Ozbek Tili Test Savollari: Uzbek Language Test Questions PDF
Document Details

Uploaded by MesmerizedDune5282
Tags
Summary
This document contains a series of multiple-choice test questions in Uzbek. The questions cover various aspects of the Uzbek language, including grammar, morphology, lexicology, and language styles. It appears to be designed for students learning or testing their knowledge of Uzbek.
Full Transcript
1.Tilshunoslikning qaysi bo‘limida uslub va uning turlari, til vositasining qo‘llanish xususiyatlari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning uslubiy imkoniyati o‘rganiladi? A) Grammatika B) Uslubiyat C) Terminologiya D) Leksikologiya 2.Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid...
1.Tilshunoslikning qaysi bo‘limida uslub va uning turlari, til vositasining qo‘llanish xususiyatlari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning uslubiy imkoniyati o‘rganiladi? A) Grammatika B) Uslubiyat C) Terminologiya D) Leksikologiya 2.Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan? A) umumxalq so‘zlari, ko‘p ma’noli so‘z, atama B) yordamchi so‘zlar, bog‘lama, hol C) grammatik ma’no, undovlar, bog‘lovchi D) ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘zi 3.Tilshunoslikka oid atamalar berilgan qatorni aniqlang. A) inqilob, podshoh, feodal, dehqon B) yuklama, paronimlar, son, hol C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol D) fonendoskop, terapevt, oddiy tasvir 4.So‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi? A) morfologiya B) leksikologiya C) etimologiya D) frazeologiya 5.Tilshunoslikning morfologiya bo‘limi nimani o‘rganadi? A) Gap va uning turlarini B) Tinish belgilarini C) So‘z turkumlarini D) So‘z va uning ma’noli qismlarini 6.Berilgan so‘zlardan ajratib, chiziqcha bilan yoziladigan hamda qo‘shib yoziladiganini to‘g‘ri ko‘rsating. A) ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam, ro‘baro‘, darbadar B) ko‘chama ko‘cha, uyma uy, rang barang, dambadam, ro‘-baro‘, dar-badar C) ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dambadam ro‘baro‘, dar-badar D) ko‘chama-ko‘cha, uyma uy, rang barang, dam-badam ro‘-baro‘, darbadar 7.Diagramma, monografiya so‘zlari bo‘g‘inga qanday tartibda to‘g‘ri ko‘chiriladi? A) Diag-ramma, monog-rafiya B) Dia-gramma, mono-grafiya C) Diagr-amma, monogr-afiya D) Diag-ramma, mon-ografiya 8.So‘zlarning orasida tutuq belgisi kelganda qanday tartibda bo‘g‘inga ko‘chiriladi? A) va-’da, ma-’rifat, mash-’al, in-’om B) va-’da, ma-’rifat, mash’-al, in’-om C) va’-da, ma’-rifat, mash-’al, in-’om D) va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om 9. Keltiligan joy nomlaridan qaysi biri qo‘shib, qaysi biri ajratib yoziladi? A) Yangi yo‘l, To‘rt ko‘l, Mirza cho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, O‘rtaosiyo, Ko‘hnaurganch, O‘rtachirchiq B) Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Koson soy, Yangi obod, O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq C) Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq D) Yangi yo‘l, To‘rt ko‘l, Mirza cho‘l, Sirdaryo, Koson soy, Yangi obod, O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq 10. Keltirilgan so‘zlardan ajratib va qo‘shib yoziladigan so‘zlarning qatorini to‘g‘ri toping. A) qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab (barchasi qo‘shib yoziladi) B) qabul xona, tabrik noma, taklif noma, beda poya, omma bop, xush xabar, ham suhbat, orom baxsh, kam quvvat, bug‘doy rang, umum xalq, sovuq mijoz, dev sifat, suv talab (barchasi ajratib yoziladi) C) qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat so‘zlari qo‘shib yoziladi, orom baxsh, kam quvvat, bug‘doy rang, umum xalq, sovuq mijoz, dev sifat, suv talab so‘zlari ajratib yoziladi. D) Qabul xona, tabrik noma, taklif noma, beda poya so‘zlari ajratib yoziladi, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab so‘zlari qo‘shib yoziladi 11. Modal so‘zlar berilgan qatorni toping. A) darvoqe, ehtimol, shubhasiz, balki, aftidan B) barakalla, ofarin, salom, rahmat, afsuski C) ammo, lekin, biroq, vaholanki, holbuki D) bilan, uchun, kabi, singari, sari 12. Yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo’lagi bo’la olmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlar qanday nomlanadi? A) alohida guruhdagi so‘zlar B) yordamchi so‘zlar C) undov va taqlid so‘zlar D) mustaqil so‘zlar 13. to’g’ri, xoynaxoy, muhaqqaq, aslida, darvoqe, rostdan kabi so‘zlar qanday modal so‘zning qaysi turiga kiradi? A) fikrning taxminiyligini bildiruvchi B) fikrning qat’iyligini ta’kidlovchi C) fikrning chinligini eslatuvchi D) fikrning dalillanishini bildiruvchi 14. Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so’z birikmasi va gap o’rnida qo’llana oladigan, aniq lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’z turkumi qanday nomlanadi? A) Olmosh B) Ravish C) Fe’l D) Alohida guruhdagi so‘zlar 15. His-hayajon, tuyg’u, haydash-chaqirish, buyruq-xitobni bildiradigan so’zlar turkumi qanday nomlanadi? A) Taqlid so‘zlar B) Modal so‘zlar C) Yuklamalar D) Undov so‘zlar 16. Qaysi kelishikdagi ot doim ot bilan bog‘lanib ayrim hollarda belgisiz holda qo‘llanadi? A) O‘rin-payt kelishigi B) Jo‘nalish kelishigi C) Chiqish kelishigi D) Qaratqich kelishigi 17. Qaysi kelishigidagi ot doim o’timli fe’l bilan bog’lanadi va vositasiz to’ldiruvchi vazifasini bajaradi? A) O‘rin-payt kelishigi B) Tushum kelishigi C) Chiqish kelishigi D) Qaratqich kelishigi 18. Qaysi kelishikning maxsus qo‘shimchasi mavjud emas? A) Bosh kelishik B) Tushum kelishik C) Chiqish kelishik D) Qaratqich kelishik 19. Quyidagi gapda qaysi gap bo’lagi birikmali qo’llangan? Yoshi bir joyga borib qolgan bu kishini har kuni ko’raman. A) To’ldiruvchi B) Aniqlovchi C) Ega D) Kesim 20.Qaysi qatordagi gapda gap bo’laklari faqat birikmali qo’llangan? A) Bilim va hunar – egizak B) Jahl- dushman, aql – do’st C) Til yolg‘oni gunohlarning zo’ridir D) Baxt garovi – do’stlik 21. Quyidagi gap qanday gap bo’laklaridan tashkil topgan? Mehnat qilib topganing qandu asal totganing. A) Hol, kesim, to’ldiruvchi, kesim B) Ega, kesim C) Ega, to’ldiruvchi, kesim D) Hol, ega, kesim 22. Sifatlovchi o’z sifatlanmishiga qanday yo’l bilan birikadi? A) Moslashuv yo’li bilan B) Bitishuv yo’li bilan C) boshqaruv yo’li bilan D) Moslashuv yoki bitishuv yo’li bilan 23. Berilgan gapdagi bosh bo’laklarni aniqlang. Navoiy g’azal mulkining sultonidir. A) Navoiy – ega, sultonidir – kesim B) Navoiy – kesim, g’azal – ega C) Mulkining – kesim, Navoiy – ega D) G’azal mulkining sultonidir – birikmali kesim, Navoiy – ega 24. Sohangizga oid so‘zlar yordamida otdan sifat yasalgan qatorni toping. A) Iqtisodiy, moliyaviy B) Kreditlashtirish, cheklash C) Buyurtma, yig‘imlar D) Yutuq, bandlik 25. Sohangizga oid so‘zlar yordamida otdan fe’l yasalgan qatorni toping. A) Baholash, sug‘urtalash B) Rivojlanish, rejalashtirish C) Moliyaviy, ishsizlik D) Jamg‘arma, buyurtma 26.Sohangizga oid so‘zlar yordamida fe’ldan ot yasalgan qatorni toping. A) Kodlash, majburiyat B) Diskontirlash, inkassalash C) Yig‘im, yutuq D) Iqtisodiy, moliyaviy 27. Sohangizga oid so‘zlar yordamida fe’ldan sifat yasalgan qatorni toping. A) aralash (mulk), asosiy (xizmatlar), aylanma (kapital) B) yashirin (soliq), yopiq (iqtisodiyot), o‘zgaruvchan (narx) C) hisobli (kredit), iqtisodiy (o‘sish), keltirilgan (narxlar) D) ahamiyatli (baholash), qimmatbaho (qog‘ozlar), aksionerlik (jamiyati) 28. Faqat yasama so‘z berilgan qatorni toping. A) agent, avans, avizo, audit, savdo, mulk, xarid B) balans, baho, bank, baza, hisob, moliya, narx C) biznes, bozor, debet, ijara, qiymat, kredit, meros D) javoblarning barchasi tub so‘z hisoblanadi 29. Berilgan so‘zlardan tovush o‘zgarishi yuz bergan qatorni toping. A) mahsulotning yashash davri, maxsus auditorlik topshirig‘i, mulkiy soliqqa tortish B) buxgalteriya hisoboti tuziladigan sana, import o‘rnini bosish samarasi, ish o‘rni C) mahsulot narxining pasayib borishi, pasayuvchi tarmoq, bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar D) lizing to‘lovlari, mahsulotning yashash davri, mahsulot narxining pasayib borishi 30. Berilgan so‘zlardan tovush tushishi yuz bergan qatorni toping. A) progressiv soliqqa tortish, soliq to‘lovchi, to‘xtovsiz inventarizatsiya usuli B) ish o‘rni, jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish, pasayuvchi tarmoq C) mahsulotning yashash davri, maxsus auditorlik topshirig‘i, mulkiy soliqqa tortish D) lizing to‘lovlari, mahsulotning yashash davri, mahsulot narxining pasayib borishi 31. Devalvatsiya – mamlakat savdo to‘lov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi. Keltirilgan gap tarkibida nechta fonetik hodisaga uchragan so‘z mavjud? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 32. Elektron tijorat – do‘konlarda xaridorlarni jalb qilish va qo‘shimcha savdogarlarni yollash o‘rniga internetda do‘kon ochish ma’nosini anglatadi. Keltirilgan gap tarkibida nechta fonetik hodisaga uchragan so‘z mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 33. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar – kishilarning yashashi, mehnat qilish va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar majmui sanaladi. Keltirilgan gap tarkibida nechta fonetik hodisaga uchragan so‘z mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 34. Bu uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavqyega ega bo‘lib, ayni paytda o‘zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy- estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi qaysi uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi? A) Badiiy uslub B) So‘zlashuv uslub C) Ilmiy uslub D) Publitsistik uslub 35. Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Yuqorida keltirilgan gap qaysi uslubga tegishli? A) Rasmiy-idoraviy uslub B) Ilmiy uslub C) Publitsistik uslub D) Badiiy uslub 36. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub qanday uslub hisoblanadi? A) Ilmiy uslub B) Rasmiy-idoraviy uslub C) Badiiy uslub D) So‘zlashuv uslubi 37. Qaysi nutq uslublari ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega? A) Publitsistik, badiiy, rasmiy, ilmiy B) Publitsistik, so‘zlashuv, rasmiy C) faqat ilmiy va badiiy D) faqat so‘zlashuv va badiiy 38. Badiiy uslubning muhim belgisi mima? A) So‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo‘ladi B) Axborot berish va ta’sir qilish bo‘lib, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish C) Obrazlilik va estetik ta’sir qilish D) Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubi 39.Badiiy uslubning og‘zaki shakli nima? A) Og‘zaki adabiyot B) Badiiy uslubning og‘zaki shakli mavjud emas C) Xalq og‘zaki ijodi D) So‘zlashuv uslubi 40. Ilmiy uslub o‘z ichida nechta guruhga bo‘linadi? A) Ilmiy-adabiy uslub va ilmiy-ommabop uslub B) Ilmiy-adabiy uslub va sof ilmiy uslub C) Sof ilmiy uslub va ilmiy-ommabop uslub D) Ilmiy-adabiy, sof ilmiy va ilmiy-ommabop uslub