar, qabrlar moddiy- tarixiy manbalar deb ataladi. Arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali olib borilgan izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar asosiy manbalar hisoblanadi. Yozuv paydo bo‘Iishi bilan savodxon kishilar o‘zi yashab turgan va borib ko‘rgan mamlakatlarini, ularning turmush tarzi, madaniyati haqidagi fikrlarini daraxtlaming po‘stlog‘iga, toshga, teriga, qog‘ozga yozib qoldirganlar. Voqea- hodisalar, xalqlaming hayoti haqida, yerni meros qoldirish, in’om qilish, sotish, sotib olish yozma hujjatlar orqali 11 va podsho, hokim, amir, beklaming yozma shakldagi qonun va farmonlari orqali amalga oshirilgan va saqlab qolingan. Bunday manbalar yozma manbalar deb ataladi. Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi hayotini o‘rganishda “Avesto” kitobi qimmatli manba hisoblanadi, Vatanimiz tarixiga oid ma’lumotlar yunon va rim manbalarida: Gerodotning “Tarix”, Ksenofontning “Yunoniston tarixi” asarlarida uchraydi. Xitoy yozma manbalaridan “Tarixiy yilnomalar”, “Katta Xan tarixi” va boshqa irlarida Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar bor. Mamlakatimiz tarixini o‘rganishda turkiy, fors, anab manbalarining ahamiyati tta bo‘lib, S.E Malovning “Eniseyskaya pismennost tyurkov. Teksti perevodom”, Sa’dullayevning “Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda”, N.Raxmonning turk hoqonligi” kitobida qimmatli ma’lumotlar mavjud. O‘zbek xalqining etnik tarixini o‘rganishda Abulg‘oziyning “Shajarai turk”, I.Jabborovning “O‘zbek xalqi etnografiyasi” asarlaridan foydalanish mumkin. O‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy- adaniy hayotini o‘rganishda Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu ayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Yusuf Xos ojibning “Qutadg‘u-bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, ashshaxiyning “Buxoro tarixi”, Amir Temuming “Temur tuzuklari”, Mirzo lug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kabi nodir asarlari muhim tarixiy manba bo‘lib izmat qiladi. Turli sulolalar tarixini yoritishga bag‘ishlangan Shahobiddin an- Nasaviyning Siyrat as Sulton Jaloliddin Manguberdi”. Nizomiddin Shomiyning “Zafamoma”, fizomulmulkning “Siyosatnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, 4uhammad Solihning “Shayboniynoma” asarlari qimmatli manba hisoblanadi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq shunoslik institutidagi '‘qlyozmalar xazinalaridan muhimi hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq |o‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq harq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Ana shu qo‘lyozma hujjatlar milliy ariximizni yanada to‘laroq ochishga ko‘maklashishi, tariximiz sahifalaridagi “oq” va “qora” dog‘larni barham topishiga yordamlashadi. 12 Hozirgi kunda tariximizni o‘rganishda mustaqillik davrida tarixchi, etnograf)limlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muhim ihamiyatga egadir. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “Har bir fuqoroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachigidek asrab- avaylashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekaninianglashga undaydi”. Vatanimiz tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berib qolmasdan balki ulami vatanparvar, insonparvar, ma’naviy jihatdan komil inson boiib yetishishlarida dastur-amal hisoblanadi. Vatanimizni keyingi avlodlarga yanada obod, qudratli, har tomonlama rivojlangan holatda yetkazish davrimizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etish yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liqdir. Bu xususda Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov “Biron bir jamiyat, ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur qilib bo‘lmaydi”-deydi. “...Tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurushi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson”. Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, avlodlari hayotini o‘rganish orqali shakllanadi. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bo’lsa, bunday insonlami yo‘ldan urush, xar-xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonlarni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”-deb uqtiradi I. A. Karimov. Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini o‘qitish barcha o‘quv maskanlarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 13 Nazorat uchun savollar va vazifalar: Savollar: 1. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti va obyekti nimalardan iborat? 2. Tarixiylik tamoyilining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 3. Tarixni tadqiq etishda holislik tamoyilining ahamiyati nimada? 4. Ilmiylik tamoyili nimalarga asoslanadi? 5. Qadimgi va o‘rta asrlarga oid qanday manbalar mavjud? Misollar keltiring. 6. Sovetlar davrida tariximiz qanday davrlashtirilgan? 7. O‘zbekiston hududida ibtidoiy jamiyat bo‘lganmi? Qaysi manbalarni bilasiz? 8. O‘zbekiston hududida sun’iy sug’orish qaysi vaqtda boshlangan? 9. Xitoy manbalarining vatanimiz tarixini o‘rganishda ahamiyati nimadan iborat? 10. Tariximizni o‘rganishda va keyingi avlodlarga yetkazishda tarixiy xotiraning ahamiyati? 11. “Tarix- xalq ma’naviyatining asosidir” iborasini qanday tushunasiz? 12. Sovetlar davrida tariximiz qanday davrlashtirilgan? Vazifalar: 1. “Mening kichik Vatanim- mahallam, qishlog‘im, tug‘ilib o‘sgan joyim” mavzusida dafitarda o‘z mahallasi, qishlog‘i, tug‘ilib voyaga yetgan kichik Vatani tarixini o‘rganib, insho tayyorlab kelish. Fotosur’atlar, slayd shaklida taqdimot qilish ham tavsiya etiladi. 2. I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarlarini chuqur o‘rganish. 3. “Avesta” tarjimalari bilan tanishish va o‘rganish asosida mazkur manbaning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish. Mustaqil ish uchun vazifalar: I. A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarini o‘rganib chiqib, mustaqil ish tayyorlash (referat, slayd-, buklet-taqdimot, ma’ruza, insho, fotosur’atlar to‘plami shakllaridan birini tanlab). 14 Adabiyotlar: 1. G’ulomov X, Tatibayev A. O’rta Osiyo va jahon tarixi. -Т., Universitet, 1994. 2. Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi. - Т., 1997 3. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar - Т., 2002 4. O’zbekiston tarixi.- Т.: Yangi asr avlodi, 2003. 5. Sagdullayev A. va boshq. O’zbekiston tarixi - T.:Universitet,1997. 6. Usmonov Q. O’zbekiston tarixini yoritishning nazariy- metodologik asoslari va komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Ma’ruza matni. Т, 1998. 7. Муртазаева Р.Х. ва бошкалар. Узбекистон тарихи. Дарслик. - Т.: Янги асравлоди, 2005 (лотин алифбосида). 8. Муртазаева Р.Х. ва бошкалар. Узбекистон тарихи. Укув кулланма. - Т.; Академия, 2010. 9. Узбекистон тарихи. Дарслик 11 жилд, Муаллифлар жамоаси. - Т.: Янги аср авлоди, 2015. 10. Эшов Б.Ж. Узбекистонда давлат ва махдллий бошкарув тарихи. Дарслик, Т.: Янги аср авлоди, 2012. 15 2- MAVZU MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR. AJRATILGAN SOAT-2 Asosiy savollar 1. Davlat tili to’g’risida qonunning qabul qilinishi. 2. Paxta ishi 3. 1989-yil, iyun. Farg‘onadagi qonli fojialar 4. Ekologik qabohat 5. O’zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuvi. 6. O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi. 7. I.A. Karimovning O’zbekiston Prezidenti etib saylanishi. 8. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishi. Tayanch iboralar: “Qayta qurish”, Kadrlar desanti, "paxta ishi", "O’zbek ishi", tanazzul, qatag’on, parchalanish, Davla tili to’g’risidagi qonun, suverenitet, Mustaqillik Deklaratsiyasi, mustaqillik,saylov, referendum, prezidentlik boshqaruvi.1 Vatan tarixining usbu davrga qadar bosib o'tilgan o'tmish shundan dalolat beradiki, istiqlol uchun kurash hamma vaqt O'zbekistonda bir- biridan mustaqil ikki yo'nalishda olib borilgan. Birinchisi. diniy-islomiy yo'nalishda bo'lsa, ikkinchisi umumma'rifiy-siyosiy va demokratik yo'nalishdadir. Bu har ikkala yo'nalishning umummushtarak maqsad yo'lida mustaqillik uchun kurashda birlashib harakat qilmaganligi, ko'p hollarda esa ikkinchi darajali muammo va masalalar atrofida kelisholmasdan biri-birini inkor etib kelganligi har ikkala yo'nalishning ham zaif tomonlaridan bo'lib, undan mustamlakachi kuchlar ustalik bilan foydalanganlar. 80-yillarda ham bu jaravonda aytarlik o'zgarishlar bo'lgan emas. Sovetlar va kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun 1 Davlat tili to’g’risida qonunning qabul qilinishi.O'zbek xalqining milliy ozodlik kurashi 30- yillarning o'rtalariga kelib sovetlar saltanati kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan bo'lsada, xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi. kelgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo'lsada so'ngan emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945)da ham, urushdan keyingi davrda ham turli ko'rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o'zining yangi bosqichiga kirdi. 16 afyundir» degan qoidani asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. I.B.Usmonxo'jayev O'zKP XXI syezdida hisobot ma'ruzasida bunday degan edi: «Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib kelmoqda. Shu viloyatning shahar va rayonlarida ro'yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga xilof ravishda ish ko'rib kelmoqda, o'smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy aqidalarni o'rgatish faktlari aniqlandi... O'zbekiston milliy mustaqilligi uchun kurashning ikkinchi yo'nalishi - umumma'rifiy harakat, siyosiy va demokratik erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo'nalishning asosini O'zbekiston ziyolilarining ilg'or taraqqiyparvar so'l qanoti tashkil etadi. Xullas ijodkor ziyolilar o'zlarining to'laqonli ijod durdonalari, badiiy-publitsistik asarlari, shc'rlari va maqolalari bilan keng xalq ommasining qalblariga yetib bordilar, ularni razolat va g'aflat uyqu- sidan uyg'otdilar. Ana shu milliy uyg'onish jarayonida 1988-yil, 11- noyabrda O'zbekiston tabiati, ma'naviyati va moddiy boyliklarini muhofaza etish «Birlik» xalq harakati tashkiliy jihatdan uyushdi. 1989-yildan e'tiboran Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his- tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo'lsada yumshatdi. Islom Karimovning quyidagi so'zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O'zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 1989-yildan e'tiboran Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his- tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo'lsada yumshatdi. Islom Karimovning quyidagi so'zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O'zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o'zbek tili o'z yerida 17 ikkinchi toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo'lib keldi, necha yillar davomida o'zbek rusning yonida o'zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to'g'risidagi qonunni qabul qildik, bu esa ko'z o'ngimizda o'zbeklarning milliy o'zini o'zi anglashini yaxshiladi»1. Ha, O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo'ldi. 1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublika-sining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj-lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma'naviy yangilanishida muhim rol o'ynadi. Qonunning o'zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to'g'ri-sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, bu ko'pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo'llab-quvvatlandi2. Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mo- baynida respublikada katta ish qilindi. O'zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo'llash to'g'risidagi moddalar ro'yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Ko'plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi. Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda boshqa milliy tillarni o'rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta'minlandi. Bu esa, qonun qabul qilish arafasida ayrim kishilarda pay do bo'lgan til muammolari atrofida, xususan, Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e'lon qilinarmish, degan uydirmalar, 2 «Халк сузи», 1991 йил, 15 август. 18 soxtakorliklar va siyosiy o'yinlarni bartaraf etdi. Respublikada yashaydigan boshqa xalqlarning tillarini o'rganish va qo'llash erkinligi ta'minlanishi bilan birga O'zbekistonda aholining mutlaq ko'pchiligi foydalanadigan bitta davlat tili bo'lishi ke-rak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi. 2. Paxta ishi Qatag'onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to'g'ri keldi. Bu qatag'onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo'lib, «O’zbek ishi», «paxta ishi», «O’zbek mafiyasb», «qo'shib yozish» kabi izohli lug'atimizga mustamlakachilar tomonidan kiritilgan yangi so'zlar bilan bog'liq. «O’zbek ishi, - deb yozadi O'tkir Hoshimov - 30- va 50-yillardagi qatag'onlarning mantiqiy davomidir. Sovet siyosati har 10-15-yilda kalla olib turmasa ko'ngli joyiga tushmagan. To'g'ri, o'sha paytlar O'zbekistonda qo'shib yozishlar, poraxo'rliklar bo'lgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bun- day harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj olgan edi. Unday bo'lsa, nima uchun markaz ayni O'zbekistonni tanladi, degan savol tug'iladi. Buning sababi oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha qolmaymiz»3. Ha, juda adolatli va to'g'ri aytilgan gaplar. Aslida «O'zbek ishi» degani nima o'zi va qachon paydo bo'ldi. Bu «ish» aslida 80-yillarda O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Qo'mitasi (DXQ)ning raisi bo'lib ishlagan Melkumov (millati arman) bilan O'zbekiston KP MQning birinchi kotibi Sh.Rashidov o'rtasidagi o'zaro kelishmovchiliklardan boshlangan. O'sha kezlarda Buxoro viloyati BXSS boshlig'i Muzaffarov va Buxoro shahar savdo idorasining direktori Qudratovlarning poraxo'rligiga taalluqli ma'lumotlar DXQda bo'lgan. Bu shaxslar Buxoro viloyati firqa qo'mitasining birinchi kotibi A.Karimov himoyasida bo'lgan va unga «oshirib» turishgan. A.Karimov esa o'z navbanda Sh.Rashidov bilan yaqin aloqada bo'lgan. Shu bois Melkumov va uning gumashtalari o'z oldilariga Muzaffarov va Qudratovni fosh qilish orqali A.Kanmovga chiqish va so'ngra u orqali Sh.Rashidovni «nishonga» olishni mo'ljallab harakat qilganlar. 1983-yilda Buxoroda ilgaridan o'ylab rejalashtirilgan 3 «Узбекистан адабиёти ва санъати», 1996 йил, 19 апрель. - 11 - 19 va amalga oshirilgan «operatsiya» tufayli Muzaffarov va Qudratovlar qamoqqa olindilar. Ular xalqqa ma'lum bo'lgan birinchi o'zbek millionerlari bo'lib chiqdi. Bu ish darhol Moskvaga oshirildi va markazda ana shu tariqa «o'zbek ishi» paydo bo'ldi. SSSR Prokuraturasining tergov qismi boshlig'i G.P.Karakozov darhol tergov guruhi tuzib, unga boshqa bir armani - T.X.Gdlyanni rahbar qilib tayinladi. Tergovchilar guruhiga kiritilgan vakillarining deyarlik hammasi Gdlyan bilan yaqin va hamtovoq bo'lgan shaxslar edi. «Paxta ishi», «qo'shib yozishlar» masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. O'zKompartiya MQning XVI plenumi va unda Inomjon Usmonxo'jayevning Markazdan O'zbekistonga kadrlar bilan «yordam berish»ni so'rab qilgan murojaatidan so'ng bu ish avj oldi. O'zbekistonga yuzlab, minglab kadrlar yuborildi. Bu «kadrlar desanti» tarkibida o'zbek xalqi, turkiylar va musulmonlarga qalbida nafrat va shovinizm g'oyalari burqsib turgan jallod-fashistlar ko'p edi. Bular Anishev, Ogaryuk, Klepikov, Satin, Nesterenko, Buturlin, O.Gaydanov, E.Didorenko, Lyubimov, Ivanov, Galkin, Kartashyan va boshqalardir. «Paxta ishi» bo'yicha juda ko'p guruhlar tashkil qilindi. «Barcha Konstitutsiyaga ko'ra O'zbekiston suveren davlat sanalsa ham uning prokurori, respublika rahbariyati bilan maslahatlashilmagan holda SSSR Bosh prokurori tomonidan tayinlanardi». Qisqa muddat ichida O'zbekiston SSR prokuraturasining eng yuqori, eng muhim lavozimlaridan tortib, oblast, rayon prokurorlarigacha Markazdan doimiy ishlashga yuborilgan vakillar bilan almashtirildi. O'zbekistonga tashlangan bu «sotsialistik desant»ning soni esa yuzdan ortiq edi. 1984-yilda O'zbekiston SSR prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng katta boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga Markazdan kelgan odamlar qo'yildi. Bu bilan cheklanilmasdan, asta- sekin oblast darajasidagi prokurorlar - Buxoro oblasti prokurori (Matyushov G.N) Samarqand oblasti prokurori (Yeremenko V.I.), Xorazm oblasti prokurori (Titarenko A.D.), Navoiy oblasti prokurori (Suxaryev A.P.) Surxandaryo oblasti prokurori (Jetkov V.M), Qoraqalpog'iston ASSR prokurori (Donsov V.V.) va Toshkent shahar prokurori (Fillipenkov G.P) ham Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi 20 bosqichda esa rayon prokurorlari lavozimi ham «mehmonlar» uchun bo'shatildi4. Ana shunday «mehmonlar» Respublika Ichki ishlariga ham joylashtiriladi. O'sha paytdagi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari general G'afur Rahimovnnig dalillariga ko'ra, vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va bo'limdan bor-yo'g'i ikkitasinigina o'zbek millatiga mansub kishilar boshqargan. U ham bo'lsa, xo'jalik va tibbiyot boshqarmalari edi5. Mahalliy xalqning «хаrаkтеr va psixologiyasi»ni yaxshi bilgan jallodlar bu guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga «yaxshi konsultatsiya»lar berdilar va shu tariqa o'z sopini o'zidan chiqardilar. Yuqori saviyada «maslahat va konsultatsiya» olgan guruh a'zolari amaliy ishga tushib ketdilar. Ular 70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo'shib yozishlar bo'yicha jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi. Haqiqatdan ham shu yillarda paxta, chorva va boshqa sohalar bo'yicha qo'shib yozishlar davlat rejalarini sun'iy ravishda bajarish usuli bo'libgina qolmay, million so'mlab davlat va jamoat mablag'larini suiiste'mol qilish va talon-taroj etish bilan bog'liq bo'lib, hamma yerda poraxo'rlik avjiga mingan edi. Bunday qo'shib yozishlar poraxo'rliklarning asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi Moskovning o'zi bo'lib, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, davlat xo'jaligi direktorlari, jamoa xo'jaligi raislari, paxta tayorlash korxonalari va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog'liq edilar. Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qo'shib yozishlarga bevosita aloqador bo'lmagan, bu ishga ongsiz suratda yoki tasodifan o'ralashib qolgan, rahbarlarning ta'siri va tazyiqi ostida qo'shib yozishlarga, noiloj qo'shilib qolgan, undan hech qanday moddiy manfaatdor bo'lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko'rib, aziyat chekdilar. «O’zbeklar ishi», «Paxta ishi» bo'yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to'g'risida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming6 odam hibsga dinganligi ko'rsatiladi. «O’zbeklar ishi» ayni quturgan va avjiga chiqqan paytda O'zKP MQning birinchi kotibi 4 Азизхуаев A. Курсатилган адабиёт. 31-бет. 5 O'sha asar. 48-bet. 6 «Совет Узбекистони». 1987 йил,16 фераль. 21 l.Usmonxo'jayev, yozuvchilar bilan uchrashuvda respublikada qo'shib yozish va poraho'rlik avj olib ketgani tufayli yigirma uch ming kishi qamoqqa oling:anini aytgan edi. Shu damlarda Kompartiya fidoyisi o'zining ham taqdiri yaqin kelajakda ne ahvollarga tushajagini albatta tasavvur ham qilia olmagan, albatta. Chunki l.Usmonxo'jayev Qomfirqaning so'zsiz irtotkor qo'g'irchoq rahbari sifatida O'zKP MQning IV plenumida so'ziab «1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi. shu jumladan 8 obkom sekretari, shahar, rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining 40 raisi, ministrliklar va idoralarning 18 rahbari...»ni almashtirganligi bilan ko'krak kergan edi. Xullas necha ming odam qamoqqa olinganligidan qat'i nazar o'zbek xalqi boshiga 80-yillarda ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi O'zbekistonda bilgan va bilmagan barcha noma'qulchiliklarni qildilar. 70-80-yillarda O'zbekistonda Kompartiya va sovetlar hukumatining l.Usmonxo'jayev, Xudoyberdiyev, Aytmurotov, Salimov, R.Abdullayeva, Tursunov, Musaxonov, Yahyoyev, Norov, Sattorov, B.Rahimov. A.Karimov, X.Norbo'tayev singari rahbarlari qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar. Insoniylik qiyofasini yo'qotgan Gdlyan boshliq vahshiylar guruhi mahbuslarni so'roq qilish davomida hatto fashistlar ham yetti uxlab uishiga kirmagan dahshatli, eng qaltis va ta'sirli usullarni ishga solganlar: «Hozir bolalaringni qamoqqa tiqamiz, retsedevistlar xotiningni zo'rlaydi, qizingni badnom qiladi, sen esa eshikdan tomosha qilib turasan» kabi. Yaxshisi mahbuslaming ba'zi bir deganlariga e'tibor qarataylik. Sobiq militsiya general-mayori (u Nijniy Tagil qamoqxonasida saqlangan) Xushvaqt Norbo'tayevning arzonmasidan: «Hech natija chiqmaganidan keyin meni 3- hibsxonaga - o'ta xavfli jinoyatchi Sayfulin Shavkat, muttaham G'afurov Oqil (laqabi «Doktor»), qartaboz Igorlar ichiga qo'shib qo'yishdi. Odamiy qiyofani yo'qotgan bu unsurlar odam bolasi bardosh bera olmaydigan azob-uqubatli usullarni o'ylab topisharadi, bu haqorat, kaltaklashlar, hatto fashistlar o'ylab topmagan odamga o'z axlatini yedirish, erkaklik nomusiga zo'rlik qilish, og'zingdagi ovqatni tortib olish... Kimga nola qilasan, kimdan yordam 22 so'raysan, xudodan boshqa. Bu aytganlarimga, ehtimol, ishonishmas, lekin baribir hammasi rost, hammasi shunday bo'lgan, 90 yoshga kirgan otam bolalarim haqqi-hurmati, hammasi rost... Yana bir kuni Gdlyan ovi baroridan kelgan yirtqichdek xursand bo'lib, ikki qo'lini ishqalar ekan: «Bilishimcha qizing juda ketvorgan emish, Qarshilik bezorilarga «hadya» etsam mendan hursand bo'lishar-a, nima deysan» dedi. Bunday tahqirlarga qanday ota bardosh bera oladi- уа!»7. Birgina Inomjon Buzrukovichning ishi yuzasidan uning qarindosb-urug'laridan 23 kishi qamoqqa olingan. U bunday deydi: «Urishganda mayliydi. Lekin, qarindosh-urug', xotin, bola-chaqaga azob berishsa qiyin bo'lar ekan»8. Inomjon Usmonxo'jayev sovetlar sudlov organlari ishining naqadar chirkin, adolatsiz va dahshatli ekanligini fosh etib, quyidagilarni yozadi: «Tergov ham, sud ham nohaqlikdan iborat bo'ldi. Odam qiyofasidagi vahshiy tergovchilar tirik jonni emas, balki temirni ham eritishga va singdirishga qodir ekanliklarini o'z boshimdan kechirdim. Men mana shunda birinchi bor sovet tuzumi naqadar aldoqchi ekanligini, uning tergov organlari o'z muddaosi uchun har qanday vahshiylik ham qilishi mumkinligini his qildim. His qildim-u, butun umr mana shu tuzum, mana shu jamiyat, mana shu partiya uchun e'tiqod qo'yganimga, bor hayotimni shu yo'lda baxshida qilganimga achinib o'kinib-o'kinib yig'ladim. Kaltakdan bir joyingiz sinsa, buning azobi o'tib ketadi. Lekin bir umrlik e'tiqodingiz sinsa, bunga chidab bo'lmas ekan... Ular bilan uchrashib suhbatdosh bo'lmagan odam buni tasavvur eta olmaydi». Mahbuslarni tergov chog'ida ko'z ko'rib quloq eshitmagan qiynoq usullariga solish va vahshiyliklar qilishda SSSR prokuraturasining mas'ul xodimi Viktor llyuxinning yozishicha Kartashyan va Pirsxalava kabi tergovchilariga teng keladigani bo'lmagan. Pirsxalava ayniqsa dahshatli bo'lgan ekan. U Gdlyanning eng suyukli shogirdi bo'lgan va qilgan «xizmatlari» evaziga uning yordamida amal pillapoyasidan shiddat bilan ko'tarilib borgan. Ammo SSSR prokuraturasi «o'zbeklar ishi» masalasini qaytadan ko'rib, Pirsxalavani qamoqqa olish haqida hukm chiqarganida Gurjistondan xat va telegrammalar yog'ilib ketgan. 7 “Фан ва турмуш”, 1990 йил. 7-сон. 25-бет. 8 «Ёш ленинчи», 1991 йил, 15 ноябрь. 23 Hatto Gdlyan va Pirsxalavalarni himoya qiluvchi mahsus guruhlar tuzilgan. Oxir-oqibatda Gruziya prokurori ham SSSR Prokuraturasiga norozilik maktubi yo'llagan. Xatda prokuraturada xodimlarning majlisi bo'lganligi va bu majlisda quyidagi qaror qabul qilinganligi aytilgan edi: «1. SSSR Bosh Prokurori oldiga SSSR Bosh Prokurori o'rinbosari l.l.Abramovni va boshqarma boshlig'i V.l.llyuxinni Gruziya SSR Prokuraturasi Jamoasi bilan uchrashish uchun xizmat safariga yuborish masalasi qo'yilsin. 1. K.A.Pirsxalava zudlik bilan qamoqdan ozod qilinsin, unga nisbatan qilayotgan jinoiy ta'qbirlar to'xtatilsin. 2. SSSR Prokuraturasi kollegiyasidan Gruziya SSR Prokuraturasining ushbu talablarini muhokama etish so'ralsin. Bunda keltirilgan talablarning rad etilishi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni jiddiylashtiribgina qolmasdan, balki Gruziya SSR Prokuraturasi Jamoasi yig'ilishida ta'kidlanganidek, bu hoi respublika huquqni himoya qilish organlari tomonidan SSSR Prokuraturasi rahbarligiga qarshi bir qator norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo'lishi ham nazarda tutilsin»9. V.Ilyuxin ushbu ma'lumotni keltirar ekan, qonuniy va haqli savolni qo'yadi. Gurji xalq bo'lganida o'zbek xalqi xalq emasmi? Nima sababdan o'n minglab, o'ttiz, qirq minglab o'zbekni qamoqqa olishsalarda bu xalqning nafasi chiqmaydi? Buning sababi shundaki, sovetlar saltanati yillarida o'zbeklarda millat, milliy ong, milliy vijdon, milliy birlik tushunchalari so'nib ketdi. «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» degan tushunchalardan begonalashdik, «o'zingni bil o'zgani qo'y» asosiy shiorimiz bo'ldi. Faqat jig'ildonni, o'z cho'ntagimizni o'ylaydigan bo'lib qoldik, O'zbekiston hukumatichi, fuqarolarning insoniy haq-huquqlarini himoya qilish lozim bo'lgan davlat organlari, ularning rahbarlarichi? Nega ular ham Gurjiston Prokuraturasi xodimlari singari o'z fuqarolari to'g'risida o'ylamadilar. Albatta O'zbekiston rahbarlari ham o'yladilar. Faqat ular o'z shaxsiy manfaatlarini o'yladilar, o'zlarining mansablari va lavozimlaridan ketib qolishdan qo'rqib, Gdlyan va Ivanovlar singari gazandalarning ko'nglini olishni o'yladilar. Ularga 9 «Шарк юлдузи», 1992 йил, 9-сон, 56-бет. 24 baribir edi. Necha ming odam hibsga olinib, qirilib qatag'on qilinsada ularning o'zlari mansab kursisida omon qolsalar bo'lgani, Chunki rahbar ham o'z xalqiga munosib bo'ladi. «Qozi muttaham bo'lsa, o'g'ri peshgir bo'ladi», degan xalq maqoli juda to'g'ri aytilgan. «Аргументы и факты» haftanomasining 1988-yil, 30-sentabr sonida bosilgan O'zbekiston KP MQning birinchi kotibi R.N.Nishonovning quyidagi qarorini o'qigan har bir kimsa yuqorida qo'yilgan qonuniy savollarga aniq javob topa oladi. O'zbekiston taqdiri, millat va xalq taqdiri uning qo'liga ishonib topshirilgan mamlakatning birinchi odami nimalar bilan «faxrlangan» ekan? «Respublikada jamiyat hayotining barcha jabhalarini sog'lomlashtirish uchun turg'unlik davri merosiga qarshi qattiq, og'ir kurash ketmoqda. KPSS Markaziy Komiteti keyingi to'rt yilda O'zbekistonga yuzlab tajribali kadrlar yubordi... Avvalo respublikaga shunday ko'lamli yordam keyingi 30 yil mobaynida birinchi marta amalga oshirilganini ta'kidlamoqchiman. Yangi xodimlarning kelishi bizning chinakam baxtimiz bo'ldi... Respubhkada so'nggi to'rt yil ichida 58 ming mas'ul xodim vazifasidan bo'shatildi. Men o'zim shaxsan Telman Xoreonovich Gdlyan gruppasining ishini g'oyatda ijobiy baholayman. Biz SSSR Prokuraturasining xodimlari bilan qo'lni qo'lga berib ish olib bormoqdamiz, ular Respublikada adolat o'rnatish, Rashidov atrofidagi yaqin odamlarni javobgarlikka tortishda jon kuydirib ishlamoqdalar. Keskin kurash keftnoqda. Shuni ro'y-rost aytishim kerakki, Gdlyan gmppasi respublika partiya organlari tomonidan qattiq qo'llab-quvvatlanmaganida va har tomonlama yordam ko'rsatmaganida edi, ular bu qadar samarali ishlay olmasdilar, albatta». Bu misol «O'zbeklar ishi» Moskvaning topshirig'i va ko'rgazmasi bilan amalga oshirilgan bo'lsada, uning asosiy jaholat izi va o'zagi O'zbekistonning o'zida bo'lganligini aniq isbotlaydi. «O’zbeklar ishi» kampaniyasi davrida O'zbekistonda xalqni talab olib ketilgan summa miqdori to'g'risida ham turlicha raqamlar tilga olingan. Jumladan Gdlyanning o'zi O'zbekistondan 140 million so'm topdik, deb maqtangan. Keyinchalik «100» raqami noma'lum sabablarga ko'ra 40 millionga tushirilgan. Biroq bu pullar sinchiklab tekshirilganda xalqdan o'marilgan pul atigi 15 million so'm chiqqan, xolos. Qolgan pullar O'zbekistonda «samarali» ishlaganlarning o'pqonlariga tushib 25 ketgan bo'lsa ne ajab? 80-yillarda «desantchilar guruhi» O'zbekistonda «paxta ishi», «o'zbeklar ishi» bahonasida ijtimoiy hayotning deyarlik barcha sohalanga o'z burinlarini tiqib «poklik» va «adolat» o'rnatmoqchi bo'ldilar. Hatto ular O'zbekiston fani rivojiga ham «munosib hissa» qo'shganlar. Akademik Vosil Kobulov ma'lumotlariga qaraganda O'zbekiston birinchi rahbarlarining yo'l qo'yib berganligidan foydalangan «desantchilar» respublika Markaziy Qo'mitasida «pinhona kabinet» tuzib olgan edilar va shu kabinet tavsiyasi bilan FAning «Kibernetika birlashmasi»ni 80-yillarda tekshiraverib ilma-teshik qilib yubordilar. Tekshirish uchun esa birlashmada «iqtisodiy samara», «qoloq loyiha» va «yemakxona» (кормушка) kabi masalalar asos qilib olindi. Birinchi va ikkinchi masalalardan ish chiqmadi. «Yemakxona»ning asosi ham topildi. Bu tekshirish boshlanganga qadar «Kibernetika birlashmasi»da 628 kishining10 doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganliklari va ular aksariyatining yerli millat vakillari bo'lganida edi. Shovinist va alchoq Anishev bilan Ogaryok akademik V.Kobulovning bunday «shakkokligi» uchun uning «ko'zini ochib» qo'ymoqchi bo'lganlar. Qatag'onlik yillarida O'zbekistonda sodir etilgan bunday dahshatli vovuzliklar, adoiatsizlik va bedodliklarm o'z ko'zi bilan ko'rib, unga guvoh bo'lgan jurnalist va publitsist Komil Holmuhammad taryod soladi, qalamidan o't chaqnab mamlakatda bo'layotgan vo-qealarga o'z munosabatini izhor etib yozadi: «tarixchilar o'n yillardan keyin 1980- yillarning ikkinchi yarmida O'zbekiston jumhuriyatida yana ЗО-50- yillarning sovuq dahshatli qora ko'lankasi kezib yurganliginu jur'at etib yozishar, lekin shu narsa aniqki, 1983-yilning sentabridan O'zbekistonda ish boshlagan va had- hududsiz vakolat bilan SSSR Bosh Prokurori nomidan kelgan Gdlyan va Ivanovlar o'zbek xalqi farzandlanni, milliy kadrlarimizni qirib tashlashni asosiy maqsad qilib olishgan. Xo'sh, butun bir xalqning taqdirini belgilashga ularga kim bunchalik huquq berdi. Axir, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi «mustaqil suveren» respublikami o'zi?11 12 Ha, hamma gap, balo va fojia yolg'onchi 10 «Ёш ленинчи», 1990 йил, 1 декабрь. 11 «Фан ва турмуш», 1990 йил. 7-сон. 24-бет. 12 «Халк сузи», 1996 йил, 13 апрель. 26 Konstitutsiyada O'zbekistonning mustaqil, suveren respublika, amalda esa u ilgarigidek Rossiyaning hech qanday huquqqa ega bo'lmagan mustamlaka o'lkasi bo'lib qolayotganligida edi. Bu nohaq berilgan qurbonlar, ona xalqimizning gunohsiz farzandlari boshlari uzra o'ynagan azob va jahannam gurzilari uchun tarix oldida, Ollohu Karim oldida kimlardir ertadir-kechdir javob berishlari kerak-ku. O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «O'zbekiston jamoatchiligi o'zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Ligachyov komandasi xalqni jilovda tutib turish, uning o'sib kelayotgan milliy va siyosiy ongini bo'g'ish niyatida «paxta ishi», «o'zbeklar ishi» deb atalmish tuhmatlarni to'qib chiqargan, biz o'zbeklarga turli-tuman sharmandali tamg'alar yopishtirilgan fojiali sahifalarni hech qachon unutmaydi»2, degan edi. Xullas, ona tariximiz o'tmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yilIardagi qatag'onlik yillari dardli, alam va motamsaro voqealarga to'la xalqimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo'rlangan va oyoqosti qilingan davridir. Kelajakdan umidi bo'lgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin o'tmishdagi achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham farzdir. 3. 1989-yil, iyun. Farg‘onadagi qonli fojialar Sovet mustamlakachiligi istibdodi, milliy adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik va milliy istiqlol uchun olib borilgan kurashning eng yuksak cho‘qqisi 1989-yilning yoz oylarida Farg‘onada bosh- langan qonli fojialar bo‘ldi. Dastlab Farg‘onada boshlanib, so‘ngra O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham keng tarqalgan to‘qnashuv qizil saltanat mustamlakachiligi zulmining mahsuli edi. Bu qo‘zg‘olon natijasida qancha odam qurbon bo‘lganligi va aziyat chekkanligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar berilgan. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasidagi ma’lumotlarga qaraganda: «Yovuz fitna tufayli Farg‘onada jami 112 kishi shahid bo‘ldi. 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi ma’muriy jazo oldi, 160 nafardan ortiq kishi og‘ir jazolarga hukm etilgan»13. Bu darajada 13 «O‘zbekiston adabiyot va san’ati» gazetasi, 1990-yil 5-oktabr. 27 katta fojiaga olib kelgan Farg‘ona isyonining bosh sababi nimada? - degan qonuniy savol tug‘iladi. Bu haqda Ittifoqning markaziy matbuot organlari va O‘zbekistondagi juda ko‘plab gazeta va jumallarda har xil xulosalar bildirildi. Kimdir uni o‘zbeklar bilan mesxeti turklari o‘rtasidagi milliy nizo dedi, boshqa biri allaqanday mafiyaning ishi, ba’zilar SSSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasining tashkil etgan fitnasi deb baholadi. Butun boshli O‘zbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Farg‘ona isyonini «bozorda bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb e’lon qildi. Bu xususda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1992-yil 14 fevralda e’lon qilingan yozuvchi Alisher Ibodinovning «Zanjirband sher tug‘ilganda» maqolasi o‘zining xolisona va hayotiy yondoshganligi bilan ajralib turadi. Muallifning xulosasiga ko‘ra Farg‘onada 1989-yil iyunda ro‘y bergan «...o‘sha hodisa aslida isyon, o‘zbeklaming mustamlaka tuzumiga qarshi qo‘zg‘oloni edi»14. Buni 8 iyunda Qo‘qon shahrida bo‘lgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan ham bilsa bo‘ladi. Rahbariyatga topshirilgan talabnomada vodiyda ishsizlikni tugatish choralarini ko‘rish, uy-joysizlar uchun tomorqa uchastkalari berish, paxta, pillaning xarid narxlarini oshirish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, Orol dengizini qutqarib qolish tadbirlarini tezlatish, o‘zidan zaharli moddalar tarqatayotgan Yangiqo‘rg‘on ximiya kombinatini yopish, oylik ish haqlarini oshirish, 7 iyunda tinch aholiga o‘q uzganlami javobgarlikka tortish kabi talablar qo‘yilgan edi. Hamma talab haqqoniy va odilona bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga borib taqalardi. Birgina ishsizlik muammosini oladigan bo‘lsak vodiyda ulaming soni yiliga 23 ming15 kishiga ko‘payib borardi. Alisher Ibodinov Bog‘dod-Qo‘qon yo‘lida shaharga shoshilib ketayotgan odamlar orasida bir oqsoqol bilan qilgan suhbatini eslab yozadi: «oqsoqol mesxeti turklari bilan hech qanday ishi yo‘qligi, o‘z dardi bilan shaharda bo‘ladigan mitingga otlanganligini so‘zladi. Uning o‘n farzandi bor ekan. To‘rt kelin, nabiralar, olti farzand bilan katalakdek xonadonda 14 «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral. 15 «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral. 28 tiqilib yashayotganliklari, tirikchilik og‘irligidan hasrat qildi. «Negadir biz o‘zbeklar o‘z yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor yashaymiz, aybimiz qishloqda tug‘ilganimizmi?» deya nola qilgan edi, u. Choi Qo‘qonga kelgan kattalarga shu dardlarini aytmoqchi ekan» 16. O‘sha olovli damlarda mantiqan qiziq bir jumboq hosil bo‘lgan edi. Qizil qo‘shinlar, osmondan vertolyotlar mesxeti turklar bilan talashib bir- birlarining uylariga o‘t qo‘yayotgan bezorilami o‘qqa tutmadilar, balki siyosiy talablar bilan Lenin nomli maydonda o‘tirib olib, tinch miting qilayotgan aholi ulami qurshab olgan askarlar tomonidan avtomatlardan va vertolyotlardan o‘qqa tutildi. Bu bejiz emas edi, albatta. Aslini olganda o‘sha mash’um kunda O‘zbekistonning mustaqilligi o‘qqa tutilgan edi. Sovetlar va uning mahalliy malaylari o‘zbek xalqini qo‘rqitish, milliy uyg‘onish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz cho‘ktirish maqsadida bunday vahshiyona tadbimi qo‘llagan edilar. Ammo xalqimizning to‘kilgan qonlari zoe ketmadi. Chunki u qonlar qutlug4 qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy- adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona ishongan xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi. Farg‘onadan so‘ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlaming oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi. Birinchidan, xalqimiz chorizm mustamlakachi saltanati va sovet mustabid saltanati o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini, har ikkalasi ham o‘zbek xalqining milliy dushmani ekanligini aniq - ravshan 16 O’sha manba. 29 tushundi. Ikkinchidan, katta tajribaga ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashda milliy istiqlolchilar tajribasizlik qildilar. Kurash asosan stixiyali tarzda olib borildi, ularda siyosiy kurash madaniyati yetishmadi, xalqimiz dushmanga qarshi kurashda yakdil bo‘laolmadi, milliy birlik bo‘lmadi. Xalqning ma’lum bir qismi hali ham mustamlakachilarga ishonar edi. Milliy birlikni ta’minlay olmadi. Umumiy dushmanga qarshi kurashda birlasholmadi. Uchinchidan, mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o‘z orqasidan ergashtira oladigan, nazariy-ilmiy asoslangan dasturga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot bo‘lmadi. To‘rtinchidan, 80-yillar oxirlaridagi voqealar mamlakatda ijti- moiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat o‘zgarishlami amalga oshirish lozimligini ko‘rsatdi. 4. Ekologik qabohat Sovetlar saltanatining O'zbekistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yo'ldan rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo'jaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda ayniqsa 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik buhronni keltirib chiqardi. Nafaqat O'zbekistonda, balki butun Turkiston o'lkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qo'ygan edi. Biz bu yerda 1918-yil, 18- mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Turkistonda sug'orish ishlariga 50 million so'm mablag' ajratish to'g'risidagi» dekretini nazarda tutmoqdamiz. Aslida shu pul berilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan summani Mirzacho'l yerlarini o'zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o'tgan asrning 70yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus ohmi N.F.Ulyanov, P.P.Semyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lenin boshlagan bu «tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistik firqa rahnamoligida rivojlantirdi. «SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda O'zbekiston xalq xo'jaligining ekstensiv yo'l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo'ldi va turg'unlik yillarida ekologik 30 buhronni kuchaytirdi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi tog' relyefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sug'orma qishloq xo'jalik ekinlari maydonlari kengaydi, kommunikatsiyalar o'tkazildi, o'rmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona foydalanilmadi, yerosti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zug'um edi. Tabiat ham albatta insondan o'ch olishi tabiiy bir holdir. O'zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar belgilaydi: Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg'anayotganligidandir. O'zbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa O'zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg'onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan17 to'g'ri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qo'qon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vositalaridir. O'zbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan18 ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud edi. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo'lmasdan O'zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990- yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bo'lgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bo'lib qishloq xo'jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli 17 «Мулоқот», 1992 йил, 3 -4,сонлар, 12-бет. 18 «Фан ватурмуш», 1991 йил, 2-сон, 12-бет. 31 kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, o'simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan. Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g'o'zalami defoliatsiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham dahshatli roq fojia edi. O'zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo'lgan munosabat bilan bog'liqdir. Sovetlar hukumatining ochko'zligi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob- kitobsiz foydalanish oxir-oqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga keyingi 20-30-yil davomida kollektor- zovur, sanoat va kommunal xo'jaliklarning tashlandiq va zaharlangan suvlarning oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 million gcktarni tashkil etadi. Ilgari tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha bo'lgan bo'lsa, 90-yillar boshlarida u 2,5-3 barobar ortdi. Havoga, yerga sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo'yi atrofida ham jonli va ham jonsiz tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo'ydi. Aholi dengiz atroflaridagi o'z makonlarini tashlab ketishga majbur bo'ldilar. Masalan, Mo'ynoq tumanida aholi 50-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o'simlik va hayvonot dunyosi ham halokat yoqasiga kelib qoldi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko'l19 qurib bitdi. Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o'zgarishi bo'ldi. O'zbekistonda 1990-yilga kelib o'rtacha va kuchli sho'rlangan yerlar 853 ming gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o'zgarishiga hisob-kitobsiz ishlatilgan mineral o'g'itlarning halokatli ta'siri ham katta bo'ldi. Chunki mutaxassis olimlarning xulosalariga ko'ra fosfor o'g'iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og'ir metall tuzlar ham o'tar ekan. Ekologiya buzilishining to'rtinchi sababi, respublika hayvonot va 19 «Фан ватурмуш», 1991 йил, 7-сон, 14-бет. 32 nabotot olamining o'zgarishi bo'ldi. O'zbekistonda yovvoyi hayvonlaraing - 99, parrandalarning - 410, baliq-larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklarning soni esa 163 taga20 yetdi. Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o'rtasida har xil kasalliklarning ko'payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo'ldi. Katta yoshdagi kishilar va o'smirlar o'rtasidagi umumiy kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 3598,6 kishiga yetdi. Ma'lumotlarga ko'ra, 1989-yilning o'zidagina asab sistemasi, teri, teri osti hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasallanish 1,3 baravar ko'paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan21. Oshqozon-ichak, virusli gepatit kasalliklari ko'paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi. Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o'limi ko'paydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og'ir bo'lgan mintaqalar - Orolbo'yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent shahrida, Farg'ona vodiysining ko'pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan ma'lumotlariga qaraganda Qoraqalpog'istonning Bo'zatov tumanida har 1000 go'dakdan 260 tasi nobud bo'lgan. O'zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan, har uch nafar o'zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq22 deb topilgan. O'zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola23 tug'ilardi. Xullas, 90-yillarda mamlakat boshiga tushgan ekologik qabohat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Vujudga kelgan og'ir vaziyat vaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik siyosat yuritishni talab qilayotgan edi. 5. O’zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuvi. 1991-yilga kelib sobiq Ittifoqda millatlararo munosabatlar shu darajada keskin tus oldiki, SSSRning batamom parchalanish xavfi 20 O' sha manba. 21 «Мулокот», 1992 йил, 3-4-сон, 14-бет. 22 «Ёшлик». 1989 йил, 9-шн, 4-5-бетлар. 23 «Мулокот», 1992 йил, 3-4-сон, 15-бет. 33 ko'zga yaqqol tashlanib qoldi. Bu davrda Litva, Latviya, Estoniyadan so'ng Gruziya va Ozarbayjon xalqi o'z davlat mustaqilligini e'lon qilgan edi. Mana shunday og'ir bir paytda markaz SSSRni saqlab qolish niyatida ayyorlik bilan turli xildagi tuzoqlarni ishlab chiqqan edi. Ana shunday tuzoqlardan biri 1991-yil aprelida Moskvaga yaqin Novo- Ogorova degan joyda SSSR Prezidenti va 9 ta ittifoqchi jumhuriyatlar rahbarlari imzolagan bitim edi. Bu bitim «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni yengishga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida qo'shma bayonot» deb ataladi. Bu bayonot «9+1» (to'qqizta respublika va markaz) degan nom oldi. Ammo bu bayonot ham bajarilmadi va quruq qog'ozda qolib ketdi. Mana shunday sharoitda KPSS Markaziy Komiteti va Sovetlar hukumatining bir guruh rahbarlari 1991-yil, 19-21-avgustda Moskvada davlat to'ntarishi tayyorladilar. Ularning asl maqsad-muddaolari mamlaktda harbiy diktatura o'rnatish va zo'rlik vositasi bilan SSSRni saqlab qolishdan iborat edi. Natija esa teskari yakunga olib keldi. Tarixga GKCHP nomi bilan kirgan davlat to'ntarishi voqeasi dunyodagi so'nggi mustamlakachi saltanat - SSSRning batamom parchalanishini tezlashtirgan asosiy omil sifatida xizmat qildi.Shunday qilib 74 yil umr ko'rgan qizil mustamlakachi saltanat erk va milliy ozodlik kurashlari ta'siri ostida parchalandi. «O'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalmish xalq sha'ni va shuhratiga qora dog' sifatida yopishtirilgan ishning qayta ko'rilishi va 1991-yil martiga qadar 2 ming kishining oqlanishi, Stalincha qatag'onliklar tufayli 20-50-yillarda tuhmat bilan nohaq ayblanganlardan gardanidagi tavqi-la'nat gunohlarning olib tashlanganligi O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muhitning sog'lomlanishiga albatta ijobiv ta'sir ko'rsatdi. O'zbekiston rahbariyati kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo'yishida ham o'zining mustaqil yo'lini belgilab oldi. Bu borada asosiy e'tibor mahalliy xalq vakillariga qaratildi. Albatta bu hoi ham xalqning ruhiy kayfiyatini ko'tarishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston hukumatining dinga va diniy tashkilotlarga bo'lgan munosabti keskin o'zgardi. Chunki Islom Karimov haqli sur'atda ta'kidlaganidek «...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzul-dan 34 chiqarish mumkin bo'lgan asosiy yo'nalish din erkinligini, islom bilan chambarchas bog'liq milliy urf-odatlarga rioya qilish erkinligini yaratib berishdan iborat edi. Biz uzoq va orziqib kutilgan ana shu erkinlikni so'zda emas, amalda ta'minladik». Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an'analaridan biri va doimo e'zozlab kelgan bayrami «Navro'z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ro'za hayit va Qurbon hayitlariga yangi hayot baxsh etildi. O'zbekistondan harbiy xizmatga chaqiriladigan yigitlar, respublika hududida o'z burchlarini o'taydigan bo'ldilar. Albatta bu tadbirlar O'zbekiston hukumatiga xalqning munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirdi va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy muhitni barqarorlashtirdi. Islom Karimov respublika prokurori lavozimiga Usatovdan keyin milliy kadr tayinlanishini Markazdan talab qiladi va buni uddasidan chiqadi 1990-yil, 31-oktabrda Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida O’zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini ta'minlash maqsadida B.Mustafoyev O'zbekiston Bosh prokurori etib tasdiqlandi. Bu yurt tarixida birinchi marta respublikada prokurorning respublika Oliy organi tomonidan tasdiqlanishi edi. Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu ish respublika prokuroriga mustaqil faoliyat yuritish, prokuratura organlarini nomunosib kadrlardan tozalash imkoniyatini yaratdi. Prezident tomonidan respublika Bosh prokurori zimmasiga Gdlyan- Ivanovlarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atish, bu jinoyatlarni O'zbekistonda sodir etganlarini asos qilib, jinoiy ishni ko'rib chiqishni O'zbekiston ixtiyoriga topshirish yuzasidan SSSR Bosh prokuraturasi bilan aloqani sekin-asta uzish va bu holatga uzil- kesil barham berish vazifasi qo'yildi24. 6. O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi. 1990-yil, fevral-aprel oylarida O'zbekiston Oliy Kengashi va Mahalliy Kengashlariga saylovlar bo'lib o'tdi. Bu saylovlarning ilgarigi davrdagi saylovlardan farqi shunda ediki, mamlakat tarixida birinchi 24 АзизахужаевА. Курсатилган адабиёт...36-37-бетлар. 35 marta ko'pgina okruglarda saylovlar bir necha nomzodlar davogarligida o'tkazildi. Ammo O'zbekiston Oliy Kengashiga nomzod ko'rsatgan 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar ko'rsatilmadi. Saylovni tashkil etish va o'tkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bo'ldi, deb aytolmaymiz, nomzodi ko'rsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi. Bu va bosha sabablar taqozosiga ko'ra saylangan nomzodlarning 95 foizini kommunistik firqa a'zolari tashkil etdilar. «Yangi shakllangan 12-chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashi 1-sessiyasining respublika istiqboli uchun katta ahamiyatga molik va sobiq Ittifoq doirasida birinchi bo'lgan siyosiy qarori - O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini joriy etishi bo'ldi. 1990-yil, 24- martda respublika kompartiyasining birinchi kotibi Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov - davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. U 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent Xalq xo'jaligi institutlarini tamomlagan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master yordamchisi, so'ngra master, texnolog bo'lib ishlagan. 1961- yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis konstruktorlik qildi. 1966- yildan O'zbekiston Davlat Plan Qo'mitasida fan vayangi texnikani joriy etish bo'liminingbosh mutaxassisi, so'ngra RespublikaDavlat Plan qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimlarida ishladi. 1983- yildan O'zbekiston Moliya vaziri, 1986-yildan O'zbekiston Ministrlar Sovetiraisining o'rinbosari, Respublika Davlat Plan Qo'mitasining raisi vazifasini bajardi. 1986-yil dekabrdan Qashqadaryo viloyati partiya ko'mitasining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan O'zbekiston KP Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi, 1990-yil, 24-martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov 1991 -yil, 29- dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- moddasiga muvofiq u ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hamdir. 36 I. A.Karimov 1991-yil, 31-avgustda Toshkentda O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qildi. O'zbekistonning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy va xalqaro maydonda erishgan muvaffaqiyatlari va yutuqlari Islom Karimov nomi bilan bog'liq. 7. I.A. Karimovning O’zbekiston Prezidenti etib saylanishi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anieyvich Karimov Oliy Kengashda O'zbekiston xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, grajdanlar huquq va erkinliklanga kafolat berishga, O'zbekiston Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmaga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyodini bayon etdi. O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi. Chunki O'zbekistonda va o'sha davrdagi Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80-yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uyg'onish oxir-oqibatda dunyoning eng yirik va so'nggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo'yi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildi. Bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya rahbariyati bilan xalq ommasi o'rtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hoi albatta boshqa jumhuriyatlarga ham ta'sir ko'rsatdi va ular birin-ketin o'z mustaqilliklarini e'lon qila boshladilar. 1990-yil, 21-iyulda O'zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun g'oyatda muhim bo'lgan tarixiy hujjatni - Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi: «O'zbekiston bugun o'z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e'tirof etib, jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbayi xalq ekanligini e'tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o'zigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yo'lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta'kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi O'zbekistonni suveren davlat deb e'lon qiladi. 37 O'zbekiston suveren davlati: o'z hududining barcha tarkibiy qismlari - yer, suv, havo, yer usti, yerosti boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutlaq egadir; o'z hududining barcha tarkibiy qismlarida - yerosti va yer ustida, suvda, havoda mutlaq hukmrondir: siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va ehtiyojidan kelib chiqib - o'zi belgilaydi; suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha qonun va farmonlarni o'zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o'zi tashkil qiladi; barcha tashqi aloqalarni o'zi o'rnatadi; fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o'zi aniqlaydi; aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda ularning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi prinsipiga amal qiladi». Albatta, O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko'p vaqt o'tar-o'tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e'lon qilinishi respublika hayotida mislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi. O'zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O'zbekistondagi bunday «o'zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo'yish chorasini izladi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq o'tkazishning barcha choralarini ishga soldi. SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirish va O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonunijga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» (noyabr)gi qonun. «Yer to'g'risida»gi (iyul) qonun, O'zbekiston Prezidentining respublika fuqarolari ga yakka tartibda turar-joy qurish va shaxsiy tomorqa xo'jaliklari uchun yer uchastkalari ajratish to'g'risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish to'g'risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turdagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini ko'p martalab oshirish to'g'risidagi, shuningdek qishloq xo'jaligidagi mehnatga to'lanadigan haqni oshirish to'g'risidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. 38 O'zbekiston hukumati qishloq mehnatkashlarining iqtisodiy turmush sharoitlarining yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlarni ishlab chiqdi va uni amalga oshirdi.. Faqat 1990-yilning boshlariga qadar respublikada 381 ming oila, yoki muhtoj bo'lganlarning deyarlik hammasini birinchi marta tomorqa uchastkalariga ega bo'ldi, 872 ming oila shu paytga qadar bo'lgan yerlarini ancha kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun ja'mi 150 ming gektar yer yoki talab qilingan miq- dorning 95 foyizi ajratib berildi. Aholiga 21 ming bosh buzoq, 312 ming bosh qo'zi va uloq, 10 milliontadan ko'proq jo'ja sotildi25. Bu ish keyinchalik yanada davom ettirildi. Aholiga qo'shimcha ajratilgan sug'oriladigan yer 500 ming gektarga yetkazildi. Ana shu tariqa aholiga tomorqa uchun berilgan yer miqdori 700 ming gektarni26 tashkil etdi. Bu yerlardan 9 milliondan ortiq odam foydalandi. Tomorqa yerlarining o'rtacha hajmi 0,2 gektardan ortiqqa yetkazildi. Bu tadbirlar mustamlakachilikka asoslangan buyruqboz sovetlar tuzumi sharoitida so'zsiz dadil qo'yilgan qadam edi. Qishloq mehnatkashlariga qo'shimcha yerlarning ajratib berilishi bir qator keskin hayotiy muammolarni hal qilishga yordam berdi. Ular nimalardan iborat edi? Birinchidan, ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo'lmagan aholini ish bilan ta'minladi, ishsizlikning kuchayishini oldi olindi. Ikkinchidan, aholining real daromadlari oshdi, shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirayotgan mehnatkashlar mehnat daftarchalari olish va qariganda nafaqa olib ijtimoiy kafolatlanish huquqiga ega bo'ldilar. Uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdek keskin muammoga barham berildi. To'rtinchidan, qishloq mehnatkashlarini uy-joy bilan ta'minlashdek sotsial muhim masala ham o'z yechimini topdi. Beshinchidan, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat bir qadar barqarorlashdi va yaxshilandi. O'zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» bahonasi bilan tahqirlangan o'zbek millatining g'ururini tiklashni, yurt va elni haqiqiy mustaqillikka olib chiqishni o'zining asosiy vazifasi etib belgilaydi. 25 «Халк сузи», 1991 йил, 15 август. 26 «Тошкент хакикати», 1990 йил, 27 февраль. 39 ADABIYOTLAR: 1. 2017-2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Х,аракатлар стратегияси. - Тошкент: Maънавият, 2017. 2. O'zbekiston tarixi. 2-3-kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi.T.Sharq. 2011. 3. Мустакил Узбекистан тарихининг дастлабки сахифалари. - Тошкент, 2000. 4. Мустакил Узбекистан тарихи. Масъул мухаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013. 5. Мустакиллик: Изохли илмий-оммабоп лугат // М.Абдуллаев ва бошкалар: тулдирилган учинчи нашр. - Тошкент: Шарк, 2006. 6. Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учкунлари, 2018. 7. Усмонов Қ. ва бошкалар. Узбекистан карамлик ва мустакиллик йилларида. Т., Укитувчи, 1996. 8. Узбекистан Республикаси: Мустакил давлатнинг бунёд булиши. Т., Узбекистан, 1992 9. Узбекистан Республикасининг Конституцияси. Т., Узбекистан, 2012 10.Узбекистан тарихи. Р.Муртазаеванинг умумий тахрири остида. - Тошкент, 2005. 11. Узбекистан халкининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва х,озирги х,олат. - Тошкент: ТИУ, 2011. 12. Узбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустакил Узбекистон тарихи. Т.: Шарк, 2000. 13. Эркаев А. Узбекистон йули. - Тошкент: Маънавият, 2011. 14. Гуломов С., Убайдуллаева Р., Ахмедов Э. Узбекистон. - Тошкент: Мех,нат, 2001. Nazorat uchun savollar va vazifalar: Savollar: 1. Davlat tili to’g’risida qonunning qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini tushuntirib bering. 40 2. Кадрлар десантини тушуришдан кузланган асосий максад нима эди? 3. Пахта иши ва узбек иши уртасида нима фарк бор эди 4. 1989-yil, iyun. Farg‘onadagi qonli fojialarning asl mohiyati nimada edi? 5. Ekologik qabohat asl sababi nimada deb o'ylaysiz? 6. Orolni asl xoliga qaytarish mumkinmi, nima deb o'laysiz 7. O’zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuviga sabab nimada? 8. O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi tarixiy ahamiyatini tushuntirib bering 9. I.A. Karimovning O’zbekiston Prezidenti etib saylanishi jarayoni xronologik yuritib bering 10. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini tushuntiring. Vazifalar: Mustaqil ish uchun vazifalar: O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida ma’lumotlar to’plash va referat tayyorlash. 41 3- mavzu: MUSTAQIL O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI AJRATILGAN SOAT-4 Asosiy savollar 1. Mustaqillik tushunchasi. 2. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar 3. O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. 4. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi va uning olamshumul ahamiyati. Tayanch iboralar: Davlat ramzlari, Davlat bayrog’i, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi, milliy valyuta, o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li, o’zbek modeli. XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar. Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o’tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda. Birinchi Prezident I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «O’zbek millati azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz», - deganda xalqimiz tarixiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o’rganishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim-siz kurash davridir. 42 Turkiston o’zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yo’g’i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo’lgan (B.Ahmedov). Boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo’linishlarga, uning xalqi o’zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo’lgan. Xalqimiz-ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo’g’ul bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qar-shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog’da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog’i, shu davrda O’zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlari-ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so’z bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o’z fikri-zikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan. Xo’sh, Mustaqillikning o’zi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Eng avvalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo’lmagan joyda kim-dir kimgadir tobe bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o’zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo’ladi. Natijada biz so’nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o’tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so’zining qudrati shundaki, u odamlar-ning o’zaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki man-tiqsiz ta’zim-tavozega chek qo’yadi. Istiqlol - o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e’zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat! Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir. Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, o’z taqdirini o’zi belgilashga, o’z hayotini o’zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni 43 osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar buhronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe’l-atvori jihatidan qaraganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma’noda davlat musta- qilligiga ham qiyoslash mumkin. Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta-qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g’oyatda zalvorli tajribasidan o’tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o’z-o’zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o’ tirib borayotgan tarixiy voqelikdir. Mustaqillik - tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko’rgan mustaqil mamlakatlar, xususan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun? Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bo’lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o’z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo’lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-ga yarasha ochdan o’lmaslikka u etadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu - sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo’lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk 44 ne’matning, hayot degan oliy tushunchaning mag’zini chaqishga o’zida rag’bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg’ulari butunlay so’ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi. 2. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tarti-botlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’linib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, ne- mislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chog’da sobiq SSSR parchalanib, uning o’rnida mustaqil taraq-qiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgi- lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir», - degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov. XX asr 90-yillarining boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayon-lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi? - degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi 45 tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 90- yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyat-lar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqa-rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah-voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hoi tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruq-bozlik usulini qabul qila olmay qoldi. Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik bosh- qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi. Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na- tijasiz qadamlarda ham ko’rsa bo’ladi. Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqti- sodiga o’tkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori va iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-kama qilingan edi. Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o’tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo’l yo’q, degan xulosaga

Use Quizgecko on...
Browser
Browser