Podcast
Questions and Answers
Nima uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarda oshqozon osti bezi harakatchan bo'ladi?
Nima uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarda oshqozon osti bezi harakatchan bo'ladi?
- Biriktiruvchi to'qimaning ko'pligi bilan.
- Bezning katta qismini tanasi tashkil qilgani uchun.
- Bez yuzasining g'adir-budir bo'lishi sababli.
- Qorinparda orqa yog' to'qimasi bo'lmagani sababli. (correct)
Qorin pardasining qaysi qismi qorin bo'shlig'i devorini qoplaydi?
Qorin pardasining qaysi qismi qorin bo'shlig'i devorini qoplaydi?
- Visceral qorinparda (peritoneum viscerale).
- Mezoteliyli qorinparda.
- Seroz osti asos (tela subserosa).
- Parietal qorinparda (peritoneum parietale). (correct)
Oshqozon osti bezi embrional rivojlanishida qaysi kurtaklar ishtirok etadi?
Oshqozon osti bezi embrional rivojlanishida qaysi kurtaklar ishtirok etadi?
- Dorsal va ventral kurtaklar. (correct)
- Faqat dorsal kurtak.
- Dorsal va lateral kurtaklar.
- Faqat ventral kurtak.
Oshqozonning qaysi qismi bilan qorin bo'shlig'ining orqa devori o'rtasidagi qism nima deb ataladi?
Oshqozonning qaysi qismi bilan qorin bo'shlig'ining orqa devori o'rtasidagi qism nima deb ataladi?
Quyidagi boylamlardan qaysi biri jigarni diafragma bilan bog'laydi?
Quyidagi boylamlardan qaysi biri jigarni diafragma bilan bog'laydi?
Qorin parda bo'shlig'ining yuqori qavatini nima chegaralaydi?
Qorin parda bo'shlig'ining yuqori qavatini nima chegaralaydi?
Erkaklarda qorin pardaning qaysi chuqurchasi to'g'ri ichakning oldingi yuzasini o'rab hosil bo'ladi?
Erkaklarda qorin pardaning qaysi chuqurchasi to'g'ri ichakning oldingi yuzasini o'rab hosil bo'ladi?
Katta charvi qaysi a'zolar bilan bevosita bog'langan?
Katta charvi qaysi a'zolar bilan bevosita bog'langan?
Qorinning oldingi devorida qaysi burma homilada qovuqning uchidan kindikka boruvchi bitib ketgan siydik yo'lini (urachus) saqlaydi?
Qorinning oldingi devorida qaysi burma homilada qovuqning uchidan kindikka boruvchi bitib ketgan siydik yo'lini (urachus) saqlaydi?
Qaysi a'zolar ekstraperitoneal joylashgan?
Qaysi a'zolar ekstraperitoneal joylashgan?
Flashcards
Qorinparda (Peritoneum) nima?
Qorinparda (Peritoneum) nima?
Qorin bo'shlig'i devorini va unda joylashgan a'zolarni qoplagan seroz parda.
Qorinpardaning asosiy turlari?
Qorinpardaning asosiy turlari?
Parietal qorinparda qorin bo'shlig'i devorini qoplaydi, visseral qorinparda ichki a'zolarni o'raydi.
Uraxus nima?
Uraxus nima?
Homiladorlik davrida kindikdan qovuqqacha bo'lgan bitib ketgan siydik yo'li.
Charvi (Vinslov) teshigi nima?
Charvi (Vinslov) teshigi nima?
Signup and view all the flashcards
Intraperitoneal a'zolar nima?
Intraperitoneal a'zolar nima?
Signup and view all the flashcards
Ekstraperitoneal a'zolar nima?
Ekstraperitoneal a'zolar nima?
Signup and view all the flashcards
Gaz almashinuvi nima?
Gaz almashinuvi nima?
Signup and view all the flashcards
Jigar qopchasi (bursa hepatica) nima?
Jigar qopchasi (bursa hepatica) nima?
Signup and view all the flashcards
Oshqozon oldi qopchasi (bursa pregastrica) nima?
Oshqozon oldi qopchasi (bursa pregastrica) nima?
Signup and view all the flashcards
Charvi qopchasi (bursa omentalis) nima?
Charvi qopchasi (bursa omentalis) nima?
Signup and view all the flashcards
Study Notes
Oshqozon osti bezi
- Ichak bir tekis o'smagani sababli ventral bo'rtma orqa tomonga aylanadi.
- Serroz pardaning ikki varaqi o'rtasida o'sadi va oshqozonning orqa tutqichi ichiga kiradi.
- Dorsal va ventral kurtaklar shoxlanib, murakkab tarmoqlangan bezga aylanadi va bir-biri bilan qo'shilib, oshqozon osti bezini hosil qiladi.
- Dorsal bo'rtmadan bez boshchasining yuqori qismi, tanasi va dumi paydo bo'ladi.
- Tana va dumida joylashgan dorsal kurtak nayi, boshcha qismida ventral kurtak nayi bilan birikib, bezning asosiy nayini hosil qiladi.
- Dorsal kurtak nayi ba'zan bezning boshcha qismida o'sishdan orqada qolib, oshqozon osti bezining qo'shimcha nayiga aylanadi.
- Yangi tug'ilgan oshqozon osti bezi kichkina, vazni 2-3 g, uzunligi 4-6 sm, kengligi 1-2 sm va qalinligi 0,35-0,65 sm.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda oshqozon osti bezi bir oz yuqoriroq - XII ko'krak umurtqasi sohasida joylashgan.
- Qorinparda orqa yog' to'qimasi bo'lmagani sababli u harakatchan.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqning oshqozon osti bezi yaxshi takomillashmagan.
- Kattalar bilan solishtirganda biriktiruvchi to'qimasi ko'p, bez to'qimasi kam.
- Uning katta qismini boshchasi tashkil qilib, tana va dum qismlari yaxshi bilinmaydi, bez yuzasi silliq.
- Bola hayotining birinchi ikki oyida oshqozon osti bezi sekin o'sadi, keyinchalik 6 oylik bo'lgunicha tezlashadi, bez massasi 2 barobar ortadi.
- Bir yoshda 10 g, 3 yoshda 20 g.
- Keyingi davrlarda o'sish sekinlashadi, 10 yoshda og'irligi 30-35 g.
- Balog'at davrida 14 yoshgacha o'sish tezlashadi, tuzilishi murakkablashadi.
- Bezning vazni 65-90 g ga yetadi.
- Yosh bolalarda bez kapsulasi yupqa va nozik, tolali to'qimadan tuzilgan.
- Ularda bo'lak naychalari diametri asosiy nayga nisbatan keng, shira oqishi yaxshi.
- Yoshga qarab farq kattalshadi.
Inson anatomiyasida qorin parda
- Qorin parda (peritoneum) qorin bo'shlig'i devorini va uning ichida joylashgan a'zolarni qoplagan seroz parda.
- U qorin bo'shlig'i devorini qoplagan pariyetal va ichki a'zolarni o'ragan visseral qorin pardadan iborat.
- Erkaklarda tashqi muhit bilan aloqasi bo'lmagan bu ikki varaq bir-birining uzluksiz davomi hisoblanadi.
- Ayollarda bachadon nayining qorin bo'shlig'iga ochilgan teshigi orqali tashqi muhit bilan qo'shiladi.
- Qorin parda bo'shlig'ini (cavitas peritonealis) hosil qiladi.
- Bu bo'shliq pariyetal va visseral qorin pardaning o'rtasida tor yoriq shaklida joylashgan.
- Ichida qorin parda yuzasini namlovchi va a'zolarning erkin harakatini ta'minlovchi oz miqdordagi seroz suyuqlik bo'ladi.
- Umumiy sathi 1,71 m² ga teng bo'lib, ust tomondan mezoteliy hujayralari bilan qoplangan.
- Qorin parda bilan qorin devori o'rtasida tarkibida yog' to'qimasi bo'lgan seroz osti asosi (tela subserosa) mavjud.
- Bezlar va boshqa a'zolami o'rab turadi.
- Qorin bo'shlig'i devoridan a'zolarga yoki a'zolardan a'zolarga o'tish joylarida burmalar, boylamlar va chuqurchalar hosil qiladi.
- Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorin parda yuqoriga diafragmaning pastki yuzasiga o'tadi.
- Diafragmaning pastki yuzasidan qorin parda o'roqsimon boylam (lig.falciforme), tojsimon boylam (lig. coronarium) hamda o'ng va chap uchburchakli boylamlarni (lig. triangulare dextrum et sinistrum) hosil qilib jigarga o'tadi.
- Old tomondan jigarning pastki qirrasini, orqa tomondan orqa qirrasini aylanib o'tib, uning visseral yuzasini qoplaydi.
- O'ng bo'lakdan o'ng buyrakning yuqori uchiga qadar jigar-buyrak boylamini (lig. hepatorenale) hosil qiladi.
- Jigar darvozasidan essa qorin pardaning ikki varag'i -duplikaturasi (bittasi darvozaga jigarning pastki yuzasini, ikkinchisi orqa qismidan) o'tadi .
- Oshqozonning kichik egriligiga jigar-oshqozon boylamini (lig. hepatogastricum) va o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o'n ikki barmoq ichak boylamini (lig. hepatoduodenale) hosil qilib o'tadi.
- Bu ikkala boylam bir-birining davomi bo'lib, birgalikda kichik charvi (omentum minus) deb ataladi.
- Oshqozonning kichik egriligida jigar-oshqozon boylami ikki varaqqa ajralib, uning oldingi va orqa devorini qoplab oshqozonning katta egriligida ular yana birikadi.
- So'ngra ko'ndalang-chambar ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta charvining (omentum majus) oldingi qatlamini hosil qiladi.
- Uning oshqozon katta egriligi bilan ko'ndalang chambar ichak o'rtasidagi qismi oshqozon-chambar ichak boylami (lig. gastrocolicum) deb ataladi.
- Ko'ndalang chambar ichakning tutqichidan yuqorida bu qatlamlar pariyetal qorin pardaga o'tib, oshqozon osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin bo'shlig'ining orqa devoriga o'tib ketadi.
- Katta charvining oldingi va orqa qatlamlari o'rtasida yog' to'qimasi mavjud.
- Qorin pardaning oshqozon katta egriligidan chiqqan ikki varag'i chapga taloq darvozasiga yo'nalib, oshqozon-taloq boylamini (lig. gastrosplenicum) hosil qiladi.
- Oshqozonning kardial qismi bilan diafragma o'rtasida oshqozon-diafragma boylamini (lig. gastrophrenicum) hosil qiladi.
- Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorin parda kindik bilan qov simfizi o'rtasida 5 ta burma hosil qiladi: toq o'rtadagi kindik burmasi (plica umbilicalis mediana) hamda juft medial va lateral kindik burmalarini (plicae umbilicales medialis et lateralis).
- O'rtadagi kindik burmasida homilada qovuqning uchidan kindikka boruvchi bitib ketgan siydik yo'li (urachus) yotadi.
- Medial kindik burmasida bitib ketgan kindik arteriyasi, lateral burmada esa pastki qorin usti arteriyasi joylashgan.
- Qovuq ustida o'rtadagi kindik burmasining yon tomonlarida o'ng va chap siydik qopchasi ustidagi chuqurcha, medial va lateral burmalar o'rtasida medial chov chuqurchasi joylashadi.
- Lateral burmadan tashqarida lateral chov chuqurchasi bo'lib, unga chov kanalining chuqur teshigi to'g'ri keladi.
- Qorinning oldingi devorini qoplagan qorin parda yon tomonga yo'nalib, o'ng tomondan qorinning orqa devoriga o'tib, ko'richak va chuvalchangsimon o'simtani hamma tomondan o'rab, uning tutqichini (mesoappendix) hosil qiladi.
- Ko'tariluvchi chambar ichakni dan old va ikki yon tomondan o'rab, o'ng buyrakning pastki qismining oldingi yuzasidan o'tadi.
- So'ngra ichki tomonga yo'nalib belning kvadrat mushagi va siydik nayining oldidan o'tib, ingichka ichak tutqichi ildizi (radix mesenterii) oldida tutqichning o'ng varag'iga aylanadi.
- Tutqich ildizida uning chap varag'i qorin devorining orqa tomonini qoplagan qorin pardaga o'tadi.
- Ingichka ichak tutqichi yuqoridan pastga, chapdan o'ngga II bel umurtqasi sohasidan dumg'aza-yonbosh bo'g'imigacha qiya joylashgan bo'ladi.
- Uning uzunligi 15-18 sm, tutqichning erkin qismi ildizga baravaralashish uchun 18-20 ta qovuzloq hosil qiladi.
- Tutqichning ikki varaqi o'rtasidan qon, limfa tomirlar va nervlar o'tadi.
- So'ngra qorin parda chapga tomon chap buyrak pastki qismining oldingi yuzasidan o'tib, pastga tushuvchi chambar ichakni uch: old va ikki yon tomondan qoplaydi.
- Uning pastki qismi sigmasimon chambar ichakni hamma tomondan o'rab sigmasimon chambar ichak tutqichini (mesocolon sigmoideum) hosil qiladi.
- Keyin qorin parda qorinning yon devoridan oldingi devoriga buriladi.
- Qorinning orqa devoridan pastga yo'nalgan qorin parda to'g'ri ichak yuqori qismini o'rab qolmay, uning o'rta qismini va siydik-tanosil a'zolarini ham qisman o'raydi .
- Erkaklarda to'g'ri ichakning oldingi yuzasini o'ragan qorin parda (187-rasm) to'g'ri ichak-qovuq chuqurchasi (excavatio rectovesicalis)ni hosil qilib, qovuqning orqa, keyin ustki yuzasidan o'tib qorinning oldingi devorini qoplagan qorin pardaga davom etadi.
- Ayollarda qorin parda to'g'ri ichakning oldingi yuzasidan (188-rasm) qinning yuqori qismi orqa devoriga, undan yuqoriga ko'tarilib bachadon orqasidan, so'ngra oldidan qovuqqa o'tadi.
- Bunda to'g'ri ichak bilan bachadon o'rtasida to'g'ri ichak-bachadon chuqurchasi (excavatio rectouterina), qovuq bilan bachadon o'rtasida esa qovuq-bachadon chuqurchasi (excavatio vesicouterina) hosil bo'ladi.
- Qorin parda bo'shlig'i shartli ravishda ikki qavatga bo'linadi: yuqori va ostki.
- Yuqori qavat yuqori tomondan diafragma bilan, pastdan ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichi bilan chegaralanadi.
- Yuqori qavatida oshqozon, jigar, o't pufagi, taloq va o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismi hamda oshqozon osti bezi joylashgan .
- Qorin parda bo'shlig'ining yuqori qavati uchta qopchaga bo'linadi.
- Jigar qopchasi (bursa hepatica) o'roqsimon boylamdan o'ng tomonda joylashib, unda jigarning o'ng bo'lagi joylashadi. Bu qopchani yuqoridan diafragma, oldindan va yon tomondan qorin devori chegaralaydi.
- Oshqozon oldi qopchasi (bursa pregastrica) oshqozonning oldida joylashib, yuqoridan diafragma, o'ng tomondan o'roqsimon boylam, oldindan qorinning oldingi devori bilan chegaralangan. Unda jigarning chap bo'lagi va taloq joylashadi.
- Charvi qopchasi (bursa omentalis) oshqozon va kichik charvi orqasida yotadi. Uni yuqori tomondan jigarning dumli bo'lagi, pastdan ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichi, oldindan oshqozonning orqa devori, kichik charvi, oshqozon-chambar ichak va oshqozon-taloq boylamlari, orqadan chap buyrak usti bezi, chap buyrak, oshqozon osti bezining oldingi yuzasi, pastki kavak vena va aortani qoplagan pariyetal qorin parda chegaralaydi. Chap tomondan charvi qopchasi taloq darvozasigacha borib taloq chuqurligini (recessus splenicus) hosil qiladi.
- Charvi qopchasi o'ng devoridagi 2-3 sm kattalikdagi charvi (Vinslov) teshigi (foramen omentalis) va dahlizi (vestibulum omentalis) vositasida jigar qopchasi bilan qo'shilib turadi.
- Bu teshik yuqoridan jigarning dumli bo'lagi, pastdan o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismi, oldindan kichik charvi va orqadan pastki kavak venani qoplagan pariyetal qorin parda bilan chegaralanadi.
- Qorin parda bo'shlig'ining ostki qavati ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichidan pastda joylashib, kichik chanoq bo'shlig'iga o'tib ketadi.
- Bu qavatda ingichka va yo'g'on ichak, siydik va tanosil a'zolari joylashadi .
- Qorinning o'ng yon devori bilan ko'tariluvchi chambar ichak o'rtasida o'ng yon kanal (canalis lateralis dexter), chap yon devori bilan tushuvchi chambar ichak o'rtasida chap yon kanal (canalis lateralis sinister) joylashadi.
- Qiya yo'nalgan ingichka ichak tutqichi ostki qavatni ikkita o'ng va chap bo'shliqqa ajratadi .
- Ingichka ichak tutqichining yuqorisidagi o'ng bo'shliqni (sinus mesentericus dexter), ichak tutqichning ostidagi chap bo'shliqni (sinus mesentericus sinister) deyiladi.
- Qorin bo'shlig'ining orqa devorini qoplagan pariyetal qorin parda qorin devoridan a'zolarga va a'zolardan a'zolarga o'tganida burmalar yoki chuqurliklar hosil qiladi.
- O'n ikki barmoq ichak bilan och ichak orasidagi bukilma ustida va ostida uncha katta bo'lmagan o'n ikki barmoq ichak ustidagi chuqurcha (recessus duodenalis superior) hamda o'n ikki barmoq ichak osti chuqurchasi (recessus duodenalis inferior) mavjud.
- Yonbosh ichakning ko'richakka o'tish joyida qorin parda yonbosh ichakning oxirgi qismining yuqorisida hamda pastida yonbosh-ko'r ichak sohasidagi ustki chuqurcha (recessus iliocaecales superior) va yonbosh - ko'r ichak sohasidagi pastki chuqurchani (recessus iliocaecales inferior) hosil qiladi.
- Sigmasimon ichak tutqichining chanoq devoriga birikkan joyida uncha katta bo'lmagan sigmasimon ichak orasidagi chuqurcha (recessus intersigmoideus) hosil bo'ladi.
- Jigar, oshqozon va ichak kabi qorin bo'shlig'i a'zolarini turlicha o'raydi.
- Agar qorin parda a'zolarni har tomondan o'rasa, ularni intraperitoneal a'zolar deyiladi: oshqozon, och va yonbosh ichak, ko'richak va chuvalchangsimon o'simta, o'n ikki barmoqli ichakning yuqorigi qismi, ko'ndalang chambar ichak, sigmasimon chambar ichak, to'g'ri ichakning yuqori qismi, taloq va bachadon.
- Agar qorin parda a'zolarni uch tomondan o'rasa mezoperitoneal a'zolar deyiladi: ko'tariluvchi va tushuvchi chambar ichak, jigar, to'g'ri ichakning o'rta qismi va to'lgan holatdagi qovuq.
- Agar qorin parda a'zolorni bir tomondan o'rasa - ekstraperitoneal a'zolar deyiladi: oshqozon osti bezi, o'n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi, to'g'ri ichakning oxirgi qismi, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo'li.
- Qorin pardaning taraqqiyoti murakkab: birlamchi ichak nayi dastlab qorin bo'shlig'ining orqa devoriga dorsal ichak tutqichi vositasida birikadi.
- Bundan tashqari uning yuqori oshqozon va o'n ikki barmoq ichak qismida ventral ichak tutqich bo'lib, u oshqozon va o'n ikki barmoq ichakdan jigarga, jigardan esa diafragmaga va qorinning oldingi devoriga o'tadi.
- Dorsal tutqichning oshqozon bilan qorin bo'shlig'i orqa devori o'rtasidagi qismi mesogastrium deb ataladi.
- Oshqozon burilganidan so'ng mesogastrium uzayib ikkiga bukiladi va pastga qarab burma shaklida osilib turadi.
- Varaqlar orasidagi bo'shliq katta charvi bo'shlig'ini, varaqlar esa katta charvini hosil qiladi.
- Oshqozon joylashishi o'zgarishi bilan birga qorin pardaning bir qismi qolgan qismidan kichik charvi va oshqozon vositasida ajrab qoladi, ular o'zaro charvi teshigi orqali qo'shiladi.
- Katta charvi bola hayotining 3-4 oylarigacha ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichidan alohida bo'lib, keyin birikadi.
- Ingichka va yo'g'on ichak tutqichlari dastlab umumiy bo'lsa, keyinchalik ko'tariluvchi va tushuvchi chambar ichak qismlarida yo'qolib ketadi.
- Yangi tug'ilgan va emizikli bolalarda qorin parda bo'shlig'i katta bo'lib, a'zolar yuqoriga ko'tarilgan.
- Bola yura boshlaganidan so'ng diafragma pastka tushib, ko'krak qafasi a'zolarining tez taraqqiy etishi natijasida qorin bo'shlig'i nisbatan kichrayadi.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqda qorin parda yupqa va tiniq, qon va limfa tomirlari ko'rinib turadi.
- Uning ostida ichak tutqichida, boylamlar va charvilarda yog' to'qimasi bo'lmaydi.
- Yog' to'qimasi 2 yoshda paydo bo'lib, 7 yoshlarda uning hajmi ancha ortadi.
- Katta charvi 2 yoshgacha bo'lmay, 7 yoshda ingichka ichak burmalarining old tomonini qoplab turadi.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqda ingichka ichak tutqichi vertikal, yoshga qarab ichak tutqichning uzunligi o'zgaradi, uning ildizi qiyshiq holatni oladi.
- 16-18 yoshlarda qorin parda orasiodagi bo'shlig'i, charvi, boylamar va ichak tutqichning yog' to'qimasining hajmi ortadi, a'zolar mustahkamlanadi.
- Yangi tug'ulgan chaqaloqda ingichka ichak tutqichi vertikal, ko'tariluvchi chambar ichak taraqqiy etmaydi, ko'r ichak yuqori.
- Qorin bo'shlig'i cho'ntakli shakli kattalarga nisbatan boshqacha, qorin parda cho'ntaklari kam rivojlangan va yuza.
Nafas a'zolari tizimi
- Odam hayoti davomida kislorodga talabni nafas olish qondiradi
- Nafas a'zolari tizimi havo bilan qon o'rtasidagi gaz almashinuvini tminlab turadi.
- Gaz almashinuvi- tashqi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidridni chiqarish.
- Nafas a'zolari tizimi 3 qismdan iborat:
- Tashqi muhitdagi kislorodni alveolalar orqali qonga o'tishi
- Qondagi karbonat angidridni alveolalarga o'tishi
Studying That Suits You
Use AI to generate personalized quizzes and flashcards to suit your learning preferences.